Gulli o’simliklar va gulning tuzilishi va vazifalari Changchilarning tuzilishi va vazifalari


Gulli o’simliklarning urug’lanishi


Download 0.62 Mb.
bet5/6
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#218735
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1425987114 60295

Gulli o’simliklarning urug’lanishi. Changlanishdan keyin urug’lanish sodir bo’ladi. Urug’lanish sodir bo’lgunga qadar esa ma’lum vaqt o’tadi. U turli o’simliklarda turlicha bo’lib, masalan, emanda – 12-14 oy, olxada – 3-4 oy, orxideyada – odatda bir necha hafta davom etadi. Ko’pchilik o’simliklarda changla-nishdan urug’lanishgacha bo’lgan davr 1-2 sutka, tegmanozik-da – 2 soat, ko’k saqqizda – 15-45 minutga teng. Harorat esa bu jarayonni tezlatadi.

Bu murakkab jarayon quyidagicha kechadi. Chang hali changdonda turgan davridayoq jiddiy o’zgarishlarga uchraydi. Chang donasining yadrosi mikrospora ichida turgan paytda bo’linib 2 ta, hujayra ham bo’linib 2 ta gameta, ya’ni spermiya hosil qiladi. Bu ikki hujayra chang trubkasidan mikropile orqali murtak xaltasiga tomon harakatlanadilar. Bu yerda chang trubkasi yorilib, ular-ning biri tuxum hujayrasi, ikkinchisi esa murtak xaltasining ikkilamchi yadrosi bilan qo’shiladi. Birinchi hujayraning qo’shilishidan urug’ murtak, ikkinchisidan esa endosperm hosil bo’ladi. Bu jarayon shu sababli qo’sh urug’lanish deyiladi va uni 1898 yilda rus olimi S.G.Navashin ixtiro qilgan. Ushbu jarayon faqat yopiq urug’lilarda kuzatiladi.

Urug’langan tuxumhujayra parda bilan o’ralib tinim davriga ketadi. Bu davr turli o’simliklarda turlicha bo’ladi. Masalan, g’alladoshlar va qoqidoshlarda bir necha soat davom etadi. So’ngra tuxumhujayra ikkiga, chang yo’liga qaragan terminal, unga teskari tomonda bazal hujayralariga bo’linadi. Bu jarayon uzunasiga va ko’nda-langiga qarab bir necha marta takrorlanishidan hamma tomoni to’rt burchak hujayralar yuzaga keladi. Bu hujayralarning har biri ham bo’linib, oktang (lot. okto-sakkiz) deb ataluvchi hujayralar hosil bo’ladi.

Shu vaqt mobaynida bazal hujayra ko’ndalang to’siqlar bilan ajratilib, tortma hosil qiladi. Tortma embrion paydo qiluvchi terminal hujayraning oziq moddalarini endosperm joylashadigan embrion xaltasi bo’shlig’iga surib tushiradi. Endosperm maxsus to’qimaga aylanib urug’dagi oziq moddalarni to’play boshlaydi. Tortmaning uchidagi hujayra o’sib pufaksimon nayga o’xshab, gaustoriya so’rg’ichga aylanadi.

Oktang hujayralarining ostki qismidan novda apeksi, urug’palla, uning ustida gipokotil taraqqiy etadi. Urug’pallalar va tortma o’rtasidagi pastki hujay-ralardan birlamchi ildiz hosil bo’ladi.

Urug’murtak asta-o’kin uruqqa aylanadi. Inti-gumentlardan po’st, nusellusdan perisperm hosil bo’ladi. Tugunchaning hamma qismi mevaga aylanadi.




Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling