Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
aholi geografiyasi va demografiya asoslari
Odamning tug‘ilishi umuman biologik jarayondir, ammo ijtimoiy omillarning
ta‘siri juda katta bo‘ladi. Qadim zamonlarda kishilar o‘rtasidagi tug‘ilish jarayonini ko‘proq biologik xarakterga ega edi, desa bo‘ladi. Tabiiy biologik omillar ham tug‘ilishga ma‘lum darajada ta‘sir ko‘rsatadi. Ammo tug‘ilish ko‘rsatkichlariga ta‘sir etuvchi asosiy omillar ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy madaniy omillardir. Shuningdek, tabiiy-biologik omillar ham tug‘ilishga ma‘lum darajada ta‘sir qiladi. Mamlakat aholisining yosh va jinsiy tarkibida katta nomuvofiqliklarning bo‘lishi u erda aholi o‘rtasida nikohlanish ko‘rsatkichining kamroq bo‘lishiga olib keladi. Demografik omillar, ya‘ni aholining yosh va jinsiy tarkibi uning tabiiy o‘sishiga ta‘sir etadi, albatta. Biroq tug‘ilishdagi mavjud bo‘lgan keskin hududiy farqlar demografik omillar bilan belgilanmaydi. Bunday farqlar turli davlatlar aholisining moddiy va madaniy turmush darajasi, xotin qizlarning ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashishi, har bir mamlakatda urbanizatsiya jarayonining darajasi, turli xalqlarda asrlar davomida shakllangan milliy urf-odatlar, dinning ta‘siri kabi ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy omillar bilan bog‘liqdir. Shuningdek, har bir davlatda aholi sohasida olib boriladigan siyosat ham ma‘lum tug‘ilish ko‘rsatkichlariga ta‘sir ko‘rsatadi. Shuningdek, tug‘ilishga ta‘sir etuvchi muhim omil- aholining shahar bilan qishloq o‘rtasida taqsimlanishi, davlatda urbanizatsiya jarayoning rivojlanish darajasidir. Tug‘ilishdagi hududiy farqlarga ta‘sir etuvchi sabablardan yana bittasi aholining etnik tarkibidir. Statistik ma‘lumotlar shuni ko‘rsatadiki, rivojlangan mamlakatlardagiga nisbatan iqtisodiy jihatdan qoloq 44 mamlakatlarda, hatto bir mamlakatning ichida moddiy jihatdan yaxshi ta‘minlanmagan aholi guruhlaridagiga nisbatan kambag‘al aholi orasida tug‘ilish doimo ancha yuqori bo‘lib kelgan. Dunyoning deyarli har bir mamlakatida aholi sohasida ma‘lum siyosat yurgiziladi (bu siyosat uch xil usulda olib boriladi-iqtisodiy, ma‘muriy-huquqiy, ma‘naviy-psixologik), lekin bunday siyosat doimo bir xil bo‘lmasdan, turli sabablarga ko‘ra o‘zgarib turishi mumkin. Keyingi paytlarda aholining tez o‘sishi munosabati bilan aholi o‘sishi yuzasidan ma‘lum siyosat olib borish xalqaro konferensiyalarda ham muhokama qilinmoqda. Bu borada 1974 yil 19-30 avgustda Buxarestda BMT tomonidan uyushtirilgan va aholi muammolariga bag‘ishlangan konferensiya diqqatga sazovordir. Bu konferensiyada 135 mamlakat vakillari qatnashdi. Konferensiyada aholi o‘sishi va uni mo‘‘tadillashtirish yuzasidan 21 rezolyutsiya qabul qilindi. BMT ekspertlar tomonidan tayyorlangan reja loyihasida shu narsa qayd qilindiki, hozir dunyo aholisi yiliga 80 mln kishiga ko‘paymoqda, har 35 yilda er shari aholisi 2 marta oshib bormoqda. Bizning Respublikada onalik sharaflanib, davlat tomonidan moddiy hamda ma‘naviy jihatdan rag‘batlantiriladi. Ayrim mamlakatlarda tug‘ish ko‘rsatkichlariga ta‘sir etuvchi yana bir muhim omil-oilada er-xotin tomonidan bolalar sonini boshqarib borishning keng tarqalishidir. Tug‘ilishning oldini olish choralarini keng qo‘llash, oilada bolalar sonini boshqarib borish dunyoning turli mamlakatlarida turlichadir. Tug‘ilish diagrammasiga ta‘sir etuvchi omil va sabablarning qisqacha tahlilidan shunday xulosaga kelish mumkinki, tug‘ilishga ta‘sir etuvchi omil va sabablar juda ko‘p bo‘lib, dunyo aholisi yoki ayrim mamlakatlar aholisining tug‘ilish darajasi va uning sabablarini tushuntirish ana shu omillarning hammasini analiz qilish zarur. Chunki, ko‘p hollarda tug‘ilish darajasi ana shu omillar majmuasiga bog‘liq bo‘ladi. Tug‘ilish aholining tabiiy o‘sishining asosiy manbaidir. Tug‘ilish har yili hisobga olib boriladi. Bunday ma‘lumotlar, fuqarolik holatini yozish bo‘limlarida qayd qilinadi. Ammo bu holat tug‘ilish darajasini ko‘rsatmaydi. Tug‘ilish darajasini aniqlash uchun yangi tug‘ilganlar absolyut sonining boshqa absolyut raqmlarga nisbatini aniqlash zarur. Ayrim hududlarda aholining tug‘ilish darajasini ko‘rsatish uchun odatda tug‘ilish koeffitsientidan foydalaniladi. Har yili yangi tug‘ilganlar sonining aholi o‘rtacha sonidagi har 1000 kishiga nisbatiga tug’ilish koeffisenti deyiladi. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling