Gulshani davlat
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
1021 (2)
ISSN: 2181-2624 www.sciencebox.uz Special issue | 2022 "Modernization of education: problems and solutions" Analytical Journal of Education and Development 70 dolzarb masalaridan biri hisoblanadi. Ogahiyning “Gulshani davlat” asari haqida “O’zbek Sovet Ensiklopediyasi”da quyidagi ma’lumotlar berib o’tilgan: “Ogahiyning o’zbek tilida yozgan tatixiy asari Asori muqaddimasida ko’rsatilishicha, Sayyid Muhammadxon hukmronlik davrida yozilgan, 1856-65-yillardagi Xiva xonligining tarixiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotiga bag’ishlangan asar bo’lib, O’rta Osiyo, ayniqsa turkman va qoraqalpoq xalqlari tarixini o’rganishda qimmatli manba hisoblanadi”⁵ “Gulshani davlat” tarixiy-badiiy asardir. Chunki, asarning 30-35%turli she’riy parchalardan iborat. Asarda shoirning 66ta masnaviy, 12ta ta’rix, 2ta qasida, 51 “nazm” sarlavhasi bilan she’rlari, 22ta qit’a, 8ta bayt, 2ta g’azal, bir noma, bir fard va bir marsiya mavjud bo’lib, qaysi she’riy parchani olmaylik u hoh qit’a, hoh masnaviu yoki nazm bo’lsin ularda asosan Sayyid Muhammadxon yoki uning akobir va fozil kishilarning qilgan ishlari maqtaladi, odob- axloq,pand-nasihat, yaxshilik va yomonlik, g’alaba va mag’lubiyat, bayram shodiyonasi, jang-u jadal va shu kabi mavzular ipga terilgandek ifodalanadi. Qolaversa, asardagi g’azallarda bir- biriga o’xshamas badiiy tasvir vositalari asarning badiiyligini ta’minlaydi. Asar 39ta bobdan iborat bo’lib, boblar ichida yana 100ta faslchalar bor. “Gulshani davlat” Sayyid Muhammad Bahodirxonning taklifi bilan yaratilganligi uchun Ogahiy asarida uning tug’ilishidan to hayotining so’nggi daqiqalarigacha bo’lgan voqealar tafsilotigacha berilgan. Ilmparvar Sayyid Muhammad Bahodirxon ayniqsa olimlar, fozillar, shoirlarga alohida marhamatlar ko’rsatadi. Buning natijasida Xorazm diyorida she’riyat va adabiyot yuksak darajaga ko’tariladi. “Gulshani davlat”da qo’llanilgan she’riy shakllardan masnaviy alohida o’rin egallaydi. Asarda 66ta masnaviy bor bo’lib ularni mavzu yo’nalishi bo’yicha quyidagicha tasnif etish mumkin: 1. Joy nomlari ta’rifidagi masnaviylar 2. Tarixiy voqealar, jang-u jadal, harbiy yurishlar va qo’zg’olonlar haqidagi masnaviylar 3. Xalq hayoti bilan bog’liq (suv, don, ochlik, soliq va h.k) masmaviylar 4. Sayru shikor tavsifidagi masnaviylar 5. Tarixiy shaxslarni tavsiflovchi masnaviylar 6. Nasihat turidagi masnaviylar Ma’lumki Ogahiy sakkizta xon davrida yashab ijod etgan. Yosh sohibqironga ham uqtiradiki, olamdan ne-ne shohlar, xonlar, hukmdorlar o’tdi. Biri adolatli, yana biri shafqatli bo’lib, elim va xalqim deb, ularga rohatni, farog’atni baxsh etdi. Biri zolim-u sitamkor bo’lib, xalqni ranj-u sitamlar bilan ezib, unga azob berdi. Xalq adolatli, pokdil shohga rahmatlar aytib, duoga qo’l ochsa, shavqatsiz, adilatsiz hukmdorlarga la’natlar aytadiki, ki’pning duosi va qarg’ishi ijobat bo’lg’usidir. Bu foniy dunyoga mehmonligimiz unutilib, yaxshi shohni ham, yomon shohni ham yer o’z qa’riga, bag’riga oladi. Shoir yosh hukmdorga “Shunday ekan senga nasihatim, sen hushyor va adolatli bi’lgin. Sendan ezgulik va yaxshi nom, yaxshi ishlar qolsin. Yalong’och kelgan inson yalong’och ketar, bir kuni seni ham qaro yer o’z bag’riga olg’usidir” deydi. Agar yaxshi erdi va gar xud yomon, Yer ostida bo’ldi barisi nihon. “Gulshani davlat”da Sayyid Muhammad Bahodirxon vafoti munosabati bilan yozilgan marsiya ham bor. Marsiya bayonida Ogahiy xonning elga qilgan xizmatlarini, ezguliklarini eslatib o’tadi. El-u yurt ma’murchiligi va farovonligi yo’lidagi marhamatlari, ulug’ ishlarini ta’kidlagan holda, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling