Reja: Radioto‘lqinlar Infraqizil nurlar
Download 293.52 Kb.
|
очик дарс матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- ultrabinafsha nurlari
- Rentgen nurlari.
Ultrabinafsha nurlar
Agar termometr binafsha nurdan pastga tomon tutib turilsa, termometrning binafsha rangga tutilgandan ko‘ra ham kuchsiz qizishiga guvoh bo‘lish mumkin. Demak, binafsha nurdan quyida ko‘zimizga ko‘rinmas qandaydir nur bor ekan. Spektrda binafsha nurlardan keyin joylashgan, ko‘zga ko‘rinmaydigan nurlar ultrabinafsha nurlari deyiladi. Ultrabinafsha nurlarning to‘lqin uzunligi binafsha nurlarga nisbatan kichik, chastotasi esa katta bo‘ladi. Bu nurlar inson miyasida ko‘rish tuyg‘usi hosil qilmaydi. Ultrabinafsha nurlarni lyuminessensiyalovchi modda qoplangan ekran yordami bilan payqash mumkin. Ekranning spektrning binafsha sohasidan narida yotgan nurlarga ro‘para qismigina ko‘k-yashil tusda yorug‘lana boshlaydi. Ultrabinafsha nurlar ximiyaviy jihatdan juda aktiv bo‘ladi. Ultrabinafsha nurlarga nisbatan fotoemulsiya juda yaxshi sezgir bo‘ladi. Ultrabinafsha nurlar ko‘zga ko‘rinmasada, ular ko‘zning to‘r pardasiga va teriga kuchli ta’sir o‘tkazadi. Shisha ultrabinafsha nurlarni ko‘p yutganligi bois xatto oq shishali ko‘zoynak ham ko‘zni bu nurlardan asraydi. Ma’lum bir dozadagi ultrabinafsha nurlari sog‘liq uchun foydali bo‘lib, organizmning o‘sishi hamda to‘qimalarning chiniqishiga yordam beradi. Bu nurlar teriga ta’sir etib uni qoraytiradi. Rentgen nurlari. Bir necha atom diametrlaridan boshlab, bir necha yuz atom yadrosi diametrlariga teng to‘lqin uzunliklaridagi elektromagnit nurlanishlarni Rentgen nurlanishlari deb ataymiz. Rentgen nurlari organizmning yumshoq to‘qimalari orqali to‘siqsiz o‘tib bora oladi va tananing qattiq qismlari - suyaklardagina akslanadi. Shu sababli ham rentgen nurlarning tibbiy tashxis uchun ahamiyati beqiyosdir. Huddi radioto‘lqinlar singari, rentgen nurlarining ham kashf etilish, hamda, ularning insonga amaliy ko‘mak berishga o‘tishi orasidagi vaqt tafovuti juda qisqa muddatni tashkil qiladi. Rentgen nurlarini 1895-yilda olmon olimi Vilgelm Konrad Rentgen (1845-1923) kashf qilgan bo‘lib, oradan bir necha oy o‘tib, ushbu fizik kashfiyotdan Parij kasalxonalaridan birda bemorning singan suyagini ko‘rish uchun foydalanilgan. Tez orada ushbu amaliyot butun dunyo tibbiyot muassasalarida ommalashib ketdi. Shunisi qiziqki, o‘sha davr farang gazetalari, rentgen nurlarining kiyim-kechaklardan ham o‘ta olishi haqida shov-shuv qilib yozarkanlar, ushbu nurlarning tibbiy tashxis vositasi sifatidagi ahamiyati haqida lom-mim deyishmagan ekan... Download 293.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling