Fanlararo innovatsiyalar va 8- son ilmiy tadqiqotlar jurnali


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1505707
  1   2   3
Bog'liq
18-amaliy BM



O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
8-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.05.2022
17 
BADIIY MATNLARDA ANTITEZANING QO’LLANILISHI 
 
Yoqubjonova Mexrinoz Yaxyojon qizi 
Andijon davlat universiteti 
Filologiya fakulteti 
III-bosqich 303-guruh talabasi 
Anotatsiya: ushbu maqolada badiiy matnlar (she’riyat, nasr va boshqa turlar)da
antitezaning qo’llanilishi va ularning xususiyatlarini ko’rib chiqilgan. Antiteza zid
ma’noli so’zlarning boshqacha nomlanishi bo’lib, bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan
tushunchalarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Maqolada berilgan misollar jahon va
o’zbek adabiyotidagi she’riy va nasriy asarlardan, o’zbek xalq maqollaridan olingan.
Kalit so’zlar: antiteza, kontrast, ekspressivlik, antitetik tushunchalar, polinom
antitezalar.
 
Tilimizda zid ma’noli so’zlarning mavjudligi, badiiy nutqning ifodaliligi, 
ekspressivligi, ta’sirchanligini ta’minlashga va personajlar xarakter-xususiyatini
ochib berishga yordam beradigan vositalardan biri hisoblanadi. Zid ma’noli so’zlar
adabiyotning deyarli barcha turlarida keng va faol qo’llanadi.
“Antonimlarning o’zaro zid (qarama-qarshi) ma’noga ega so’zlar ekani deyarli
barcha tomonidan e’tirof etiladi. Lekin ma’nodagi ana shu zidlik (qarama-
qarshilik)ni tushunish, belgilash va talqin qilishda bir xillik yo’q. Shuning uchun
ham, garchi zid ma’noli so’zlarning antonim bo’lishi e’tirof etilsa-da, ikki so’zning
antonimligini belgilash (tan olish) da har xilliklar, qarama-qarshi fikrlar mavjud. 
Ma’nodagi zidlik haqidagi gap juda umumiy bo’lib, bu zidlik nimada ekani
konkretlashtirilmaguncha, ikki so’zning antonimligini to’g’ri belgilash hamma vaqt
ham mumkin bo’lavermaydi”. Antiteza atamasi zid ma’noli so’zlarning boshqacha
nomlanishi bo’lib, asarda bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan ikki tushunchani
ifodalash uchun xizmat qiladi.
“Antiteza (antithesis – qarama-qarshi qo’yish, zidlash) deb mantiqiy jihatdan
qiyoslanuvchi fikr, tushuncha, sezgi va timsollarni qarama-qarshi qo’yish, zidlash
hodisasiga aytiladi. Voqea-hodisalar mohiyatidagi ziddiyatni ochish uchun, asosan, 
badiiy nutqda zid ma’noli qo’shimchalar, zidlovchi bog’lovchilar, so’z va
iboralardan foydalaniladi. Badiiy matnni lisoniy jihatdan tahlil qilishda
zidlantirishdan yozuvchining ko’zda tutgan maqsadi nima ekanligini aniqlash talab
qilinadi. Yozuvchining mahorati zidlantirilayotgan voqeliklar uchun tanlangan
ifoda materialida yana-da aniq ko’rinadi. Masalan: Noningni yo’qotsang, yo’qot, 
nomingni yo’qotma! (O’.Hoshimov) Bu misolda bir-biriga aloqasi bo’lmagan ikkita
tushuncha – non va nom zidlantirilyapti”.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling