Respondent va operant xulq tushunchalari. Respondent xulq – stimul taqozo qilayotgan reaksiya. Stimul reaksiyadan avval keladi.
Respondent xulqning ikki ko‘rinishi farqlanadi:
1.shartli reflektor 2. shartsiz reflektor.
Qo‘llab-quvvatlanish respondent xulq shakllanishiga, respondent xulq saqlanishiga mas’uldir.
Operant xulq – bu turli vaziyatlar o‘rtasidagi aloqalarni kashf etishga qaratilgan tevarak olam bilan faol eksperimentlar o‘tkazish jarayonida organizm tomonidan ishlab chiqilgan xatti-harakatlardir.
Operantlar– bu ular paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladigan dastlabki stimullar bo‘lmagan ixtiyoriy xatti-harakatlar.
Agar operant xulq oqibatlari organizmga yoqadigan bo‘lsa, unda ushbu xulqni namoyon qilish ehtimoli ortib boradi. Masalan, tushlikka bironbir xali yo‘lingiz tushmagan kafega borgan bo‘lsangiz va ular tomonidan tayyorlangan taom ta’bingizga o‘tirgan bo‘lsa o‘sha joyga yana bir bor kelishingiz ehtimoli kuchayadi.
Skinner o‘zining ko‘plab tajribalari asosida quyidagi xulosalarni chiqargan:
1.Operant xulq o‘rganish davomida shakllanadi
2.Operant xulq:
Sinovlar va xatolar yo‘li bilan;
Reaksiyalarni hosil qilish yo‘li bilan;
Kuzatuv yo‘li bilan – shakllanadi.
3. Operant xulq paydo bo‘lishiga qo‘llab-quvvatlash mas’uldir.
Qo‘llab-quvvatlash —xulqdan keyin keladigan va reaksiyani keyinchalar paydo bo‘lish ehtimolini oshiradigan harakatlar.
Qo‘llab-quvvatlanish ko‘rinishlari:
birlamchi - obyekt yoki hodisaning o‘zi qo‘llab-quvvatlovchi xususiyatlarga ega bo‘ladi (taom, jinsiy aloqa).
ikkilamchi - obyekt yoki hodisalar qo‘llab-quvvatlovchi xususiyatlarga ega bo‘lishi uchun ular birlamchi qo‘llab-quvvatlash kuchiga ega obyekt yoki hodisalar bilan mushtaraklashuvi zarur. Масалан: а) пул – унингёрдамидатурлиэҳтиёжларниқондиришмумкин;
б) ijtimoiy tabiatga ega qo‘llab-quvvatlovchilar-maqtov, laganbardorlik, tobelik, e’tibor;
v) ijtimoiy ma’qullanish moda – ma’qullanish predmeti sifatida
Yaxshi o‘qish – ma’qullanish predmeti sifatida
Do'stlaringiz bilan baham: |