Gulistоn dаvlаt univеrsitеti


Download 4.14 Mb.
bet35/75
Sana09.10.2023
Hajmi4.14 Mb.
#1696256
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75
Bog'liq
portal.guldu.uz-MIKOLOGIYA

Nazorat topshirigi.
1. Zamburug’lar qanday belgi va xususiyatlariga qarab turlarga ajratiladi?
2. Zamburug’larni nechata turini bilasiz va qaysilar?
3. Jinssiz ko’payishda konidiyalar hosil qiladigan qaysi tur zamburug’larni bilasiz?
4.Xitridiyali zamburug’larda jinsiy ko’payishni qaysi turi uchraydi?


3-asosiy savol bo’yicha dars maqsadi: Xitridiotsitlar sinfiga umumiy ta’rif berish. Hujayra tuzilishini va ularda sodir bo’ladigan ko’payish turlarini to’liq yoritib berish.


Identiv o’quv maqsadlari.
3.1. Xitridiyalar tartibi haqida biladi.
3.2. Olpidiy va Sinxitriylarning hujayra tuzilishini farqlaydi.
3.3. Oomitsetlar va zigomitsitlar sinflarini ta’riflaydi.


1 - savol bayoni.
Xitridiometsitlar sinfiga mansub zamburug’larning vegetativ plazmodiy yoki rizomitseliydan iborat. Ular bir xivchinli zoosporalar hosil qilib ko’payish xususiyatiga ega. Jinsiy ko’payishi izogomeya, geterogameya, oogameya va xologameya yo’llari bilan amalga oshadi. Bu sinfga xitridiyalar-Chytridiales tartibi kiradi.
Xitridiyalar tartibi –mikroskopik xarakterdagi, vegetativ tanasi sodda yoki yalong’och plazmatik massadan iborat, ba’zan sferik tuzilgan hujayra ko’rinishda buladi. Ba’zi turlarida boshlang’ich holatdagi mitseliy uchraydi. Bu tartibning ko’pchilik vakillari suvo’tlar, suvli muhitda uchraydigan zamburug’lar, suv o’simliklarida parazitlik qiladi. Ayrimlari sernam tuproqlarda o’sayotgan o’simliklarda parazitlik qilib hayot kechiradi. Bu tartibga olpidiy va sinxitiriy kiradi.
Olpidiy- Olpidium brassica. Bu zamburug’ ko’pincha karam ko’chatida ildiz bo’ynini zaralab, uni qorayishiga, keyinchalik esa qurib qolishiga olib keladi.Ushbu kasallikka «ildiz qorayishi» deyiladi.O’simlikning zararlangan joyida bir yadroli, yalang’och hujayralardan iborat parazit tanalar hosil bo’ladi. Kiyinchalik bu tanalar po’st bilan o’ralib, zoosporangiylarga aylanadi. Zoosporangiylar o’sib, tashqariga chiqib turadigan uzun bo’yincha hosil qiladi va shu bo’yinchalardan ko’plab bir xivchinli zoosporalar tashqariga chiqadi.Qo’lay sharoitga tushgan zoosporalar yangi karam ko’chatlariga tushub, ularning zararlanishini yana davom ettiradi.
Jinsiy ko’payishi izogamiya yuli bilan boradi.Hosil bo’lgan zigota dastlab ikki yadroli, keyinchalik ular bir-biri bilan qo’shilib xaqiqiy diploid hosil qiladi. Izogametalar o’zaro qo’shilib zigota hosil qilganda ularning xivchinlari saqlanib qoladi.Shu xivchinlar yordamida harakatlanadigan zigota, yangi karam ko’chati hujayralariga kirib, ularni zararlaydi va qalin po’stli tsistalarga aylanadi. Karamning «ildiz qorayishi» kasalligiga qarshi kurashish uchun ko’chatlarni qalin qoldirmaslik, ular orasidagi havo oqimini yaxshilash va ortiqcha namlikka yo’l qo’ymaslik kerak.
Sinxitriy – sunchitrium endobioticum. Bu zamburug’ turli o’simliklar poyasida har xil ko’rinishdagi bo’rtmalar hosil qiladi. Sinxitriy ko’pincha, kartoshka tugunaklarini zararlab, ulardig’adir-budur, beo’xshov bo’rtmalar (o’smalar) xosil qiladi. Bu bo’rtmalar ko’pincha tugunakning «ko’zcha» lari atrofida xosil bo’ladi. O’simliklarda zamburug’ning sistalari joylashadi. Zararlangan kartoshka tugunaklari tez buziladi va hosilning anchagina qismi nobud bo’ladi. Bu kasallik kartoshka «raki» deb ham yuritiladi.

Download 4.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling