Gulshani davlat
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
1021 (2)
ISSN: 2181-2624 www.sciencebox.uz Special issue | 2022 "Modernization of education: problems and solutions" Analytical Journal of Education and Development 71 u dardli ohangda va ma’yus holatda hukmdorning hayot chizgilarini oladi. O’lim bu hayotning, umrning xotima topishi. Zolim falakning bu zulmidan hech kim qutilmagani, shohdir, gadodir, faqirdir uni yer bag’riga vaqti soati bilan oldi deb, shoir falakdan an’anaviy mazmunda shikoyat qiladi: Vahki olam ahliga zulmin ayon etti falak, Kim o’shul xurshidini yerga nihon etti falak, Oshkora fitnai oxir zamon etti falak, Xalqi jahon bag’rini qon etti falak. Jon-u ko’nglum quvvati, davlati sultonim qani? Mehribonim, mushfiqim, shohi qadrdonim qani? “Gulshani davlat” Xorazm xonligi tarixini yoritgani bilan tarixiy manba sifatida qadrlanadi. Ayni paytda u adabiy manba hamdir. Shuningdek, asarda tarixiy voqealar adabiy-badiiy usulda hikoya qilinadi, voqea hodisalar tasvirida manzaralilik , timsol va timsollilik shu darajada ustunki, asarni badiuy qissa yoki hikoya o’qigandek qabul qilish mumkin. Buning ustiga voqealarning nasriy bayoni oralarid nazm ham ko’p uchraydi. Bu ham asarning badiiy qimmatini oshirgan. Xususan, asarda ochlik va qahatchilik xususida, yazshilik va yomonlik xususida, tarixiy shaxslar va voqealarning tavsifiy bayoni xususida, vatan tuyg’usi, vatanni sevish, yurt hukmdoriga, xalqiga, eliga mehr-u muhabbat, sadoqat xususida. Ayniqsa asarda 1855-yilda yuz bergan ochlik balosi juda keng qamrovli timsollar va obrazlar bilan keltirib o’tgan. Bu to’g’risida sharqshunos olim V.Vilyaminov-Zernov xalq boshiga tushgan zulm va ochlik balosini quyidagicha yozgan: “1956- yilda dahshatli ocharchilik paydo bo’lgan. Bir ro’yxat bo’yicha Qo’ng’irotda 863kishi ochlikdan o’lgan. Xo’jayli va Qo’ng’irot atrofida yashovchi qoraqalpoqlar ko’proq ocharchilikni boshlaridan kechirganlar.” ⁶ Ochlikdan xalqning toqati toq bo’ladi, sabr kosasi limmo-lim to’lib, “pichoq suyakka yetadi”. Hayot sharbatini mamot zahridan ustun qo’yadilar. Natijada xalq harakati boshlanadi. Bu holat “Gulshani davlat”da quyidagicha bayon qilinadi: “Lojaram fuqaro va raoya ochlig’ balosining shiddati va zolimlar jafosining suhbatiga tob-u toqat keltira olmay, jon muhabbati va jon lazzatidan ilik chekib, mamot zahrin hayot sharbatiga tarjeh qilib, sanasi mingikki yuz yetmish oltig’a dohil bo’lgandan so’ng muharram oyining to’rtida panjshanba kuni barcha ittifoq bila Boboxo’ja va Qulman dorug’a boshliq nujum xaylidek hujum ko’rguzub, Muhammad panohxon ul xoldin xabar topib o’zining ansoru a’voni bila xovlig’a qabolib, multuq otib, mudofaa amriga mashg’ul bo’ldilar. Choshtdin to peshingacha ikki tarafdin miltiq otushib va hamla qilishib, juhdi tamam va ma’iy molakalom bilan muhoraba va munozaraba ishig’a iqdom uv qiyom ko’rguzdilar.” Bu jang tasvirini Ogahiy badiiy lavhalarda quyidagicha ifodalaydi: Ikki soridin aylab ohanggi jang Qilib qasd bir-biriga bedarang Bo’lub har taraf hilvatgar xarbolar Ikki yonga ham yetkurib zarbalar Havola bo’lub kullai otashin Kirib siynalarg’a bo’lub dilnishin Necha kimsaning jismi yuz choh olub Tushub yerga oludai hok o’lub |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling