Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari
Aholini hisobga olish, aholi ro’yxatlari
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
aholi geografiyasi va demografiya asoslari
2.2. Aholini hisobga olish, aholi ro’yxatlari Malum hududda (ayrim bir rayon, mamlakat, butun er sharida) yashovchi aholi haqida fikr yuritish, uni birorta fan nuqtai nazardan analiz qilish uchun uning soni, tarkibi, hududiy taqsimlanishi to‘g‘risida ma‘lumotlarga ega bo‘lish kerak. Bunday ma‘lumotlar aholini ro‘yxatga olish yoki har yili uning tabiiy va mexanik o‘sishini aniq hisobga olib borish yo‘li bilan to‘planadi. Ba‘zi mamlakatlar, masalan, Xitoyda, Misrda, Eronda, shuningdek Rim imperiyasida eramizdan bir necha asr oldin aholi 42 hisobga olingan. Ammo u paytdagi aholi hisobini hozirgi zamon aholi ro‘yxati bilan taqqoslab bo‘lmaydi. U davrdagi hisoblar ma‘lum bir maqsad, masalan, soliq to‘lash lozim bo‘lgan kishilar yoki askarlikka layoqatli bo‘lgan kishilar sonini aniqlash uchungina zarur bo‘lgan. Shunda ham erkaklar hisobga olingan. Bunday ro‘yxatlardan to‘liq demografik ma‘lumotlar olib bo‘lmaydi, albatta. 15-17-asrlarda Rossiyada, uning uezdlari va shaharlari haqida ―Pissevie knigi‖ deb nomlangan iqtisodiy statistik daftarlar to‘ldirilgan bo‘lib, unga aholiga ta‘luqli ma‘lumotlar bo‘lar edi. Ammo bu daftarlarda soliq to‘lashi kerak bo‘lgan erkaklargina hisobga olib borilar edi. Soliq to‘lashdan ozod qilingan zodagonlar, ruhoniylar kabi ayrim tabaqa vakillari bu daftarlarga kiritilmasdi. Keyinroq, 18-19-asrlarda Rossiyada o‘tkazilgan davlat reviziyalari (taftishlari) paytida ham aholi haqida ma‘lumotlar yig‘ilgan. Rossiyada hammasi bo‘lib 10 marta ana shunday reviziya o‘tkazilgan edi. Ammo bu tadbirlarni ham haqiqiy aholi ro‘yxatlari deb bo‘lmas edi. 1790 yilda AQShda o‘tkazilgan aholi ro‘yxatini aholi haqida to‘liq demografik ma‘lumot to‘plash maqsadida o‘tkazila boshlagan birinchi zamonaviy aholi ro‘yxati desa bo‘ladi. 18 asr oxiri va 19 asr boshlarida Evropaning ko‘pgina mamlakatlarida (masalan, 1801 yilda Angliya, Fransiya, Daniyada, 1815 yilda Norvegiyada, 1818 yilda Avstriyada, 1824 yilda esa, Gollandiyada va boshqa davlatlarda) aholi ro‘yxati o‘tkazilgan. Endilikda Evropaning barcha mamlakatlarida aholi ro‘yxati muntazam ravishda o‘tkazilib turiladi. Shimoliy va Markaziy Amerikaning barcha mamlakatlarida ham, Janubiy Amerikaning ko‘plab mamlakatlarida ham aholi ro‘yxati o‘tkazilib turiladi. Osiyoda Yaponiya, Turkiya, Tailand, Hindiston, Shri-Lanka, Indoneziyada muntazam ravishda aholi ro‘yxati o‘tkazilib turiladi. Xitoyni dastlabki butun hududini qamrab olgan to‘la aholi ro‘yxati 1953 yilda o‘tkazilgan. Sobiq ittifoq hududida birinchi rasmiy va to‘laroq aholi ro‘yxati 19-asrning oxirida (1897 yil) o‘tkazilgan. Keyinchalik, 1920, 1926, 1939, 1959, 1970.......oxirgisi 1989 yil o‘tkazilgan. 1897 yilda Rossiya hududida aholi ro‘yxati o‘tkazilgan paytda hozirgi O‘zbekiston hududining faqat bir qismi qamrab olingan edi. Bunda Buxoro va Xiva xonliklari aholisi hisobga olinmagan edi. 1920 yilda o‘tkazilgan aholi ro‘yxati ham O‘zbekiston aholisi haqida to‘la ma‘lumotlar bera olmaydi. Aholi ro‘yxatlari paytida mamlakat, uning ayrim qismlari har bir aholi manzilgohi aholisi to‘g‘risida eng aniq va mufassal ma‘lumotlar to‘planadi. Ayrim ma‘lumotlar (masalan, aholining milliy tarkibi, ona tili va hokazo) faqat aholi ro‘yxatlari paytidagina to‘planadi. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling