Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

Birinchi faza- uchun tug‘ilishining yuqori darajada saqlanishi va o‘limning 
keskin qisqarishi oqibatida vujudga keluvchi juda yuqori darajadagi tabiiy o‘sishga 
xosdir; 
Ikkinchi faza- ko‘p bolali oiladan kam bolali oilaga o‘tish, o‘limning qisqarishi, 
tug‘ilishning esa kamayishi natijasida tabiiy o‘sishning pasayishi bilan ifodalanadi; 
Uchinchi faza- avvalambor aholi ichida qariyalar soni va ularning o‘sishi 
hamda tug‘ilishning asta-sekin pasayishi natijasida o‘lim birmuncha ko‘tariladi. 
Mazkur bosqichda aholi soni juda kam miqdor suratlarda o‘sadi yoki qisqaradi; 
To’rtinchi faza- tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlari tenglashadi, aholining o‘sishi 
barham topadi. 
Demografik o‘tish davri dastavval Evropada 18 asrda boshlanadi. Shunda tabiiy 
o‘sish 20-30% ga teng bo‘ldi, buni xaqiqatdan ham demografik inqilob deb atash 
mumkin. Chunki 10-20 yil oldin atiga 5-10% ga teng bo‘lgan tabiiy o‘sish qisqa vaqt 
ichida 2-3 martaga oshdi.
Ushbu jarayon Evropada 100-150 yil davom etdi. Undan keyingi davrda Evropa 
mamlakatlari demografik o‘tishning ikkinchi fazasiga o‘tdi. Hozir ushbu 
mamlakatlarning ko‘pchiligi demografik o‘tishning uchinchi fazasidadirlar. 
Binobarin, Germaniya, Avstriya, Belgiya, Italiya, Daniya, Vengriya, Niderlandiya 
aholini oddiy takror barpo etilishi ham ayrim yillarda ta‘minlanmaganligi 
kuzatilmoqda, ya‘ni o‘lganlarning soni tug‘ilgan bolalar sonidan ko‘p bo‘lmoqda. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘pchilligi demografik o‘tish jarayonining 1-
fazasini o‘tamoqda.
AQSh, Yaponiya, Kanada, Avstraliya mamlakatlari 2-fazani boshidan 
kechirmoqdalar. Xitoy va boshqa bir qator mamlakatlar 2-fazaga o‘tish arafasida 
turibdi.
O‘zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlarida 1-fazadan 2-fazaga 
o‘tish uchun zamin tayyorlandi, bu jarayon yaqin 10-15 yil mobaynida boshlansa
ajab emas. Dunyo aholisi ana shu davr ichida 2,4 marta o‘sdi. Bundan ham yuqori 
ko‘rsatkich Osiyo (2,6) va Afrikaga (3,6) xos bo‘ldi. Mazkur ko‘rsatkich Evropada, 
1,4 martaga teng bo‘ldi. Aholi sonining yuqori sur‘atlar bilan o‘sishi Afrikada
Markaziy va Janubiy Osiyoda, Markaziy Amerikada kuzatilmoqda. Shu vaqtning 
o‘zida Evropaning ayrim mintaqalarida aholi soni juda past sur‘atlar bilan o‘smoqda 
yoki deyarli o‘zgarmayapti. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling