Guliston davlat universitеti


Sovet mustabid tuzumi davrida san‟at taraqqiyoti


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/85
Sana01.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1737837
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   85
Bog'liq
O\'MST O\'UQ 2023

Sovet mustabid tuzumi davrida san‟at taraqqiyoti 
XX asr sovet davri madaniyatiga nazar tashlar ekanmiz, bunda ijtimoiy 
hayotning barcha jarayonlarida kommunistik g‗oyalar, ta‘siri va bosimini butun 
choralar bilan kuchaytirishga asosiy etiborini qaraganligini ko‗ramiz. Bu esa oxir-
oqibatda sovetlar yuritgan madaniy siyosatning butun borishi, mazmun, 
mundarijasiga, ijodkor ziyolilar, milliy kadrlarning hayoti va qismatiga o‗zining 
salbiy ta‘siri, xunuk asoratlarini o‗tkazmay qolmadi, albatta.
XX 
asrning 
20-30 
yillariga 
kelib 
O‗zbekiston ta‘sviriy san‘ati o‗ziga xos shakl-
shamoyilliga ega bo‗ldi, alohida uslubiy 
izlanishlar evaziga rivoj topa boshladi. 
Moskva, 
Peterburg, Kiyev shaharlarida ta‘lim olib, 
kelgusida o‗z hayotlarini Sharq bilan bog‗lagan 
rassomlar bu davrda O‗zbekiston tasviriy 
san‘atining yuzaga kelishida muhim rol 
o‗ynaganlar. Bular qatorida L.Bure, G.Nikitin, 
O.Tatevosyan, 
V.Yeremyan, 
E.Korovoy, 
A.Nikolayev, A.Volkov, V.Ufimsev, P.Benkov, 
Z.Kavalyevskaya, 
N.Kashina, 
N.Karaxan, 
V.Rojdestvenskiy, N.Rozanov, M.Kazakov, 
M.Novikov M.Kurzinlar kirgan. Qayd etib 
o‗tilgan rassomlarning har biri yorqin 
idividualdir, ularning ijodi O‗zbekiston yangi 
badiiy san‘atining uzluksiz qismi bo‗lib qoldi. 
Sharq ular uchun ko‗rkam va sirli olam edi, har biri o‗lkaga bo‗lgan muhabbatini 
o‗zgacha ifodalar edi. Xususan, Usto Mo‗min nomi bilan mashhur A.Nikolayev 
(1897-1957 yy) Sharqning, uning madaniyatining va tabiatining chinakam 
ixlosmandi edi. Suprematizm, shaklli tasvirda ijod qilgan, ijodiga O‗rta Osiyo 
Usto Mo'min. Bedanaboz 


96 
an‘anaviy san‘ati – kitob miniatyurasi, naqsh san‘ati o‗z ta‘sirini ko‗rsatgan. 
Peyzaj, portret janrlarida ―Bedanaboz‖, ―Chol va o‗smir‖, ―Kuyov‖ kabi asarlar 
yaratgan. 
Farg‗onada tug‗ilgan A. Volkov rus rassomlarning an‘analariga rioya qilgan 
bo‗lsada, fransuz kubistlarining tajribasini ham o‗zlashtirdi. U betakror rang-ta‘svir 
tuzilmasini, sharqning o‗ziga ritmikasi, ran-barang bo‗yoqlarini XX asr birinchi 
choragidagi Parij maktabi bilan uyg‗unlashtirishga intilgan. Tretyakov 
galereyasida saqlanayotgan ―Yoqut choyxona‖ suratini u kubizmga qiziqib qolgan 
1924-yilda yaratgan. Ushbu surat 1968-yilda Parijda namoyish etilganda, matbuot 
orqali shov-shuv bo‗lgan edi.
Musavvirlar ishonchli qilib tasvirlangan o‗ziga xos etnik tipajlar, etnografik 
rasmlar va me‘moriy peyzajlar orqali haqiqatni real tasvirlash prinsiplariga rioya 
qilar edilar. Bular qatoriga L.Bure, G.Nikitin va I.Kazakovlarning asarlarini 
kiritish mumkin. P.Benkov va uning shogirdlari bo‗lmish Z.Kovalevskaya va 
N.Kashinalar realizm prinsiplariga asoslanib impressionistik rasm chizish 
uslublaridan 
foydalanganlar. 
Chunki 
O‗zbekistonning serquyosh tabiati 
rassomchilikning impressionizm salohiyatini gavdalantirishga juda yaxshi imkon 
tug‗dirar edi. P.Benkovning asarlari nur bilan soya o‗yinini, yorqin havo muhitini 
iodalash bobida shu kungacha beqiyos bo‗lib kelmoqda. ―Hovuz labidagi suv 
tashuvchilar‖, ―Dutorchi qiz ‖ va boshqalar kabi suratlar yaratgan uning shogirdi 
Z.Kovalevskaya ham shu yo‗sinda ishlagan. Ikkinchi oqim asr boshidagi Yevropa 
san‘atiga xos bo‗lgan badiiy ifodani aks ettiruvchi avangard edi. 
O.Tatevosyanning ―Ro‗za bayrami‖, N.Karaxanning ―Ko‗prik ustidagi 
ayol‖, A.Volkovning ―Zumrad choyxona‖ kabi ko‗pgina asarlari bu davr tasviriy 
san‘atining mashhur namunalaridan sanaladi. Yuqorida zikr etilgan rassomlar 
ijodidagi g‗arb avangardligi va mahalliy estetikaning simbioz davri tugadi.
Shu yillarda O‗zbekistonning 
rassomlari 
birinchi 
avlodning 
fidoyiligi tufayli milliy rassomchilik 
maktabi vujudga kelishiga imkon 
yaratish maqsadida turli tasviriy 
studiyalar tashkil etildi. Shunday qilib 
L.Abdullaev, 
B.Hamdamiy, 
O‗.Tansiqboev, 
A.Abdullaev, 
Sh.Hasanova, 
M.Nabiyev, 
A.Siddiqiy, 
Ch.Axmarov 
va 
boshqalarning ijodiy yo‗li boshlandi. 
XX asr 40-yillarining ahamiyatli 
ko‗rinishlaridan biri yosh milliy 
rassomlarining jiddiy ijodiy yutuqlari 
bo‗ldi. B.Hamdamiyning ―Avtoportret‖, L.Nasretddinovning ―Ona portreti‖, 
A.Siddiqiyning 
―Kolxozchi 
portreti‖, 
Sh.Hasanova, 
X.Raximov 
va 
L.Abdullayevlarning asarlarida o‗zlariga yaqin bo‗lgan insonlar obrazi orqali o‗z 
xalqining eng yaxshi fazilatlari namoyon etildi. 

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling