Gumanistik psixologiyada Komil shaxs xususiyatlari


Festinger fikriga ko‘ra, buning uchun, ya’ni dissonansni bartaraf etishga qaratilgan, odamda uch yo‘l mavjud


Download 34.1 Kb.
bet9/10
Sana25.04.2023
Hajmi34.1 Kb.
#1398162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Gumanistik

Festinger fikriga ko‘ra, buning uchun, ya’ni dissonansni bartaraf etishga qaratilgan, odamda uch yo‘l mavjud:

  1. kognitsiyalar birini o‘zgartirish (ayni vaziyatda — yoki shokoladni iste’mol qilishdan voz kechish yoki diyeta saqlamaslik);

  2. dissonant munosabatlarga kirishayotgan kognitsiyalar ahamiyatini pasaytirish (semizlik unchalar ham katta kamchilik emas yoki shokoladni iste’mol qilish vazn ortishiga katta ta’sir ko‘rsatmasligini ta’kidlash);

  3. yangi kognitsiyani qo‘shish (masalan, shokolad vazn ortishiga ta’sir ko‘rsatsa-da aqliy faoliyatni yaxshilaydi).

Kognitiv dissonans motivlashtiradi, ya’ni uni pasaytirishga majburlaydi, munosabatlarni o‘zgartirishga undaydi pirovardda — xulqni o‘zgartiradi.
Kognitiv dissonans paydo bo‘lishi va uning bartaraf etilishi bilan bog‘liq ikki xolatni ko‘zdan kechirsak.

  1. odamning azaliy fikriga nomuvofiq bo‘lgan vaziyatdagi xulq bilan bog‘liq. Agar odam ixtiyoriy (taz’yiqsiz) ravishda yetarlicha tashqi oqlovga ega bo‘lmagan, o‘z qarashlariga unchalar ham muvofiq kelmaydigan xulqni namoyon etishni taqozo qilmaydigan biron-bir narsani bajarishga rozi bo‘lsa, keyinchalar uning fikri va e’tiqodi o‘sha xulqqa muvofiqlashtiriladi. Agar, masalan, o‘zining axloqiy qarashlariga zid bo‘lgan xulqni namoyon qilishga rozi bo‘lsa, oqibatda xulq va axloqiy qarashlar o‘rtasidagi dissonans axloqiylik darajasi pasayishiga olib keladi.

  2. mushkul qarorni qabul qilishdan keyin paydo bo‘ladigan dissonans. Mushkul qaror deb tanlov zaruriyatini tug‘dirayotgan muqobil variantlar yoqimliligiga ko‘ra o‘zaro yaqin bo‘lgan vaziyatga aytiladi. Bunday vaziyatlarda qaror qabul qilingandan so‘ng odam quyidagi ziddiyatlar natijasi bo‘lgan kognitiv dissonansni his etadi: tanlangan variantning salbiy jihatlari, rad etilgan variantning esa ijobiy jihatlari mavjud bo‘ladi. Qabul qilingan qaror qisman yaxshi emas, biroq u qabul qilinib bo‘lingan. Inkor etilgan variantning yaxshi tomonlari mavjud, biroq u rad etilib bo‘lgan.

Eksperimental tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki: og‘ir qaror qabul qilingandan so‘ng vaqt o‘tishi bilan tanlangan qarorning ijobiy jihatlari ortib inkor etilgan qarorning ijobiy jihatlarini subyektiv yoqimliligi pasayadi.
Odam shu yo‘sinda kognitiv dissonansdan qutuladi: u qabul qilgan qarori inkor etilgan qarordan ko‘ra ancha yaxshi bo‘lganligiga o‘zini ishontiradi. Xulosa qilish mumkinki, mushkul qarorlar tanlangan qarorga muvofiq xulqni namoyon qilish ehtimolini oshiradi.
Demak, kognitiv nazariyaga binoan, shaxs – odamning shaxsiy tajribasi qayta ishlanadigan (idrok etilayotgan va talqin qilinayotgan) shaxsga doir konstruksiyalarning maxsus uyushtirilgan tizimidir. Mazkur yondashuv nuqtai nazaridan shaxs tuzilmasi individual jihatdan betakror konstruktlarning o‘ziga xos iyerarxiyasi sifatida tushuniladi.


Download 34.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling