Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

-Mahalliylashtirish-ishlab chiqarish jarayonida mahalliy xomashyo va resurslardan 
kengroq foydalanish, milliy korxonalar uchun butlovchi qismlarni mahalliy ishlab 
chiqaruvchilar tomonidan etkazib berish, importni qisqartirish evaziga valyuta 
resurslarini tejash. 
Ushbu bozor iqtisodiyoti aholi qonunining tub mohiyati tarixan yangi ijtimoiy-
iqtisodiy sharoitlar zaminida yotadi, bozor iqtisodiyotining tabiati bilan belgilanadi. 
2
Karimov I. Yuksak ma‘naviyat-engilmas kuch.-T.: ―Ma‘naviyat‖, 2008. 105-b


31 
Bu aholi qonunining amal qilishi natijasida mehnatga layoqatli butun aholini to‘la 
band qilish zarurati va imkoniyati vujudga keladi. Iqtisodiyotni bozor iqtisodiyoti 
qonunlari asosida rejali va proportsional (oqilona, samarali) rivojlantirish qonuni, 
ishchi kuchidan samarali foydalanishni taqozo etadi. Bu qonun, dastavval, mamlakat 
ichida, iqtisodiy rayonlar, viloyatlar, tumanlar, shahar va qishloqlarda mehnat 
resurslarini oqilona joylashtirishni ko‘zda tutadi. 
Ishlab chiqarishni hududiy asosda tashkil etishda mehnat resurslari muhim 
omil sifatida maydonga chiqadi. Bundan tashqari faqat ishlab chiqaruvchi kuchlarni 
oqilona, hududiy tashkil etilishi kishilarning hayoti va faoliyati uchun eng qulay 
sharoitlarni yaratib berish maqsadida shaharlar, qishloq aholi manzilgohlarini 
rivojlantirish va joylashtirishni rejalashtirishga muqarrar suratda asoslanadi. 
Umuman har bir formatsiyaga xos bo‘lgan aholi qonunlarining tub mohiyati ishlab 
chiqarish vositalariga mulkchilik shakliga qarab belgilanadi. 
Aholi haqida ayrim nazariyalarga e‘tibor bersak: 
-ingliz popi, T.R.Maltus (1766-1834) nazariyasi. 1798 yilda ―Aholi qonuni haqida 
tajriba‖ nomli kitobi nashr etildi. Bu kitobda aytilishicha, aholi geometrik 
progressiyada (1, 2, 4, 8, 16 va hokazo) ko‘payadi, har 25 yilda uning soni ikki hissa 
orta boradi, tirikchilik vositalari esa, arifmetik progressiyada (1, 2, 3, 4, 5 va hokazo) 
ko‘payadi, shuning uchun ham tez o‘sayotgan aholini oziq-ovqat bilan ta‘minlab 
bo‘lmaydi.
Nazariyani asosiy mohiyati shundan iboratki, er shari aholisini tirikchilik 
vositalari bilan ta‘minlab bo‘lmaydi, shuning uchun qirg‘in urushlar olib borish, 
kasalliklar tarqatish, tug‘ilishni keskin kamaytirish yo‘li bilan aholining bir qismini 
yo‘q qilish va bundan keyingi o‘sishga chek qo‘yish kerak deydi.
Masalan, yaponiya siyosati (endi hududimiz bizni oziq-ovqat bilan ta‘minlay 
olmaydi, shuning uchun boshqa hududlarni bosib olishga otlanish zarur). 
Shuningdek, Mussolina Italiyaning Habashistonni olishini quyidagi so‘zlar bilan 
oqlamoqchi bo‘lgan: ―O‘z hududida mumkin bo‘lgan hamma erlardan foydalangan 
va ochdan o‘lishni xohlamayotgan, tez ko‘payayotgan zotli xalq uchun bosib olish 
(ekspansiya) siyosati maqbuldir‖. Nemis fashistlari ham yapon va italyanlar singari 
―hayot makoni uchun kurash‖ nomli nazariyani ilgari surdlar; 
-Neomaltuschilar (yangi zamon maltuschilari)-Tabiiy resurslarning cheklanganligini 
dalil qilib, dunyo aholisini oziq-ovqat bilan ta‘minlab bo‘lmaydi, shuning uchun 
shoshilinch choralar ko‘rib, aholini kamaytirish kerak deganlar. Yangi zamon 
maltuschilari o‘rtasida ham bir-biridan farq qiluvchi turli oqimlar mavjudligi e‘tirof 
etilgan: 
-Ayrim neomaltuschilar ochiqdan-ochiq urushni targ‘ib qiladilar. Bunda ular urushlar 
―mutlaq ortiqcha aholini‖ yo‘q qilish yo‘ligina emas, balki ―oliy‖ angl-saks irqining 
boshqa ―past‖ irqlar ustidan hukmronligini ta‘minlaydigan oliy irqli aholiga ega 
bo‘lgan ―buyuk‖ davlatlarning hududlarini kengaytirish vositasi deb qaraydilar. Ana 
shunday g‘oyaga boy bo‘lgan ―asar‖ neomaltuschi U.Fogtning (AQSh) ―Najot yo‘li‖ 
kitobidir. Fogt aholi o‘rtasida o‘lim koeffitsientining yuksak bo‘lishi, zamon 
madaniyatini saqlab qolishning eng asosiy yo‘lidir, deb yozadi.
Uning fikricha, vrachlar odamlarni o‘limdan saqlab qolib, ―eng katta jinoyat‖ 
qilmoqdalar. Fogt har qanday yo‘l bilan aholi sonini kamaytirishni taklif etadi va 


32 
butun qobiliyatini ishga solib, urushlarni ko‘kka ko‘tarib maqtaydi. Shunisi 
ajablanarliki, Fogtning bu ishi AQSh ning taniqli atomchi olimi Barux tomonidan 
yozilgan so‘z boshi bilan nashr qilingan. Barux so‘z boshida AQSh davlat 
arboblariga bu ―qimmatli asar‖ bilan tanishib chiqishni tavsiya etadi. Bu o‘sha davrda 
imperializmning yangi urush siyosatini oqlashga qaratilgan edi; 
-Liberal maltuschilar-asosiy g‘oyasi shundan iboratki, ―demografik inqilob‖ davrida 
insoniyat oldida ikkita katta xavf paydo bo‘lgan. Bu xavfning biri atom bombasi 
bo‘lsa, ikkinchisi aholi ortiqchaligidir. Ba‘zi bir liberal maltuschilarning fikricha 
―demografik portlash‖ (ya‘ni aholining tez o‘sishi) hatto atom bombasining 
portlashidan xavfli emish. Liberal maltuschilar ana shunday fikrga asoslanib, yangi 
urushning oldini olishning birdan-bir yo‘li aholi o‘sishini kamaytirish deb 
tushunganlar (liberal maltuschilarning vakillari G. Klark, A. Styuart, M. Mannes, F. 
Lorimer va boshqalardir.). 
Umuman yangi zamon maltuschilari, tub mohiyati deyarli bir xil bo‘lgan, 
ammo har xil nom bilan ataluvchi ―yangi nazariyalar‖ ni ilgari surganlar. Ana 
shunday nazariyalardan biri aholining optimal soni haqidagi nazariya (optimum 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling