7. Qayta takrorlanish tamoyili. Zamonaviy ishlab chiqarish sharoitida kerakli miqdordagi mahsulot tayyorlash oldindan yaratilgan texnik hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Bu esa, qancha Mahsulot ishlab chiqarish kerak bo'lsa, shuncha marta texnologik jarayon qayta takrorlanishini anglatadi. Yaratilgan texnologik h4ijatlar mavjudligi tufayli texnologik jarayonni ko'p marotaba qayta takrorlash mumkin. Ishlab chiqarish-texnikaviy sohadagi ushbu yondashuv, har bir sohada «Texnologiya» fanlarining paydo boiishi bilan bog'liqdir. Aynan, shu ilmiy fan materiallarni olish, ishlov berish, qayta ishlash usullarini yaratish va takomillashtirish biian shug'ullanadi. Ishlab chiqarishda texnologik jarayonni amalga oshirish uchun texnologik xaritalar tayyorlanadi. O'quv jarayonini tashkil etishda qayta takrorlanish tamoyili ham shunga o'xshash ahamiyatga egadir. Qayta takrorlanish tamoyili muayyan fan bo'yicha ishlab chiqilgan pedagogik texnologik xaritani turli guruhlarda, turdosh ta'lim muassasalarida boshqa subyektlar bilan ko'p marotaba (takroriy) qo'llash imkoniyatini anglatadi.
Ko'rinib turganidek, buning uchun, ishlab chiqilgan o'quv hujjatlari ishlab chiqarish-texnikaviy sohaning texnologik hujjatlari bilan bir xil talablarga javob berish kerak.
Ushbu maqsadlarda, ya'ni pedagogik texnologiyaning qayta takrorlanishini ta'minlash uchun pedagogik-texnologik xaritalar tuziladi. Bu o'quv hujjatlar o'quv fanining har bir mavzusi (moduli) bo'yicha ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |