Yetilib yorilgan changdondan chiqqan changning hasha- rotlar yordamida boshqa gulning tumshuqchasiga tu- shishi hasharotlar yordamida changlanish yoki chetdan changlanish deyiladi. Gullar ochilgan vaqtda xushbo'y hid taratib hasharotlarni o'ziga jalb qiladi. Gullardan ular o'ziga kerak bo'lgan narsani — chang va xushbo'y asal shirasi (nektar)ni oladi. Ayrim gullami changlatuvchi maxsus hasharotlar ham bor. Hasharotlar bitta gul bilan chegaralanib qolmaydi. Ular guldan-gulga qo'nib, bir gulning changini ikkinchi guldagi urug'chi tumshuqchasiga olib o'tadi. Ular gullardagi chang va nektami turli a'zolari (xartumi, oyoqlari, tuklari) yordamida olib o'tadi. Hasharotlar yor damida changlanuvcMlarga olma, o'rik, nok, beda, oqquray, g'o'za kabilar kiradi. - Yetilib yorilgan changdondan chiqqan changning hasha- rotlar yordamida boshqa gulning tumshuqchasiga tu- shishi hasharotlar yordamida changlanish yoki chetdan changlanish deyiladi. Gullar ochilgan vaqtda xushbo'y hid taratib hasharotlarni o'ziga jalb qiladi. Gullardan ular o'ziga kerak bo'lgan narsani — chang va xushbo'y asal shirasi (nektar)ni oladi. Ayrim gullami changlatuvchi maxsus hasharotlar ham bor. Hasharotlar bitta gul bilan chegaralanib qolmaydi. Ular guldan-gulga qo'nib, bir gulning changini ikkinchi guldagi urug'chi tumshuqchasiga olib o'tadi. Ular gullardagi chang va nektami turli a'zolari (xartumi, oyoqlari, tuklari) yordamida olib o'tadi. Hasharotlar yor damida changlanuvcMlarga olma, o'rik, nok, beda, oqquray, g'o'za kabilar kiradi.
- Mevali daraxtlar va g'o'za gullaganda bog'bonlar va pax-takorlar asalari qutilarini bog'larga va paxta dalalariga olib chiqishadi. Bundan maqsad, birinchidan, gullarni changla- tib, mo'l hosil olish bo'lsa, ikkinchidan, yaxshi sifatli, xushbo'y asal yetishtirishdir. Bir gramm asal yig'ish uchun har bir asalari minglab guldan-gulga qo'nadi.
Gullarning shamol yordamida changlanish i. Slum day o'simliklar borki, ularning guli faqat shamol yordamida changlanadi. Bunday o'simlMarning guli ko'rimsiz, mayda va hidsiz bo'ladi. Chang shamol yordamida bir guldan boshqa gulga o'tsa, bunday o'simliklar shamol yordamida changlanadigan o'simliklar deyiladi (bug'doy, arpa, sholi, suli, tol, terak, yong'oq va boshqalar). Shamol yordamida changlanadigan ko'pgina o'simliklar awal gullab, kcyin barg chiqaradi. - Gullarning shamol yordamida changlanish i. Slum day o'simliklar borki, ularning guli faqat shamol yordamida changlanadi. Bunday o'simlMarning guli ko'rimsiz, mayda va hidsiz bo'ladi. Chang shamol yordamida bir guldan boshqa gulga o'tsa, bunday o'simliklar shamol yordamida changlanadigan o'simliklar deyiladi (bug'doy, arpa, sholi, suli, tol, terak, yong'oq va boshqalar). Shamol yordamida changlanadigan ko'pgina o'simliklar awal gullab, kcyin barg chiqaradi.
- Bug'doy shamol yordamida changlanadigan o'simlikdir. Uning guli ikki jinsli. Uning gullari murakkab boshoqda o'mashgan bo'Ub, changchilari boshoqdan tashqarida osilib turadi.
- Shamol esgan vaqtda tebrangan changchi gullardagi changdonlar bir-biriga urilib yoriladi va ulardan chang sochiladi. Shamol yordamida bu changlar boshoqdan urug'chi gulning tumshuqchasiga o'tadi. Bordi-yu, shamol esmay chang boshoqdagi hamma tumshuqchalarga tushmay qolsa, u holda siyrak donli boshoq hosil bo'ladi va hosildorlik pasayib ketadi.
- Gullarning o'z-o'zidan changlanishi. Agar bir tup o'simlik changchisidagi chang shu guldagi urug'chining tumshuqchasiga tushsa bunday changlanish o'z-o'zidan changlanish deyiladi. Bunday changlanish changdondagi chang va urug'chilar bir vaqtda yetilgandagina sodir bo'ladi. O'z-o'zidanchanglanadigan o'simliklarda, odatda, urug'chi changchiga nisbatan qisqaroq bo'ladi. Bularga olma, nok, na'makat misol bo'ladi.
- Sun'iy changlatish. Agar o'simlikning guli chetdan va o'z-o'zidan changlanmasdan odamlar tomonidan changlan-tiriladigan bo'lsa, uni sun'iy changlanish deyiladi.
- Sun'iy changlatishda yetilgan boshqa yoki shu o'simlikning changi olinib, shu yoki boshqa o'simlikning yetilgan guli tumshuqchasiga o'tkaziladi.
- Makkajo'xori gullari ko'pincha sun'iy yo'l bilan qo'shimcha changlantiriladi.
- Buning uchun makkajo'xori changi maxsus idishlarga yig'ib olinadi, so'ngra gullarning tumshuqchasiga sepiladi.
- Sun'iy changlatish usulidan hosildorlikni oshirishda va asosan yangi navlarni yaratishda foydalaniladi.
- Changchi va urug'chidagi jinsiy hujayralarning qo'shilish jarayoni urug'lanish deyiladi. Bu yangi organizm demakdir.
- Shubhasiz chang nima, u qanday tuzilgan, degan savol tug'iladi. Bitta changdonda yuzlab va minglab chang donachalari yetiladi. Chang o'simliklarning turiga qarab har xil shaklda va kattalikda bo'ladi. Uni zamonaviy mikroskoplarda ko'rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |