Gulistоn dаvlаt univеrsitеti
Download 4.14 Mb.
|
portal.guldu.uz-MIKOLOGIYA
Dinofitsimonlar sinfi. Bu sinfga xujayra yadrosi oddiy mezaokariotik tuzilishga ega bo’lgan suvo’tlar kiradi. Bunday tuzilishga ega bo’lgan yadro xromosomi tarkibida giston moddasi uchraydi. Bundan tashqari mitoz vaqtida xromosom iplari bo’shroq differentsiyalangan bo’lib, uzunasiga cho’ziladi va markazga to’planadi, doimo introfazada saqlanib qoladi. Ko’pchilik vakillari monad shaklda bo’lib, ba’zilari murakkab tuzilishga ega. Murakkab tuzilishga ega bo’lgan vakillarida zoospora xarakat qilish xususiyatini saqlab qolgan .
Bu guruh suvo’tlarida puzul deb ataladigan o’ziga xos organoidlar bo’lib, u vakuolaga o’xshaydi va ingichka kanal orqali vakuola sistemasi bilan bog’lanadi. Ular odatda xivchinlar chiqadigan joyda o’rnashadi. Puzulning hujayradagi o’rni aniqlanmagan. Ko’pchilik vakillarida stigma yoki ko’zcha bo’lib, u murakkab tuzilishga ega. Ko’zcha hujayraning old qismida, xivchinga yaqin joyda xromotoforidan ajralgan xolda joylashadi. Ba’zi turlarida ko’zcha ikki qator globul va ikki membranali tig’iz hamda bir-biri bilan tutashgan xaltachalar,shuningdek endoplazmatik to’r bilan ulanadi. Boshqa turlarida ko’zcha mitoxondriy xalqasi va pigmentlarga boy bo’lgan globul va linzaga o’xshash tanacha-ritinrid bilan ulanib, murakkab sistema hosil qiladi. Dinofitsimonlar harakatchan va harakatsiz vegetativ organlarining bo’linishi, zoospora yoki aplonosporalar hosil qilish yo’li bilan jinssiz ko’payadi. Ba’zi turlarida jinsiy ko’payish izogomiya vositasida boradi. Noqulay sharoitda usti sellyulozali qalin po’st bilan o’ralgan tsista hosil qiladi. Tollomining tuzilishiga ko’ra, ular quyidagi tartiblarga bo’linadi: pridililar (pridinales), dinamebidililar (Dinamoebidiales), gleodinimalilar (Gloedinales), dinakokklilar (Dinococcales), va dinotrixlilar (Diotrichales). Peridiniumlilar tartibi- Bu tartib vakillari issiq suvli dengizlarda tarqalgan bo’lib, turlarning ko’pligi bilan xarakatlanadi. Umuman, ular xamma dengiz va chuchuk suv havzalarida plankton holda uchraydi. Ba’zan o’simliklar bilan xamjixat bo’lib, simbionit yashaydi, ayrim hollarda, hattoki, mollyuskalarning chig’anoqlarida va chuvalchanglarning tanasida parazitlik qiladi. Sovuq suvli dengizlarda har bir litr suvda 200000 gacha peridi bo’lishi mumkin. Ba’zi dengizlarda uchraydigan turlari suvning nurlanishiga sabab bo’ladi. Dinamebidililar tartibi- bu tartib dinaflagellatlar bilan ildizoyoqlilar o’rtasida qarindoshlik xususiyatiga ega bo’lib, muhim filogenetik axamiyatga ega. Hozir faqat dinamebidium turkumi bayon etilgan bo’lib, u tashqi tzilishi jixatidan amyobaga o’xshab ketadi, bir hujayrali suvo’tlar va hayvonlar bilan oziqlanadi. Ko’paygan vaqtda gimnodiumga o’xshash zoosporalar hosil qiladi. Noqulay sharoitda sista xosil qiladi. Gleodinililar tartibi – bu tartib palmelloid tuzilishga ega bo’lgan shakllarni birlashtiradi. Ular ko’l va torf hosil qiluvchi botqoqlarda tarqalgan. Bugungi kunda faqat bitta vakili – Gieodinium montanum ma’lum. Har qaysi hujayra asosida po’st bilan o’ralishidan tashqari, yana shilimshiqlangan po’st bilan ham o’ralib, hujayralar to’plamini hosil qiladi. Jinssiz ko’paygan vaqtda egatli zoosporalar hosil qiladi Dinokokklilar tartibi- bu tartib vakillari chuchuk suv havzalarida va dengizlarda tarqalgan, plankton hayot kechiradi. Vegetativ hujayrasi harakatsiz. Jinssiz ko’paygan vaqtda gimnodiumga o’xshash zoosporalar hosil qiladi. Ba’zi vakillarida aplanaspora vujudga keladi. Eng ko’p tarqalgan turkumlariga dinakokkus, tetradinium, stilodinium kiradi. Simbiodinium turi meduza bilan simbiont hayot kechiradi. Dinotrixolilar tartibi- tollomi ipsimon bo’lgan shakillarni o’z ichiga oladi. Dinotriks dengiz suvi saqlanadigan akvariumlarda uchraydi. Tallomi biroz shoxlangan, ipsimon, hujayrasi yumaloq. Jinssiz ko’paygan vaqtda gimnodiumga o’xshash zoosporalar hosil qiladi. Pirofitlar suvlari kislorod, uglerod, fosfor, azot birikmalarini aylanishida, organik moddalarni sintez etishda hamda baliq lichinkalari uchun oziq ovqat sifatida muhim ahamiyatga ega. Bu suv o’tlarning ba’zi turlari juda xam zararl: chunonchi, dengiz suvlarida keng tarqalgan dinoflagellyatlardan – Goniaulax catenella individlari ba’zan juda ko’p to’planib suvga qizil rang beradi va ovqatga ishlatiladigan mollyuskalarning chig’anog’iga o’rnashadi. Bunday mollyuskalar oziq ovqat sifatida iste’mol qilinganda odam organizmini zaxarlab, o’limga olib kelishi mumkin. Bunday xodisalar Portugaliya, Yaponiya va Florida yarim orollarida sodir bo’lgan.peridinium qoldiqlari mezozoy erasining Yura va Bo’r davr qatlamlaridan topilgan. Download 4.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling