Gulistоn dаvlаt univеrsitеti
Download 4.14 Mb.
|
portal.guldu.uz-MIKOLOGIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3- savol bayoni
Nazorat topshiriqlari.
1. Xolobazidiyali zamburug’larni hujayra tuzilishi va formasini aytib bering. 2. Xolobazidiomitsetlarga kiradigan asosiy tartiblarni aytib bering. 3. Geminomitsetlarni mevatanalari qanday tuzilgan? 4. Geminofor deb nimaga aytiladi? 5. Geminomitsetlar tarkibiga kiradigan qaysi oilalarni bilasiz va ular qanday hayot kechiradi? 6. Po’kakdoshlar oilasini mevatana tuzilishini aytib bering 7. Fomes turkumini asosiy vakillarini aytib bering. 8. Boletus avlodiga kiradigan zamburug’larni turlari, hayoti va tuzilishini aytib bering savol bo’yicha dars maqsadi. Teleobazidiomitsetlar kenja sinfini o’ziga xos xususiyatlari ularni asosiy vakillari: qorakuya zamburug’i, bug’doy tosh va chang qora kuyasi xaqida bilim berish. Identiv o’quv maqsadlari3.1. Teleobazidiomitsetlarni asosiy xususiyatlarini izoxlay oladi. 3.2. Bug’doy chang va tosh qorakuyalari hamda makkajo’xori bo’rtma qora-kuyasining rivojlanishi. Bazidiyali zamburug’larning kelib chiqish va evolyutsiyasini biladi. 3- savol bayoni Bu kenja sinfga kiruvchi zamburug’lar parazitlikda yashashga moslashganligi sababli meva tanalarini yo’qotgan bo’ladi. Bazidiy qishlovchi qalin po’stli teliospora yoki teleytospora hujayralaridan o’sib chiqadi. Bu kenja sinf: Qorakuya va Zanglilar tartiblariga bo’linadi. Bu tartibga kiradigan zamburug’larni hammasi parazitlikka moslashgan ekinlarga qayta zarar keltiradi. Qorakuyalilar tartibi –Ustilagnales qorakuya zamburug’larining 340 ga yaqin turi ma’lum. Ularni hammasi gulli o’simliklarda parazitlik qiladi. Bu zamburug’lar, g’alladoshlarda: bug’doy arpa, tariq, makkajuxori hamda yovvoyi o’simliklarda, urug’chi, changchi va ildizlarida yashab ularni hosildorligiga ziyon yetkazadi. Kasallik o’simlikni ko’pincha hosil organlarini shikastlab ularni shaklini buzadi va tiradi. Ayni paytda organlar o’zlarida zamburug’ni bir talay tinim xolatdagi sporasini yig’ilib qolganidan korayib ketadi va kuygandek ko’rinadi. Shu sababli xalq tilida qorakuya deb yuritiladi. Sporalarni erkin bo’lib, bir-biridan asos ajralib tushadigan bo’lsa, uni qorakuya zamburug’i, sporalari zichlashib, toshdek qattiq bo’lsa, toshkuya zamburug’i deb yuritiladi. Ba’zi qorakuya zamburug’larda masalan makkajuxorida bo’rtma qorakuya o’simlik sutasida hamda vegetativ organlarida hosil bo’ladi. U etilib yorilgach, ichidan makkajuxori qorakuyalari, ya’ni teleospora uyumi chiqib, atrofga tarqaladi, tuprqli ifloslantiradi. Qorakuya zamburug’larining 2 yadroli mitseliysi zararlangan o’simlik hujayrasi orasiga gausporiylari yordamida joylashadi. Teleospora o’sgan vaqtda 4 ta hujayrali ayrim xollarda 1 hujayrali bazidiy hosil bo’ladi. Oltita bazidiospora hosil bo’lganidan keyin qorakuya zamburug’ini rivojlanishi 3 xil yo’l bilan boradi. qorakuyalilar tartibi 2 ta oilaga bo’linadi. 1 oila Ustilagiyadoshlar – Ustilaginaceal bazidiylari 4 hujayrali. 2 oila Tilletsidoshlar – Tilleaceal bazidiy va bazidiysporalari 1 hujayrali. Ustilagidoshlar oilasining ko’p tarqalgan turkumi Ustilago bo’lib, 350 ta turli o’z ichiga oladi. Shunday 120 turi bizga ma’lum. Ular chulli o’simliklarda, xususan galla o’simliklarining generativ va vegetativ oragnlarida yashab parazitlik qiladi, shu bilan ularni hosiliga katta ziyon etkazadi. Ularni ayrim vakillarini xaet tarzi va rivojlanishi bilan tanishib chiqamiz. Bug’doy toshkuyasi – Tilletia controversa. Tabiatda bu zamburug’ keng tarqalgan, asosan bug’doy, arpa so’lini zararlaydi. Zamburug’larni taraqqiyot tsikliga kelsak, boshoq gullagan paytda, gulning tugunchasida zamburug’ning mitseyliysi tez rivojlanib shoxlanadi. Shoxlangan mitseliylar shar shaklida bo’lib, mustaxkam po’st bilan o’ralib, teleytosporalarga sog’ don o’tlar yopishib oladi. Zararlangan bug’doy doni jilganda, don bilan bilan zamburug’ teleytosporasi ham o’sadi. Bug’doy massasi betiga chiqqanidan keyin zamburug’ni ko’p yadrosi birlashib, diploid yadroga ega bo’ladi. Keyin diploid yadro 2 ga bo’linib 8 ta ipsimon gaploid yadroga ega bo’lgan bazidiy vujudga keladi. Bazidiy hujayralaridan bazidiyasporalar etiladi. Bazidiosporalar xar xil jinsli bo’ladi. Shu sababli ular (-) va (Q) belgilanadi. Xar xil jinsli bazidiosporalar qo’shilishidan dikarionli mitseliy o’sib chiqadi. Bu mitseliy hujayralari shamol yordamida tarqalib, maysaga tushganidan keyin o’sib boshoqqa o’tadi. Ammo boshoqdagi donda kasallikni biron alomati sezilmaydi. Boshoqning gullash vaqtida urug’ tugunidagi zumburug’ mitseliysi rivojlanib teleytosporaga aylanadi. Toshkuyaga qarshi kurash uchun urug’lik kasallik tarqamagan joydan olinadi. Bunday tashqari urug’lik formalinning kuchsiz eritmasidan aralashtiriladi. 2 soat dimlanadi yoki simobli oltingurutli organik preparat bilan ishlanadi. Bug’doy chang qorakuyasi – Ustilago tritici. Bu zamburug’ bahorda bug’doyga tushadi chang qorakuya tushganligi bug’doy boshoq tortganda bilinadi. qorakuya sporalari – teliosporalar vujudga keladi. Zamburug’ teliosporalari gullagan bug’doy urug’chisiga tushib o’sib, 4 hujayrali bazidiyaga aylanadi. Bazidiya hujayralar reduksion bo’linib, gaploid yadro vujudga keladi. Bu gaploid yadrolar juft-juft bo’lib qo’shiladi. Keyin dikarion mitseliy hosil bo’ladi. Bu mitseliy o’sib tugunchadan urug’ ko’rtakka o’tadi va don ichida qishlaydi. Bu don sog’ dondan farq qilmaydi, lekin don endospermida va murtagida parazit mitseliy bo’ladi. Kasallangan don ekilganda chang qorakuya bilan zararlangan o’simlik unib chiqadi. Maysa o’sishi bilan zamburug’ mitseliysi ham tez o’sib, o’sish nuqtasidan gulni tugunchasiga o’tadi. Qorakuya teliosporalariga aylanadi. Teliosporalar shamol yordamida sog’ gullayotgan bug’doyga tushib, tinim davrini o’tmasdan yangitdan o’sishi mumkin. Qorakuya zamburug’larga qarshi kurash choralari ularni biologik xususiyatlarini xisobga olgan xolda xar xil yo’llar bilan olib boriladi. Karshi kurash choralardan eng muximlari bu urug’larni zararsizlantirish almashlab ekishni tug’ri amalga oshirishdan iborat. Chang qorakuyaga qarshi kurash uchun eqiladigan urug’ni dizenfektsiya qilish, urug’ yuzasidagi teliosporalarni o’ldirgan xolda, ular zaxarli moddar bilan ishlanadi. Urug’ni kuchsiz formalin eritmasi bilan yuvib, 2 soat damlanadi yoki mis kuporosi eritmasi bilan va boshqalar bilan ishlanadi. Makkajuxori qorakuyasi – Ustilago reae. Makkajuxorini bo’rtma qorakuyasi o’simlikni tup gulida, sutasida, poya bugunlarida barg va boshqa qismlarida yashab, oqish - ko’kish rangli, pushti keyinchalik jigar ranga kiradigan burtmalar hosil qiladi. Bo’rtmalar qurib yorilgach, ichidan makkajuxori qorakuya – telesporalari chiqib, atrofga tarqaladi tuprqka tushadi. Tuprqdagi telisporalar o’sib 4 hujayrali bazidiyalarga aylanadi. Bazidiya ichida bazidiyasporalar kurtaklanish yo’li bilan ajralib chiqadigan hujayralar hosil qiladi. Bu hujayralar shamolda tarqalib makkajuxorini yosh to’qimasiga tushadi va u yerda (-) va (Q) belgili hujayralar bir biri bilan qo’shiladi. Kapulyatsiyalanagan dikarionli yosh mitseliy to’qima ichiga kirib tez o’sadi va guddasimon bo’rtmalar hosil qiladi. Bo’rtma yorilgach uning ichidan teliosporalar shamol yordamida tarqaladi va sog’ o’simlikni zararlaydi. Makkajuxori qorakuyasiga qarshi kurash uchun uning oldini olish tadbirlaridan, ya’ni makkajuxori bo’rtmalari yorilmasdan ularni terib olib yuqotishdan iborat. Bundan tashqari ekishdan oldin urug’larni gronozon bilan dorilash yaxshi natija beradi. Bazidiomitsetlarni kelib chiqishi xakidagi ma’lumotlar ancha tortishuvlarga sabab bo’lmoqda. Chunki bu zamburug’larni meva tanasi xaltachali zamburug’larnikiga karaganda ko’proq rivojlanagan hamda jinsiy jarayonda zamburug’larni asosiy rivojlanish o’qidan chetga chiqqan, jinsiy jarayon xaddan soddalashgan. Xaltacha va bazidiyani gomolok ekanligi isbot qilishni askomitsetsimonlar va bazidiotsimitsetsimonlarning kelib chiqishi umumiy va ular urtasida yaqin filogenetik aloqalar bor, deb faraz qilishga asos bo’ladi. Bazidiomitsetsimonlar ildizi bilan askomitsetsimonlarga bog’langan va paralel rivojlangan deyish mumkin. Ammo askomitsetsimonlar va bazidiomitsetsimonlar orasida oraliq forma yo’q. Ishonarli fikrlardan biri shuki askomitsetsimonlar ham bazidiomitsetlar ham zigomitsetsimonlardan hosil bo’lgan. Lekin askomitsetsimonlar bilan zigomitsetsimonlar orasida bir qator oraliq formalari bo’lsa, bazidiomitsetlar orasida bunday formalar noma’lum. Xaltacha bilan bazidiyani gamolok ekanligini xisobga olib yana shu fikrni aytish mumkinki bazidiomitsetlar bilan zigomitsetlar endi hosil bo’lgan, askomitsetsimonlar kelib chiqqan va ular bilan paralel rivojlangan. Xozirgi vaqtda bizidiomitsetlarni monofilitik kelib chiqish nazariyasi ustun bo’lib turibdi, ya’ni taraqqiyot endogen jinsiy spora hosil qilish va uni murakkablashuvi tomon borgan. Barcha bazidiomitsetsimonlarda ontogenezni bir xivchinligi, bazidiyani shakillanishi va sporalarni otilish xususiyatlari bu fikrni tasdiqlaydi. Bazidiomitsetsimonlarni evolyutsiyasiga kelsak xal etuvchi bitta savol: bazidiyani qaysi xili birlamchi va sinfning qaysi guruhi ajdotlarga yaqinroq. Ishonch bilan bir hujayrali bazidiya birlamchi bo’lishi kerak. Shu sababli xolabazidiolarni va xolabizidiomitsetlarni ajdotlariga eng yaqin guruh deb qarash mumkin. Shunday kilib bazidiomitsetsimonlar zamburug’lar filogenetik sxemasini asosiga xolabazidiomitsetsimonlar vakillari qo’shilishi kerak. Shunday bazidimitsetlarga xozir uchraydigan Aphyllophorales tarkibini vakillari misol bo’ladi. Geterobazidiomitsetsimonlarni – Dacrymycetales va Tulasnellales tartib vakillarini ham ko’rsatib o’tish mumkin. Chunki ularda ham bazidiyali to’siqlarga ega emas, ammo uzun stirigmalarga ega. Quriklikka moslanish zamburug’larning umumiy evolyutsiyasi 2 xil biologik moslashuv bilan bog’liq: Gemeniy qatlamini noqulay sharoitdan saqlab qolish. Sporalarni tarkalishini ta’minlash. Meva tanani bundan keyingi murakkablashuvi va takomillashuvini Agaricales tarkibida kurishimiz mumkin. Birok xaligacha afilaforalilar va plastinkalilarni birlashtiruvchi oraliq formalar aniqlanmagan. Gastriomitsetlar suvsiz filogenetik jixatdan Agaricales tarkibi bilan qarindoshdir, chunki ular orasida oraliq formalar bor. Ammo gastriomitsetlarni o’zlari qaysi guruhdan kelib chiqanligi noma’lum. Gastriomitsetlardan Tremelales tarkibini tuban vakillari ham birlamchi bazidiomitsetlarga yaqin turadi chunki ularni bazidiosi uzinasiga, kichik yoki xatto noto’liq tusga ega bo’lishi mumkin. Ularni meva tanasi oddiy va bazidiyalari ko’ndalang to’siqlar bilan bo’lingan. Telobazidiyalilardan xozirgi vaqtda qorakuya zamburigi, zang zamburug’lari ham Auriculariales tarkibidan kelib chiqqan deb taxmin qilinmoqda. Chunki uning ayrim vakillarida Septobasidiaceae oilasi qorakuya va teliosporalarga o’xshash sklerobazidiyalar rivojlanadi. Sklerobazidiyalar o’ta boshlang’ich bazidiya yoki probazidiya deb qaraladi. Qorakuya va zang zamburug’larda meva tanani yo’qligi ularning parazit hayot kechirishi bilan bog’liq. Shunday qilib bazidiomitsetsimonlar taraqiyotidagi asosiy yo’nalishni xolobazidiomitsetlar egallagan deb geterobazidiomitsetlari va telobazidiomitsetlari esa chetga chiqqan yo’nalish deb qarash mumkin. Download 4.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling