Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

 
Prezident Islom Karimov alohida ta‘kidlaganidek: ―Aslida, har qanday 
islohotning eng muhim samarasi, avvalo, xalqning ma‘naviy-ruhiy qarashlaridagi 
yangilanish jarayonlari, uning ongu tafakkurining yuksalishi, mamlakatda yuz 
berayotgan o‘zgarishlar uning hayotiga, taqdiriga daxldor bo‘lganini chuqur his 
qilishi va shundan xulosa chiqarishi bilan belgilanadi. Biz amalga oshirayotgan 
islohotlarimizda ana shunday natijalarga erishish uchun barcha o‘zgarish va 
yangilanishlarning markaziga inson va uning manfaatlarini qo‘ydik. Shuning uchun 
ham bugungi kunda ana shu jarayonlarning mohiyatida islohot-islohot uchun emas, 
avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak, degan maqsad 
mujassam ekanini va uning amaliy ifodasini barcha sohalarda ko‘rish, kuzatish qiyin 
emas‖
2
.
Natijada mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga xos aholi qonuni amal qila 
boshladi. Ushbu qonunning tub mohiyati shundan iboratki, u ishsizlikni tugatish
aholini ijtimoiy ishlab chiqarishda to‘la band qilish negizida, ularning moddiy va 
madaniy turmush darajasini tinmay oshirib borish, shaxsni har tomonlama taraqqiy 
ettirish va aholining o‘zini progressiv hamda ijtimoiy jihatdan sog‘lom tarzda takror 
barpo qilishni ta‘minlab beradi.
Ushbu doirada ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar negizida, qisqa qilib aytganda 
ishlab chiqarish doirasida quyidagi jarayonlar amalga oshirilib borilmoqda: 
-Ishlab 
chiqarishni 
modernizatsiyalash-ishlab 
chiqarishni 
zamonaviy 
texnologiyalar bilan jihozlash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish, 
ishlab chiqarishni ma‘naviy jihatdan yangilash; 
-Tarkibiy o’zgarishlar-iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini rivojlantirish, yangi 
o‘zak tarmoqlarni barpo etish, samarali va mustaqil iqtisodiyotni shakllantirish; 
-Diversifikatsiya-korxona va tarmoqlar faoliyat sohalarini kengaytirish, mahsulot va 
xizmat turlarini yangilash, mahsulot va xizmat turlarini ko‘paytirish. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling