Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

nazariyasi) dir. Bu nazariya har bir mamlakat aholisi sonini u erda ishlab 
chiqarishning erishgan darajasiga tenglashtirishni tavsiya etadi. Aholisi ko‘p (tez 
o‘sayotgan), ammo iqtisodiyoti qoloq mamlakatlar aholisining ortiqcha qismini qirib 
tashlash tavsiya etiladi. Shuningdek, biometriya, qashshoqlikning mudhish doirasi, 
antroposotsiologiya, V. Zombartning aholi haqidagi sotsiologik nazariyasi, umumiy 
farovonlik davlati, yagona industrial jamiyat kabi nazariyalarning demografik 
variantlari va boshqalar. Bu nazariyalar bilan maxsus kitobchada batafsil 
tanishishingiz mumkin (G.Asanov, Aholi o‘sishi va hayot resurslari, Toshkent, ―Fan‖ 
nashriyoti, 1970.). 
 
1.7. Aholi geografiyasi va demografiya asoslarining tadqiqot usullari 
 
Aholini o’rganishda tadqiqot usullarini tanlash va ulardan samarali 
foydalanish, ta‘lim oluvchi ishining samaradorligini oshiradi. Geografik va iqtisodiy 
tadqiqotlarda tadqiqot usullari dialektik usullarning tarkibiy qismi hisoblanib, ta‘lim-
tarbiya o‘qitish jarayonlaridagi metodik usullardan birmuncha farq qiladi. Biroq, 
mavjud tajribalarni o‘rganish va umumlashtirish, kuzatish, ekspedisiya, anketa 
so‘rovlari asosida suhbat, eksperiment va tajriba usullaridan geografik va iqtisodiy 
tadqiqotlarda ham foydalaniladi. Masalan, tadqiqot qilinayotgan ob‘ekt haqidagi 
axborot va xizmatlarni o‘rganib chiqish usuliga har qanday tadqiqotda zaruriyat 
tug‘iladi yoki eksperiment va tajriba usuli bugungi kunda iqtisodiy va geografik 
tadqiqotlarda keng qo‘llaniladi. Chunki, iqtisodiyotda biror yangilik yoki modelni 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri amaliyotga tadbiq etish mumkin emas, ya‘ni, agar u tajribada 
sinalmagan bo‘lsa, sohada shunday qaltisliklarni keltirib chiqaradiki, natijada bu 
qaltisliklar iqtisodiyotning biror tarmog‘ini yoki butun iqtisodiyotning izdan 
chiqishiga olib keladi.
Shuningdek, «Aholi geografiyasi va demografiyasi» nomli kursning ham 
xususiy metodologiyasi mavjud bo‘lib, bu ishlab chiqarishning rivojlanishi
yuksalishida muhim vazifa bajaruvchi inson omilidan unumli foydalanishga 


33 
asoslanadi. «Aholi geografiyasi va demografiyasi» nomli kursning tadqiqot usullari 
quyidagilar: 
 Geografik taqqoslash usuli; 
 Tarixiy qiyoslash usuli; 
Iqtisodiy-matematik usul;
 Statistik va ko‘p o‘lchamli statistik usul;
 Qiyosiy va iqtisodiy qiyosiy tahlil usuli;
 Me‘yoriy-balans hisobi usuli;
 Kartografik tadqiqot usuli;
 Sotsiologik so‘rovlar o‘tkazish usuli;
 Omillarni tahlil qilish usuli;
 Iqtisodiy prognoz usuli.
Geografik taqqoslash usuliga ko‘ra o‘rganilayotgan sohani tahlil etishda 
hududga asosan e‘tibor qaratiladi. Bunda asosan hududning tabiiy shart-sharoiti 
muhim o‘rin tutadi. Masalan, aholi migratsiyasiga boshqa omillar bilan bir qatorda, 
tabiiy shart-sharoit o‘zgarishi ham ta‘sir ko‘rsatadi. Jumladan, qurg‘oqchilik, 
hududning cho‘llanishi, sho‘rlanish kabi jarayonlar qishloq xo‘jaligi yoki ishlab 
chiqarishning biror tarmog‘ida ish samaradorligini susayishini keltirib chiqaradi. 
Natijada, aholining bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib borib ishlash zaruriyati kelib 
chiqadi. Bu kabi vaziyatlarning yuzaga kelishi albatta, joyning geografik shart-
sharoitlari bilan bog‘liq.
Tarixiy qiyoslash usuli deyarli barcha fanning tadqiqot usuli hisoblanadi. 
Chunki, o‘rganilayotgan biror sohaning ertasi albatta, uning tarixi bilan bog‘liq. 
Jumladan, «Aholi geografiyasi va demografiyasi» nomli kursni o‘rganishda ham 
tarixiy qiyoslash usuli muhim o‘rin tutadi. Masalan, 2011 yilda dunyo aholisi soni 6,6 
milliarddan oshgan bo‘lsa, agar eramiz boshida aholi soni 175 million kishi 
bo‘lganini e‘tiborga olganda, 20 asr davomida aholi 37,1 martaga o‘sgan. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling