Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

Fransuz tili davlat tili sifatida: Senegal, Gvineya, Kot‘-di-vuar, Togo, Benin, Gabon, 
Kongo, Zair, MAR, Niger, Mali. Mahalliy til bilan birga: Burundi, Ruanda.
Ingliz va frantsuz tillari birgalikda: Kamerun, Seyshel orollari, Komor orollari. 
Arab va fransuz tillari birgalikda: Chad. 
Arab tili: Shimoliy Afrika davlatlari.
Ispan tili: Ekvatorial Gvineya 
Portugal tili: Angola, San-Tome va Printsipi. 


100 
Turli davlatlar hududida bir-biriga yaqin bo‘lmagan millatlar azaldan istiqomat 
qilib keladi. Bu hol asrlar davomida shakllanib kelgan millatlarning ijtimoiy va 
iqtisodiy hayot tarzi bilan bog‘liqdir. Aholisining milliy tarkibi jihatidan 5 turdagi 
davlat ajratib ko‘rsatiladi: Bir millatli (asosiy millati 90% dan ortiq bo‘lgan) – dunyo 
mamlakatlarining deyarli yarmi: Evropa, Yaqin Sharq, Lotin Amerikasi 
davlatlarining ko‘pchiligi.
Bir millatning boshqa millatdan keskin ortiqligi kuzatiladigan davlatlar: Buyuk 
Britaniya, Fransiya, Ispaniya, Ruminiya, Xitoy, Mo‘g‘uliston, AQSh, Avstraliya 
Ittifoqi, Yangi Zelandiya va hokazo. Ikki millatli davlatlar: Kanada va Belgiya. 
Etnik munosabatlari yaqin bo‘lgan murakkab tarkibli davlatlar: Osiyoda-Eron 
Afg‘oniston, Pokiston, Malayziya, Laos, Markaziy, Sharqiy va Janubiy Afrika 
mamlakatlari.
Murakkab etnik munosabatlarga ega, kelib chiqishi har xil bo‘lgan ko‘p millatli 
davlatlar: Hindiston (1500 ta atrofida xalqlar yashaydi), Rossiya, Shveysariya
Indoneziya, Filippin, G‘arbiy va Janubiy Afrikaning ko‘plab davlatlari. 
 
4 BOB. MEHNAT RESURSLARI VA ULARDAN FOYDALANISh 
 
4.1.Mehnat resurslari va ularning tarkibi 
 
Aholining o’z jismoniy va ma‘naviy imkoniyatlariga ko‘ra mehnat qila olish 
qobiliyatiga ega bo‘lgan qismi jamiyatning mehnat resurslari hisoblanadi. Odatda 
aholi mehnat faoliyatiga munosabati nuqtai nazaridan 3 guruhga bo‘linadi:
1) mehnat yoshigacha bo‘lgan guruh – bolalar va o‘smirlar;
2) mehnat yoshidagi guruh – mamlakatning asosiy mehnat resurslari;
3) mehnat yoshidan o‘tgan aholi.
Mehnat resurslarining soni turli mamlakatlarda turlicha, chunki aholining 
yuridik jihatdan belgilab qo‘yilgan va mehnat resurslariga kiritiladigan yosh 
chegarasi hamma mamlakatlarda bir xil emas. Xalqaro statistikada, odatda, 15 
yoshdan 64 yoshgacha bo‘lganlar mehnatga yaroqli aholi hisoblanadi. 
O‘zbekistonda esa 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar va 16 yoshdan 55 
yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar mehnat yoshidagi aholi sanaladi va mamlakatning 
asosiy mehnat resurslari hisoblanadi. Bu yoshdagi aholining hammasi ham ishlaydi 
deb bo‘lmaydi, albatta. Masalan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiyotganlar va 
salomatligi tufayli ishlay olmaydigan nogironlar va hokazolar shular jumlasidandir. 
Aksincha, nafaqa yoshidan oshib ketgan keksalar shuningdek, hali 15 yoshga 
to‘lmagan ba‘zi o‘smirlar ham ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etadi. Bu 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling