Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
aholi geografiyasi va demografiya asoslari
Iqtisodiy-matematik usul. Tadqiqot natijalarini tahlil etish uchun matematik
usulni qo‘llash katta imkoniyat yaratadi. Biroq, shuni ta‘kidlash lozimki, iqtisodiy matematik usul ikki yoki undan ortiq holatlar o‘rtasidagi ishonchli farqlarni qayd qilishi mumkin. Iqtisodiy-matematik usul yordamida har doim ishonchli natijalarga erishib bo‘lmaydi. Chunki, o‘rganilayotgan sohasining rivojlanishi yoki ko‘rsatkichlarning pasayishiga turli ob‘ektiv va sub‘ektiv omillar ta‘sir ko‘rsatib turadi. Statistik va ko’p o’lchamli statistik usul. Geografik va iqtisodiy tadqiqotlarda statistik va ko‘p o‘lchamli statistik usul yordamida turli–tuman omillar ta‘sirida shakllanuvchi holatlarni o‘rganish imkonini beradi. Bu usul bugungi kunda iqtisodiy, sotsiologik, demografik, psixologik va hatto pedagogik tadqiqotlarda keng qo‘llanilmoqda. Jumladan, iqtisodiyotda yillar yoki biror iqtisodiy rivojlanish bosqichdagi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini taqqoslash, yillar davomidagi o‘rtacha ko‘rsatkichlarni hisoblab topishda foydalanilsa, sotsiologik tadqiqotlarda aholining maishiy shart-sharoitlari holatini tahlil qilish yoki umumiy natijalarga erishishda, demokratik tadqiqotlarda aholining tabiiy o‘sishi, mehnat resurslari dinamikasi yoki ularning ma‘lum yillardan keyingi holatini prognozlashda, psixologik tadqiqotlarda aholi yoki uning ma‘lum qatlamining ruhiy holatini tadbiq etish va uning ijtimoiy 34 omillarini aniqlash kabi korreliyatsion natijalarga erishishda foydalanish mumkin. Qiyosiy va iqtisodiy qiyosiy tahlil usuli. Iqtisodiy va geografik tadqiqotlarda iqtisodiy qiyosiy tahlil usulini chetlab o‘tib tadqiqotni amalga oshirish mumkin emas. Chunki, har qanday iqtisodiy va iqtisodiy geografik tadqiqotda o‘rganilayotgan hudud boshqa hudud bilan yoki sohaning turli hududlardagi holati tahlil etiladi. Ko‘pgina holatda qiyosiy tahlil etish yordamida juda muhim muammolarni va bu muammolarning paydo bo‘lish omillarini tadqiq etish imkonini beradi. Umuman, qiyosiy va iqtisodiy qiyosiy tahlil usuli yordamida tabiat, ishlab chiqarish va aholi bilan bog‘liq juda dolzarb muammolarni va ularning paydo bo‘lish omillarini aniqlash mumkin. Me’yoriy-balans hisobi usuli. Me‘yor va nisbat tushunchasi tabiatning eng muhim qonuniyatlaridan biridir. Geografik va iqtisodiy tadqiqotlarda me‘yor-balans hisobi usuli keng foydalaniladi. Jumladan, aholining tug‘ilishi, tabiiy o‘sishi, migratsiyasi bilan bog‘liq shunday qonuniyatlar borki, bu qonuniyatlarning mohiyatini ochib berishda yoki tadqiq etilayotgan masalaga aniqlik kiritishda me‘yoriy-balans hisobi usulidan keng foydalaniladi. Kartografik tadqiqot usuli. Geografik va iqtisodiy tadqiqotlarda kartografik tadqiqot usulidan foydalanish tadqiqot ishining vazifasida ko‘zda tutilgan xususiyatlarining uyg‘unligini ta‘minlash uchun xizmat qiladi. Chunki kartalarda geografik va ijtimoiy iqtisodiy elementlar uyg‘unligi bir-birini to‘ldirish bilan birga, mamlakat yoki hududning tabiati va uning boyliklarini, iqtisodiyotini, madaniy- ma‘rifiy va tarixiy xususiyatlarini o‘zida jamlagan bo‘ladi. Tadqiqot ishi davomida tadqiqotchi uchun kartalardagi ma‘lumotlardan foydalanishda qulaylik yaratadi yoki tadqiqot ishi natijasida tuzilishi lozim bo‘lgan kartaning mukammalligini ta‘minlash uchun tadqiqotchiga namuna vazifasini o‘taydi. Ba‘zan tadqiqot vazifasida ko‘zda tutilmagan qirralarini yoki xususiyatlarini ham yoritish imkonini beradi va tadqiqot ishining mukammalligini oshiradi. Sotsiologik so’rovlar o’tkazish usuli. Sotsiologik so‘rovlar usuli ayniqsa, aholining ijtimoiy demografik holatini o‘rganishda ko‘p qo‘llaniladi. Anketa so‘rovlari ma‘lum maqsaddan kelib chiqib, keng qamrovli tuzilganligi tadqiqotni samarali o‘tkazishda muhim ahamiyatga ega. Dastlabki umumiy savollar (yashash joyi, tug‘ilgan yili, millati, jinsi, ma‘lumoti, mutaxassisligi, mutaxassislik bo‘yicha ishlayotgan yoki ishlamayotganligi, sababi, ijtimoiy kelib chiqishi, oilaviy ahvoli, farzandlar soni, bir hovlida necha kishi yashashi, oilaning o‘rtacha yillik daromadi kabi savollar) har bir anketa so‘rovlarida berilishi kerak. Keyingi beriladigan savollar tadqiqot mavzusiga bevosita tegishli bo‘lishi lozim. Masalan, aholining ichki va tashqi migratsiyasini o‘rganish uchun quyidagi savollarning bo‘lishi maqsadga muvofiq: 1. Siz yashash joyingizni o‘zgartirishni xoxlaysizmi? 2. Nima sababdan yashash joyingizni o‘zgartirmoqchisiz? 3. Agar boshqa joyga ko‘chishni xoxlasangiz, qaerga ko‘chgan bo‘lardingiz? 4. Agar boshqa davlatga ko‘chishni xoxlasangiz sababini ko‘rsating. 5. O‘zbekistonning boshqa joyiga ko‘chishni xohlasangiz sababini ko‘rsating. 6. Hozirgi kunda oila a‘zolaringiz orasida O‘zbekistonning boshqa shaharlarida o‘qiyotgan, ishlayotgan, yashayotganlar bormi? 35 7. Hozirgi kunda oila a‘zolaringiz orasida chet mamlakatlarda o‘qiyotgan, ishlayotgan, yashayotganlar bormi? Omillarni tahlil qilish usuli. Geografik tadqiqotlarda muammoning kelib chiqishi yoki uni tartiblash omillarini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ular tadqiqot maqsadi va doirasiga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin: 1. Tabiiy omillar; 2. Iqtisodiy omillar; 3. Demografik omillar; 4. Etnik omillar; 5. Ijtimoiy-psixologik omillar va boshqalar. Omillarni o‘z navbatida ikkiga bo‘lish mumkin: 1) sub‘ektiv omillar, ya‘ni inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan yoki inson faoliyati natijasida yuzaga kelgan omillar. Yuqoridagi demografik, ijtimoiy-psixologik, etnik omillar shular jumlasidandir. 2) ob‘ektiv omillar, ya‘ni inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan omillar. Masalan, qurg‘oqchilik, sho‘rlanish, toshqinlar, ko‘chkilar, ob-havodagi keskin o‘zgarishlar kabilar tabiiy omillar hisoblanib, ishlab-chiqarishning biror mavsumda izdan chiqishiga yoki butunlay inqiroziga olib kelishi mumkin. Iqtisodiy prognoz usuli. Geografik va iqtisodiy tadqiqotlarda iqtisodiy prognoz qo‘llanishi ishlab chiqarish hajmining ortishi yoki tabiat resurslaridan samarali foydalanish yo‘nalishlarini belgilab beradi. Ko‘pchilik holatlarda prognoz ya‘ni kutilgan natija yuz bermasligi mumkin. Biroq, kutilgan natija yuz bermagan holatlarda shu soha yoki tarmoq tadqiqotchilari uning omillarini izlab topishga intiladi. Prognoz – tadqiqot ishining sterjeni bo‘lib, u tadqiqot jarayonini boshqaradi va uni ichki mantiqiga bo‘ysundiradi. Ko‘pgina mashhur tadqiqotchilar prognozning bo‘lmaganidan ko‘ra, uning xato bo‘lsada, mavjudligini afzal ko‘rishadi. Biror iqtisodiy jarayonni prognoz qilishda, ma‘lum vaqt oralig‘idagi ko‘rsatkichlar yoki voqealar rivoji tahlil etiladi va shu asosda jarayonning kelgusidagi holati prognoz qilinadi. Prognoz qilishda ilmiy asoslangan biror qonuniyat yoki mexanizm mavjud emas. Ba‘zan iqtisodchilar statistik prognoz usullariga asoslanib, biror tarmoqning istiqboli to‘g‘risidagi 5-10 yil keyingi prognozlarni keltiradi. Ko‘pchilik holatda bu prognozlar o‘zini oqlamadi. Chunki, u yoki bu omillar ta‘sirida kutilgan natija kuzatilmaydi. Shu bois, tadqiqot prognozlarini inkor qilib bo‘lmaydi. Ya‘ni agar amalga oshmasa, tadqiqotchi oldiga «Nima uchun?» degan savolni qayta- qayta qo‘yaveradi. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling