Gulistоn dаvlаt univеrsitеti
Download 4.14 Mb.
|
portal.guldu.uz-MIKOLOGIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi
- 4- savol bayoni.
Nаzоrаt sаvоllаri.
1. Sаriq - yashil suvo'tlаri qаysi sinflаrgа bo'linаdi? 2. Ulаrdа fоtоsintеz nаtijаsidа qаndаy mаhsulоtlаr hоsil bo'lаdi? 3. Bоtridium qаndаy suv hаvzаlаridа uchrаydi? 4. Vоshеriyani jinsiy кo'pаyishi qаndаy sidir bo'lаdi? 4-savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Qo’ng’ir suvo’tlarining tuzilishi hayot sharoiti sinflarga bo’linishi, ko’payishi va ahamiyati to’g’risida tushuncha berish Identiv o’quv maqsadlari. 4.1. Qo’ng’ir suvo’tlarining tallomi va hujayraviy tuzilishini biladi. 4.2. Sinflarga bo’lib ko’payishini izoxlay oladi. 4.3. Izogeneratnomalar sinfini Geterogeneratlar sinfidan ajrata oladi. 4.4. Tsiklosporanomalar sinfini xarakterlay oladi. 4- savol bayoni. Qo’ng’ir suvo’tlari - Phaeophyceae. Bu tipga ko’p hujayrali, ba’zan juda yirik bo’lib, murakkab tuzilgan o’simliklar kiradi. Bu o’simliklar asosan dengizlarda uchraydi. Ular dengiz tubida yopishib usadi va soxilga yaqin joyda ko’pincha katta - katta chakalakzorlar hosil qiladi. qo’ng’ir suvo’tlarlarni hujayrasi bir yadroli bo’ladi. Hujayrasini tsellyulozali po’sti hamda ayrim donachalar ko’rinishidagi perenoidsiz xromotoforlari bor. Xromotoforlarida xlorofildan tashqari yana 3 ta qo’shimcha pigment:1) Karotin, 2) Ksantofill, 3) Fukoksantin bor. Ularni hammasi ximiyaviy tarkibi jixatdan bir - biriga o’xshaydi va suvda erimaydi. Bularning orasida ayniqsa to’q qo’ng’ir rangda bo’ladigan fikoksantin ayniqsa o’ziga xosdir, yashil xlorofill bilan qo’shimcha pigmentlarning turli nisbatda aralashishi tufayli xromotoforlar xar xil rangda bo’lib, ko’rinadi, shunga ko’ra suv o’tining o’zi ham sarg’imtir yashildan tortib, to’q qo’ng’irgacha, xatto qop-qora bo’lishi mumkin. Talaygina vakillarida suvda eriydigan o’ziga xos polisaxaridlar - laminarin ham xiyla to’planadi. Jinssiz yo’l bilan ko’payish aksari zoosporalar ishtiroki bilan yuzaga chiqadi. Ularni zoosporalari juda g’alati tuzilgan: zoosporalar yon tomondan chiqib, biri oldinga, ikkinchisi orqaga qarab turadigan ikki xivchinli bo’ladi. Bu xivchinlarning oldingisi keyingisidan odatda uzunroq bo’ladi. Jinsiy protsess turlicha: izogameya, geterogameya oogameyadir. Qo’ng’ir suvo’tlarini eng oddiy vakili ektokarpus - Ectocarpus. U shaklan bir qator hujayralardan tuzilib, shoxlab ketgan ipga o’xshaydi. Bu suvo’tni aksari shoxlarining asosidan o’sadi. Jinssiz yo’l bilan ko’payishi zoosporalar bilan o’tadi, ular ko’pincha kaltagina yon shoxchaning uchidagi oxirgi hujayradan iborat zoosporangiylarda ko’plab paydo bo’ladi. Jinsiy protsess - tuzilishi jixatdan zoosporalarga o’xshaydigan xarakatchan izogametalarning qo’shilishi bilan o’tadi. Izogametalar maxsus gametangiylarda etiladi. Gametangiylar kundalangiga va bo’yiga ketgan to’siqlar bilan mayda-mayda kataklarga yoki kameralarga bo’lingan bo’ladi, shu kameralarning xar biridan bittadan izogameta yuzaga keladi. Zigota tinim davrini o’tmay, o’sib yangi individga aylanadi. Bu tipga kiradigan yana bir vakil Sfatselyariya - Sphacelaria. U tashqi ko’rinishi va ko’payish xarakteri bilan ektokarpusga o’xshab ketadi biroq tanasining eng uchki qismidan o’sishi va raso etilgan iplarida ko’ndalang to’siqlaridan tashqari bo’yiga ketgan to’siqlari borligi bilan ham ajralib turadi. Qo’ng’ir suvo’tlarini ancha murakkab vakillari: plastinkasimon vakillari, va ba’zan juda shoxlangan bo’lib, anatomik jixatdan murakkab tuzilgan boshqa vakillari ana shu eng oddiy vakillaridan kelib chiqqan deb hisoblanadi. O’sha birmuncha murakkabrok formalar orasida o’z navbatida evolyutsiyaning ikkita asosiy yo’li ko’zga tashlanadi: 1. Ektakarpusdagidek interkalyar yo’l bilan o’suvchi o’simliklarni. 2. Sfatsilyariyadek tallomning uchki qismidan o’suvchi o’simliklarni kelib chiqaradi. Birinchi yo’l o’simliklarning eng yuksak bosqichi laminariyalar oilasidir. Bular juda katta baxaybat o’simliklar bo’lib (suvo’tlar) ayrim vakillarini buyi 100 metrdan ortiq. Laminariya – geterogeneratsimonlar sinfiga kiradigan eng muxim tartib. Laminariyalar orasida shimoliy dengizda keng tarqalgan Laminaria digiatata ko’p uchraydi. Uning 1 metrdan uzunroq bo’ladigan tallomi, panjasimon barg plastinkasi bilan tsilindrik tanadan - qalamchadan iborat. Tanasini pastida tashlarga yopishib turadigan rizoidi bor. Laminariyani bargi xar yil almashib turadi. Shimoliy dengizlarda laminariya barglarini qish oxirida almashtiradi. Bunday laminariyada faqat bir uyali sporangiylargina etiladi. Ulardan chiqadigan zoosporalar o’tib, shoxlangan kalta - kalta iplar ko’rinishidagi mikroskopik o’simtalarni hosil qiladi. O’simtalarni ba’zilarida anteridiy, ya’ni xar qaysisi bittadan rangsiz spermatozoid hosil qiluvchi mayda- mayda hujayralar bo’ladi. Boshqalari ichida bitta yirik tuxum hujayrasi bo’ladigan oogoniylarni hosil qiladi. Otalangan tuxum hujayra o’sib, yangi laminariyaga aylanadi. Bu o’rinda nasllarning gallanishi ko’riladi. Ayni vaqtda jinssiz nasl kattaligi va rivojlanishi jixatdan jinsiy nasldan ustun turadi. Tsitologik jixatdan laminariyaning o’zi diploid hisoblanadi. Uning zoosporangiylarida yuzaga keladigan reduktsion bo’linish natijasida gaploid zoosporalardan gaploid o’simtalar paydo bo’ladi. Ikkinchi qatordan (tanasini uchki qismi bilan usuvchi o’simliklardan) evolyutsiyaning quyidagi bosqichlarini ko’rsatish mumkin. Diktiota - Dictyota dixotomik ravishda shoxlangan plastinka ko’rinishida bo’ladi. Unda tetrasporangiy deb ataladigan jinssiz ko’payish organlari hosil bo’lishi mumkin. Ularning xar birida xivchinsiz 4 ta spora (pitraspora) bo’ladi. Tetrasporalar unib, tashqi ko’rinishidan diktiotadan farq qilmaydi, ammo endi jinsiy organlar hosil qiladigan individga aylanadi. Bu o’rinda oogoniya xodisasi ko’riladi, shunga ko’ra otalik (anteridiy) va onalik (oogoniy) organlari boshqa - boshqa individlarda yuzaga keladi. Anteridiylar bir talay spermatozoidlar ishlab chiqaradi, oogoniylar bitta tuxum hujayrasi paydo qiladi. Otalangan tuxum hujayrasi o’sib, yangi, ammo tag’in tetrasporangiylar hosil qiladigan individga aylanadi. Shunday qilib, bu erda nasllar antitetik ravishda gallanadi, lekin tashqi ko’rinishidan farq qilmasa ham fiziologik va tsitologik jixatdan bir-biridan farq qiladi. qo’ng’ir suvo’tlarlarni sinflarga bo’lishda, ularni hayot siklida ro’y beradigan belgilar asos qilib olinadi va ana shu belgilariga asoslanib ularni 3 ta sinfga yoki tartiblar guruhiga bo’lish mumkin: 1) sinf izogeneratsimonlar 2) sinf geterogeneratsimonlar 3) sinf siklosporasimonlar Izogeneratsimonlarga Ektakarpus misol bo’ladi. Bu sinf bir necha tartibga bo’linadi: 1) ektokarpuslar 2) sfatselyariyalar 3) kutleriyalar 4) diktiotalar. Siklosporasimonlar sinfini hayot sikli davrida jinslar almashmaydigan suvo’tlar bu fukoslardir. Fukuslar tartibini vakillari tallomini tanadan o’sishi, jinssiz ko’payishini yo’kligi jinsiy ko’payish - oogamiya yo’li bilan boradi. Jinsiy organlar tallomning botiq joylarida - kontseptakula yoki skafadiyalarda hosil bo’lishi bilan xarakterlanadi. Ularni tallomlari murakkablashib, differentsiallashgan. Tartibning tropik dengizlarda ko’p tarqalgan va o’tloqzorlar hosil kilgan turi - sargasumdir. U tashqi qiyofasi jixatdan shoxlangan buttaga o’xshaydi. Unini poyachasi taglikka o’xshagan rizoidi bilan substradga yopishadi. Poyachasi monopodial shoxlangan bo’lib ulardan bargsimon plastinkalar va qiska novdalar shakllanadi. Kiska novdalarning uchida pufakchalarga o’xshash - kontseptakula yoki skafidiyalar ichida jinsiy organlar taraqiyot etadi. Shimoliy dengiz qirg’oqlarida fukus turkumini vakillari keng tarqalgan. Ulardan pufakchali fukusdir. Rossiyaning Shimoliy dengiz qirg’oqlarida va boltiq dengizini bo’ylarida o’sadi. Uni tallomi sarg’ish - qo’ng’ir, dixotamik shoxlangan, yassi tasmaga o’xshaydi. Uzunligi 2 m substratga ostki qismi bilan yopishadi. Tallomini chetlari silliq yoki tishchali, parraksimon, o’rta qismidan tomirlar o’tadi. Bu tomirlar pastroqda band bilan birlashadi. Pufakchali fukusda tallomi o’rtasidan o’tgan tomirlar yonida xavo bilan tula pufaklar hosil bo’ladi. Bu pufakchalar ko’pchilik turlarda kuzatilmaydi. Tallomini bo’yiga o’sishi shoxchalar o’zidagi tepa hujayralarni faoliyati najasida hosil bo’ladi. Ko’payish vaqtida tallomini uchlarida rangi och sarg’ish, gulob shishlar yuzaga keladi. Ularni ichi bo’sh bo’lib retseptakul deb ataladi. Keyinchalik ulardan kontseptakulskafidiy rivojlanadi. Fukusni oogoniysida 8 ta tuxum hujayra va anteridiydan 64 ta spermatozoid rivojlanadi. F. seratus ning tuxum hujayrasi ektakarpus o’zidan o’tkir xidli fukosseraten (S8 N12) modda ajratib o’ziga spermatozoidlarni jalb etadi. Tirik tallomli qo’ng’ir suvo’tlar kishilar xayotida muxim ahamiyatga ega. Ularning to’qimalari oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida ishlatiladigan elimsimon modda – analgin olinadi. Primoriya o’lkasidagi qirg’oqlarda to’planadigan qo’ng’ir suvo’tlar chirindilari tarkibida azot va kaliy tuzlari ko’p bo’ladi, shu sababli ular o’g’it sifatida ishlatiladi. Hayvonlarga em-xashak sifatida beriladi. Sharq mamlakatlarda laminariya oziq - ovkat sifatida ishlatiladi. Download 4.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling