Gumanitar fanlar fakulteti


I.2. Mashrab she’riyatining g’oyaviy xususiyatlari


Download 311.5 Kb.
bet6/10
Sana06.04.2023
Hajmi311.5 Kb.
#1335603
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mahrab lirkasida ijtimoiy ohanglar

I.2. Mashrab she’riyatining g’oyaviy xususiyatlari
Boborahim Mashrabning lirikasida mahsus devon tarzida tartib berilmagan. Uning merosi bizga “Qissai Mashrab”larning ko’plab nusxalari orqali yetib kelgan. U Rindiy, Umam, Mahdiy,Zinda va Mashrab taxalluslari bilan she’rlar yozgan.
Mashrab tahallusining ma’nolari har xil izohlanib kelingan. Shulardan ikkitasi haqiqatga yaqin keladi. Ular bir – birining mazmunini to’ldirish uchun ham xizmat qiladi.
Mashrab – maslak, maslakdosh degan ma’nolarni ifodalaydi. “Qissai Mashrab”da ham shunga yaqin izohlanadi: “Har kishi manga rafiq bo’lsa man anga rafoqat qilurman. Xar qozonga tushsam qaynaydurman, aning uchun otim Mashrab qo’ydum” demak, Kimki manga do’st bo’lsa, man ham unga do’stdirman. Bu yerda ham g’oyaviy yo’lning birligi, maslakdoshlik haqida fikr bildirilayapti.
Tahallusni yana “Ilohiy sharobdan nasibali” degan ma’noda ham sharhlash mumkin, ilohiy ishq bilan oshno yurak, albatta, insonlarni ezgulik srai yetaklaydi. Ularning to’g’ri yo’l topishida rahbar – rahnomolik qiladi.
Boborahim Mashrab asarlarini ikki – o’zbek va fors-tojik tilida yaratgan.
Shoir asarlari haqida uzoq yillar bahs – munozarali fikrlar bayon etib kelindi. Ammo, so’ngi yillarda uning she’rlari mohiyati siyosatdan kelib chiqib emas, balki obyektiv anglay boshlayapmiz. Chunki Mashrabning ijodkor sifatida asl qiyofasi she’riyatidadir. U so’fiy shoirdir. Uning she’riyatia asosida tasavvufiy g’oyalar talqini turadi.
Xo’sh tasavvufning o’zi nima? Tasavvuf – bu inson o’zini tanish orqali Ollohni tanish va sevish ilmidir. U “Insonning ichki olami, ya’ni botinini tadqiq etuvchi ilmdir”. Inson umri tadriji ikki qarama – qarshi qutb ezgulik va yovuzlik kurashidan iborat. Tasavvuf ta’limotining mohiyati odamzodga o’z vujudida mavjud nafsoniy intilishlarni fosh etish, ularni yengish yo’llarini ko’rsatish, ruhidagi ilohiy fazilatlarni uyg’otish, taraqqiy toptirishdan iboratdir. Chunki insonning yashashdan bosh maqsadi ilohiylashish, asl mohiyatga yetishishdir. Buning yo’li esa bitta. O’zini yengish o’zidan o’tish va o’ziga yetishishdir. Bu borada “Nasoyimul – muhabbat”da keltirilgan Boyazif Bistomiyning xulosasi ibratlidir: “…Boyazid dediki, Olloh taoloni tush ko’rdum, so’rdumki, bor xudoyo, yo’l sanga ne nav’dur? Dedimki, o’zungdin o’ttung, yeting”.
Mashrb she’riaytidagi asosiy g’oyalardan biri ham ana shu insonni o’ziga tanitishdan iboratdir. Uko’p yurtlar kezib, kishilarning yashash tarsi, tabiatini kuzatib, barcha fojealariga, iztiroblariga sabab ularning nafsi degan xulosaga keldi. Va ibrat sifatida, o’zi anglagan dunyo mohiyati borasidagi tasavvurlarinidan zamondoshlarini agoh etish maqsadida qalandarlik yo’lini tanlaydi.
Qalandariylik yo’li adabiyotshunoslikda mukammal talqin etilgan emas. Ammo ayrim manbalarda, ayrim ilmiy tadqiqotlarda ba’zi chizgilar mohiyatini yorituvchi mulohazalar bayon etilgan
Navoiy asarlari lug’atida ushbu istiloh quyidagicha izohlanadi: “Qalandar – dunyoning hamma bordi – keldilaridan voz kechib, daydib yuruvchi darvesh; devonatabiat kishi, loqayd”. Bu izoh istilohning mohiyatini qisman oydinlashtirsada, to’liq tasavvur berolmaydi.
Qalandariylik borasida adabiyotshunoslikda turli bahs munozaralar mavjud. Ba’zi olimlar u XIII – XIV asrda shakllangan deyishsa, ayrimlari, jumladan, Fitrat Yassaviylikdan keyin XII – XIII asrlarda paydo bo’lgan deydi.
Qalandariylikning o’ziga xosligini izohlash borasida ham allomalarning bir – birini to’lg’azuvchi turli qarashlari mavjud. Jumladan, “Haft kulzum”da: “Qalandar butun rasmiy takliflardan, butun qaydlardan ozod bo’lgan, har turli diniy amal va odatlardan ayrilgan, butun moddiy, hayotiy aloqalarni tark qilgan, ibodat va odatlarning hammasini buzg’uvchi kishining ismidir” deydi.
Abdurahmon Jomiyning “Nafahotul – uns” asarida esa “qalandarlar diniy ibodatlarning farz bo’lgan qismlarinigina ado qiladilar.
Malomatiylar diniy ibodatlarni ijro qiladilar, biroq ijro qilganlarini xalqdan yashiradilar. Qalandar esa, to’g’ridan – to’g’ri diniy ibodatlarni va odatlarni buzadilar”, deya baholanadi.
“Bahori Ajam”da quyidagi bayt keltiriladi:
Sanamorai qalandar sardor ba man namon. Ki base daroz didam rahu rasmi porsoyon.
Mazmuni: Taqvo yo’li juda ham uzoq ekan, menga qalandariylik yo’lini ko’rsating.
Agar qalandarlar faoliayatini kuzatsak, ular haqida aytilgan fikrlarni umumlashtirsak, ularning yo’lida bir nechta tariqatlarga xos xususiyatlar birgalikda mujassamligini ko’ramiz. Jumladan, ularning hayot tarzlarida yassaviylikka xos jahriylikni malomatiylikning ayrim belgilarini, naqshbandiylikka xos umumbashariy, gumanistik g’oyalar mutanosibligini ham kuzatamiz.
Qalandarlarning o’ziga xos yurish – turishi, axloq va kiyinishi odobi bo’lgan, ular amal qilishi, rioya e’tishi lozim shartlari mavjud. O’zbekiston RFA Beruniy nomidagi ShIda 9175 raqami ostida saqlanayotgan tasavvufga oid qo’lyozma tarkibiga “Risolai qalandariy” ham kiritilgan. Unda qalandarlik va ular rioya etishi lozim shartlari haqida qisqacha ma’lumot berilgan. Ayniqsa fe’l – atvoridan shakllanishi lozim bo’lgan faqr tushunchasi haida alohida to’xtalinadi. Uning 3 ta muhim belgisi ta’kidlab ko’rsatiladi: “Tariqat mashoyixlari faqrning uch nishonasi: quyosh kabi shafqatli, yomg’ir kabi saxovatli, yer kabi tavozeli bo’lish deb aytganlar”
Xirqa kiyish va farq maqomini egallash tariqatda muhim hisoblangan.
Qalandarlarning janda, quloh, kamar, aso, kachkul, sepoya, qo’yish, suyanchiq qo’yish, po’stin kiyish kabi mahsus kiyinish odoblari bo’lgan. Bularning har birining ramziy mazmuni va qat’iy mas’uliyati bo’lgan. Risolada, ayniqsa, darveshlarning bosh kiyimi hisoblangan qulohga keng izoh berilgan. Uning neg muhim mohiyati sifatida quyidagilar ko’rsatilgan: “Va bilginki, qulohning to’rtta xonasi bor. 1. Shariat xonasi. 2. Tariqat xonasi. 3.Ma’rifat xonasi. 4. Haqiqat xonasi. Va yana shuki, qulohning to’rt tarki bor. 1. Nafs tarki. 2. Xalq tarki. 3. Dunyo tarki. 4. Oxirat tarki.
Ma’lumki qalandarlik bilan gadolik chambarchas bog’liq. Risolada gadolikning uch turi ko’rsatiladi va izohlab beriladi: “agar gadolik necha xil deb so’rasalar, uch xil deb javob ber: 1. Shoh gadolik. 2. Nar gadolik. 3. Xar gadolik…
Barcha k’rsatmalar, ma’lumotlardan so’ng risola so’ngida qalandariylik tariqatining mohiyati umumlashtirilib beriladi: “Ey darvesh, qalandarlik tariqati shuki, haqiqat yo’lida ikkilanmasin va odamlarga behuda so’zlamasin. Va yana kachkulini ko’tarib yurish odobi shuki, avvalo, to uyiga kelguniga qadar tahoratlik va ro’zador bo’lsin. Va yo’lda chor – atrofga ko’z tashlab nomahramga nazar solmasin. Va tilini yolg’on so’zlashdan asrasin, pirigabeodoblik qilmasin, faqirlarga rahm qilsin va hamma a’zolarini pok tutsinki, Xudoning kutbi Xoja Bahoul Haq vaddin qaddasallohu ruhahu shunday qilganlar va ham shunday buyurganlar”.
Yetuk adabiyotshunos Fitrat qalandariylik tariqatiga oid ko’p manbalar bilan tanishgan. Hayotda o’zi guvohi bo’lgan holatlarni eslagan. Ularning hammasini umumlashtirib, quyidagi xulosalarni bayon etgan: “Qalandarlik musulmon tasavvufining sho’’ basidir. Bumaslak bizning o’lkamizda so’ng kunlargacha davom qildi. O’zbekiston shaharlaridan har birining tashqarisida “qalandarxona” ismli go’zal bog’cha xoliga keltirilgan bir joy bor edi. qalandarlar shunda turar edilar. Bular qisman mahaliy, qisman musofir, yersiz, xususiy mulklari bo’lmagan kishilardan iborat bo’lib, asosiy kasblari tilanchilik edi. haftada ikki daf’a tilanchilikka chiqib, shahar va bozorlarni aylanar edilar. O’zlariga maxsus qalandariy quylari bor edi. oralaridan eng yaxshi tovushlisi shu kuylarda Yassaviy, Mashrab kabi shoirlarning she’rlarini o’qur va boshqalari uning naqoratini qayarib turar edilar. Oralarida bir boshliqalri bo’lib, munga “bobo” derlar. Tilanchilik chog’ida to’plangan pulni shu bobolari terar va shundan ularni ta’min qilib turar edi”.
Yuqorida manbalardan keltirilgan fikrlar bizga qalandariylikning mazmun mohiyatini anglashimizga yordam beradi. Ularning tashqi qiyofasi, botiniy olami haqida tasavvur uyg’otadi.
Mumtoz adabiyotda ayrim ijodkorlar qalandarlikning maqsadi va mohiyatini yorituvchi badiiy asarlar ham yaratishgan. Jumladan, Mashrab ham uning insonparvar g’oyalarini oydinlashtiruvchi, izohlab beruvchi g’azallar yozgan. Uning “Qalandar bo’l, qalandar bo’l” radifli g’azali shunday asarlardan biridir. Bu asar ham qalandarlikning, ham Mashrab ijodining o’zak mohiyatini anglashimizga asos bo’ladi. Bunda lirik qahramon solikka asl maqsadga yetish, ruhan ozod bo’lish yo’lini ko’rsatib beradi. Lahzalik foniy ashyolardan g’olib kel olish va boqiylikka musharraf bo’lish sinoatidan saboq beradi:

Riyozatsiz bo’lay desang, tanim ozod yuray desang,


Jahonni sayr etay desang, qalandarbo’l, qalandar bo’l.

Razolat kuyduray desang, zalolat o’lduray desang,


Hammasin supuray desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l.

Bu taqvodin kechay desang, xonaqohdin qochay desang,


Haqiqatni ochay desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l…

Inson umrini ulkan, poyonsiz bir to’qayzorga o’xshatish mumkin. Chunki, hayotda hech kim uchun tayyor, silliq yo’l yo’q. har kim o’z yo’lini o’zi izlab topadi. Bu asnoda ba’zan to’siqlar uchraydi. Ba/zan ravon yuriladi. Ba’zan adashilar, xatolklar ichra iztirob chekiladi. Inson o’zini, to’rt qadam narida nima kutayotganini bilmaydi.


Bizni ana shu chigalliklardan olib o’tuvchi rahnamolardan biri adabiyot. Ajdodlarimizdan qolgan dono fikrlarga muzayyan meros.
Hazrati Shayx Sa’diy inson hayoti haqida armon bilan mushohada etib, “Qaniydi odamzodga ikki karra umr berilsa. Birinchi marta xatoliklardan adashishlardan xulosa chiqarib, tajriba o’rganib, ikkinchi marta ko’ngildagidey, armonsiz yashasa”, degan ekanlar.
Hazrati Alisher Navoiy ham shunga yaqin fikrni bayon etganlar:

Yorab, eshigingda ul gadomen


Kim, boshdin oyoqqacha xatomen.

Shunday ulkan aql sohiblari, donishmand allomalarimiz ham dunyoning g’alatliklaridan afsus – nadomat chekishgan. Va butun umrlarini yurtdoshlariga to’g’ri yo’l ko’rsatishga bag’ishlashgan. Ularni hushyorlikka, tiyraklikka da’vat etishgan.


Boborahim Mashrab ham ana shunday dono ijodkorlardan. Ammo, uning donoligi, dunyoni anglashi o’ziga xos. She’riyatidagi lirik qahramonning ruhi baland. Olam va odam mohiyati, munosabati haqida gapirganda, ishonch bilan qat’iy xulosalar chiqaradi. U ham dunyoning xatolardan, armonlardan, yolg’onlardan iboratligini biladi. Ammo, bu shoir lirik qahramonini tushkunlikka tushirmaydi. Chunki, u ana shu xatolar zaminida ishonsa va suyansa bo’ladigan birgina xaqiqat borligini ham anglaydi. Bu – Olloh:

Bir xudodin o’zgasi barcha g’alatdur, Mashrabo,


Gul agar bo’lsa qulumda, ul tikonni na qilay?!

Demak, Xudoga ishonish, unga muabbatda bo’lish insonni xatolardan asraydi. Hayotiga go’zal mazmun baxsh etadi. Mukammal axloqli, halol, pok bo’lishga boshlaydi.


Mashrab she’riaytidagi asosiy g’oyalardan biri dunyoning o’tkinchi ekanligi. Hayotda buni anglash juda muhim. Chunki, lahzalik narsalarni g’animat bilish lozim. Mashrab asarlarida shu jahonshumul muammoga katta e’tibor beradi. Insoniyatni g’aflatdan, mudroqlikdan ogoh etadi. Ko’ngillarni tiriklikka, uyg’oqlikka da’vat qiladi. Shoir fikrlari bilan tanishgan har bir o’quvchi o’zida g’ayrat, kuch – quvvat paydo bo’lganini his etadi. Atrofga tiyrakroq nazar tashlay boshlaydi. Quyidagi kabi misralar esa har bir kishiga, men yonimdagi insonni anglayapmanmi? Uning yuragida qanday armonlar qolyapti? Qanday qilsam u o’zini baxtli his qilishi mumkin, degan savollar berishga majbur etadi:

Hasratimga tog’u tuzlar yig’lagay,


Hech kim yo’qtur so’zimni anglagay.

Mashrab yuragida armon uyg’otgan narsa bu – insonlardagi loqaydlik, beparvolik. Mashrab “Dili g’amgin”, dardchan xaloyiqni xush ko’radi. Dardsizlar uni hasratga giriftor etadi. Uning yuragidagi cho’ng darddan metin toshlardan iborat tog’lar, tilsiz – zabonsiz dala – tuzlar yig’laydi. Ammo, afsuski, insonlar uni anglamaydi, beparvo. Shoir ana shu birgina baytda chuqur ruhiy manzarasini chizib bera olgan. Asosiy mazmun ruhiy ma’naviy yolg’izlik. Hamisha yolg’izlik bilan sukunat yo’ldosh. Tog’lar esa qanchadan – qancha zamonlar asrorni o’z bag’rida, sukunat qo’ynida asraydi. Uning mangu ertaklarini tinglay va anglay bilishi lozim. Demak, shoir tog’ timsolini bejiz qo’llamagan. U ana shu sokinlikning mangu saltanatini shoir qalbi bilan tushunadi. O’zining yolg’izlik iztiroblari tasvirini unda ko’radi. Bag’ridan oqayotgan jilg’alarni uning ko’z yoshlariga mengzaydi. Ne – ne avlodlarning kechmishini ko’rgan ko’rgan tog’larni o’ziga hamdard, hamroz deb his etadi. Insonlar orasida ham o’zini anglaguvchi sirli, dardli ko’ngillarni sog’inadi. Ana shu sog’inch unga yolg’izligini eslatadi. Ammo, bu tushkunlik belgisi emas. Bizga mahzunlik bo’lib tuyulgan shu sog’inch lirik qahramon ruhini yuksakka ko’taradi. Tor vujudiy nafsoniy intilishlar dunyosini sindirishga muyassar etadi. O’zini aslida Ollohdan uzoqda g’arib sezadi, yolg’iz his qiladi. Natijada, uning maqsad manzili, intilish hududi kengayadi. Vujudini Olloh bilan birlashish ishqi qamraydi:


Mudom miskin erurman chun g’uloming – Mashrabingdurman,
Meni bechora bu dunyo bilan uqbog’a sig’mamdur.
Turli davrlarda yashagan turli shoirlardagi ruhiy yaqinlik, dunyoni anglash borasidagi mutanosiblik timsollar yaqinligiga sabab bo’ladi biz ko’p ijodkorlarning asarlarida jonlashtirish san’ati vositasida tog’ timsolining takrorlanmas ifodalarini ko’rishimiz mumkin. Jumladan Shavkat Rahmon ijodida ham tog’ timsoliga teran falsafiy mazmun yuklatilganligining guvohi bo’lamiz:

Tog’ xo’rsinib yubordi og’ir –


Teran xobdan uyg’ondi yurak,
Tog’lar kabi xo’rsinmoq kerak.

Ushbu misralarda ham insonni anglash, insonlardagi loqaydlikdan bezish tuyg’ulari aks etgan. Mashrabda ham, Sh.Rahmonda ham bu timsol o’quvchini fikrlashga, hushyor tortishga undaydi.


Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Mashrab she’riyatining asosiy maqsadi – insonlarni mudroqlikdan uyg’otish. Bir – biriga muhabbat bilan boqish, bir – birini anglash va bu orqali Ollohni anglashga yo’naltirishdir.
Shoir har bir ko’ngilni sirli biro lam deb tushunadi. Zamondoshlarini uni sevishga chaqiradi. Biror dilni og’ritishni, unga ozor berishni yuzlab Ka’bani vayron etishga tenglashtiradi:

Tavofi olami dil qil jahonda har bashardin sen,


Agar bir dilni sen buzsang, yuzar Ka’ba buzulmazmu.

Xo’sh, Mashrab nega shunday fikrda? Bizda paydo bo’lgan bu savolga Hazrat Navoiy ijodidan aniq javob topamiz:


Ka’baki olamning o’lub qiblasi,


Qadri yo’q andoqki, ko’ngul ka’basi.
Kim, bu xaloyiqqa erur sajdagoh,
Ul biri Xoliqqa erur jilvagoh.

Navoiy fikricha, Ka’ba xaloyiqning sajdagohi, ko’ngul esa Xoliqning Ollohning jilvagohi, makon tutguvchi maskani. Shuning uchun ham u mo’tabardir.


Ko’ngilni anglash va uni poklab boorish insonni Ollohga yaqinlashtiruvchi vositadir. Chunki, g’uborlardan tozalangan qamish naydan ruhbaxsh navo taralgandek, pokiza ko’ngilda ham ilohiy ishq, hayotga muhabbat, go’zallikka oshuftalik mujdalari una boshlaydi.
Mashrab she’riyatida biz ana shu ilohiy ishq talqinini kuzatamiz. Ammo, uzoq yillar ilohiy ishq mohiyatini inkishof etuvchi asarlari tor ma’noda, ya’ni majoziy sihq tasviri sifatida baholanib kelindi. Shoir ijodidagi “dinga qarshi motivlar” ham bir yoqlama talqin natijasidir.
Mashrab ijodidagi ishq talqini o’ziga xos. U Ibrohim Adham, Mansur Halloj, Attorni o’ziga g’oyibona pir deb biladi. Ularning yo’lidan boradi. Mansur Halloj kabi o’tli ishq otashida yonib yashaydi. Bu Ollohga bo’lgan muhabbat. U hayotning, tiriklikning mazmunini shunda ko’radi. Uning asosiy maqsadi Ollohni sevish va u bilan birlashish. Chunki u insonni g’uborlardan, vujudiy, nafsoniy qafaslardan faqat u ishqqina ozod etishiga ishonadi. Shoir tasavvuricha, bunday muhabbatga oshno bo’lmagan ko’ngul haqiqiy go’zallikni his qilolmaydi. Borar manzillari torayadi. Ko’rar ko’zlari xiralashadi. Quyidagi baytlar ham shoirning xuddi shunday nuqtai nazari natijasi sifatida maydonga kelgan deyishimiz mumkin. Uning tasavvuricha, Olloh yodisiz, ishqisiz Makkaga boorish besamar, Ka’ba eski do’kon yanglig’ be’etibor:

Yorsiz ham bodasiz Makkaga bormoq ne kerak?


Ibrohimdan qolg’on ul eski do’konni na qilay?!
Urayinmu boshima sakkiz bihishtu do’zaxin,
Bo’lmasa vasl menga, ikki jahonni na qilay?!

“Sig’madim” radifli g’azalida shoir ruhiy manzaralarining eng yuksak cho’qqisi ifodalangan. U Tavhid holatining bayonidir. Olloh vasliga yetgan, u bilan birlashgan lirik qahramon bir lahzalik foniylik olamiga, o’tkinchi olam uning ruhiy kengliklariga sig’maydi. Bu sig’maslikning, cheksizlikning sababi “analhaqlik”dir:


Onqadar nurga to’libman osmonga sig’madim,


Toki Arshu kursiyu lavhu jinonga sig’madim.
Kimga soyam tushsa bir nuri yaqin bo’ldi u ham,
Daftari ruhi qudsdurman, zabonga sig’madim.

Mashrab ilohiy ishq sarhadlarida zohidlar bilan kelisha olmaydi. Chunki unga zohid jannat ilinjida yurgan tamagir bo’lib tuyuladi. Shuning uchun ham u zohidning riyo aralash namozini bir kosa may ishqqa almashmaydi.


Zohid. Manga bir shishada may, senga nomozing,


Ming taqvini bir kosai mayga sota qoldim.

Umuman, zohidlikni rad etish mumtoz adabiyotimizda an’ana. Buning mohiyatini ulug’ Ozar shoiri Nasimiyning quyidagi bayti yanada oydinlashtiradi, deb o’ylaymiz:


Zohidin bir barmog’in kessen do’nub Haqdan gachar,


Ko’r, bu Miskin ashigi, sarpa suyarlar ag’lamaz!
Mashrab tasavvuf g’oyalarini targ’ib qiluvchi yetuk mutafakkir, mutasavvuf shoir bo’lishi bilan birga, oddiy insoniy kechinmalar kuychisi sifatida ham namoyyon bo’ladi. Uning asarlarida vatan sog’inchi, ona oldida qarzdorlik tuyg’usidan iztiroblanish kabi kechinmalarning samimiy ifodasini ko’ramiz
Mashrab asarlari badiiyati ham o’ziga xos. Uning g’azallari kutilmagan xalqona ifodalar bilan sayqallanadi. Timsollar tizimining ham o’z silsilasi mavjud.
Shoirlarning quyidagi baytini o’qib, yuragingda hijronning za’far rangini his eta boshlaysan, kishi:

Sarig’ sadbarg shirin so’zluk yuzingni kunda bir ko’rsam,


Yuzungdin yuz o’gurmasman agar yuz ming balo ko’rsam.

Xalq orasida sariq gul hijron, ayriliq timsoli deyishadi. Demak, bu bayt “sariq sadbarg” stirgul haqida gapirilishi tasodifiy emas.


Bu kabi yangicha qiyosu tashbihlarni, timsollar tizimini shoir she’riyatidan ko’plab keltirish mumkin.
Mashrab asarlarining eng mukammal denb hisoblanuvchi 1990 – yil nashrida ona tilida bitilgan g’azal va mustazodlar, murabba va muxammaslar, shuninhdek, ikki musaddas va musabba o’rin olgan. Tuzuvchi Jaloliddin Yusupovning juda katta va mashaqqatli mehnatini ta’kidlab, to’plam xususida ko’p ijobiy fikrlar aytish mumkin. Ammo, qilinishi lozim bo’lgan galdagi vazifalar manfaatidan va tuzuvchini mutloqo aylamay ikki savolni o’rtaga qo’ymoqchimiz: 1) to’plamga kirgan asarlar Mashrab merosining hammasimi? Va 2) undan o’rin olgan hamma asarlar Mashrab qalamiga mansubmi? Bu har ikkala jiddiy savolga tasdiq javobini berib bo’lmaydi. Bunga asosiy sabab tuzuvchilarda emas, balki ilmda Mashrab asarlarining o’zida jamlovchi ishonchli qo’lyozmalarni yo’q ekanligi yoki hozircha topilmaganligida!
Agarda biz Navoiy asarlarini hali ulug’ shoir barhayot vaqtidayoq ko’chirilgan, har jihatdan ishonchli qo’lyozmalar turkumiga ega bo’lsak, taassauf bilan qayd etishga majburmiz, Navoiydan roppa – rosa ikki yuz yil keyin tavallud topgan va o’z davrida katta shuhrat tutgan Mashrab asarlarining e’tiborli qo’lyozmalariga ega emasmiz.
Rasmiy kitob xazinalarida saqlanuvchi qissa – manqabalar tarkibidagi Mashrab asarlarining eng qadimiy nusxalari uzog’i bilan XIX asrning o’rtalariga, shaxsiy kutubxonalarda esa XIX asrning birinchi choragi atroflariga to’g’ri keladi.
Mashrab asarlarining qo’lyozma nusxalari, ularning yetakchi xususiyatlari haqida quyidagi umumiy mulohazalarni qayd etishni lozim hisoblaymiz

Vah – vah! Na go’zalsan, na ajoyib, na qiyomat,


Hay – hay! Na jafo qilsa sanam – jonima rohat!

Misralari takrorlanuvchi go’zal she’r shoir asarlarining bizda amalgam oshirilgan birinchi nashrda 4 banddan iborat musaddas tarzida bosilgan. Keyingi nashrlarda esa uning aslida to’qqiz yrttilik banddan iboratligi aniqlangan. Ya’ni, batamom boshqa shakl va hajm jihatidan ham ikki marotobadan ko’proq katta.


Ikkinchi jiddiy masala Mashrab taxallusli asarlarning barchasi ham aslida Mashrab qalamiga mansub emasligi masalasiki, bu 30-yillardayoq Fitrat, Izzat Sulton maqolalarida ko’tarilgan. Bunga qo’shimcha ravishda ba’zi uyg’ur adabiyotshunoslarning shoir asarlari nashrlaridagi ayrim g’azal – muxammaslarning XVII – XVIII asrlar uyg’ur shoirlari, jumladan, Zaliliy, Gumnomlar meroslarida ham deyarlik aynan uchrashi haqida matbuotda chiqishlarini nazarga olsak, masalaning jiddiyligi va maxsus o’rganish lozimligi yanada oydinlashadi. Bu ish shuning uchun hsm zarurki, matn jihatidan eng pishiq hisoblanuvchi so’ngi nashrda ham ba’zi na’munalar, ulardagi mazmun va imo – ishoralarga ko’ra, Mashrab qalamiga mansubligi juda shubhali ko’rinadi. Shoir asarlariga turli davrlarda o’xshatmalar yozishga katta intilish bo’lganligi, shuningdek, uning hayot yo’lini rivoyat tarzida bayon etuvchi qissalarda shoir qalamiga tegishli bo’lmagan, ammo “Mashrab” tahallusi mavjud (masalan, onasi va singlisi tilidan aytilgan) g’azal – muxammaslarning ham uchrashi har bir na’munaga ehtiyotkorlik bilan yondashish lozimligini ko’rsatadi.
Masalan, shoirning bo’lajagi, Blxda dorga osilajagi haqida misra – baytlar uchrovchi g’azal – muxammaslar, bizningcha qissada voqealar rivojiga ko’ra hamda Mashrabni avliyolashtirishga urinish, bashorat, karomat sohibi sifatida ko’rsatish niyatida boshqalar tomonidan to’qilgan. Shunday na’munalarning birida “Balx shahrida shahid bo’lishi” bashorat qilinsa, ikkinchisida “Mansur Hallojdek dorga osilgan o’zginam” misrai mavjud. Yana boshqa g’azallardagi manabu baytlarga diqqat qilyalik – ularni Mashrabning o’zi bitishi mantiqqa qanchalik to’g’ri keladi.?
Mansuri Hallojdek ichib sharobi antahur,
Charx urub yig’lab tururman ushbu dam dor oldida

Dori Mansuri analhaq joyidur,


Bosh berib yuz ming nido topsam kerak.

Onai zorimga bermanglar xabar,


Balx shahrida qazo topsam kerak.

Yoki:
Necha Mansur o’ldi irshodmand muhabbat yo’lida,


Manga ham dore qurulg’onda yetar bu qismatim.

Bizga tarixdan ma’lumki, xuddi shunday bo’lgan: Balx shahrida Mahmudxon dorga ostirgan. Ammo Mashrab bo’lajak voqealarni oldindan aniq karomat qilgan va she’rga tushirgan, deyish ishonarli emas.


Boshqa andishalar ham bor. Masalan, “o’rus” so’zi she’riyatimizga qachon kirgani masalasi. To’g’ri, Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” dostonida “Rus” atamasini ishlatadi, ammo millat ma’nosida emas, balki mamalkatning nomi tarzida. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelibgina, ya’ni Turkistonni Rossiya bosib olganidan so’ng bu so’z chindan ham keng tarqaladi, she’riyatga ham kiradi. Shuning uchun ham to’plamdagi:
Gohi o’rus, gohi cherkas, armoniyu ro’siyoh –
va
Goh o’rus, goh cherkas, goh mo’min, goh tarsoman –
misralari uchraydigan g’azal va muhammaslar kimga mansubligini va qachon bitilganligini jiddiy o’ylab ko’rish kerak.
Qisqasi, Mashrab adabiy merosining hajmi, mundarijasi, janr xususiyatlari hali yetrali darajada to’plangan va o’rganilgan emas. Asarlarning amalgam oshirilgan barcha nashrlari chala va qo’surli desak xato bo’lmaydi. “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida Mashrabning hali nashr etilmagan yetmishdan ortiq g’azallari topilganligi haqida xabar va bir necha na’munalar bosilgani ham, “Mabdai nur” va uning muallifi to’g’risidagi maqollar ham hali bu sohada ko’p ishlar qilish kerakligini ko’rsatadi.
Bbizningcha, birinchi galda turli adabiy markazlarda ko’chirilgan diqqatga sazovor qo’lyozmalarni o’zaro qiyoslab, shoir asalarining jilla bo’lmaganda, chog’ishtrma – yig’ma matnini tayyorlash zarur. Bunda bu kungacha deyarli to’planmagan forsiy asarlarini ham nazarda tutish kerak. Mana shundagina shoir haqida chuqur ilmiy va xolis tadqiqot uchun kerakli poydevor yaratilgan bo’ladi.


Download 311.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling