Gulistоn dаvlаt univеrsitеti


Download 4.14 Mb.
bet34/75
Sana09.10.2023
Hajmi4.14 Mb.
#1696256
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75
Bog'liq
portal.guldu.uz-MIKOLOGIYA

Nazorat topshiriqlari.
1. Zamburug’larni oziqlanishi qaysi tur oziqlanishga kiradi?
2. Zamburug’ hujayralarida assimulyatsiya maxsuloti nimalar hosil bo’ladi?
3. Mitseliy deb nimaga aytiladi?
4. Giflar deb nimaga aytiladi?
5. Mitseliylarni necha xil tuzilishini bilasiz?
6. Zamburug’larda jinsiy ko’payishini qaysi turlari uchraydi?


2-asosiy savol buyicha dars maqsadi:. Zamburug’lar klassifikatsiyasini to’liq yoritib berish.


Identiv o’quv maqsadlari.
2.1. Zamburug’larni asosiy belgilariga qarab klassifikatsiyalay oladi.
2.2. Tuban va yuksak zamburug’larni farqlaydi.
2.3. Zamburug’larning tarqalishi va hayot tarzini biladi..


2- savol bayoni.
Zamburug’larning klassifikatsiyalashda ularni eng muxim belgilariga, xivchinlarini joylashishi, tuzilishi, jinsiy va jinssiz ko’payish xususiyatlariga hujayra devorini tuzilishiga va polisaxaridlar tarkibiga qaraladi.
Yuqorida aytilgan belgilariga qarab zamburug’larning 7 ta turga ajratib o’rganish mumkin:
1 tur Xitridiomitsetsimonlar - mitseliysi boshlang’ich xolda bo’lib, vegetativ tanasi odatda po’stsiz, hujayra devori yo’q. Jinssiz ko’payishi zoosporalar yordamida sodir bo’lib, zoospora odatda 1ta silliq xivchinga ega. Jinsiy ko’payishi gametogameya, oogameya. Hujayra devorida xitin glyukan uchraydi.
2 tur Gifoxitriomitsetlar - vegetativ tana va bir hujayradan iborat bo’lib, yalang’och rizo mitseliy hosil qiladi. Jinssiz ko’payish shoxlangan bir xivchinli zoosporalar yordamida sodir bo’ladi. Hujayra devorlarida xitin va tselyuloza uchraydi.
3 tur Oomitsetsimonlar - mitseliysi rivojlangan lekin hujayrasiz tuzilishga ega. Jinssiz ko’payishi 2 xivchinli (xivchinini biri silliq va 2-chisi shoxlangan) zoosporalar vositasida boradi. Jinsiy ko’payish oogameya, hujayra devorida tselyuloza, glyukagen bor.
4 tur Zigomitsetlar - mitseliysi yaxshi rivojlangan bo’lib, ko’pchilik vakillarida tana hujayrasiz tuzilishda. Jinssiz ko’payish - sporangiospora hosil qilish bilan boradi. Jinsiy ko’payish, izogameya, hujayra devorida xitin va xitozin moddasi uchraydi.
5 tur Aksomitsetsimonlar - mitseliysi yaxshi tarakiy etgan ko’p hujayrali. Jinssiz ko’payishi konidiyasporalar erdamida sodir bo’ladi. Jinsiy ko’payish gametogameya, jinsiy sporalar endogyosh yo’l bilan xaltachalar ichida hosil bo’ladi. Hujayra devorida xitin va glyukan uchraydi. Achitkilarni devorida xitin va matin moddasi uchraydi.
6 tur Bazidiometsetlar - mitseliysi ko’p hujayrali, jinsiz ko’payishi konidiyasporalar erdamida, jinsiy ko’payish sametogameya. Jinsiy ko’payish sporalari bazidiyalar deb ataladigan hujayralar ustida hosil bo’ladi.
7 tur Deyteromitsetsimonlar - takomillashmagan zamburug’lar hujayrali, mitseliy yaxshi tarakiy etgan. Jinssiz ko’payish konidiyasporalar bilan boradi. Jinsiy ko’payish aniklanmagan. Hujayra devorida xitin glyukan mavjud. Bo’lardan tashqari zamburug’lar ichida shunday gruppalar borki ularni sistematikasi o’rganilmagan. Masalan - trixomitsetlar.
Zamburug’lar geteratrof organizmlar bo’lganligidan ko’pincha o’simlik va hayvon qoldiqlarida hamda tirik to’qimalarda yashab, ular hisobiga saprotrof yoki parazitlik yo’li bilan oziqlanadi. Ayrim vakillari suv sharoitiga moslashgan bo’lsa da, aksariyati quruq erda hayot kechiradi.
Zamburug’lar dastlab saprotrof bo’lib, suvdan chiqqach quruqlikka moslashadi va parazitltk bilan hayot kechirishga o’tadi. Ayrim zamburug’lar ham saprotrof, xam parazitlik qilishga moslashgan bo’lib, ularga fakultativ zamburug’lar deyiladi. Tabiatda doimiy parazit zamburug’lar ham uchraydi. Ular tirik organizmlarda hayot kechiradilar, bunday zamburug’larga ixtiyoriy parazit zamburug’ deyiladi. Masalan, zang zamburug’i.
Tuban taraqiy etgan parazit zamburug’lar ko’pincha tirik hujayra ichida joylashib, oziqni so’rib oladi. murakkab taraqiy etgan zamburug’larning mitseliysi, hujayra oraliqlariga o’rnashib, gaustoriyalari orqali tayyor oziq modda bilan hayot kechiradi.

Download 4.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling