Gumanitar fanlar fakulteti


II.2. Mashrab lirikasida “irsolu masal” va talmeh san’atlarining ishlatilishi


Download 311.5 Kb.
bet8/10
Sana06.04.2023
Hajmi311.5 Kb.
#1335603
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mahrab lirkasida ijtimoiy ohanglar

II.2. Mashrab lirikasida “irsolu masal” va talmeh san’atlarining ishlatilishi
Irsolu masal arabcha maqol qo’llash, she’rda maqol ishlatish, metal, hikmatli so’zlarni muayyan maqsadda tamsil yo’li bilan ishlatish. Irsolu masal nazmda ham, nasrda ham qo’llanilaveradi.
Poetikaga oid asarlar ta’kidlanganidek, adabiy asarlarda maqol, metal va hikmatli so’zlar, asosan, quyidagi uch yo’l bilan ishlatilgan:
a) qo’llanilgan maqol, metal va hikmatli so’zlar shoirning aniq ishorasi bilan (“derlar”, “ayturlar”, “masaldur”, “masaldurkim”…) beriladi:

Bobolarda bir gap bor,


Eshit og’ajon:
“Bosgan izidan qaytmas
O’lsa ham arslon” (Hamza)

b) maqo, metal yohud hikmatli so’z hech qanday ishorasiz va o’zgarishsiz ishtatiladi:


Sabr qilsang g’o’radin halvo bitar,


Besabrlar o’z oyog’idan yitar. (Gulhaniy)
v) maqol, metal yohud hikmatli so’zning ma’nosi saqlangan holda shakli turli o’zgarishlarga uchraydi:

Uoshiq hamisha


O’tkazur orzu bilan:
Oyning o’n beshi qorong’u,
O’n beshi yog’du bilan. (Erkin Vohidov)

Talmih arabcha nazar solmoq, ishora qilmoq, she’rda mashhur qissa, mashhur bayt yohud mashhur maqolga ishora qilish usuli. Bu san’at mumtoz she’riyatimizda ham, hozirgi she’riyatda ham keng qo’llanilgan. Ba’zi misollar keltiraylik:



  1. mashhur qissa yoki dostonga ishora qilish:

Ko’p o’qurdum Vomiqu Farhodu Majnun qissasin,


O’z ishimdin bul ajabroq dostone topmadim. (Alisher Navoiy)

Bu bayt Vomiq, Farhod, Majnun haqidagi qissalariga ishora qilinmoqda.


Fikrati mizoni bo’lib xamsasanaj,


“Xamsa” dema, balki degil panj ganj. (Alisher Navoiy)

Bu bayt mashhur “Xamsa” (beshlik) dostonlariga ishora qilinmoqda.


Bunchalik shon – shuhrat o’chmas tayin


“Ming bir kecha”larning afsonasida.
Yurtim, seni yana qutlab quyayin,
Qutlug’ Yangi yilning ostonasida. (Abdulla Oripov)

Bu bandda arab xalqining mashhur afsonasi – “Ming bir kecha” tilga olinmoqda.



  1. mashhur maqolga ishora:

Navoiy, tilingni asrag’il zinhor,
Desangkim, yemay dahr ishidin afsus. (Alisher Navoiy)
Bu baytda “tilingni tiygan boshini qutqarar” yohud “Tilingni tiy – tishing sinmasin” maqoliga ishira qilingan.
v) mashhur baytga ishora:

Umardan yil o’tsa, yashirmoq nechun,


Yurak simob yanglig’ titragay har gal.
Ustoz lutf etganday, har fursat uchun
Qudratli qo’l bilan qo’yaylik haykal. (Abdulla Oripov)

Bu bandda akademik shoir G’afur G’ulomning “Vaqt” she’ridagi:


“Umrdan o’tajak har lahza uchun


Qudratli qo’l bilan qo’yaylik haykal”. Degan shoh bayti ko’zda tutilgan.
Mashrab she’riyati kо‘p asrlik о‘zbek mumtoz adabiyoti an’analarining tadrijiy davomi bо‘lib, she’riy san’atlardan foydalanishda uning о‘ziga xos uslubi bor. Fikrning ta’sirchan bо‘lishini ta’minlash maqsadida shoir she’riy san’atlarning xalq tiliga yaqin variantlarini topib ishlatishga muyassar bо‘lgan. U о‘z asarlarida funksional jihatdan arab, fors va turkiy she’riyat uchun birdek xos bо‘lgan badiiy san’atlarning aksariyatidan unumli foydalangan.
Mashrabning g‘azal, masnaviy, mulamma, mustazod, murabba, muxammas, musaddas, musabba janrlaridagi asarlari she’riy san’atlar mahorat bilan qо‘llangani jihatidan ham alohida ahamiyatga ega. Atoiy, Gadoiy, Sayfi Saroyi, Lutfiy, Sakkokiy, Navoiy va Bobur kabi mumtoz sо‘z san’atkorlarining mahorat maktabida toblangan Mashrab ularning poetik an’analarini munosib davom ettirdi. Shoir qо‘llagan she’riy san’atlar tabiiyligi va dilga yaqinligi bilan e’tiborga molikdir.
Shoir asarlarida mubolag‘a, tashbih, tamsil, husni ta’lil, tajohuli orif, tashxis, talmih, istiora, irsoli masal, iqtibos kabi ma’naviy san’atlar istifoda etilgan. Shuningdek, lafziy san’atlardan iyhom mahorat bilan qо‘llangan.
Ma’lumki, “Iyhom”ning lug‘aviy ma’nosi gumonga solish bо‘lib, badi’shunoslikda “tahyil” (о‘ylantirish) va “tavriya” (о‘ngini teskari qilib kо‘rsatish, berkitish) deb ataladi. Ba’zan iyhom tasviya – tenglashtirish san’ati bо‘lib ham xizmat qilishi mumkin. Mashrabning quyidagi bayti bunga misol bо‘ladi:

Ey Mashrabi qalandar, yaxshig‘a banda bо‘lg‘il,


Halvoyitar bо‘lmas shakkar qо‘shilmaguncha.

Ya’ni, ey qalandar Mashrab, yaxshilar xizmatini qilib, о‘zing ham ular qatoridan о‘rin ol. Chunki tarbiyaga muhtoj kishi yaxshilar suhbatiga muyassar bо‘lmaguncha, kamolga yetmaydi. Baytda yaxshi odam shakarga, tarbiyaga muhtoj kishi esa xom atalaga qiyoslan.


Shoirning juda kо‘p baytlari husni ta’lil san’ati bilan muzayyan ekanligini kо‘rish mumkin: “Qofu nun – kо‘zu, labing – madd, alifu madd – qoshing”, “Sha’m uchida yuzing о‘t, о‘t uzra sochingdur dud”, “Labing la’lu xating Xizru yuzing monandi Yusufdur”, “Shajarlar – xoma, daryolar siyohu yeru kо‘k – sahfa, Raqam qilsam ado bо‘lmas g‘aming bisyor, sog‘indim”.
Ayniqsa, Mashrab mustazodlari poetikasi har qanday she’r shaydosini о‘ziga maftun etadi. Mustazodlarda talmih, tajnis, husni ta’lil, tanosub kabi san’atlarni kо‘p uchratish mumkin. Shoirning “Ey sanam, gul-gul yonibsan, may ichib raxshonmusan?” misrasi bilan boshlanuvchi muxammasida qо‘llangan tajohuli orif usuli she’riy san’atning mumtoz namunasi sanaladi:

Ikki ruxsoring qizil guldurmu yo bargi suman?


Donayi rayhon – qaro xoli xating sahni chaman,
Siymtan, gulpirohan, shirinsuxan, nozik badan,
Odamiysan yo parisan bul nazokat birla san,
Hurmusan, g‘ilmonmusan, jannatmusan, rizvonmusan?

“Mashrab she’rlarida “irsoli masal” va “talmeh” san’atining ishlatilishi” deb atalgan. “Irsoli masal”, “maqol kiritish”, “masal keltirish” degan ma’noni bildirishi ma’lum. “Masal” bilan “maqol” sо‘zlari mumtoz adabiyot namunalarida ba’zan sinonim bо‘lib keladi. Jonli tilda masal kichik bir ibratli voqea ma’nosida qо‘llanadi. Adabiyotshunos A. Hojiahmedov bu san’atning paydo bо‘lishiga sabab bо‘lgan ehtiyojni avval aytilgan fikrni tasdiqlash va uning tо‘g‘riligiga shubha qoldirmaslik maqsadi bilan izohlaydi.


Mashrab “irsoli masal”ning asosan uch turini qо‘llagan. 1) maqolni tо‘liq keltirish; 2) maqol, matal va yoki masalga ishora qilish; 3) vazn talabiga kо‘ra mazmunni saqlagan holda maqol sо‘zlarini о‘zgartirish.
“Ikki kemaning uchini tutgan suvga g‘arq bо‘ladi” degan maqolni shoir quyidagi masnaviy baytiga jo etadi:

Ikkini tutgan bu matlabdin qolur,


Ahli taqlid yaxshi mazhabdin qolur.

“Har kim о‘z kо‘mochiga kul tortar” degan naql juda qadimiydir. Bu maqol har kishi faqat о‘z manfaatini kо‘zlaydi, degan ma’noda ishlatiladi. Mashrab biror narsaga e’tiqod qо‘yishda о‘zboshimchalik bilan fikr qilib, badgumonlikka bormaslikni maslahat beradi:


Har kim о‘z jonibiga yо‘l tortadur,


Sayyiotini birovga ortadur,
Ulki ojiz bо‘lmadi idroki yо‘q,
Xotiri obodu qalbi poki yо‘q.

О‘zbek xalqi maqol bisotida “Boshidan о‘tkazgan – tabib”, “Tutunning achchig‘i mо‘riga”, “Dard kо‘rgan, dard tortganni tanir” kabi maqollar mavjud. Mashrab shu maqollar zamiridan kelib chiqib, xalqimizning bir hikmatini juz’iy о‘zgarishlar bilan quyidagicha qо‘llagan:


Ulki dard topgan bо‘lsa sofi zamir,


Dard kо‘rgan, dard kо‘rganni tanir.

Agar she’riy hikoya tarkibida masaldan foydalanish zarurati tug‘ilib qolsa, shoir unga ishora qilish usulini tanlaydi. Agarda g‘azal yoki muxammas baytlari ichida maqoldan foydalanish ehtiyoji tug‘ilib qolsa, shoir aynan keltirish usulini afzal kо‘radi. Ba’zan baytlarda maqol ma’nosiga uyg‘un keluvchi fikr ifodalangan bо‘ladi. О‘quvchi shoirning nima demoqchi ekanligini fahmlashda maqolni yodiga keltiradi. Bu ham shoirning she’riy mahorat sirlaridan bо‘lib, bu yerda maqol asosiy fikr uchun ma’naviy tayanch, kо‘zga kо‘rinmas qalqon vazifasini bajaradi.


Mazkur san’atdan foydalanishda Mashrab ham ustozlar an’anasiga ergashdi. Ravon va shо‘xchan bandlardagi samimiyat esa xalq ohanglarini eslatib turadi. Mashrab asarlarida о‘zbek va tojik xalqlari qо‘llaydigan maqollarga kо‘p murojaat qilinishi uning о‘zbek-tojik muhiti uchun yaratilganligini kо‘rsatadi.
Shoir maqollarni keltirishda insonning chigal va rang-barang ruhiy kechinmalari, nozik his-tuyg‘ularini hisobga oladi. Ularni о‘quvchiga favqulodda sodda va ayni zamonda juda ta’sirchan misralarda havola qiladi.
Uch daftarni о‘z ichiga olgan “Mabdai nur”da istifoda etilgan о‘zbekcha, tojikcha maqol va masallar, Gulxaniyning “Zarbulmasal”ini yodga soladi. Asarda “Kо‘za yoruq bо‘lsa, kulol aybdor”, “Ixlos qilgan shaytondan ham topar”, “Nima eksang – shuni о‘rasan”, “Yomonlik qilgan – yomonlik kо‘rar”, “Takabburning ishi sargardonlik”, “Bilmaganni о‘lim bildirar”, “Daryo tо‘lsa, chо‘lga toshar”, “Kо‘z yoshi (tushda) – yorug‘lik”, “Sel kelsa, nahangga ne g‘am” kabi maqollar san’atkorona qо‘llangan.
“Nafs – ajdahodan yomon” maqoli “Mabdai nur” hikoyatlarining birida juda chuqur va ma’nodor tarzda berilgan. Nafsni shoir ba’zan Ahraman devga qiyos qiladi:
Nafs qо‘shilsa ajdaho devga,
Bо‘ldi mashg‘ul makru rangu revga.

Xalqimizning kо‘p ming yillik til boyligi xazinasini о‘z xotirasiga ixlos bilan joylab olgan Mashrab, uning turli-tuman dur-javohirlarini she’riyat bо‘stoniga olib kirish borasida mahorat bilan qalam tebrata bildi.


Mashrab ijodida talmeh san’atining rang-barang kо‘rinishlari va shakllari mavjud. U bir qator tarixiy va afsonaviy qahramonlar timsolida о‘zining g‘oyaviy-badiiy qarashlarini mahorat bilan ifodalaydi.
U о‘zining g‘azal va muxammaslarida, “Mabdai nur” va “Kimyo” asarlarida islom olamida mashhur bо‘lgan Nuh, Ibrohim, Yahyo, YA’qub, Ayyub, Dovud, Iso, Sulaymon, Muso, Yusuf kabi payg‘ambarlar nomini tilga oladi va ular hayotiga oid qissalarga ishoralar qiladi. Mashrab peshdodiylar, kayoniylar, ashkoniylar va sosoniylar sulosasiga mansub Iskandar, Doro, Xisrav Parviz, Jamshid, Shaddod, Tur kabi podshohlar hayotidan misol keltirib, obrazli tasvir vositasida dunyoparastlikni qoralaydi.
Mashrab yozma manbalargina emas, balki og‘zaki qissa va afsonalar mohiyatini ham asarlari zamiriga ustalik bilan singdiradi:

Men yutgan alamlarni, agar zarracha yutsa,


Doroi jahon, Xusravi davron chiday olmas.

U о‘zining xalq qо‘shig‘iga aylanib ketgan “Dilrabo derlar” deb nomlangan mashhur g‘azalida tarixda о‘tgan afsonaviy oshiqlar obrazini yodga oladi:


Qani Layli, qani Majnun, qani Xusrav bilan Shirin,


Alar о‘tdi bu olamdin, bu olam bevafo derlar.

Bu baytda, shubhasiz Layli va Majnunlar, Farhodu Shirinlar haqidagi qissa va rivoyatlar ham kо‘zda tutilgan.


Podshohlarni insofga chaqirish, odamlarni boylik ketidan quvmaslikka undash, dunyoning о‘tkinchi ekanligini yodga solish mumtoz she’riyatning xos usullaridan. Mashrab payg‘ambar va avliyolarga obrazi talqiniga katta e’tibor bilan qaragan. Bu zotlar bilan bog‘liq xalq rivoyatlari, afsona va hikoyatlarga о‘rin ajratib, ularning sifat hamda xislatlariga ishoralar qilgani ushbu fikrni tasdiqlaydi:
Sulaymon taxtiyu Jamshid jomig‘a bermasman,
Qо‘limg‘a kosai chо‘bin olib qilsam gadoliqni.
Sensiz menga, nigoro, ikki olam kerakmas.
Taxtu baxti Sulaymon, sensiz Hotam kerakmas.

Mashrab о‘zining serqirra ijodida faqat majoziy ishqni tasvirlabgina qolmay, ishqi haqiqatni ham baland pardalarda kuyladi. Shu yо‘l bilan ilm ahllarining hayotidan, ijodidan, namunalar keltirib, adabiy-falsafiy niyatlarini badiiy ifodaladi.


XULOSA

Tadqiqot natijalaridan quyidagi ilmiy-nazariy xulosalarni chiqarish mumkin:


1. Boborahim Mashrab о‘z salaflari singari g‘azal, masnaviy, mulamma, mustazod, murabba, muxammas, musaddas, musabba’ janrlarida qalam tebratdi. U ham о‘rta asr mumtoz shoirlari kabi an’anaviy ishq mavzusida g‘azallar va manzumalar yozib, mumtoz she’riyatimiz taraqqiyotida munosib iz qoldirdi.
2. Shoirning din va tasavvufga bog‘liq she’rlarida xalq og‘zaki ijodi an’analari betakror badiiy talqin etilgan. “Majoz tariqi bila haqiqat asrori”ni ifodalagan ijodkor oshiqlik, komillik va oriflik, pok muhabbat kabi mavzularni ilohiy kitoblardagi kо‘rsatmalar asosida, shu qatorda xalq og‘zaki ijodining maqol, matal, aforizm, sо‘z va iboralari hamda tarixiy-an’anaviy shaxslar ibrati vositasida mahorat bilan tasvirlaydi.
Mashrab g‘azallarida ifodalangan majoziy ishq haqiqiy ishq yо‘lidagi bir vosita, bir kо‘prikdir. Uning g‘azallaridagi insoniy muhabbat zamirida Yaratuvchining buyuk san’atkorligidan hayratga tushish, inson va olam gо‘zalligidan zavqlanish, komil inson siymosida Tangri jamolini mushohada qilish tuyg‘usi yotadi. Shoir о‘zining falsafiy, mantiqiy zavqlanishlari, mushohadalarini san’atkorona tasvirlaydi.
3. Mashrab о‘z asarlarida xalq og‘zaki ijodining keng imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalandi. Ularda xalq og‘zaki ijodi ertak, maqol, aforizm, hikoyat va latifalari о‘ziga xos badiiy talqin etilgan.
Mashrabning pand-nasihatlari, Markaziy Osiyodagi xalqlar, ayniqsa, turkiylar hayoti, urf-odatlari bilan bevosita bog‘liq. Uning g‘azallari XVII- XVIII asrning ijtimoiy-axloqiy qarashlarini va tarixiy jarayonini nisbatan kengroq ifodalashi bilan ham ahamiyatga molikdir.
4. Mashrabshunoslik о‘ziga xos murakkab taraqqiyot yо‘lini bosib о‘tdi. Agar rus tadqiqotchilari Mashrabni xalq nima sababga kо‘ra kо‘p о‘qiydi, degan jumboqqa javob izlash uchun uning merosini о‘rganishga qiziqqan bо‘lsalar, shо‘ro davridagi о‘zbek olimlari Mashrabni mafkuraviy qatag‘onlardan asrash uchun turli yon berishlarga majbur bо‘lganliklari kuzatiladi.
5. Ijodkor xalq jonli tilining biror vositasini-maqol, matal, hikmatli sо‘z va iboralarni tanlab ishlatar ekan, bu vositani badiiy asar talabiga muvofiq ijodiy tarzda qо‘llaydi. Bu orqali u о‘z uslubi xususiyatlarini namoyon etadi. Shu boisdan Mashrab ijodidagi maqol va aforizmlarni о‘rganganda, uning she’riyatida yuksak mavqe egallagan jonli sо‘zlashuvga xos unsurlarni, idiomatik iboralarni hamda tarixiy va an’anaviy timsollar tahliliga alohida e’tibor qaratish taqozo etiladi. Shoir о‘z g‘azallarida, asosan, frazeologizmlardan keng miqyosda foydalangan.
6. Mashrab xalq og‘zaki ijodiga tayanib, g‘azalda о‘ziga xos soddalikka, fikr-tuyg‘ularini xalq ruhi va tiliga yaqin bо‘lgan vositalar bilan sayqallashga erishdi. Shoir maqol, matal va masallarni “irsoli masal”, “tamsil” kabi san’atlar vositasida ham qо‘lladi. Ularning yozma adabiyot vositasida xalq bisotida yashab qolishiga katta hissa qо‘shdi. Mashrab, ayniqsa maqollar vositasida fikrni lо‘nda, ixcham va ta’sirli ifodalashga erishadi.
7. Mashrab mumtoz adabiyotning qonuniy davomchilaridan biridir. U о‘ziga qadar bо‘lgan о‘zbek adabiyotining taraqqiyot yо‘liga katta hissa qо‘shib, о‘z ijodi bilan yangi, yuksak sarhadlarga erishgan san’atkordir. U xalq ijodiyotiga munosabat bildirishda, undan ilhom olishda ulkan ibrat kо‘rsatdi. Shu jihatdan ham о‘zbek mumtoz adabiyoti va folklar uyg‘unligining yuksak nuqtalaridan biri Mashrab ijodi deyilsa, xato bо‘lmaydi. Shu bilan birga Mashrab ijodiyoti Yaqin va О‘rta Sharq xalqlari yozma adabiyoti bilan xalq poetik ijodi aloqalari va umuman, adabiyot bilan folklorning о‘zaro munosabati tipologik hodisalarini yoritish, qonuniyatlarini о‘rganishda muhim bir manbadir.
8. Mashrab she’riyatida insonparvarlikni, dо‘stlikni, hamjihatlikni, insonlararo mehru muhabbatni targ‘ib qildi. Shoirning muvafaqqiyatlariga sabab bо‘lgan omillardan yana biri, uning bilimdonligi, xalq og‘zaki ijodini kuzatuvchanligida kо‘rinadi. Mashrab о‘z davrida mavjud ilm-fanlarni a’lo darajada egallagan, tabiat va jamiyat haqida mufassal bilimga ega bо‘lib, juda kuzatuvchan, nozikbin edi. Uning g‘azallarida tasvirlangan rang-barang hodisalar orasida butun Sharq adabiyoti uchun xos bо‘lgan chuqur falsafiy mulohazalar talqini oz emasligi ham bu fikrni tasdiqlaydi.
9. Shoir xalqning kundalik hayotini yaxshi bilgan. Busiz xalq yuragiga yetadigan asar yaratish mumkin emas. U turli kasbdagi kishilarni har xil toifaga mansub shaxslarni, ularning turmushini, ruhiy kayfiyatini mufassal о‘rganib chiqqan va she’rlarida betakror talqin etgan.
10. Mashrab о‘zbek va fors tilini mukammal bilgan, bu tillarda yaratilgan xalq og‘zaki ijodi an’analarini chuqur egallagan. Tildagi kichik bir xato ham har qanday shoir uchun katta nuqson hisoblanadi. Mashrab turkiy lahjalarni, о‘zbek adabiy tilini hamda fors va arab tilini puxta bilgan. Uning she’rlari betakrorligini ta’min etgan omillardan yana biri she’riyat sohasida salaflari yutuqlarini yangilari bilan boyita olganidir. Shu bois u о‘ziga xos, mashrabona she’riyatga asos sola bildi.
11. Mashrab she’riyatga folklorni chuqur singdirib, yangilik berishni, tasavvuf g‘oyalari bilan uni bog‘lashni muvaffaqqiyat bilan ado etdi. Bu yо‘nalishda u о‘ziga xos yо‘l tutdi. Uning dunyo va inson haqidagi falsafiy asarlari nazirabozlikdan iborat emas, balki о‘z g‘oyalarini katta san’atkorlik bilan ifoda etgan.
Mashrab bilan bizning davrimizni uch asrlik masofa ajratib turibdi. Ular tamomila boshqa-boshqa sotsial-iqtisodiy zaminga asoslangandir. Ammo milliy ma’naviyatimiz va qadriyatlarimiz Mashrab ulug‘lagan va ardoqlagan tuyg‘ularga begona emas. Binobarin, Mashrab bizlar bilan zamondosh. Shubhasiz, uning ijodidagi yuksak g‘oya va maslak, teran fikr va ideallar tarix bisotida qolib ketmadi. Bugun ham adabiy-estetik tafakkur rivojiga, ma’naviy-ma’rifiy yuksalishga xizmat qilmoqda. Yuqoridagi fikr – mulohazalardan kelib chiqib quyidagicha UMUMIY XULOSALARGA keldik:
Birinchidan, o’zbek adabiyotida Mashrabshunoslik muammolariga jumladan, mashrabning tug’ilgan yili, tug’ilgan joyi, ismi – sharifi kabi masalalar atrofidagi munozaralarni tadqiq etib, bitiruv malakaviy ishda o’z mulohazalarimizni bildirdik;
Ikkinchidan, Boborahim mashrabning hayoti va ijodiga doir manbalarni o’rganib, bitiruv malakaviy ishda aniq xulosalarga keldik;
Uchinchidan, Mashrab she’riyatiuning g’oyaviy hususiyatlarini tahlil e’tib shoir lirikasidagi ijodkor mahoratini tahlil qidik;
To’rtinchidan, Mashrabning xalq poetic ijodidan foydalanish mahoratini tahlil etdik;
Beshinchidan, shoir she’riyatida xalq maqollaridan, qay darajada foydalanganligini, lirikasi misolida tadqiq etdik;
Oltinchidan, Mashrab lirikasida irsolu masal va talmeh san’atining individual xususiyatlarini she’rlari misolida o’rgandik;


Download 311.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling