Reja: Radioto‘lqinlar Infraqizil nurlar


Download 293.52 Kb.
bet1/8
Sana29.03.2023
Hajmi293.52 Kb.
#1305349
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
очик дарс матни




ELEKTROMAGNIT TO‘LQINLAR SHKALASI.


Reja:

  1. Radioto‘lqinlar

  2. Infraqizil nurlar

  3. Ultrabinafsha nurlar

  4. Rentgen nurlari



Radioto‘lqinlar
Kamalakdagi barcha ranglar uchun, mazkur torgina chegara doirasidagi (400-800 nm) turli xil to‘lqin uzunliklari muvofiq keladi.
Maksvellning tabiatda yana turli tuman elektromagnit to‘lqinlari mavjudligi haqidagi ilmiy taxminlaridan ko‘p o‘tmay, uning haq ekanligini isbotlovchi qator kashfiyotlar boshlanib ketdi.
Eng birinchi bo‘lib - radioto‘lqinlar kashf etildi. Bu ishni 1888 yilda nemis olimi Genrix Gers (1857-1894) amalga oshirdi.
Radioto‘lqinlar hamda, biz ko‘radigan yorug‘lik nurlari orasidagi yagona farq shundaki, radito‘lqinlar bir necha detsimetr uzunlikdagi to‘lqinlardan boshlab, bir necha kilometrlik to‘lqin uzunliklariga ham ega bo‘la oladi va shunday tebranishlar bilan ularni istalgan yo‘nalishda tarqatish mumkin.
Maksvell nazariyasiga ko‘ra, elektromagnit to‘lqinlarning yuzaga kelish sababi, elektr zaryadlarining tezlanish bilan qiladigan harakatlari bo‘lishi mumkin edi. Xuddi yorug‘lik nurlari singari, radioto‘lqinlar ham yer atmosferasi bo‘ylab amalda biror yo‘qotishlarsiz, qarshiliklarsiz tarqala oladi va bu xossa ularning kodlangan axborotni tashish vositasiga aylanishida asosiy o‘rin tutgan hisoblanadi.
Genrix Gersning 1888 yilda radioto‘lqinlarni kashf etgani xabar qilinganidan so‘ng, oradan atiga 5-7 yil o‘tib, rus fizigi A.S. Popov (1859-1906) hamda italyan muhandisi G.Markoni (1874-1937) tomonidan simsiz aloqa telegraf vositasini - zamonaviy radioning ajdodi loyihalandi va jahon afkor-ommasi hukmiga havola qilindi (Manbalarda radioni Popov yoki Markonilardan qay biri birinchi bo‘lib ixtiro qilganligi turlicha talqin qilinadi. Ushbu ixtiro uchun, uning loyihachilaridan biri - Markoni 1909 yilda Nobel mukofotiga loyiq topilgan.
Maksvellning yorug‘lik spektridan tashqarida ham turli xil elektromagnit to‘lqinlar mavjud ekanligi haqidagi bashorati radioto‘lqinlar misolida o‘z amaliy isbotini topgach, elektromagnit to‘lqinlarning boshqa spektrlari ham amalda isbotlandi. Hozirgi kunda deyarli barcha diapazonlar bo‘yicha hamma elektromagnit to‘lqinlar kashf qilingan bo‘lib, ularning barcha-barchasi, ilm-fan va texnikaning ko‘plab yo‘nalishlarda insoniyat uchun xizmat qilib, katta naf keltirmoqda. To‘lqinlarning chastotasi hamda ularga muvofiq keluvchi elektromagnit nurlanish kvantlari - to‘lqin uzunligining qisqarishi yo‘nalishida ortib boradi. Barcha elektromagnit to‘lqinlarning o‘zaro uyg‘unligi, elektromagnit nurlanishlarining yaxlit spektri deb nomlanuvchi spektrni tashkil qladi.
Radioto‘lqinlar uzunligiga ko‘ra sezilarli va yaqqol katta farqlarga ega bo‘lishi mumkin. Ularning to‘lqin uzunligi bir necha santimetrdan boshlab, bir necha yuz, hatto ming kilometrlargacha ham cho‘zilishi mumkin va ularning uzunligi hattoki Yer radiusi bilan taqqoslanarli darajalarda ham bo‘ladi (ma'lumot uchun, Yerning radiusi 6400 km). Radioto‘lqinlar diapazoninig barcha to‘lqinlari texnikada juda keng qo‘llaniladi. Xususan, detsimetrli va ultraqisqa uzunlikdagi to‘lqinlar televizion dasturlarni hamda, radioeshittirishlarni uzatishda qo‘llanadi. Kilometrlik to‘lqin uzunligiga ega radiouzatmalar esa, olis va uzoq masofalarga signal uzatish-qabul qilish maqsadlarida qo‘llanadi va ularni amplituda bo‘yicha modulyatsiyalanadi. Bunda siganlning sifati sezilarli darajada yo‘qotilsa hamki, lekin, kilometrlik to‘lqinlarning Yer atmosferasi ionosferasidan akslanishi evaziga, Yer sharining istalgan nuqtasiga yetkazish imkoni mavjuddir. Kezi kelganda aytish joizki, bugungi kunda, aloqaning ushbu turi asta-sekinlik bilan o‘tmishga aylanib bormoqda. Buning bosh omili esa, aloqaning boshqa bir turi - sun'iy yo‘ldosh orqali aloqaning rivojlanayotganligidir.

Download 293.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling