Gulshani davlat
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
1021 (2)
ISSN: 2181-2624 www.sciencebox.uz Special issue | 2022 "Modernization of education: problems and solutions" Analytical Journal of Education and Development 72 Ochlik va tanqislik xalqning ko’ksini yoriq, tilka pora qilgan, rang-ro’yini sarg’aytgan. Va oxir ular oqibat harom qilingan narsalarni yeb, jon saqlash uchun urinishga majbur bo’ladilar. Qolaversa har turdagi soliqlar xalqning moddiy ahvoli og’irlashuviga olib keladi. Natijada xalq qo’zg’olonlariga sabab bo’ladi. Og’ir soliqlardan norozi bo’lgan raiyat xonga itoat etishdan, bo’ysunishdan bosh tortgan. Ana shunday qo’zg’olonlardan biri qoraqalpoqlar qo’zg’olonidir. Qo’zg’olonga qoraqalpoqqo’ng’irotlarining qo’ldovli urug’idan chiqqan Ernazarbiy boshchilik qiladi. Xon farmoni bilan qo’zg’olonchilar jazolanadi. Shu tariqa isyonchilarni jazolash maqsadida Xonobod hududi cho’l-u biyobonga aylantiriladi. Turkmanlar o’rtasida ochlik boshlandi. Keyinchalik turkmanlar bo’ysunishdan sal bosh tortsalar ham, xon kanalni berkitib, ularning ekinlariga suv bermay qo’yish haqida buyruq berar edi. Shunda turkman boshliqlari yig’lab va o’z qilmishidan pushaymon yeb xon qoshiga kelar va uning yangi, yanada qattiqroq shartlariga rozi bo’lar edilar. Ana shunday og’ir sharoitda o’lkaga bahor fasli kirib kelishi, navro’z bayrami va poklanish, yangilanish, go’zallik, to’kin-sochinlik milliy bayramlarimiz “Gulshani davlat”da o’z tasbirini topgan. Hijriy 1372-yili Sayyid Muhammad Bahodirxon taxtga o’tirgandan 38kun o’tgach eng go’zal va eng chiroyli fasl bahor boshlanadi. Ana shu baqtda oftobi olam chavandozi eski manzildan yangisiga almashdi. Navro’zi olam kirib kelishi bilan bahor sultoni hukmronlik taxtiga o’tiradi. Xazinachi uning buyrug’I bilan in’om-u ehson xazinasi eshiklarini lang ochib, olam gavharlarni yer yuziga sochadi. Asarda bahor sultonining farmoni bilan qishi bilan omborda saqlangan urug’liklar olinib, orzu-umid bilan yerga qadalishi chiroyli o’xshatish orqali tasvirlangan. “Gulshani davlat” nodir adabiy hamda tarixiy meros sifatida o’z qadriga ega manbadir. Xususan, birinchidan “Gulshani davlat” asari garchi tarixiy asar bo’lsada, unda xalq hayoti, urf-odatlari, marosimlari, to’y, navro’z sayli va ularning badiiy tasviri berilgan. Ogahiy bunda xalq hayotini batafsil biladigan muarrix sifatida gavdalanadi. Ikkinchidan, asarda nafaqat o’zbek xalqining, balki qozoq, turkman, qoraqalpoq kabi Xiva xonligi hududida yashagan turli xalqlar va qabilalarning hayoti haqida ma’lumotlar beriladiki bu “Gulshani davlat”ning etnografik jihatdan ham qimmatli manba bo’lib xizmat qilishini ta’minlagan. Uchinchidan asarda xalq qo’zg’olonlari tarixiy jihatdan to’g’ri va aniq yoritilgan, muallifning o’zi guvoh bo’lgan bu voqealar tasviri ishonchli va faktik materiallarga boydir. Bu jihatdan “Gulshani davlat” XIX asr Xiva xonligi tarixi va madaniy hayotini o’rganishda badiiy- tarixiy asar sifatida muhim ahamiyatha ega. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling