Gulistоn dаvlаt univеrsitеti
-asosiy savol bo’yicha dars maqsadi
Download 4.14 Mb.
|
portal.guldu.uz-MIKOLOGIYA
2-asosiy savol bo’yicha dars maqsadi: Xaltalilarning klassifikatsiyasi hakida tushuncha berish.
Identiv o’quv maqsadlari. 2.1.Xaltalilarning klassifikatsiyasi haqida ma’lumot oladi. 2.2.Xaltalilarning meva tuzilishini izoxlay oladi. 2-savol bayoni Askomitsetlarning meva tanasi tuzilishi jixatdan quyidagi asosiy tiplarga bo’linadi. Kleystokarpiylar – yopiq meva tanalari xaltachalari ularning ichida turadi va meva tanasi umumiy po’stining emirilishi yoki yorilishi natijasida tashqariga chiqadi. Peritetsiylar - shaklan ko’zachaga o’xshaydigan yarim yopiq meva shakllari, ustki qismida torgina teshikchasi bor; xaltachalari meva tanasining tubidan ko’tarilib, dastadek bo’lib turadi va yetilib borgan sari tor teshikchadan tashqariga chiqib sporalarini sochadi, Apotetsiylar - ko’pincha shaklan taqsimchaga o’xshaydigan ochiq meva tanalari; xaltachalari yuqori tomonidan erkin yuzasida serbar qatlam, ya’ni gimeniy xolida joylashadi. Askomitsetlar sinfi quyidagi kenja sinflarga bo’linadi: a) Yalang’och xaltachalilar - Ciymnoasei meva tanalari yo’q, xaltachalar to’g’ridan-to’g’ri mitseliyda paydo bo’ladi. Bu kenja sinfga quyidagi tartiblar kiradi. 1-tartib Dastlabki xaltachalilar -Protascales xaltachalari bevosita zigotalardan hosil bo’ladi yoki jinssiz yo’l bilan yuzaga keladi. Saprofitlar. 2-tartib Ekzoaskalar - Exoascales xaltachalari diploid mitseliyda 2 yadroli hujayradan vujuda keladi; xar xil o’simliklarning meva va barglarida parazitlik qilib yashaydi. b) Meva tanalilar - Carpoasce - sinfi. Xaltachalari maxsus meva tanalarida hosil bo’ladi. Bu kenja sinf quyidagi tartiblarga bo’linadi. 1-tartib Plektaskalilar - Plectascales meva tanalari yopiq - kleystokarpiylar. Ularning xaltalari muayan tartibsiz joylashadi va motayin yumaloq shaklda bo’ladi. Bu xaltachalar kleystokariy po’sti chirib ketganidan keyin yuzaga chiqadi. Ko’pchilik vakillari saprofit. 2-tartib Perisporiyalar - Perisporiales meva tanalari yopiq-klestokarpiylar. Xaltalari oval shaklda meva tanasining ichida joylashgan; unayotgan vaqtda meva shaklining po’stidagi yoriqdan tashqariga chiqib sporalarini sochadi. Ko’pchilik vakillari parazit. 3-tartib Pirenomitsetlar - Pyrenomycetales meva tanalari yarim yopiq bo’lib, shaklan ko’zachaga o’xshaydi. Uchida tor teshikchalari bor-peritetsiylar. Xaltachalari cho’zinchok, meva tanasi tubidan dastadek bo’lib ko’rinib turadi. Pishib yetilgan sari uchi bilan yuqori teshikchadan tashqariga o’sib chiqadi va sporalarini sochadi. Ularni parazit va saprofitlari bor. 4-tartib Diskomitsetlar - Discomycetales meva tanalari ochiq, shaklan taqsimgacha o’xshaydi. Xaltachalari tsilindr shaklida meva tanalarining ostki yuzasida serbar qatlam ya’ni gimeniy xolida joylashadi. Saprofit va parazitlari bor. 5-tartib Tryufellar - Tuberales meva tanalari yirik va yer ostida bo’ladi. Pishib etilgan meva tanalarining ichidagi xaltachalari notayin dumaloq shaklda. Xaltachalar meva tanasi yemirilib ketganidan keyin tashqariga chiqadi. Saprofit ko’pchiligi. 6-tartib Labulbeniyalar -Laboulbeniales. Meva tanasi peritetsiylarga o’xshaydi ular mitseliyda paydo bo’lmay receptaculum deb ataladigan va chin to’qimadan tashkil topgan alohida vegetativ tana vujudga keladi. Mitselliy ko’pincha bo’lmaydi. Asosan tropiklarda turli xaroratlar ustida parazitlik qilib yashaydi. Bular butunlay boshqa yo’l bilan rivojlanib, olgan o’rni notayin bo’lib qolgan gruppadir bu zamburug’lar perenomitsetlardan kelib chiqqan bo’lsa ajab emas. Ba’zi olimlar ularni bevosita qizil suvo’tlardan kelib chiqqan deb xisoblaydilar. Download 4.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling