Reja: Radioto‘lqinlar Infraqizil nurlar
Download 293.52 Kb.
|
очик дарс матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- Infraqizil nurlar
Infraqizil to‘lqinlar:
Elektromagnit spektrining ushbu qismidagi to‘lqinlar, uzunligiga ko‘ra 1 mm dan 800 nm gacha bo‘lgan uzunlikdagi elektromagnit nurlanishlarini o‘z ichiga oaldi. Ushbu diapazonga oid nurlarni inson bevosita o‘z tanasi - terisi orqali his qila oladi. Ya'ni, ushbu diapazonni biz issiqlik tarzida sezamiz. Agar siz qo‘lingizni olovga, yoki, qizib turgan biror buyumga yo‘naltirsangiz, uning haroratining taftini his qilasiz. Qizdirilgan buyumdan, yoki olovdan taralayotgan mazkur taft, issiqlik aynan biz ta'kidlayotgan infraqizil nurlanishning o‘zginasidir. Ayrim jonivorlarda, masalan ilonlarning ba'zi turlarida, o‘ljasining tanasidan taralayotgan issiqlik - infraqizil nurlanishlariga qarab, uning qayerda va qanday vaziyatda turganini aniqlash imkonini beruvchi tana a'zosi ham mavjud. Yer yuzasidagi deyarli barcha-barcha unsurlar infraqizil nurlanishlar diapazonida elektromagnit to‘lqinlar taratishi boisidan, infraqizil nurlanishlar detektorlari, zamonaviy qidiruv tizimlari hamda navigatsion asboblar ishlab chiqarish sohalaridan katta ahamiyat kasb etadi. Tungi kuzatish asboblarining aksariyati infraqizil nurlanishlarni qayd etuvchi datchiklar bilan jihozlangan bo‘lib, ular bizga «qorong‘uda ko‘rish» imkonini beradi. Bunday asboblar orqali nafaqat odamlarni yoki jonivorlarni, balki, texnika, hamda, boshqa inshootlarning joylashbuvini ham aniqlash imkoni mavjud. Kunduzgi issiqlikdan qizib olgan texnika va inshootlar, termodinamika qonunlariga ko‘ra, tunda atrof sovigach, o‘ziga singdirib olgan issiqlikni tashqi muhitgan tarata boshlaydi. Infraqizil detektorlar esa aynan shu narsani «ilg‘ab» oladi. Bunday asboblar va detektorlar harbiy maqsadlarda va qutqaruv ishlarini tashkillashda juda katta asqotadi. Xususan, ko‘chki, yoki, vayronalar ostida qolgan tirik odamlarni izlab topishda, ularining tanalari taratayotgan issiqlik - infraqizil nurlanishni shunday detektorlar vositasida qayd etiladi va ularning turgan joyi aniqlanadi. Infraqizil nurlar Dispersiya hodisasini o‘rganishda spektrlarga ajralgan nurlarga termometr biror vaqt davomida tutib turilganda temperatura ma’lum darajaga ko‘tarildi. Yettita termometr olinib kamalakning yettita rangiga teng vaqt davomida tutib turilsa, eng yuqori temperaturani qizil nurga tutilgan termometr, eng past teperaturani esa binafsha nurga tutilgan termometr va qolgan termometrlar esa oraliq temperaturalarni ko‘rsatar ekan. Bundan qizil nur o‘zini issiqlik tarzda namoyon etar ekan degan xulosa chiqarish mumkin bo‘ladi. Agar termometr qizil nurdan tepa tomonga tutib turilsa, termometrning yanada kuchliroq qizib ketganligini guvohi bo‘lish mumkin. Demak, qizil nurdan tepa tomonda ko‘zimizga ko‘rinmas qandaydir nur bor ekan. Ana shu nur o‘zini qizil nurga nisbatan ham ko‘proq issiqlik tarzida namoyon etar ekan. Spektrda qizil nurlardan avval joylashgan, ko‘zga ko‘rinmaydigan nurlar infraqizil nurlar deyiladi. Infraqizil nurlarning to‘lqin uzunligi qizil nurlarga nisbatan katta, chastotasi esa kichik bo‘ladi. Qizdirilgan har qanday jism infraqizil nurlarni chiqarganligidan isiqlik nurlari deyiladi. Xonadagi issiq pechka yoki isitish batareyasi atrofidagi jismlarni sezilarli darajada isituvchi infraqizil nurlar chiqaradi. Infraqizil nurlar lak-bo‘yoq qoplamalarini, sabzavot va mevalarni quritishda ishlatiladi. Yirtqich hayvonlarning deyarli hammasi, it va boshqa hayvonlarning ko‘rish diaplzoni insonnikiga qaraganda kengroq bo‘lib, infraqizil sohani ham ko‘radi. Shuning uchun, bu hayvonlarning ko‘zi kechasi juda yaxshi ko‘radi. Lekin, tovuq, kabutar kabi ba’zi qushlarning ko‘rish diapozoni inson ko‘zinikiga nisbatan torroq bo‘lib, qizil nurni yaxshi ko‘rmaydi yoki umuman ko‘rmaydi. Agar tovuq yoki kabutarning oldiga qip-qizil kiyinib borilsa, ular odamni yaxshi payqamay qoladi. Tovuq va kabutarlarning qosh qoraya boshlashi bilanoq ko‘rmay qoladi. Chunki, Quyosh botishi oldidan qizarganda, atmosferada boshqa nurlar yutilib, qizil nur yutilmasdan Yer sirtigacha yetib keladi. Quyosh botishi oldida qizarishining sababi ham ana shunda. Download 293.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling