Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

Odamning tug‘ilishi umuman biologik jarayondir, ammo ijtimoiy omillarning 
ta‘siri juda katta bo‘ladi. Qadim zamonlarda kishilar o‘rtasidagi tug‘ilish jarayonini 
ko‘proq biologik xarakterga ega edi, desa bo‘ladi. Tabiiy biologik omillar ham 
tug‘ilishga ma‘lum darajada ta‘sir ko‘rsatadi. Ammo tug‘ilish ko‘rsatkichlariga ta‘sir 
etuvchi asosiy omillar ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy madaniy omillardir. Shuningdek, 
tabiiy-biologik omillar ham tug‘ilishga ma‘lum darajada ta‘sir qiladi. 
Mamlakat aholisining yosh va jinsiy tarkibida katta nomuvofiqliklarning 
bo‘lishi u erda aholi o‘rtasida nikohlanish ko‘rsatkichining kamroq bo‘lishiga olib 
keladi.
Demografik omillar, ya‘ni aholining yosh va jinsiy tarkibi uning tabiiy 
o‘sishiga ta‘sir etadi, albatta. Biroq tug‘ilishdagi mavjud bo‘lgan keskin hududiy 
farqlar demografik omillar bilan belgilanmaydi. Bunday farqlar turli davlatlar 
aholisining moddiy va madaniy turmush darajasi, xotin qizlarning ijtimoiy ishlab 
chiqarishda qatnashishi, har bir mamlakatda urbanizatsiya jarayonining darajasi, turli 
xalqlarda asrlar davomida shakllangan milliy urf-odatlar, dinning ta‘siri kabi 
ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy omillar bilan bog‘liqdir. Shuningdek, har bir 
davlatda aholi sohasida olib boriladigan siyosat ham ma‘lum tug‘ilish 
ko‘rsatkichlariga ta‘sir ko‘rsatadi. Shuningdek, tug‘ilishga ta‘sir etuvchi muhim omil-
aholining shahar bilan qishloq o‘rtasida taqsimlanishi, davlatda urbanizatsiya 
jarayoning rivojlanish darajasidir. Tug‘ilishdagi hududiy farqlarga ta‘sir etuvchi 
sabablardan yana bittasi aholining etnik tarkibidir. Statistik ma‘lumotlar shuni 
ko‘rsatadiki, rivojlangan mamlakatlardagiga nisbatan iqtisodiy jihatdan qoloq 


44 
mamlakatlarda, hatto bir mamlakatning ichida moddiy jihatdan yaxshi 
ta‘minlanmagan aholi guruhlaridagiga nisbatan kambag‘al aholi orasida tug‘ilish 
doimo ancha yuqori bo‘lib kelgan. 
Dunyoning deyarli har bir mamlakatida aholi sohasida ma‘lum siyosat 
yurgiziladi (bu siyosat uch xil usulda olib boriladi-iqtisodiy, ma‘muriy-huquqiy, 
ma‘naviy-psixologik), lekin bunday siyosat doimo bir xil bo‘lmasdan, turli 
sabablarga ko‘ra o‘zgarib turishi mumkin. Keyingi paytlarda aholining tez o‘sishi 
munosabati bilan aholi o‘sishi yuzasidan ma‘lum siyosat olib borish xalqaro 
konferensiyalarda ham muhokama qilinmoqda. Bu borada 1974 yil 19-30 avgustda 
Buxarestda BMT tomonidan uyushtirilgan va aholi muammolariga bag‘ishlangan 
konferensiya diqqatga sazovordir. 
Bu konferensiyada 135 mamlakat vakillari qatnashdi. Konferensiyada aholi 
o‘sishi va uni mo‘‘tadillashtirish yuzasidan 21 rezolyutsiya qabul qilindi. BMT 
ekspertlar tomonidan tayyorlangan reja loyihasida shu narsa qayd qilindiki, hozir 
dunyo aholisi yiliga 80 mln kishiga ko‘paymoqda, har 35 yilda er shari aholisi 2 
marta oshib bormoqda. Bizning Respublikada onalik sharaflanib, davlat tomonidan 
moddiy hamda ma‘naviy jihatdan rag‘batlantiriladi. 
Ayrim mamlakatlarda tug‘ish ko‘rsatkichlariga ta‘sir etuvchi yana bir muhim 
omil-oilada er-xotin tomonidan bolalar sonini boshqarib borishning keng 
tarqalishidir. Tug‘ilishning oldini olish choralarini keng qo‘llash, oilada bolalar 
sonini boshqarib borish dunyoning turli mamlakatlarida turlichadir.
Tug‘ilish diagrammasiga ta‘sir etuvchi omil va sabablarning qisqacha 
tahlilidan shunday xulosaga kelish mumkinki, tug‘ilishga ta‘sir etuvchi omil va 
sabablar juda ko‘p bo‘lib, dunyo aholisi yoki ayrim mamlakatlar aholisining tug‘ilish 
darajasi va uning sabablarini tushuntirish ana shu omillarning hammasini analiz qilish 
zarur. Chunki, ko‘p hollarda tug‘ilish darajasi ana shu omillar majmuasiga bog‘liq 
bo‘ladi.
Tug‘ilish aholining tabiiy o‘sishining asosiy manbaidir. Tug‘ilish har yili 
hisobga olib boriladi. Bunday ma‘lumotlar, fuqarolik holatini yozish bo‘limlarida 
qayd qilinadi. Ammo bu holat tug‘ilish darajasini ko‘rsatmaydi. Tug‘ilish darajasini 
aniqlash uchun yangi tug‘ilganlar absolyut sonining boshqa absolyut raqmlarga 
nisbatini aniqlash zarur. Ayrim hududlarda aholining tug‘ilish darajasini ko‘rsatish 
uchun odatda tug‘ilish koeffitsientidan foydalaniladi. Har yili yangi tug‘ilganlar 
sonining aholi o‘rtacha sonidagi har 1000 kishiga nisbatiga tug’ilish koeffisenti 
deyiladi. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling