Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

1.6. Aholi qonunlari va nazariyalari 
 
Aholi geografiyasi har bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaga xos bo‘lgan 
mamlakat aholisi o‘rganilayotganiga qarab, o‘sha jamiyatning aholi qonuniga 
asoslanadi. Har bir jamiyat aholisini o‘sha jamiyatning asosiy iqtisodiy qonuniga, 
aholi qonuniga asoslanib o‘rganish lozim. Chunki, aholining juda ko‘p 
ko‘rsatkichlarini (hududiy joylanishi, xalq xo‘jaligi tarmoqlari bo‘yicha va shahar 
bilan qishloq o‘rtasida taqsimlanishi, tarkibi, migratsiyasi va boshqalarni) 
tushuntirishda jamiyatning aholi qonuni negiz hisoblanadi. Bugungi jamiyatning 
asosiy iqtisodiy qonunining mohiyati, butun ishlab chiqarishning asosiy maqsadi 
xalqning doimo oshib boradigan moddiy va nomoddiy ehtiyojlarini qondirishdan 
iboratdir. Bir vaqtlar kapitalizm (...ishchi aholisi kapital jamg‘arib borib shu bilan 
o‘zi shunday vositani ko‘p ishlab chiqaradiki, bu vositalar shu ishchi aholisining 
o‘zini nisbiy ortiqcha aholi qilib qo‘yadi) va ijtimoiyizm (u ishsizlik va aholi nisbiy 
ortiqchaligini butunlay tugatish, mehnatkashlarni ijtimoiy ishlab chiqarishda to‘la 
band qilish negizida, ularning moddiy va madaniy turmush darajasini tinmay oshirib 
borish, shaxsni har tomonlama taraqqiy ettirish va aholining o‘zini progressiv hamda 
ijtimoiy jihatdan sog‘lom tarzda takror barpo qilishni ta‘minlab beradi) qonunlari 
amal qilingan va tahlil qilingan. 
Masalan, bugungi kunda O‘zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy 
siyosat asoslari Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan asoslab berganidek, 
mamlakatni yangilash va modernizatsiyalash tadrijiylik va izchillikka erishish 
kafolati bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Taraqqiyotning o’zbek modeli rivojlanish 
tamoyillarini to‘g‘ri tanlab olishda asos bo‘lib xizmat qildi. O‘zbekistonda 
demokratik taraqqiyot yo‘lini tanlashda respublikaning o‘ziga xos xususiyatlari, xalq 
an‘analari va milliy urf-odatlari, turmush tarzining hisobga olinganligi aynan o‘z 
yo‘limizni topa olishimizga asos bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom 
Karimov tomonidan adolatli, demokratik huquqiy davlat qurishning besh asosiy 
tamoyilining ilgari surilishi ham shundan. 
Bu esa respublikada yangi ijtimoiy tuzumga o‘tishning puxta o‘ylangan 
strategiyasini ishlab chiqish imkonini berdi. Albatda, bunda davlatimiz rahbari 
tomonidan demokratik davlat qurishda o‘zini oqlagan jahon tajribasi chuqur 
o‘rganildi. Sharqona bosiqlik asosida olib borilgan sa‘y-harakatlar tufayli 
O‘zbekistonda demokratik davlat qurish strategiyasining milliy davlatchilik, 


30 
iqtisodiyot va ma‘naviyatni yuksaltirishga qaratilishiga erishildi. Mamlakatimizning 
mavjud tabiiy-iqtisodiy, mineral xomashyo va insoniy salohiyatini xolisona 
baholagan holda jahon xo‘jalik aloqalari tizimidan munosib joy egallashga muvaffaq 
bo‘linmoqda. 
Demokratik davlat qurish tamoyillari, ya‘ni iqtisodning siyosatdan ustuvorligi, 
davlatning bosh islohotchilik faoliyati, qonun ustuvorligiga erishish, kuchli ijtimoiy 
himoyani amalga oshirish, bozor iqtisodiyotiga evolyutsion yo‘l bilan, bosqichma-
bosqich o‘tish O‘zbekistonning strategik rivojlanishi uchun asos bo‘ldi. Shu tariqa 
jamiyat hayotining siyosiy, iqtisodiy va ma‘naviy sohalarida taraqqiyotning o‘zbek 
modeli namoyon bo‘lmoqda, demokratik davlat qurish jarayonlarida inson erkinligi, 
huquqlari va manfaatlari ta‘minlanmoqda.

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling