Gulistоn dаvlаt univеrsitеti


Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari


Download 4.14 Mb.
bet33/75
Sana09.10.2023
Hajmi4.14 Mb.
#1696256
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   75
Bog'liq
portal.guldu.uz-MIKOLOGIYA

Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari.
1. Suvo’tlarning yashash sharoiti va tarqalishini o’rganib ularning bir biridan farq tomonlarini taxlil qilig. 1 (213-232 b).
2. Shilimshiqlar bo’limi vakillari tuzilishining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganing va chizmalarni taxlil qiling. 1(233-241 b)
Mavzuga oid adabiyotlar.
1.Tojiboev SH. Tuban o’simliklar.Toshkent «O’qituvchi» 1995 y.
2.Tojiboev SH. O’simliklar sistematikasi. Toshkent 1990y.
3.Kursanov L.I. Botanika II tom. Toshkent 1963 y.
4. Saxobidinov S.S.. «O’simliklar sistematikasi» Toshkent, «O’qituvchi» 1976 y.
7-Mavzu: Zamburug’lar bo’limi - Mycota.

Ajratilgan vaqt - 2 soat.


Mashg’ulot turi - ma’ruza.


Asosiy savollar.
1. Zamburug’larni umumiy tavsifi.
2. Zamburug’larni sinflarga bo’linish asoslari.
3. Xitridiomitsitlar sinfi umumiy tavsifi.


Mavzuga oid tayanch iboralar va tushunchalar: tsitoxrom, geteratrof, mochivina, glikogen, xitin, mitseliy, giflar, xavo mitseliy, askomitsetlar, parentosoma, rizomitseliy, rizomorf, sklerotsiy, plazmolema, tonoplast, gametogomeya, samotogomeya, gametantogameya, askogen, trixogina.


Mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar:
Xitridiyalar tartibi vakillarining suvli muxitda parazitlik qilib yashashga moslashganligini aniqlash.
Oomitsitli zamburug’lar sinfini boshqa zamburug’ sinflardan farq qiluvchi belgilarini aniqlash.


1-asosiy savol buyicha dars maqsadi: Zamburug’lar tallomini, hujayrasini tuzilishini va ularda sodir bo’ladigan ko’payish turlarini to’liq yoritib berish.


Identiv o’quv maqsadlari.
1.1. Zamburug’larning tallom tuzilishini biladi.
1.2. Zamburug’larning hujayra tuzilishini izoxlaydi.
1.3. Zamburug’larning ko’payish yo’llarini xarakterlaydi.


1 - savol bayoni.
Zamburug’lar qadimiy organizmlar bo’lib, evolyutsiya jarayonida rangsiz sitoxrom S ga ega bo’lmagan xivchinlilarning guruhidan kelib chiqqan. Shu sababli zamburug’lar o’simliklar olamiga kiritiladi. Ular oziqlanish xususiyatlari bilan o’simliklardan farq qiladi. Ular geteratrof oziqlanishga moslashgan - ya’ni tayyor oziqa moddalar ya’ni organik moddalar bilan. Shu xususiyati bilan avtotrof organizmlardan ya’ni anorganik moddalar bilan oziqlanuvchilardan farq qiladi. Ularga qarshi turadi. Assimilyatsiya paytida zamburug’ hujayrasida kraxmal emas balki mochevina, glikogen hosil bo’ladi. Hujayra devorida xitin to’planadi. Bu belgilari bilan zamburug’lar hayvonlarga yaqin turadi. Xozir ko’pchilik olimlar zamburug’lar dikariot organizmlarni alohida olamiga kiritishini tavsiya etmoqdalar.
Ularni xarakterli belgilari:
1. Hujayra devorini shakllanganligi.
2. Oziq shimib olishi.
3. Sporalar yordamida ko’payishi.
4. Vegetativ tana o’sish qobiliyatiga ega.
5. Oziqlanishi - geteratrof.
6. Assimitsiya maxsuloti - glikogen.
Zamburug’larni vegetativ tanasi mitseliy deb ataladi. Mitseliy shoxlangan giflardan tashkil topgan u uchiga o’sish va yoniga shoxlanish xususiyati ega.
Mitseliy substratga yopishib undagi oziq moddalarni shimib oladi. Substrat ustidagi mitseliyga xavo mitseliysi deb ataladi. Xavo mitseliylarda ko’payish organlari taraqiyot etadi.
Zamburug’ mitseliysi turlicha tuzilgan:
1. Hujayrasiz mitseliy. Bunda mitseliy 1ta yirik hujayradan iborat bo’lib, hujayra ichida bo’g’inlar bo’lmaydi. Bunday hujayra ko’p yadroli bo’ladi.
2. Hujayrali mitseliy. Bunday mitseliy bo’g’inlarga bo’lingan bo’ladi. Ularni hujayrasi bir yoki ko’p yadroli bo’ladi.
Hujayrasiz mitseliyli zamburug’larga - tuban zamburug’lar deb ataladi ularga: xitridiomitsetlar, oomitset, gifoxitriomitset, zigomitsetlar kiradi.
Hujayrali mitseliylili zamburug’larga yuksak zamburug’lar deb ataladi. Yuksak zamburug’larga: askomitsetlar va bazidiomitsetlar kiradi. Ularni mitseliysi ko’p hujayrali to’siqlar bilan ajragan bo’ladi. To’siq hujayraning devoridan markazga ochik joy koladi, bunga pora deb ataladi. Pora orqali hujayra suyuqligi xarakat qiladi. Hujayra to’siqlari xaltachali va bazidiyalilarda oddiy ochiq (pora) bo’ladi. Boshqalarda to’siq qalpoqchali, pora hamma tomondan membrana bilan o’ralgan, unga parentosoma deb ataladi. Mitseliy bir necha xildir. Ayrim zamburug’larda masalan, achitqilarda - soxta mitseliy hosil qiladi. Bunda kurtaklar alohida kurtaklanuvchi xolda bo’lib, ajralgan kurtaklar bir-biri bilan qo’shiladi. Oddiy tuzilgan zamburug’larni mitseliysi shoxlangan ipsimon shaklda bo’lib, rizomitseliy deyiladi.
Ko’pchilik zamburug’larda giflar bir - biri bilan parallel qo’shilgan mitseliy tugunchasini hosil qiladi, bunga rizomorf deb ataladi. Rizomorf o’zidan modda o’tkazish funktsiyasini bajaradi. Rizomorfni ustki tomoni qalinlashgan qoramtir rangda bo’lib, ximoya, ichki qismi esa o’tkazuvchi idish vazifasini bajaradi. Ba’zi zamburug’larda mitseliy bir-biri bilan o’ralib shoxsimon shakl hosil qiladi, sklerotsiy deb shunga aytiladi.
Sklerotsiyning hujayrasi zapas oziq moddaga boy bo’lib ximoya vazifasini bajaradi. Masalan, shoxkuya zamburug’i. Zamburug’larni hujayra devori 0,2 mkn qalinlikda. Hujayra devori tashqi va ichki qismdan iborat.
Tashqi qism shakllanmagan. Ichki qismi esa g’adir budir yoki o’ymali to’siqdan iborat. Hujayra devorini 80-90% ni polisaxaridlar tashkil etadi. Ular oqsil va lipidlardan iborat. Xitridiomitsetlar, xaltachasimonlar, bazidiomitsetlar va deyteromitsetlarning hujayra devorida xitin va glyukogen moddasi bo’ladi.
Zigomitsetlar sinfini vakillarida hujayra devorida xitozin moddasi bilan boshqa sinf vakillaridan farq qiladi. Zamburug’larni tsitoplazmasida ribosom, mitoxondri, Goldji apparati va yadrosi bo’ladi. Tsitoplazma va vakuola orasida parda bo’lib bunga tonoplast deb ataladi. Zamburug’larni mitoxondriyalari o’simlik mitoxondriyasiga o’xshaydi, lekin tuzilishi bilan farq qiladi.
Zamburug’larning hujayrasida bittadan to 20-30 tagacha yadro bo’ladi. Yadroni kattaligi 2-3 mkn dan iborat, u 2 qavat parda bilan o’raladi, nukleoplazmasida yadrocha va xromosomalar uchraydi.
Zamburug’larni hujayrasida xar xil birikmalar: glikogen, lipid tomchilari bo’lib, vakuolada esa oqsil donachalari va valyutin to’planadi.
Zamburug’larni faqat zoosporalari va gametalari xarakatchan, xivchinlari esa eukariotlarnikiga o’xshash tuzilishda bo’ladi. Ko’payishi zamburug’larni 3 xil bo’ladi:1) vegetativ,2) jinssiz,3) jinsiy.
Zamburug’larni jinssiz ko’payishi 2 xil usulda bo’ladi: zoosporalar endogen yo’l bilan giflar uchidagi zoosporangiy ichida taraqqiy etadi, uning ichida bir yoki bir nechata xivchinli zoosporalar etishadi. Zoosporani xivchinlari silliq yoki tuklidir. Zoosporangiy etilgandan keyin zoosporangiy devori yorilib chiqib suvda suzib bironta substratda yopishib o’sadi va yangi individ unib chiqadi. Bunday ko’payish xitridiyalilarda, oomitset va gifoxitriomitsetlarga oid.
Zigomitsetlar sinfining vakillari sporangiya sporalar hosil qilish bilan ko’payadilar. Sporangiy ichida endogen yo’l bilan hosil bo’lgan bu sporalarga sporangiy spora deb ataladi. Sporangiy sporalar juda mayda bo’lib, shamol yordamida, xashoratlar yordamida, xashoratlarga yopishib atrofga tarqaladi.
1. Konidiya sporalar bilan ko’payish. Bu usul quruq sharoitda usadigan yuksak zamburug’lar uchun xosdir.
Konidiyaspora konidiya band deb ataladigan alohida gifning uchida vujudga keladi. Konidiya bandni uchidagi hujayralar dumaloqlashib, nozik tizma zanjir hosil qiladi. U etilganidan keyin tizmalar uzilib, tarqalib ketadi.
2. Zamburug’larni vegetativ ko’payishi. Ular ham bir necha xil bo’ladi. Mitseliysi uzilib, mustakil individga aylanadi. Masalan xlamidospora qalin po’st bilan o’ralib noqulay sharoitda o’sish qobiliyatini saqlab qoladi.
Kurtaklanish yo’li bilan ko’payish. Bunday ko’payish achitqi zamburug’lari uchun xosdir. Sklerotsiy vositasida ko’payishi. Bu giflarni zich qo’shilib o’sishidan hosil bo’ladi. U qoramtir, kattik po’stli, zapas oziq moddaga boy, shoxsimon bo’lib, noqulay sharoitni tuprqda o’tkazadi va baxorda unib meva tanaga aylanadi. Masalan bunga shoxkuya zamburug’i misol bo’ladi.
3. Jinsiy ko’payish. Bu xil ko’payish zamburug’lar ichida deyteromitsetlardan tashqari hammasida uchraydi. Jinsiy ko’payish o’zi 3 xil bo’ladi:1) gametogameya,2) gametangiogameya,3) sametogameya.
Birinchi tur ko’payish Gametogameya bu tuban zamburug’larda rivojlangan bo’lib, suvo’tlari kabi, izogamiya, geterogameya va oogameya yo’li bilan sodir bo’ladi. Ko’pchilik zamburug’larda oogameya yo’li bilan ko’payishda xarakatsiz tuxum hujayrani urug’lanishida anteridiy o’simtalari ishtirok etadi, ayrimlarida tuxum hujayrani urug’lanishi spermatozoidlar yordamida sodir bo’ladi.
Ikkinchi tur ko’payish Sametogameya - bazidiyali zamburug’lariga xos.
Bunda jinsiy hujayralar ishtirok etmasdan balki mitseliy somatik hujayralar ishtirok etadi.
Uchinchi tur jinsiy ko’payish bu - Gametangiogameya bu ko’payish turi zigomitsetlar va xaltachali zamburug’lar sinfiga xosdir. Xar xil tupdan chikkan giflar uchlari bilan bir-biriga qarab o’sadi, uchi bo’rtib shishadi. Uchlarini tutashgan joyidan ularni bir-biridan ajratadigan to’siqlar paydo bo’ladi. Keyin bu to’siq eriydi va ularni moddalari qo’shilib ketadi. Hosil bo’lgan zigota zigospora deb ataladi. Tinim davrini o’tib, u o’sadi qisqa sporangiy band ichida shoxlanmagan yosh sporangiyga aylanadi bu embrion sporangiy deb ataladi. Zigota hosil qiluvchi hujayralar hamisha diploidli bo’ladi. Yadrolari zigota hosil bo’lish jarayonidagina juft - juft bo’lib qo’shiladi.



Download 4.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling