Gulxaniyning ijodi. “Zarbulmasal” asaridagi masalalarni o’rganish va tahlil qilish reja
Download 82 Kb.
|
GULXANIYNING IJODI. “ZARBULMASAL” ASARIDAGI MASALALARNI O’RGANISH VA TAHLIL QILISH
GULXANIYNING IJODI. “ZARBULMASAL” ASARIDAGI MASALALARNI O’RGANISH VA TAHLIL QILISH Reja: 1. Gulxaniy hayoti va ijodi. Asarning yaratilish va o`rganilish tarixi. “Zarbulmasal” asari tarkibidagi masallarda ilgari surilgan g`oyalar. Gulxaniy (taxallusi; asl ismi Muhammad Sharif) (taxminan 18-asrning oxiri – Qoʻqon – 19-asrning 20-yillari) – oʻzbek mumtoz shoiri, oʻzbek adibi, masalnavis, oʻzbek adabiyotida satirik maktab yaratuvchilaridan biri. Hayoti va ijodi haqida „Majmuai shoiron“ (Fazliy Namangoniy), „Tuhfat ul-axbob“ (Qori Rahmatulloh Vozeh), „Sabot ul-bashar va tarixi muhojiron“ (Dilshod Otin) kabi asarlarda ayrim maʼlumotlar keltirilgan. Fazliy Gulxaniyning „Koʻhiston mulkidan“ ekanligini taʼkidlasa, Vozeh uni namanganlik, deydi. Gulxaniy Namangan va Qoʻqonda yashagan, oz vaqt hammomda oʻt yoquvchi – goʻlax vazifasida ishlagan (taxallusi shundan). Qoʻqon xoni Amir Olimxon navkarlari safida xizmatda boʻlgan (1801–1810). Mustaqil mutolaa yoʻli bilan mumtoz adabiyotni oʻrgangan. Olimxon vafotidan (1811) soʻng taxtga oʻtirgan Amir Umarxon (Amiriy) Gulxaniyni saroy shoirlari davrasiga jalb etgan. Shoir xonni maqtagan, uning gʻazallariga naziralar bitgan. Umarxon vafotidan soʻng vataniga qaytib, koʻproq oddiy insonlarga manzur boʻluvchi sheʼrlar yoza boshlagan. Oʻtli hajvlar yaratgan. Zarbulmasal“ asari Tahrirlash „Zarbulmasal“ asari nafaqat oʻzbek mumtoz adabiyoti, balki butun Sharq adabiyotining ham nodir namunasidir. „Zarbulmasal“ asari Umarxonning topshirigʻi bilan yozilgan. Gulxaniy unda xalq maqollari (400 ga yaqin maqol), sajlar (qofiyali nasr), masal va rivoyatlardan samnoo oj pkvvgo j arali foydalangan. Bu masal va rivoyatlar tematik jihatdan bir-biriga bogʻlanib, yagona bir syujetni tashkil etgan. Asarda Yapaloqqush bilan Boyoʻgʻlining quda-anda boʻlishi sarguzashtlari majoziy, oʻtkir hajviya tarzida tasvirlangan. Gulxaniy qushlarning oʻzaro murakkab munosabatlari asosida oʻz davri ijtimoiy hayotining tanqidiy manzarasini yaratgan. „Zarbulmasal“da „Kalila va Dimna“ da sharq mumtoz nasri anʼanalari davom ettirilgan. Hajviy qissa janrida yaratilgan bu asarlarda ramziy-majoziy timsollar vositasi bilan zamonasining nosozliklari fosh etilgan. „Zarbulmasal“ ning bir necha qoʻlyozma va bosma nusxalari mavjud, OʻR FA ShI da saqlanadi. Ayrim manbalarda devon topilgani aytilsada, biroq u topilmagan. Zarbulmasal" asari tahlili Gulxaniy ijodiy faoliyatidagi eng muhim fazilat shundan iboratki, u o'z davrining folklorshunosi sifatida o'zbek xalqining beqiyos donishmandligini ifoda etgan masallar, maqollarni to'plab, mashhur „Zarbulmasal" asarini yaratdi. Gulxaniy asarning kirish qismida uning yozilish sababi ustida to'xtalib, xon saroyidagi she'riy majlislarning birida masal (maqol, matal, hikmat)larning badiiy ijoddagi o'rni haqida gap ketganligini qayd etadi. Xonning nazari Gulxaniyga tushib, uni qoshiga chaqiradi va „..bu zarbulmasallarni necha hikoyatlar orasida aqlu donishing yetishicha tartib ver"„— deb buyuradi. Gulxaniy darhol javob beradi: „Ey shohi jahonpanoh, tojikning bir masali bordurki, az ko'za hamon tarovadki, dar o'st (Ko'zada bori to'kiladi) „Alar (ya'ni xon) aydilarki, ,,O'zbekning bir maqoli bordurki, „Eshakiga yarosha tushog'i". Bu suhbatdan so'ng Gulxaniy „amirning amrlarini vojib bilib, zarbulmasal yo'lida sobit qadam bo'ldi va Yapaloqqush va Boyqushning qudaliklari orasinda to'rt yuz zarbulmasali “avommunos”ni bayon qiladi. „Zarbulmasal"ni yozishda maqol, matal, naql va xalq og'zaki ijodining to'rt yuzga yaqin boshqa namunalaridan mahorat bilan foydalandi. Shuningdek, atroflicha bilimdon ijodkor sifatida u hindlarning buyuk folklor asari ,,Kalila va Dimna” tajribasidan, Muslihiddin Sa'diy, Alisher Navoiy kabi ulug' va mo'tabar adiblarning asarlaridan ham o'rnida foydalandi. „Zarbulmasal" — hayvonlar haqidagi qiziqarli voqealarga boy asar. Lekin hayvonlar kechirgan voqealarga chalg'ib qolmaslik kerak. U, aslida, odamlar haqidagi asardir. Adabiyotimiz tarixida „Zarbulmasal" nomi bilan tarqalgan asarlar juda ko'p bo'lgan. U, avvalo, bir tildagi masallarning oddiy to'plamini anglatgan. Shuningdek, bir tildagi masallarning boshqa tilga qilingan tarjimalari ham „zarbulmasal" deb nomlangan. Biror masalga tayanib pandnoma yo'nalishida bitilgan risola ham „zarbulmasal" atalgan. Gulxaniyning „Zarbulmasal"i esa tamomila original badiiy asar bo'lib, dunyo adabiyotida o'xshashi yo'q hodisadir. Bu janrdagi asarlarda imo-ishora, kinoya asosiy tasvir usuli hisoblanadi. Ijodkor badiiy maqsadini odamlar taqdiri tasviri orqali emas, balki qushlar, jonivorlar vositasida ifodalaydiki, bu asarning ta'sir kuchini oshiradi.
Asarning kompozitsiyasi ham, sujeti ham, tili ham anchagina murakkab bo'lishiga qaramay, tushunilishi jihatidan sodda va maroqlidir. Bunga masal, maqol, hikmat va matallardan o'rinli foydalanish evaziga erishilgan. „Zarbulmasal"dagi hikoya ichida hikoya yo'sinida berilgan „Maymun bilan najjor", „Tuya bilan bo'taloq", „Toshbaqa bilan chayon" kabi masallar zimmalariga yuklangan badiiy vazifalaridan tashqari ham mustaqil estetik qimmat kast etib, asarning umumiy jozibasini oshirishga xizmat qilgan. „ Zarbulmasal "da qushlar timsolidan foydalanib, insonlar va ular orasidagi murakkab munosabatlar tasvirlangan. Asarda inson ruhiyati tasviri alohida berilmay, qushlarning o'zaro suhbatlari zamiriga singdirilgan. „Zarbulmasal"da uchraydigan badiiy obrazlarni: a) qushlar obrazlari; b) hayvon-hasharot obrazlari; v) odam obrazlari tarzida uchga bo'lish mumkin. Qushlar obrazlari asarning bosh maqsadini ifodalashga yo'naltirilgan bo'lib, qolgan ikki guruhdagi qahramonlar, asosan, ularning o'zaro suhbatlari asnosida namoyon bo'ladi. Yozuvchi qushlar vositasida ularning prototiplari bo'lmish odamlarga xos jihatlarni aks ettirgan bo'lsa- da, ayni vaqtda, har bir qushga xos bo'lgan individual belgilarni berishni ham yoddan chiqarmaydi. Ko'pincha, qushlarning otida ularning fe'li aks etadi. Chunonchi, Ko'rqushning ko'rligi, Boyqushning sovuqnafas va xasisligi, Kordonning korchalonligi, Kuykanakning kichik jussali hamda kuyunchakligi laqab bilan tabiatning mos kelishiga misol bo'la oladi. Yapaloqqush bilan Boyqush asardagi markaziy qahramonlardir. Asarning sujeti ana shu timsollarning o’zaro quda-anda bo'lishiga bogiiq voqealar asosida rivojlanadi. Yapaloqqush — bir qadar davlatmand kimsa timsoli. U o'zidan ham sarmoyaliroq, taniqliroq kishi bilan quda bo'lishni orzu qiladi. O'zidan balandlarga intilgani uchun ham o'g'liga Kulonkir sulton deb ism qo'yadi, Boyqush bilan quda bo'lishga urinadi. Adib Yapaloqqush misolida qo'lidan kelmaydigan ishga urinadigan, boylig-u shon-shuhratga mukkasidan ketgan kimsa obrazini yarata'di.U o’z holini bilmaydi, bildirganlarida esa tan olgisi kelmaydi. Yapaloqbibining: ,,O'g'limning asbobi kulangirligi minqori bilan changalidan ma'lum va ravshan emasmu?!" — degan gaplarida uning shaxsiyatiga xos maqtanchoqlik, zo'ravonlik sifatlari ma'lum bo'ladi. Kulonkir sulton ham onasiga munosib farzand. U — qushlar shohining pahlavoni. Kuch-qudrati bilan o'zgalarda dahshat uyg'otishga mohir. Lekin yaxshi tarbiya ko'rmagani, tabiatida yetuklik bo'lmagani uchun ham Ko'rqush unikiga borganda mehmonga qanday muomala qilishni bilmasligini namoyon qiladi. Asardagi mezbonlik tutumi tasviri Kulonkir sulton va uning xizmatkorlarining odamgarchiligiga baho berishga asos bo'ladi. Mehmonga sarqit ovqat taklif etishi, uning ham ko'pini o'zi yeb qo'yishi singari hollarda befarosat, yebto'ymas, tarbiyasiz Kulonkirning asl qiyofasi namoyon bo'ladi. „Zarbulmasal"dagi asosiy qahramonlardan bo'lmish Boyqushning qanday parranda ekanligi va uning faqat vayronalarni makon tutishi ma'lum. Asarda esa, uning makoni shunday hayrat va muhabbat bilan tasvirlanadiki, beixtiyor o'quvchining kulgisi keladi. Ma'lumki, boyqush — tungi jonzot. Uning qizi Gunashbonu deb atalgan. Bu — Quyoshxon degani. Boyqushdan quyosh tug'ilishi mumkinligi tasavvurga sig'adimi? Buning ustiga, bu qiz shu qadar chiroyliki, olam quyoshi, ya'ni kun uning yuziga qaray olmaydi: Orazidin shams-u qamardir xijil, So'zlaridin shahd-u shakar munfail. Hosili umri edi ul boyning, Oti Gunashbonu o'shal oyning. Boyqushning kibri, qattiqligi, boshqalarni mensimasligi, o'zgalarning fikri bilan hisoblashmasligi asar matnida juda qiziqarli yo'sinda ko'rsatilgan. Ko'proq qalin undirish uchun qizining baxtidan kechishga ham tayyorligi uning shaxsiga xos xususiyatlarni yorqin aks ettiradi. Asarda Boyqushga „Anda Ko'rqush ko'rdiki, xasis-u haris, agar ming chordevordin bjr chordevor kam bo'lsa, o'tuz tishini bir-biridin sindirur",— degan ta'rif beriladi. Asosiy qahramonlardan biriga Ko'rqush nazari bilan berilgan baho ko'p jihatdan muallifning ham qarashini ifoda etadi. Boyqushning: „Farosat oyog'i oqsoq, tevadek yegani sho'ra va yantoq, ilgari o'tgan so'zning birini ming qilib so'zlarga toq, oyog'idin osilgan so'tqoq qushga o'xshash ahmoq emasmen", — degani yoki „Ko'bga kengash, o'z bilganingni qil",— qabilidagi so'zlari bu obrazning shunchaki yomonlik timsoli emas, balki vaziyat taqozosi bilan mohiyatini o'zgartirib turishi mumkin bo'lgan murakkab tabiatli kishi timsoli ekanligini teranroq his etishga olib keladi. Uning bu qarashlarida xalq donoligi, turmush chigalliklariga amaliyotchi nigohi bilan qaraydigan kishining bilgichligi namoyon bo'ladi. Asarda tasvir qamroviga olingan har bir timsolga xos xususiyat turli yo'sinlarda aks etgan. Bir qush tabiatiga xos iithatlarni aks ettirishda qo’llanilgan usuldan boshqasining fe'lini ko'rsatishda foydalanilmagan. Agar Boyqush, Yapaloqqush, Ko'rqush, Kordon, Turumtoy, Kulonkir singari qushlarga xos sifatlar ularning o'zaro muomala-munosabatlari asnosida ko'rsatilgan bo'lsa, bir qator qushlarga tegishli jihatlar ularga boshqalar bergan tavsiflar asosida ochilgan. Jumladan, Yapaloqqushning do'sti — Sho'ranulga bergan ta'rifi qarg'a tabiatiga xos xususiyatlarni yorqin namoyon etishidan tashqari, bu ta'rifda o'sha davrdagi ayrim odamlarga tegishli bo'lgan sifatlar ham aks etganllgi „Zarbulmasal"ning umumlashma kuchini ko'rsatadi. Asarda qarg'a Sho'ranul yashaydigan yurt qushlarining podshohi Malik Shohinning pahlavoni Kulonkirning uylanishiga saxiylik qilishi sabablari hayotiy jihatdan ishonarli asoslangan. Uning qo'l ostidagi odamlariga munosabatini baholashda asar matniga tayanilsa, ham Malik Shohinning tabiati ochiladi, ham Gulxaniyning tasvir mahorati ilg'ab olinadi. Kordon xazinachining kelinga beriladigan mahr miqdorini aniqlash borasidagi mulohazasi uning shaxsiga beriladigan bahoning asosi bo'lishi mumkin. Timsolning mohiyatini anglagan sari o'quvchi Kordonning himmat kamarini g'aravdek bir necha yerdan bog'lashining sababini anglab olishi osonlashadi. Kordonning Tummtoy bilan suhbatida keltirilgan maqollarning nechog'lik o'z o'rnida ekanligini, bu maqollarning suhbatdoshlar tabiatini ochishdagi ahamiyatini anglash asar badiiy qudratini anglash imkonini beradi. Turumtoy qo'llagan: „Yomon otga yol bitsa, yoniga to'siq bog'lamas, yomon yerga mol bitsa, yoniga qushni qo'ndirmas" degan maqol Boyo'g'lini xafa qilganligining sabablari to'g'risida o'ylab ko'rilsa, noo'rin ishlatilgan haq gap foyda o'rniga zarar keltirishi mumkinligi ma'lum bo'ladiki, Gulxaniy asarining ahamiyati ham ayni shu holatni hissiy yo'sinda anglatish, tuydirishdan iboratdir. Kordonning Boyqushga qarata aytgan bo'yi yetgan qizning onasi bilan gap talashishi xususidagi to'g'ri gapining nafsoniyatiga tegishi, darg'azab qilganligi tasviri Kordon shaxsini tavsiflashga asos bo'ladi. Kordonning gapidan Boyo'g'lining hamiyati zarar yegan ota sifatida achiqqlanishi esa uning shaxsiga xos jihatlarni baholash imkonini beradi. Asarda odamning vaziyatga, - suhbatdoshning farosatiga qarab o'zgarib turadigan mavjudot ekanligi Ko'rqushga umidvor qiluvchi so'zni aytgan Boyo'gii Kordonni noumid qilganligi tasvirlangan o'rinlarda yaqqol namoyon bo'ladi. Buni Kordonning: „U „tokcha" dedi, biz „mo'ri" dedik, jo'nay berduk", „Quda bo'lduk, judo bolduk" degan so'zga yo'qmiz",— degan mulohazalaridan anglab yetish mumkin. Ko'rqushning: „Farg'ona mulkida chordevor noyob ekanin arz qilib o'tib edik. Agar Movarounnahr tobeotidin xohlasang, har qancha chordevor desang beray, balki xisht devor solayin",— degan so'zlari ustida o'ylab ko'rish o'quvchilarga matn ustida atroflicha fikrlashish imkonini beradi. Bu qarashni Gulxaniyning amir Umarxonga qilgan xushomadi, kinoyasi tarzida ham,. Turkistondagi boshqa xonliklardan Farg'ona tuzuk edi yo'sinidagi vatanparvarligi shaklida ham talqin etish mumkinkj, bu hol kishida mustaqil fikrlashga imkon berganligi bilan diqqatga molikdir. Bu haqda asosli xulosa berishda tarix fanidan bilgan ma'lumotlarga tayanilsa, foydali bo'ladi. Farg'ona bilan Buxoro va Xiva xonliklarini o'zaro solishtirish asarning tag ma'nosini teranroq anglashga yo'l ochadi. „ Zarbulmasa1"ning majoziy ma'nosi, asardagi har bir qush obrazining biror toifaga mansub jonli odamni ifodalashi, bir-birini „cho'qib" emas, balki ,,chaqib" olishga tayyor, tili zahar qushlar timsoii Gulxaniy tomonidan ayni odamlarga xos illatlarni aks ettirish fnaqsadida tasvirlanganligi anglab yetilgandagina asardan chiqariladigan badiiy va hayotiy ma'noning qimmati yuqori bo'ladi. O’zbek mumtoz shoiri, masalnavis Muhammadsharif Gulxaniy taxminan 18-asrning oxirida Qo’qonda tavallud topgan. Hayoti va ijodi haqida “ Majmuai shoiron” (Fazliy Namangoniy), “Tuhfat ul-axbob” “ Sabot ul- bashar va tarixiy muhojiron” (Dilshod Otin) kabi asarlarda ayrim ma’lumotlar keltirilgan. Fazliy Gulxaniyning Ko’histon mulkidan ekanligini takinlasa, Bozeh uni Namanganlik,deydi. Gulxaniy Namangan va Qo’qonda yashagan, oz vaqt hammomda o’t yoquvchi – g’o’lax vazifasida ishlagan. Qo’qon xoni Amir Olimxon navkarlari safida xizmatda bo’lgan. Mustaqil mutolaa yo’li bilan mumtoz adabiyotni o’rgangan. Olimxon vafotidan so’ng taxtga o’tirgan Amir Umarxon Gulxaniyni saroy shoirlari davrasiga jalb etgan. Shoir xonni maqtagan, uning g’azallariga naziralar bitgan. Umarxon vafotidan so’ng vataniga qaytib, ko’proq oddiy insonlarga manzur bo’luvchi she’rlar yoza boshladi. O’tli hajvlar yaratdi. Gulxaniy o’zbek va tojik tillarda ijod qilgan. Bizgacha bir necha g’azali hajviyalari hamda “Zarbulmasal” (Yapaloqqush) nasriy asari yetib kelgan g’azallarda lirik qahramonning ruhiy kechinmalari bahor, real hayotiy manzaralar o’z ifodasini topgan. (Barmog’im, Ey to’ti, Lola ko’ksidek bag’rim) “ Bideh” radifli g’azalida shoir navkarlik davridagi hayotini ta’svirladan. Bu g’azalga chuqurroq nazar tashlansa,muallif katta ishtimoiy masala –o’z davrining harbiy tartibi, rasm –rusumlari haqida fikr yuritganligini kuzatish mumkin. G’azalida lirik qahromonning obrazi umumlashma obraz darajasiga ko’tarilgan. Gulxaniy o’zining zo’r istedodi,tajribasi, turmushga haqqoniy qaray bilishi tufayli xaqchil ijodkor sifatida ko’ringan. Shoirning bizga ma’lum g’azallarining ayrimlari Amiriy sh’erlariga nazira tarzida yaratilgan bo’lib, ular oddiy taqlidchilik doirasida qolmay,barkamol mustaqil badiiy asar darajasiga ko`tarilgan. Gulxaniyning she’riy ijodi, garchand, hajman katta bo’lmasada, 19- asr o’zbek milliy adaboyiti rivojiga samarali ta’sir ko’rsatdi. O’z davri voqeligini majoziy usulda badiiy ifoda etgan axloqiy – pandnoma va tanqidiy- hajviy yo’nalishdagi “ Zarbul masal ” asari Gulxaniyga katta shuhrat keltirdi. Unda ijtimoiy hayot muamolar,turli toifadagi odamlar o’rtasida munosabatlar, xalq turmush tarzi va udumlari haqida majoziy uslubda so’z yuritiladi. Insonga xos xususiyatlar boshqa jonli va jonsiz narsalarga ko’chirib ta’svirlansa,majoziy asar deyiladi. Gulxaniy ham qushlar misolida o’z davri voqeligi manzaralarini tasvirlaydi. Toju taxt talashlari,mamlakat urushlar natijasida yurt vayron, xalq xarob bo’lgan. Buxoro va qo’qon xonliklari o’rtasidagi munosabat yomon bo’lib, ular o’zlari urishib yurganlari uchun ham asarda Buxoro go’yoki vayronlarga boy muzofot singari tasvirlansada,Qo’qon ham undan obod emas edi. Adib aytmoqchi, xonning atrofini Boyo’g’li, Yapoloqqush, Ko’rqush, Kordon, Kulonkir sulton kabi yomon odamlar o’rab olgan. Bu ketishda mamlakat vayronaga, shoh uning ustidagi Boyog’liga aylanib qolishi hech gap emas. Gulxaniynig yirtqich va asosan tunda ov qiladigan qushlarni o’z asariga qahramon qilib olishida nozik ishora mavjud. Shuning uchun Ko’rqush tilida nasihat qiladi: Ulug’ni borgohinda xiratmandi donnish va aqli xiradi bahush har qancha ko’p bo’lsa ham,oz bo’lur. Xususan podshohiy odilg’a uch toifadin guzir yo’qdur: deb aytgan. Zarbulmasal arabcha zarb va masal so’zlarining qo’shilishidan hosil bo’lgan bo’lib, masal yig’indisi ma’nosini beradi. Masal so’zi o’tmishda biz hozir qo’llaydigan maqol ma’nosida ishlatilgan. Zarbulmasal so’zga maqol qo’shib gapirish,o’xshashi va dalilini keltirish ma’nolarini ham anglatadi. Zarbulmasal bo’lish –el og’ziga tushish,afsona bo’lish, mashhur bo’lish ma’nolarida ham keladi.Ma’lum bo’ladiki Gulxaniy o’z davri va zamondoshlarini asarda zarbulmasal qilgan. Asar qahramonlari o`z nutqlarida vaziyatga mos ko`plab maqollarni keltiradilar, to`g`rirog`i maqollar yordamida gapiradilar. Shu bilan birga, ular bir-birlariga turli masal va hikoyatlarni aytib beradilar. Zarbulmasalda 400 ga yaqin maqol, matal, naql va 15 dan ortiq katta-kichik masal va hikoyar mavjud. Bu muallifning xalq hayoti, turmush tarzi, an`ana va marosimlari, og`zaki va yozma adabiyotni chuqur bilganligidan dalolat beradi. U mashhur hind eposi “Kalila va Dimna” Abdaraxmon Jomiyning “Silsilat uz – Zahab” asarlari, shuningdek Sa`diy Sheroziy, Hofiz Sheroziy, Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy, So`fi Olloyor kabi ulug` so`z ustalari hikmatlaridan ham mahorat bilan foydalangan. Bularning barchasi asarning ta`sirchanligi va o`qimishliligini oshirgan. Zarbulmasal xalq orasida Yapaloqqush hikoyasi nomi bilan mashhur bo`lib, qissaxonlik kechalarida uni eshitgan shinavandalar asarning chuqur hayotiy mazmuniga qoyil qolishgan. Zarbulmasalda hikoyalar tarkibida, ularning xulosasi o`rnida maqol, matallar keltiriladi. Biror-bir hatti-harakati tufayli kishi el orasida mashhur bo`lib ketishi, og`izga tushishi, ya`ni Zarbulmasal bo`lishi mumkin. Zarbulmasalni adabiy asar sifatida oladigan bo`lsak, u adabiyotimiz tarixida o`ziga xos ta`sirchan adabiy janr sifatida yashab kelgan. Zarbulmasal ko`proq axloqiy-ta`limiy hikoyalardan iborat bo`lib, maqol, matallar, ularning tarbiyaviy xulosasi sufatida keltirilgan. Bu janrdagi asarlarning asosiy xususiyati ularda majoziy usul `ollanilganidadir, ya`ni voqea va hodisalar, hayvonlar, qushlar tilidan hikoya qilinadi. Mualliflar tanqid qilinajak kishilar ta`qibidan cho`chib shu usulni q`ollaganlar. Zarbulmasal nafaqat o`zbek mumtoz adabiyoti, balki butun Sharq adabiyotining ham nodir namunasidir. Unda samarali tarzda foydalanilgan masal va rivoyatlar tematik jihatdan bir-biriga bog`lanib, yagona bir syujetni tashkil etgan. Asarda Yapaloqqush bilan Boyo`g`lining quad-anda bo`lishi sarguzashtlari majoziy, o`tkir hajviya tarzida tasvirlangan. Gulxaniy qushlarning o`zaro murakkab munosabatlari asosida o`z davri ijtimoiy hayotining tanqidiy manzarasini yaratgan. Gulxaniy ijodini M. Sal`e, Fitrat, B.Karimov, R.Muqimov, H.Yoqubov, F,Ishoqov kabi olimlar tadqiq etganlar. Bizgacha Gulxaniyning o`zbek va tojik tillatidagi 12 g`azali, Qo`qon xoni Amir Umarxonga bag`ishlangan 1 qasidasi va mashhur Zarbulmasal asari yetib kelgan. Qoliplash usulida yaratilgan asarlardagi kabi qoliplovchi hikoyalar garchi mazmunan boshqa-boshqa hikoya bo'lsa ham bir syujet chizig'i ustida birlashadi. Asarda keltirilgan har bir qoliplovchi hikoyanning asosiy syujetga ta'siri kattadir. Yozuvchi shu hikoyalarni keltirish orqali asar qahramonlarining murosaga kelishiga zamin yaratadi. Qahramonlarning hikoyalar ta'sirida fikri o'zgaradi. Gulxaniyning "Zarbulmasal" asari nasriy hikoyachilik asosiga qurilgan badiiy asar bo'lib, unda moddiy hayot voqealari, har xil ijtimoiy tabaqaga mansub insonlar fe'l-atvori va ularnining munosabatlari majoziy tarzda -qushlar obrazlariga ko'chirib hikoya qilinadi. Asardagi qushlar obrazlari o'zaro mahalliy muhitdan rang olib, milliy til va an'analar bo'yicha suhbatlashadilar, o'zbekcha maqol - matal, hikmat, hikoyatlar keltirilib, masallar vositasida fikr almashadilar badiiy ifodaning bu usuli masalchilik tarixida ko'rilmagan holat hisoblanadi. Janr xususiyatlarining murakkabligi, biror bir adabiy janr qolipiga mos emasligi bu asarning orginal asar ekanligini dalolatlaydi. Asardagi "Toshbaqa bilan chayon", "Tuya bilan bo'taloq" va "Maymun bilan Najjor" kabi qoliplovchi hikoyalar, shuningdek, "Kaj va faj", "Yodgor po'stindo'z" kabi kichik hikoyalar obrazlilik nuqtai nazaridan asar badiiyatida ulkan ta'sir ko'rsatgan. Kalit so'zlar : Badiyat,syujet chizigi,badiiy boyoq,badiiy proza,yumor. Gulxaniy asarlari faqat g'oyaviy mazmuni bilangina emas, balki badiiy tili va uslubi bilan ham o'sha muhitdagi adabiyot vakillari ijodidan ajralib turadi. Chunki Gulxaniy asarlarining, ayniqsa, "Zarbulmasal"nmg tili o'sha vaqtlardagi jonli xalq tiliga yaqin bo'lishi bilan diqqatga sazovordir. WWW.REANDPUB.UZ Gulxaniy xalqqa manzur bo'lgan asarlarini yozishda faqat xalqning jonli tili va og'zaki ijodiyotiga tayanib qolmadi, balki o'zbek mumtoz adabiyoti vakillari Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning ijodiy tajribalaridan, nasrdagi mahoratidan bahramand bo'ldi. Ayniqsa, Alisher Navoiyning nasriy asari-"Mahbubul-qulub" Gulxaniyning "Zarbulmasal"ni yaratishiga samarali ta'sir etdi. "Zarbulmasal"ning tili va muallif uslubi haqida so'z borar ekan, "Echkining oti Abdulkarim bo'larga so'z kerak", "Sening kordonlig'ing kulol mo'ndida suv ichgandek ekan", "Og'zi oshga yetganda burni qonagan men bo'ldim", "Xom tarvuzni qo'ltig'ingga olma"kabi iboralarni eslatib o'tamiz. Bunda Gulxaniyning maqol va masallardan aniq ifodalar va iboralar ijod etishdagi mahorati yaqqol ko'zga tashlanadi, ko'rinadi. U xalq askiya va yumori tajribasidan foydalanib, qiziqarli lavhalar ham chizdi. Buni Boyo'g'li uyidagi bazmning tarqalishi tasvirida ravshan ko'rish mumkin: "Alqissa, zamondin keyin bazmlari tugab, mug'anniylar olganlariga quvonib, oroyish uzilib, ma'raka buzilib, el oyog'i tinib, orom uchun etikdan oyoq...chiqardilar" Bundan tashqari, "Zarbulmasal"dagi voqealarning mantig'iga bog'lanib kelgan"Yapaloq sha'n-shavkatlar bilan to'y olib keldi", "Og'zingizdan o'rgulay, to'ram", "Bo'rimisiz, tulki?" kabi iboralar aniq hamda "teva", "tushov", "palos", "taqiya"kabi xalq orasida keng tarqalgan nomlar Gulxaniyning katta hayotiy va ijodiy tajribaga egaligini, asar tilining boyligi, ommabopligi va uslubining ravonligini ravshan ko'rsatadi. Gulxaniy "Zarbulmasal" da tabiat manzaralarini turli badiiy bo'yoqlarda ustalik bilan tasvirlab bera olgan: Bor edi ko'p ne'mati alvonlari, Xurramu ma'mur edi hayvonlari. Zulf kabi sunbuli xushbo'ylari, Rohatijon erdi oqar suvlari. "Tuya bilan Bo'taloq"masalidagi tabiat tasvirini ko'zdan kechiraylik: Fasli tamuz erdi, havo ko'p isig', Yo'lda temurdek edi qumlarqiziq33. Gulxaniy voqea tasviriga ustalik bilan yumorga xos ruhni kiritadi. Masalan, yozuvchi Xolboqi misgarning "Ey toshkemirgur nafas.meni namozxon aylading", deb o'z nafsiga qilgan malomati, Muhammad Qosimning mardikor do'ppisini tortib olib:"Mening do'ppimning tovonini sen berursan"deb qilgan da'vosi, Yodgor po'stindo'zning "Chokdan Gulxaniy. Zarbulmasal. - T.: Ozbekiston. 2018. 17-bet. WWW.REANDPUB.UZ musht o'tmasa yaxshi tikish" degan javobi yengil kulgiga sabab bo'ladi. Bu hol muallifning yumordan ham ustalik bilan foydalana olish mahorat egasi ekanligidan dalaolat beradi. "Zarbulmasal"ning kompozisiyasi hikoya ichida hikoyalar san'atkorona ulanib kelgan ertaklarning kompozitsion qurilishiga o'xshab ketadi. Bir qator masallar asosan voqea bilan bog'lanadi, syujet qismlari (voqea tuguni, rivoji, kulminasion nuqtasi va echimi) ixcham va bir butunlikni tashkil etadi. Gulxaniy atoqli masalchi yozuvchidir. Butun hayotini mehnat bilan o'tkazgan Muhammad Sharif Gulxaniy mehnatkash xalq bilan birga bo'ldi, unga sodiq qoldi. O'z ijodini xalq hayotini, uning orzu-armonlarini aks ettirishga bag'ishladi. Gulxaniy ijodining xalqchiligi shundaki, u xalqni talovchi xon va beklarni el va yurtga xarobalik keltirgan"boyqushlar", "yapaloqlar"deb achchiq kulgiga oladi. Gulxaniy ijodi to'xtovsiz o'sib, rivojlanib borar ekan, shoir dastlabki izlanish davridagi saroy adabiyoti ta'sirida paydo bo'lgan qasidachilik va taqlidchilik illatlaridan xalos bo'lib boradi. Xalq hayoti va ijodi unga katta mahorat maktabi bo'ldi. Bu esa Gulxaniy ijodining g'oyaviy-badiiy takomilida o'zining aksini topadi. Gulxaniyning "Zarbulmasal "asari nasriy hikoyachilik asosiga qurilgan badia bo'lib, unda moddiy hayot voqealari, har xil ijtimoiy tabaqaga mansub insonlar fe'l-atvori va ularnining munosabatlari majoziy tarzda - qushlar obrazlariga ko'chirib hikoya qilinadi. Asardagi qushlar obrazlari o'zaro mahalliy muhitdan rang olib, milliy til va an'analar bo'yicha suhbatlashadilar, o'zbekcha maqol -matal, hikmat, hikoyatlar keltirilib, zarbulmasal vositasida fikr almashadilar badiiy ifodaning bu usuli masalchilik tarixida ko'rilmagan holat hisoblanadi. Janr xususiyatlarining murakkabligi, ya'ni uni na qissa, na hikoya, na masal, na hajviy deb biror bir adabiy janr qolipiga mos emasligi bu asarning haqiqiy orginal asar ekanligidan dalolatdir. Bu asarda janr turlari aralash holda umumiy bir butunlik hosil qilgan, desak xato bo'lmaydi. "Zarbulmasal "asarining g'oyaviy mazmuninga ham e'tibor qaratadigan bo'lsak, o'sha davrdagi Qo'qon - O'ratepa - Buxoro munosabatlariga oid bu tarixiy holat - siyosiy inqirozlar davri ko'rsatib berilgan. Bu kelishmovchilik va urushlar natijasida vayronalar ko'pyganligiga ham asarda ishora bor. Ko'rqush tilidan hikoya qilinishicha, Buxoro amirligiga qarashli yurtlar Umarxonning bir yurishi bilan vayronaga aylanib ketgan. Agar Boyo'g'li rozi bo'lsa, qizining qalini uchun tilagan ming chordevorni Buxoro hududlaridan topib berishi mumkinligini aytadi. Asarning g'oyaviy yo'nalishida Boyo'g'lining qizi uchun qalin berish paytidagi holat orqali Gulhaniy o'z xonligining ustunligini ko'rsatmoqchi va o'z mamlakatining obdligi bilan faxrlanish g'oyasini ilgari suradi. Gulxaniy o'zining "Zarbulmasal" asari bilan kamolot bosqichiga ko'tariladi. Bu asarida u real hayot voqealarini mavzu qilib oldi, ekspluatator guruhlarning hajviy obrazlarini yaratdi. Voqea epizodlarda o'z davri hayotining manzaralarini yanada aniqlashtirishga intildi. "Zarbulmasal"da tanqid bilan kulgi, hajv bilan nasihat uyg'unlashib ketadi. Gulxaniy o'zbek badiiy prozasining rivojiga katta hissa qo'shgan adib, mohir masalchidir. Uning xalq orasida keng shuhrat qozongan"Zarbulmasal"i hozir ham kitobxonlarning sevimli asarlaridan biri bo'lib kelmoqda. Bu asar o'quvchilarda boylar, xonlar yashagan muhitga qarshi nafrat va g'azabni uyg'otadi, ularni mehnat ahliga muhabbat, do'stlik, sadoqat, rostgo'ylik va to'g'rilik ruhida tarbiyalashga o'z hissasini qo'shadi. Umuman olganda, Gulxaniy hozirgi o'zbek bolalar adabiyotining maydonga kelishida o'z asarlari bilan muhim o'rinni egallagan adibdir. Asardagi "Maymun bilan Najjor" hikoyasi o'git-nasihat tarzida yozilgan. Kunlardan bir kuni o'rmonda yashovchi Maymun o'tin yorayotgan duradgorni ko'rib qoldi. Duradgor unutib qoldirgan teshasini olib kelgani ketgan vaqtda Maymun uning ishini qilmoqchi boidi. Lekin ishning mohiyatiga Maymunning aqli etmas, ish usulini bilmay urinardi oqibatda dumi yog'och orasiga qisilib qolib, dumidan ayriladi. Masal oxiridagi bu epizodni Gulxaniy shunday tasvirlaydi: Jahd qilib turdi ravon borgali, Ya'ni yog'och qolmishini yorgali. Mindi yog'och ustiga najjordek, Kosibi purkarday purkordek. Ketdi hunar shavqi bila g 'ussasi, Tushdi yog'och ayrisiga dumchasi. Balki nedin bo'ldi tutilmoqligi, Mumkin emas o'ldi qutulmoqligi. Odami jinsiga yo'q qissasi, Qoldi oning dumchasining hissasi. Bu masal-hikoyada qo'lidan kelmaydigan ishga tumshuq suqib, o'zining noshudligi, layoqatsizligini namoyish qilib yuradigan shaxslar hajv etilgan. Masalda Amir Umarxon saroyidagi ba'zi taqlidchi, xushomadgo'y shoirlar tanqidi ham bor. "Zarbulmasal" majoz va masallar, xalqning jonli iboralari asosiga qurilgan asar bo'lganligi uchun tili, badiiy xususiyatlari va uslubi jihatidan nihoyatda jozibali, go'zal qissadir. Badiiy tasvir vositalarining o'tkirligi jihatidan o'zbekcha nasriy badiiy yodgorliklar ichida unga teng keladigan asar yo'q. Adibning maqol, matal va xalq iboralarini o'z o'rnida uzukka ko'z qo'ygandek topib foydalanishi, ularni obrazlar xarakteri va asar g'oyasini ochishga xizmat ettirganligi, hazil-mutoyibaga, qochirimlarga boyligi Gulxaniy uslubini belgilovchi asosiy fazilatdir. "Zarbulmasal" badoy' ilmida irsol ul-masal san'ati nomi bilan ataluvchi va qariyb hamma mumtoz shoiru adiblarimiz e'tiborini o'ziga tortib kelgan san'at go'zalligini, estetik ta'sirini namoyon yetib turuvchi yodgorlik sanaladi. Unda qofiyali sa'jlar: "Bu turganlaring navola do'stlari, piyola hariflari, taom emakka hozir, maslahatga aqli qosir, bazmda bo'ynida munchoq, urushda harbasi oshpichoq birla o'xloq, podshodin tegani - amli o'roq, to'g'ri so'zga to'g'onoq, kurk tovuqdek suvga pishaiga o'ngroq" - uchraydi. Unda "Tuya bilan Bo'taloq", "Maymun bilan Najjor" kabi nazmda yozilgan masal-hikoyatlardan tashqari ham ko'plab baytlar, she'riy lavhalar ("Qulog'idan ajralgan eshak", «Faj va kaj» kabi), sa'jli jumlalar, hikmatli bayt va to'rtliklar uchrab turadi. Masalan, adib Gunashbonuni mehri xovariy (Quyosh) ham o'ziga banda edi deb quyidagi ikki bayt masnaviyni keltiradi: Orazidin shamsu qamardur xijil, So'zlaridin shahdu shakar munfail, Hosili umri edi ul boyni, Oti Kunushbonu o'shal oyni. Kordonning Boyo'g'li huzuriga borishga shaylanishida keltirilgan "Tavakaltu aloloh"ni degan er, Na talqonu, na qalqonning g'amin yer. Boyo'g'li bilan xazinachi Kordon o'rtasidagi dialogda Kordon tilidan aytilgan, Qo'qonda hammaga o'z nodonliklari va ahmoqliklari bilan mashhur bo'lganlar to'g'risidagi "Kaj bilan Faj" hajviy masnaviy parcha. Darvoqe, bu hajviy parchaning Muqimiy "Tanobchilar"iga ta'siri yaqqol sezilib turadi. Niyozcha og'alik bilan Bobojon Ashurchoioq o'g'li fosh etiladi. O'zin goh mullo olur, goh taki, Niyozga og'alig'ki, xush ahmaqi. Hama ishga yolgbn so'zi dastgir, So'zin sarf, qorin ay lardi ser. Birov oldiga kirsa, der erdi: "Xoy, Chilim sol, buyurtir palov, Mallaboy" Bobojon, Ashur cho'loqu Ali biri, Xo'qand mulkida ahmaqi nodiri. O'zi ko'r, ravshan yugurdi ajab, Kecha kunduzi justjoy talab. Bular birla har maslahat kaj edi. Bu ikkisi shahr ichra ko'p faj edi. Ruboiy shaklidagi hikmatli to'rtliklar ham uchraydi: Har kimki safar qilsa pisandiyda bo 'lur, Xurshid kabi ziyo dilda boiur. Olamda nimarsa yo'q suvdin totlig Gar bir erda maqom etsa, agar ganda bo'lur. Gulxaniy "Zarbulmasal"i o'zbek tilining naqadar boy bir til ekanligini isbotlovchi asardir. "Zarbulmasal" badiiy nutqining jozibadorligi va o'ziga xosligi bilan boshqa tamsiliy asarlardan ajraiib turadi. Adib boshqa badiiy san'atlar bilan birga, hatto umuman nasriy asarlarda juda siyrak uchrovchi kitobat, harf san'atidan ham foydalanadi. Qoliplashning badiiyatga ta'siri masalasida gapiradigan bo'lsak, bu usulning asar badiiyatiga ta'sirini har qanday kitobxon uning mazmuni bilan tanishgach anglaydi. Yuqorida aytib o'tganimizdek nafaqat qoliplash, balki asardagi har qanday kichik detal asar badiiy qiymatini oshirishga hissa qo'shadi. Masalan "Toshbaqa bilan chayon" qoliplovchi hikoyasini oladigan bo'lsak, hikoyaning nomidan konfliktga boy hikoya ekanligi seziladi, chunki toshbaqa bilan chayon mutlaqo bir-biriga qarama-qarshi obrazdir. Nimaga deganda toshbaqa hech kimga ozor bermaydigan jonivor, chayon esa tajovuzkor hasharot. Bu ikki obrazning hikoyada yonma-yon keltirilishi ezgulik va yovuzlik hamisha insonlar bilan yonma-yon kelishiga ishoradir. Download 82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling