Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

Aholining o‘limi haqidagi ma‘lumotlar uning takror barpo qilinishi, tabiiy 
o‘sish darajasini anqlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘rsatkichdir. Masalan, 
tug‘ilishga oid ma‘lumotlar aholining tabiiy o‘sishi haqida hali to‘liq tasavvur bera 
olmaydi. Uni faqat o‘limga oid ma‘lumotlar bilan solishtirgandagina, ularning farqi 
aniqlangandagina mamlakat aholisining tabiiy o‘sishi haqidagi aniq absolyut 
raqamlarni bilib olamiz.
Eng qadimgi davrlarda (ibtidoiy jamoa tuzimi, quldorlik davrida) aholi 
o‘rtasidagi o‘lim ko‘rsatkichining qanday bo‘lganligi haqida hozirgi zamon fani aniq 
ma‘lumotlarga ega emas. Bu haqida olimlar arxeologik ma‘lumotlar va bizga etib 
kelgan ayrim yozma yodgorliklar asosida faqat fikr yuritadilar. 


45 
18-asrning ikkinchi yarmiga qadar dunyoning deyarli barcha qismlarida o‘lim 
juda ko‘p bo‘lgan. O‘limning sezilarli darajada kamayishi 19-asrning ikkinchi 
yarmidan boshlanadi. Bu davrda o‘limning kamayishi tibbiyot fanining yutuqlari, 
turli xil og‘ir kasalliklar epidemiyasiga qarshi samarali kurash choralarining topilishi 
natijasi edi.
O‘limning kamayishi dunyoning hamma joyida bir vaqtda va bir xilda 
boshlanmagan albatta. O‘limning sezilarli kamayishi avvalo Evropada boshlandi. 19-
asrning oxirlariga kelib, bu qit‘ada o‘lat, chechak, vabo kabi kasalliklar epidemiyasi 
deyarli tugatildi. O‘limning kamayishi keyinchalik dunyoning boshqa qismlariga ham 
tarqala boshladi. 
Olimlar aholi o‘rtasidagi o‘lim sabablarini birinchi navbatda ikkita guruhga 
ajratadilar: endogen sabablar va ekzogen sabablar. Har bir odamning 
biologiyasidan kelib chiqadigan va irsiyat bilan bog‘liq bo‘ladigan tug‘ma kasalliklar 
natijasida o‘lish endogen sabablardir. Umuman olganda, endogen sabablarga ko‘ra 
o‘lish juda kam bo‘ladi. Aholi o‘rtasida sodir bo‘ladigan o‘limning absolyut 
ko‘pchiligi ekzogen sabablarga ko‘ra bo‘ladi. Bular kishi organizmiga tashqi ta‘sir 
natijasida ro‘y beradi. Tashqi ta‘sir deganda, odamlar yashab turgan barcha muhitlar 
(tabiiy, sun‘iy, ijtimoiy). 
Ba‘zan ayrim geografik omillar ham o‘limning yuqori bo‘lishiga sababchi 
bo‘lishi mumkin. Masalan, har kuni iste‘mol qilinadigan suvda yod etarli bo‘lmasa, 
endokrin sistemasining og‘ir kasalligiga sababchi bo‘ladi. Hozir bu kasallikni oldi 
olingan, ammo qadimda ko‘plab odamlarni yostig‘ini quritgan. Shuningdek, 
geografik muhitning o‘lim ko‘rsatkichiga ta‘siri hayvonot orqali ham bo‘lishi 
mumkin. 
Sun‘iy muhit (hozirgi zamon sanoati, urbanizatsiya, texnika taraqqiyoti, 
jumladan, avtomobillashish, ximiyalashtirish) o‘ziga xos ravishda kishi organizmiga 
ta‘sir qiladi. Masalan, atmosfera ifloslanishi va uni ifloslantiruvchi manbalar. 
Aholining o‘z mehnati tufayli yaratilgan sun‘iy muhit o‘limni ko‘payishidagi 
ekzogen sabablarning eng asosiy turiga aylanib qoldi. 
Jumladan, aholi o‘rtasida o‘lim ko‘rsatkichiga turli xalqlarning erishgan 
madaniyati, ularning turmush sharoiti, urf-odatlari ham ta‘sir qiladi. Har bir xalq 
orasida tarqalgan va an‘anaga aylangan ovqat pishirish usuli, iste‘mol qilinadigan 
ovqat tarkibi kishilar sog‘ligi uchun muhim ahamiyatga ega. Ichish, chekish, 
nashavandlik kabi odatlar ham aholi o‘rtasida o‘limni ko‘payishiga sabab bo‘ladi. 
O‘limning yuqoridagi ijtimoiy sabablari ko‘p jihatdan ijtimoiy-iqtisodiy tuzumga
turli mamlakatlardagi ijtimoiy muhitga bog‘liq.
Aholi o‘rtasida o‘lim va o‘rtacha umr ko‘rish muddati bir-biri bilan bog‘liq. 
Demografiyada aholining o’rtacha umr ko‘rish muddati deganda muayyan yilda 
tug‘ilgan avlodning o‘rtacha yashash imkoniyati tushiniladi. Bunday imkoniyat o‘lim 
ko‘rsatkichlari berilgan jadvallar asosida hisoblanadi. O‘rtacha umr ko‘rish muddati 
hisoblanganda, ana shu avlodning butun yashash davrida aholi o‘rtasida o‘lim barcha 
yosh guruhlarida hisobot yilidagi darajada saqlanib qoladi deb shartli ravishda taxmin 
qilinadi. Masalan, biz 2011-2013 yillarda O‘zbekistonda tug‘ilgan bolalarning 
o‘rtacha umr ko‘rish muddati 72 yil deyish bilan, ana shu yangi tug‘ilgan bolalar 72 
yoshga to‘lguncha mamlakatimizda o‘lim ko‘rsatkichi 2011-2012 yillardagidek 


46 
saqlanib turadi deb shartli taxmin qilamiz va shu asosda hisob yuritamiz, 72 yil 
davomida o‘lim, shubhasiz, yanada kamayadi, bu esa, o‘z navbatida mamlakatimizda 
2011-2012 yillarda tug‘ilgan bolalarning o‘rtacha umr ko‘rish muddatini oshiradi.

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling