Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


 Aholini takror barpo qilinish masalalari


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

 
2.3. Aholini takror barpo qilinish masalalari 
Kishilik jamiyatining butun tarixi - aholi bir avlodining ikkinchi avlod bilan 
almashinuvi, uning tinimsiz yangilanib turishidan iboratdir. Bu jarayon har yili sodir 
bo‘ladigan tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlarida va ular o‘rtasidagi farqda yaqqol 
namoyon bo‘ladi. Har yili qandaydir sabablarga ko‘ra vafot etgan aholi o‘rnining 
yangidan, dunyoga kelgan avlod hisobiga to‘ldirilib borishi aholining takror barpo 


43 
qilinishi deyiladi. Tug‘ilgan soni o‘lganlar sonidan ortiq bo‘lgandagina aholi soni 
oshib, ko‘payib boradi. Bu esa jamiyat taraqqiyoti uchun muhimdir. Chunki, tug‘ilish 
o‘limga nisbatan kamayib ketsa, aholining tabiiy o‘sishi to‘xtab qoladi, uning soni 
qisqarib, oqibat natijada inson avlodi yo‘qolib ketishi mumkin (depopulyatsiya ro‘y 
beradi). 
Biz yuqorida aholi barcha ishlab chiqarish jarayoning subekti degan edik. 
Ishlab chiqarishning me‘yorda davom etishi, uning kengayib borishi uchun aholi 
sonining o‘sib borishi muhim ahamiyatga ega. Aholi barcha ijtimoiy boyliklarning 
bunyodkoridir. Shuning uchun ham aholining ayniqsa uning mehnatga yaroqli 
bo‘lgan qismining (mehnat resurslarining) soni, ularning bilim va malakasi har bir 
mamlakat yoki rayonda ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun muhim 
ahamiyatga ega bo‘ladi. Qadimgi dunyo va o‘rta asrlarda yashagan olimlar ham 
aholining soni, uning o‘sib borishi davlatlarning iqtisodiy, siyosiy va harbiy holatiga 
ta‘sir etishini qayd qilganlar. 
Malumki, jamiyat taraqqiyotini belgilab beruvchi asosiy kuch-bu moddiy 
ne‘matlarni ishlab chiqarish usulidir. Jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi 
esa, odamlar, aholidir. Shuning uchun ham aholi, uning tinmay o‘sib boradigan 
talablari har qanday mamlakatning diqqat markazida turadi.
Aholining takror barpo qilinish jarayoning negizini tug‘ilish va o‘lim hamda 
ular o‘rtasidagi farq (aholining tabiiy o‘sishi) tashkil qiladi. Ammo ayrim hududlar 
(davlatlar, ularning qismlari, butun qit‘alar) aholisining o‘sishida tabiiy o‘sishdan 
tashqari, mexanik o‘sish, ya‘ni aholining hududiy qayta taqsimlanishi (migratsiyasi) 
ham rol o‘ynaydi. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling