Gulistоn dаvlаt univеrsitеti


Oomitsetlar va zigomitsitlar sinfi


Download 4.14 Mb.
bet36/75
Sana09.10.2023
Hajmi4.14 Mb.
#1696256
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   75
Bog'liq
portal.guldu.uz-MIKOLOGIYA

Oomitsetlar va zigomitsitlar sinfi
Bu sinf asosan suvda usuvchi o’simlik va umurtkasiz hayvonlarda, amfibiya va baliklarda, kuruklikdagi gulli o’simliklarda parazit xolda yashovchi zamburug’lar kiradi. Ularning ayrim vakillari suvlarda ham yashaydi.
Oddiy tuzilgan vakillarida vegetativ tana bir hujayrali, ba’zilarida hujayrasiz tuzilgan mitseliyga ega bo’ladi. Jinsiz ko’payishi bir xivchinli ba’zan 2 xivchinli zoosporalar bilan ayrimlarida konidiyasporalar vositasi bilan amalga oshadi.
Jinsiy ko’payish oogameya, oogoniy ichida tuxum hujayra yaxshi tarakiy etadi. Anteridiydan gametalar rivojlanmaydi, balki tuxum hujayrani rivojlantiradigan o’simtalar o’sib chiqadi. Bu o’simtalar o’sib oogoniyga kiradi va protoplazmasini bir qismi hamda bitta yadrosi bilan tuxum hujayraga boradi.
Oomitsetlar boshqa zamburug’lardan 2 xivchinli bo’lishi, biri sillik, biri shoxlangan zoosporalar hosil qilishi bilan farq qiladi. Hujayra devorida xitin ko’zatilmaydi, tsellyuloza va glyutan bo’ladi. Oomitsetlar yuqoridagi belgilari bilan boshqa zamburug’lardan ajrab turadi. Ularni filogenezi bir xil xivchinli suvo’tlar bilan bog’liq. Bu sinf bir necha tartiblarga bo’linadi:
1 tartib Saproleglilar- Saprolegniaceae
2 tartib Leptomitlilar-Leptomitliaceae
3 tartib Peronosporalilar-Perenosporaceae
Saprolegniyalar - Saprolegniaceae oilasi.
Saprolegniyalar ko’pincha suvdagi hayvon qoldiqlari (xashorat uliklari va boshqalar ) uchishda uchraydi va ularni tusiksiz, ko’p yadroli yugon giflardan tashkil topgan ok mitselliy pupanagi bilan urab oladi. Usha giflarini uchlarida avval 2-xivchinli zoosporalar bilan tulgan tsilindrik zoosporangiylar hosil bo’ladi. Zoosporalar tashqariga chiqib, suvda aktiv xarakat kilib yuradi va ximotaksiya xodisasiga kura chiriy boshlagan oqsil moddalari tomon intilib boradi. Shunga kura, boshqa xashorat uligiga kelib utiradi va unda o’sib, yangi mitseliyga aylanadi. Jinsiy organlari giflarni yosh shoxlarida vujudga keladi.
Oogoniy shaklan sharga uxshagan bo’lib dastlab yaxlit protoplazma bilan tulib turadi. Keyinchalik bir yadroli bir kancha yalangoch sharlarga, ya’ni tuxum hujayralarga bo’linib ketadi.
Anteridiy eng ingichka shoxcha uchida yuzaga keladi. Ko’p yadroli protoplazma bor tepa hujayralardan iborat bo’ladi. Anteridiydan tuxum hujayrani otalantiradigan usimtalar o’sib chiqadi. Bu usimta oogiyga o’sib kiradi va protoplazmaning bir qismini bitta yadrosi bilan tuxum hujayraga beradi. Otalangan tuxum hujayra po’st bilan uraladi. Tinchlik davrini boshidan kechiradi. Keyin zoosporalar bilan tulgan zoosporangiylarga aylanadi.
Peronosporalar - Peronosporaceae oilasi.
Bular mitseliylari shoxlangan, tanasi hujayraga bo’lingan. Bu oilaga suvda ham quruklikda yashovchi saprofit va parazit turlar kiradi.
Pitium - Pithium eng oddiy vakili. Bu vakil suvda ham kuruklikda saprofit va parazit xolda uchraydi. Ularning mitseliysi hujayraga bo’linmagan. Mitselliysi qisman oziqli substrat ichida, qisman uning yuzasida usadi. Tashki giflarida zoosporangiylar vujudga keladi.
Ayrim turlarida zoosporangiylar saporolegiyalardagidek giflarning tsilindrik uchlaridan iborat bo’lsa, boshqa turlarida sharga uxshab kavarib turadi ba’zan butunligicha o’zilib bir nechata zoospora hosil qiladi. Bu zoosporalar 2 xivchinli bo’ladi.
Fitoftora - Phytophthora yuqori turadi. Uning turlari tuprqda - saprofit xolda ba’zan o’simlikning tashki qismida - parazit xolda yashaydi. Uning ko’prok bizga ma’lum muxim vakili kartoshka zamburug’i - Ptytophthora infestans dir. Bu zamburug’ kartoshka tuganagida va bargini shikaslantiradi. U odatda parazit xolda xayot kechiradi, lekin tuproqda saprofit xolatda hayot kechirish xususiyatini ham yo’qotgani yo’q.
Kartoshka zamburug’i odatda parazit hayot kechirar ekan u odatda mitselliysini boshdan oyok substratga kiritib hujayra oraliklaridan joy oladi hujayrani tyoshib utib uni ulishiga sabab bo’ladi. Jinssiz yo’l bilan ko’payish organlari - sporangiylar mitselliysining maxsus shoxchalarida yuzaga kelib tashqariga chiqib turadi va uchlarida oval sporangiylar hosil qiladi. Bu shoxchalar yoki sporangiy bandlari o’z navbatida simpodial ravishda shoxlanib bir kancha yangi-yangi sporangiylar berishi mumkin. Bu sporangiylar doimo butunchigicha o’zilib tushadi va shamol yordamida tarkaladi. Ular keyinchalik yomgir yoki shudring tomchisida usadi. Zoosporangiylar singari 2 xivchinli 10 ta zoospora hosil qiladi. Nam kam bo’lsa sporangiy yaxlit spora xolida o’sib tugridan tugri mitseliyga aylanadi, ya’ni konidiya vazifasini bajaradi.
Perenosporalar oilasining yuqori darajali vakillari: Plasmopora, Peronospora, Alvigo va boshqa avlodlari nukul kuruklikdagi o’simliklarda parazitlik qiluvchilardir.
Ularning endofit mitselliylari zararlangan o’simlik to’qimasining hujayra orasida usadiyu, lekin hujayraning o’ziga kirib turadigan kalta o’simtalar hosil qiladi. Bu usimtalar gaustoriyalar deb ataladi. Gaustoriyalar - zamburug’larning oziqlanishi uchun xizmat qiladigan maxsus organlardir.
Peronosporalar oilasiga kiruvchi yuqori darajali shu vakillarning jinssiz yo’l bilan ko’payishi organlari birmuncha xilma-xil tuzilgandir.
Alvigo - Albigo da sporangiylar epidermis ostidagi kalta sporangiy bandlari zanjir ko’rinishida hosil bo’ladi. Ular epidermisni erilgan erlaridan tukilib shamol erdamida tarkaladi. Suv tomchisida unadi va 2 xivchinli zoosporalar chiqaradi. Bu zoosporalar barg ogizchasidan o’simlik to’qimasiga kiradi va mitselliylar vujudga keladi.
Boshqa vakillarida sporangiy barglari fitoftorada bo’lganidek, barg ogizchalaridan tashqariga chiqib, monopodial yoki dixotamik tipda shoxlanadi va xar bir yosh shoxcha uchida 1 tada sporangiy hosil bo’ladi. Perospora avlodida sporangiy mutlako zoospora hosil qilmaydi va unib tugridan - tugri mitselliyga aylanadi. Shunday kilib zoosporangiy konidiyaga aylanib koladi. Bu quruqlikda yashashga yana bir moslanish deb xisoblasa bo’ladi.
Peronosporalarda jinsiy protsess bir xil bo’lib o’tadi. Oogoniy va anteridiylar sirtda saprolegiyalarning xuddi shunday jinsiy organlariga o’xshagan bo’ladi, lekin oogoniylar faqat bitta tuxum hujayra hosil qiladi.
Otalanish anteridiy o’simtasi bilan yuzaga chiqadi, bu o’simta oogoniy pardasini teshib tuxum hujayraga kiradi va protoplazmasining bir qismi bitta yadrosi bilan birga tuxum hujayraga beradi.
Tuxum hujayra otalanganidan sung qalin po’st bilan o’ralib, oosporaga aylanadi. Tinim davrini o’tganidan keyin oospora unib, ko’pincha zoospora hosil qiladi. Zoospora hosil qilmaydigan peronosporalarda konidiya bandlari uchida konidiyalar vujudga keladi.
Parazit peronosporalarda jinsiy organlar oziq beradigan o’simlik to’qimasining bagrida hosil bo’ladi, ularni zoosporalari o’sha o’simlik chirib ketganidan keyin kelgusi boxorda ajralib suvga chiqadi.
Peronospora zamburug’lari ekin paraziti bo’lganida katta amaliy ahamiyatga ega. Bularning eng muximi kartoshga zamburug’idir. U kartoshkani poya barg va tuganaklarini shikastlaydi. Kartoshkani poya barg tuganaklari tez qurib qorayib qoladi tuganaklari qishga saqlab qo’yganda quruqligicha quriydi. Bu zamburug’ni asl tarqalgan joyi Amerikadir. Bu kasallik Evropaga 1845 yilda o’tgan, u tez tarqalib, kartoshkaning asosiy zararkunandasi bo’lib qoldi.
Ayniqsa nam bo’lganda, yomg’ir ko’p bo’lsa u vaqtda kartoshka hosilini 30% ni bu zamburug’ nobud qiladi. Parazit peronosporalardan yana biri plazmapora - Plasmapora viticola dir. Bu ham Amerikada tarqalgan. Bu plazmapora tok rudasini zararlaydigan parazit bo’lib, "mildbyu" degan kasallikni paydo qiladi. Tokni poya va bargini kasallanishi natijasida hosilni 20% ga kamaytiradi.
Zigomitsitlar sinfi- Zigomycetes. Bu sinfga dastlab hujayrasiz, voyaga etgandan keyin alohida hujayralarga bo’lingan, yaxshi rivojlangan mitseliydan iborat vegetativ tanali zamburug’lar kiradi. Jinssiz ko’payishi sporangiosporalar yordamida, jinsiy ko’payishi zigotamiya yo’li bilan amalga oshadi. Hosil bo’lgan zigota qalin po’st bilan o’raladi va tinim davrini boshdan kechirgandan keyin unib, kaltagina gifa hosil qiladi. Gifada sporalarga ega bo’lgan sporangiy vujudga keladi. Zigomitsitlar sinfiga mukorlar tartibi kiradi.
Mukorlar tartibi.- Mucorales. Chiriyotgan turli organik qoldiqlarda mitseliysi yaxshi rivojlangan va tuproqda saprofit holda yashovchi zamburug’lar kiradi. Jinssiz yo’l bilan ko’payishi, aksari sporangiyda etishadigan sporangisporalar va ba’zi turlaridagina konidiyalar yordamida amalga oshadi. Bu tartibga mukor zamburug’i ham kiradi.
Mukor- mucor. Mitseliysi asosan substrat ichida, qisman uning yuzasidan joylashib, ulardan sporangiy bandlari ko’tarilib turadi. Bandlarning uchlari qavarib, shar shaklidagi sporangiylar hosil qiladi. Sporangiyning asosida to’siq yuzaga keladi va u sporangiy ichiga botb kirib kichkina ustuncha hosil qiladi. Sporangiy ichidagi ko’p yadroli tsitoplazma alohida-alohida bir qancha sporalarga aylanadi. Sporangiy po’sti yorilishi bilan sporalar tashqariga chiqadi va shamol bilan tarqalib, organik oziq va namlik etarli bo’lganda unadi, keyin yangi mitseliyga aylanadi.



Download 4.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling