Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


-jadval. Jahon aholisining soni, dinamikasi va uning ayrim hududlar


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

 
2-jadval. Jahon aholisining soni, dinamikasi va uning ayrim hududlar 
bo’yicha taqsimlanishi. (mln. kishi) 
Hududlar 
1950 
1960 
1970 
1980 1990 2010 2025 
Jami
2349 
2830 
3471 
4174 4944 6670 7913 
Osiyo
1399 
1702 
2147 
2623 3123 4117 4939 
Evropa
436 
487 
527 
556 
578 
734 
590 
Afrika
224 
280 
361 
481 
645 
1037 1510 
Shimoliy Amerika 
166 
199 
227 
252 
275 
347 
375 
Janubiy Amerika 
111 
146 
190 
239 
297 
400 
460 
Avstraliya va okeaniya
13 
16 
19 
23 
26 
35 
39 
Aholining takror barpo qilinishining ushbu tipi iqtisodiyot va unga xos ijtimoiy 
munosabatlar bilan bevosita aloqador edi. Bunda ko‘p bolali oilani tashkil qilishga 
intilish, ayniqsa xo‘jalik ishlarida otaga ko‘mak beruvchi o‘g‘il bolalarning 
mavjudligiga va sonining ko‘p bo‘lishiga katta e‘tibor qaratiladi. Ota-ona oilada 3-4 
farzandga ega bo‘lmoqchi bo‘lishsa, unda ayol mazkur miqdordagidan 2-3 marta 
ko‘p bola tug‘ish lozim edi, chunki o‘lim, ayniqsa, go‘daklar va bolalar o‘limining 
nihoyatda yuqoriligi tug‘ilgan bolalarning yarmidan ko‘pini yo‘qotishga sabab bo‘lar 
edi. Bir necha ming yillar mobaynida, o‘lim darajasining juda yuqoriligi va aholi 
o‘sishining past bo‘lishligi o‘zining ob‘ektiv sabablariga egadir.
Dastavval, bu moddiy va sanitar gigienik shart-sharoitlarning qoniqarsiz ahvolda 
ekanligi, qolaversa, vaqti-vaqti bilan takrorlanib turuvchi ocharchilik, o‘lat, vabo va 
chechak epidemiyalari natijasida yuz minglab odamlarning qirilib ketishi kabi omillar 
o‘z ta‘sirini ko‘rsatgan. Er sharida bunday ofatlar 200-400, 1600-1650 yillar ichida 
qayd etilgan bo‘lib, o‘sha davrlarda aholi soni umuman o‘smadi, 1300-1400 yillar 
davomida qora o‘lat epidemiyasining ta‘sirida sayyora o‘z aholisining 1/4 qismidan 
ajradi, uning soni keskin kamaydi. Aholi ko‘rsatkichlariga oxiri ko‘rinmayotgan 
urushlar ham katta salbiy ta‘sir ko‘rsatib kelmoqda. Urushlar 18 asrda 5,2 mln 
kishining yostig‘ini quritdi. 
19 asrgacha bo‘lgan davrda demografik jarayonlarda sezilarli sifat o‘zgarishlari 
bo‘lmagan. Undan keyingi davrda aholining tabiiy harakati ko‘rsatkichlarida 
demografik o‘tish jarayoni boshlandi. U oila bajaradigan vazifalarning keskin 
o‘zgarishi, turmushning nisbatan yaxshilanishi, aholining yosh tarkibidagi siljishlar 


41 
va boshqa omillar bilan bog‘langandir. 
Demograf olimlar demografik o‘sish jarayonini 4 ta ketma-ket keluvchi fazani 
o‘z ichiga olishini ilmiy asoslab berganlar: 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling