Reja: Radioto‘lqinlar Infraqizil nurlar


Download 293.52 Kb.
bet4/8
Sana29.03.2023
Hajmi293.52 Kb.
#1305349
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
очик дарс матни

Ko‘rinadigan nurlar.
Yuqorida ta'kidlanganidek, ko‘rinadigan nurlar, ya'ni, elektromagnit nurlanishlar spektrining bizga ko‘rinadigan yorug‘lik nurlaridan iborat qismi 400 nm dan 800 nm gacha bo‘lgan to‘lqin uzunligidagi nurlanishlarni o‘z ichiga qamraydi. Inson ko‘zi ushbu diapazondagi elektromagnit nurlanishlarni sezish, qayd qilish va tahlil qilish uchun eng ideal vosita o‘laroq yaratilgandir. Buning ikkita sababiyati mavjud. Birinchidan, aytilganidek, ko‘rinadigan nurlar spektriga oid elektromagnit to‘lqinlar, ular uchun shaffof bo‘lgan yer atmosferasida deyarli hech qanday qarshilikka uchramasdan tarqaladi. Ikkinchidan, Quyosh sirtining harorati (taxminan 6000 °C) shundayki, Quyosh nurlari energiyasining eng yuqori nuqtasi aynan bizga ko‘rinadigan yorug‘lik nurlari diapazoniga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, sayyoramizdagi hayot va energiyaning bosh omili bo‘lmish Quyosh, o‘z energiyasinintg eng katta qismini aynan ko‘rinadigan nurlar diapazonida nurlantiradi; qolaversa, bizni o‘rab turgan atrof-muhit ham ushbu nurlar uchun deyarli mutlaqo shaffofdir. Shu sababli ham, inson ko‘zining evolyutsion taraqqiyoti natijasida, aynan ushbu turdagi elektromagnit to‘lqinlarni qabul qilishda moslashib qolgani bejiz emas.
Yana bir bora ta'kidlash kerakki, fizika nuqtai nazaridan, odamga ko‘rinadigan yorug‘lik nurlari diapazoniga tegishli elektromagnit to‘lqinlarning (ya'ni, oddiy nurlarning) boshqa turdagi elektromagnit to‘lqinlardan hech bir farqi yo‘q. Ular elektromagnit nurlanishlar yaxlit diapazonning torgina bir qism(cha)sini tashkil qladi xolos. Bu turdagu nurlarning inson uchun ahamiyati shundaki, odam ko‘zi va miyasi biologik jihatdan faqat shu turdagi nurlarni qayta ishlash va tahlil qilishga yaraydigan qilib yaratilgandir (yana kim biladi deysiz, inson miyasi va tafakkurining biz bilmagan qanchada-qancha imkoniyatlari bo‘lishi mumkin...)
Ultrabinafsha nurlari
Ultrabinafsha nurlar diapazoniga, bir necha ming atom diametriga teng to‘lqin uzunligidagi elektromagnit nurlanishlardan boshlab, atiga bir nechta atom diametriga teng uzunlikdagi nurlanishlar kiritiladi (400-10 nm). Spektrning ushbu qismidagi nurlanishlar tirik organizmlarning faoliyati uchun jiddiy ta'sirlar ko‘rsatadi. Quyosh spektridagi yumshoq ultrabinafsha nurlari (to‘lqin uzunligiga ko‘ra ko‘rinadigan nurlar spektriga yaqin bo‘lgan ultrabinafsha nurlari) muayyan dozalarda terining kuyishini (qorayishni) keltirib chiqaradi. Quyosh nurlari tarkibidan qabul qilingan ultrabinafsha nurlari dozasi ortib ketsa esa, inson terisida o‘tkir kuyishlar - chandiqlar va boshqa nojo‘ya oqibatlar yuzaga kelishi mumkin.
Qattiq (qisqa to‘lqinli) ultrabinafsha nurlar esa, tirik to‘qimalar uchun halokatli ta'sir qiladi. Shuning uchun ham bu turdagi ultrabinafsha to‘lqinlarda jarrohlik asboblarini sterilizatsiya qilishda keng qo‘llaniladi. Qisqa to‘lqinli ultrabinafsha nurlar tibbiy anjomlar va buyumlar sirtidagi barcha mikroorganizmlarga qiron keltirib, bemorlarni infeksion xastaliklardan saqlab qoladi.
Yer yuzida yashovchi barcha tirik organizmlar, Quyoshda keluvchi va halokatli ta'sir qudratiga ega bo‘lgan qattiq ultrabinafsha nurlanishlarning ta'siridan mustahkam tabiiy qalqon bilan himoyalangan bo‘lib, ushbu himoya qalqoni vazifasini, Yer atmosferasining ozon qatlami bajaradi. Agar mazkur tabiiy qalqonimiz bo‘lmaganida, balki yerdagi hayot faqat okeanlar tubidagina mavjud bo‘larmidi.

Download 293.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling