Gulistоn dаvlаt univеrsitеti


Download 4.14 Mb.
bet28/75
Sana09.10.2023
Hajmi4.14 Mb.
#1696256
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75
Bog'liq
portal.guldu.uz-MIKOLOGIYA

Nazorat savollari
1.Pirofit suvo’tlari necha bo’limga bo’linadi va qaysilari.
2.Kriptofitsimonlar sinfiga ta’rif bering.
3.Dinafitsimonlar sinfini izoxlang.
4.Dinfitsimonlar tartibini sanab o’ting.
5.Noktiluka qaerlarda tarqalgan.
6.Dinokokklilar tartibining jinssiz ko’payishini tushuntirib bering.
2-asosiy savol buyicha dars maqsadi: Evglena suvo’tlari bo’limi xaqida to’liq tushuncha berish.


Identiv o’quv maqsadlari.
2.1. Evglena suvo’tlar bo’limini ta’riflay oladi.
2.2. Evglenalar hujayrasining tuzilishini izohlay oladi.


2 - savol bayoni.
Evglenalila bir hujayrali, bitta uzun xivchini yordamida sof yashil xramotoforlari bilan aktiv xarakatlanadi. Hujayrasining shakli ko’pincha cho’ziq ellips, duksimon,unda tsellyulozali po’st bo’lmaydi. Uning vazifasini tsitoplazmaning tashqi qobig’i qalinlashuvi natijasida hosil bo’ladigan periplast yoki pellikula deb ataluvchi ustki qatlam bajarad. Pellikula muloyim, egiluvchan bo’lganligi tufayli hujayra o’z tanasi shaklini o’zgartirishi mumkin. Evglenalarning ba’zilarini xujayra sirtida qattiq sovutdan iborat «uycha» bo’lib, u pellikuladan ajralib turadi.
Sitoplazmada bitta yoki bir qancha xromotoforlar bo’ladi, unda yuksak o’simliklar xloroplastidagi kabi xlorofill a va b, karotin va ksantofill bor. Bulardan tashqari ba’zi bir evglenalarda qizil rangli astaksantin ham uchraydi. Fotosintez maxsuloti sifatida kraxmal to’plamay, unga o’xshash yod ta’sirida biroz sarg’ish tusga kiradigan paramilon hosil bo’ladi yoki uning atrofida to’planadi. Xromatoforf ko’pincha yulduz lenta, yirik plastinka va mayda disksimon donalar shaklida bo’lib, hujayra po’sti yaqinida joylashadi. Xromatoforlar piranoidli va pirenoidsiz bo’lishi mumkin.
Evglenalar hujayrasining oldingi qismida varonkasimon ko’rinishda botiqlik va ndan bitta, ba’zilarida ikkita uzun xivchin chiqib turadi. Tirik evglenalar hujayrasining oldingi qismida qizil nuqta – stigma joylashib, u fototaksis-yorug’likdan ta’sirlanish xususiyatiga ega. Ko’payishi xujayrasining bo’yiga qarab ikkiga bo’linishi yo’li bilan amalga oshadi. Bo’linish oldidan xivchinlarini tashlaydi, yadro, stigma va xramotoforlar bo’linganidan so’ng, xujayraning oldingi qismida yoriq hosil bo’ladi va u kattalashib ikkita qiz hujayra yuzaga keladi. Xivchinlar hosil bo’lganidan so’ng aktiv xarakatlana boshlaydi. Evglenalar tabiatda keng tarqalgan. Ularni oqmaydigan turli xil ekologik sharoitli suv havzalarida uchratish mumkin. Evglenlar miksotrof va hatto saprofitholda oziqlana olishi tufayli, organik moddlar bilan ifloslangan suv xavzalarini biologik tozalanishida katta rol o’ynaydi. Ba’zi evglenalar suvning ifloslanganliini ko’rsatuvchi biologik indikatorlar bo’lib ham xizmat qiladi.
Evglenalarning tabiatda 400 ga yaqin turi uchraydi, ular ikkita tartibga birikkan. Bu bo’limning xarakterli vakillarida evglena va traxelomonasdir.
Evglena – Euglena virides, Hujayrasi urchuqsimon, bir xivchinli, tsitoplazmatik po’st-periplast bilan o’ralgan. Hujayraning oldingi qismida varonkasimon bo’g’ma bo’lib, u tsitoplazmadagi qisqaruvchi vakuola bilan bog’lanadi. Bo’g’izning yon qismida qizil gamatoxrom pigmenti bilan to’lgan «ko’z» cha joylashgan. Sitoplazmada bitta yadro va yam-yashil rangli bir qancha yulduzsimon, donador yoki lentasimon shaklda pirenoidsiz xramotoforlar bo’ladi. Zapas oziq moddalar sifatida karbon suv-paramilon donalari hosil bo’ladi.
Evglena tanasi uzunasiga oddiy bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Ko’pchilik suvlarda azotli organik moddalarga boy kichik suv havzalarida uchrab, ba’zan ularni «gullashiga» sabab bo’ladi.
Traxelomonas – Trachelomonas. Uning bir xivchinli serharakat hujayrasi dumaloq yoki keng elipsimon «uycha» ichida joylashgan. Bitta zivchini «uycha» dagi bo’g’iz orqalitashqariga chiqadi. Temir birikmalariga boy kichik suv havzalarida uchraydi. Evglenalar bir hujayrali formalar ichida tsitoplazmasining tuzilishi, xivchinining bittaligi, kraxmal o’rniga paramilon hosil qilishi bilan boshqa suvo’tlardan keskin farq qiladi. Bularning qazilma holdagi qoldiqlari deyarli uchramaydi. Evglenalarning boshqa bo’lim suvo’tlar bilan hech qanday qarindoshlik aloqalari yo’q. Shuning uchun ularni o’simliklar dunyosi evolyutsiyasining boshi berk tarmog’i deb qaraladi.

Download 4.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling