Gumanitar fanlar fakulteti


Muammoning о‘rganilganlik darajasi


Download 311.5 Kb.
bet2/10
Sana06.04.2023
Hajmi311.5 Kb.
#1335603
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mahrab lirkasida ijtimoiy ohanglar

Muammoning о‘rganilganlik darajasi. Mashrab ijodini adabiyotshunoslikda о‘rganish XVIII asrdan boshlangan bо‘lsa-da, XX asr oxirlariga kelib bu boradagi tadqiqotlar yangicha bosqichga kо‘tarildi. Akademik V. Abdullayev “О‘zbek adabiyoti tarixi” darsligida Mashrab hayoti va ijodiy faoliyati XVII-XVIII asrlardayoq adabiyot va ilm ixlosmandlari e’tiborini tortganini ta’kidlab о‘tgan.
Mashrabshunoslik avvalo, shoir asarlarini nashr ettirish ishlaridan boshlangan. Bu borada, о‘zbek tadqiqotchilari mehnatlarini kamsitmagan holda, dastlabki davrlarda rus sharqshunoslari xizmati samarali bо‘lganini eslatib о‘tish о‘rinli. Jumladan, sharqshunos V.L.Vyatkin va M. Likoshin Mashrab merosiga katta qiziqish bilan qaragan. Shoir she’rlarini, u haqda yozilgan manoqiblarni rus tiliga tarjima qilgan, original matnlarni zamonaviy bosmaxonalarda chop etish zarurligini о‘rtaga tashlaga. A.Fitrat V.Abdullayev, A.Hayitmetov, A.Abdug‘afurov, I.Abdullayev, M.Zokirov kabi olimlar Mashrab merosini xalqqa taqdim etishga, uning hayoti va ijodini ilmiy asosda о‘rganishga salmoqli hissa qо‘shdilar. I.Haqqulov, E.Musulmonqulov, M.Hoshimxonov, A.Xalilbekov va D.Hamroyeva monografiyalarida, doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarida mustaqillik yillari mashrabshunosligini yangi bosqichga kо‘tardilar. Adabiyotshunos N.Komilov tasavvuf va tasavvuf adabiyotiga oid asarlarida Mashrab ijodiga kо‘p bor murojaat etdi. U Mashrab tо‘g‘risida maxsus asar yaratmagan bо‘lsa-da, uning ijodiga xolis ilmiy munosabat bildiradi, о‘z fikrlarini dalillashda shoir qarashlariga suyanadi.
Biroq Mashrab ijodining hali о‘rganilmagan jihatlari kо‘p. Chunki shoir merosiga oid ilmiy ishlarda uning xalq og‘zaki ijodi bilan bog‘liq jihatlari talab darajasida о‘rganilmagan. Bu esa, mazkur masalani о‘rganish zaruratini kun tartibiga qо‘yadi.
Tadqiqot maqsadi: Boborahim Mashrabning poetik mahorati, she’rlaridagi badiiy san’atlarning adabiy-estetik funksiyalarini, shoir qо‘llagan xalq maqollari, matal, aforizm va frazeologik iboralarni tadqiq etish hamda ilmiy baholash.

Download 311.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling