Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


Mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan samarali foydalanish


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

Mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan samarali foydalanish 
borasidagi islohotlar. Mamlakatimizda aholining 60 %ga yaqinini mehnat resurslari 
tashkil etadi. Mehnat resurslari jismoniy va aqliy qobiliyatga ega bo‘lib, mehnat 
jarayonida moddiy ne‘mat va xizmatlarni yaratadi. Mehnat resurslari tarkibiga 
kiritilgan, ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etmayotgan nofaol aholi esa mehnat 
zaxirasini tashkil etadi. Chunki vaqti kelib ular ham iqtisodiy faol aholi tarkibiga 
qo‘shilishi mumkin. Davlat statistika qo‘mitasining ma‘lumotlariga ko‘ra, 
O‘zbekiston Respublikasida aholi va mehnat resurslari soni muntazam ko‘payib 
bormoqda (16-jadval). 
2009-2012 yillarda mamlakatimizda aholi soni 10,8 %ga, mehnat resurslari soni 
12,9 %ga o‘sgan. Bu davrda aholi tarkibida mehnat resurslarining ulushi 57,8 %dan 
58,9 %ga oshgan. Yurtimizda aholi soni yiliga o‘rtacha 450-500 ming kishiga 
ko‘paymoqda. Mazkur holat Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 14 martdagi ―Aholi 
sonining tanlama statistik kuzatuvini tayyorlash va o‘tkazish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida‖gi Qaroriga asosan mamlakatimizning har bir tumani va shahrida aholi 
sonining 10 foizini qamrab olgan holda o‘tkazilgan aholi sonining tanlama statistik 
kuzatuvida 642,5 mingta kishining mexanik ko‘paygani aniqlangani bilan bog‘liq. 
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining ma‘lumotlariga 
qaraganda, 2009–2012 yillar davomida mehnat resurslari sonining o‘sish sur‘ati 
Andijon (14,2 %), Jizzax (15,8 %), Qashqadaryo (15,9 %), Namangan (18,3 %), 
Samarqand (16,8 %), Surxondaryo (17,1 %), Farg‘ona (16,4 %) viloyatlarida 
mamlakatimizdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqoriligi aniqlangan bo‘lsa, qolgan 


104 
hududlarda esa ushbu ko‘rsatkich past bo‘lgan. Aytish joizki, 2013 yilning 1 yanvar 
holatiga ko‘ra, yurtimiz bo‘yicha mehnat resurslarining 50 %ga yaqini 5 ta viloyat, 
ya‘ni Samarqand (11,1 %), Farg‘ona (11 %), Andijon (9,3 %), Qashqadaryo (9,2 %) 
va Toshkent viloyatlari (9 %) ulushiga to‘g‘ri keladi.
Tahlillarning ko‘rsatishicha, mehnat resurslari tarkibida mehnat yoshidagi 
mehnatga layoqatlilar soni 13,5 %ga o‘sgan, ishlayotgan o‘smir va pensionerlar soni 
esa 39,4 %ga kamaygan. Mazkur holat mehnat bozoriga demografik omilning 
sezilarli va bevosita ta‘siri bilan bog‘liq. Shuningdek, mehnat resurslarining 98,5-99 
foizi mehnat yoshidagi mehnatga qobiliyatli aholidan tashkil topsa, qolgan 1,0-1,5 
foizi ishlayotgan o‘smir va pensionerlardan iborat.

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling