Gumanitar fanlar fakulteti
Download 311.5 Kb.
|
Mahrab lirkasida ijtimoiy ohanglar
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAHRAB LIRKASIDA IJTIMOIY OHANGLAR MAVZUSIDA YOZGAN KURS ISHI Ilmiy rahbar katta o`qituvchi: CHIRCHIQ 2023
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI OZBEK VA ADABIYOTI YO`NALISHI GUMANITAR FANLAR FAKULTETI 21/1 IRODA NAZARALIYEVA OZBEK ADABIYOTI TARIXIDAN MAHRAB LIRKASIDA IJTIMOIY OHANGLAR MAVZUSIDA YOZGAN KURS ISHI Ilmiy rahbar katta o`qituvchi: CHIRCHIQ 2023 MASHRAB LIRIKASIDA IJTIMOIY OHANGLAR Reja I. Kirish. Ozbek adabiyotida Mashrabshunoslik muammolari II. Asosiy qism: A) Boborahim Mashrabning hayoti va ijodi B) Mashrab sheriyatining goyaviy xususiyatlari D) Mashrab va xalq poeti ijodi E) Shoir sheriyatida xalq maqollarining orni F) Mashrab lirikasida irsoli masal va talmeh sanatlarining ishlatilishi III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar royxati. Kirish Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik mamlakatimiz iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va manaviy taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi. Bu esa о‘tmish tariximizni, ma’naviy qadriyatlar va merosimizni mustaqillik ehtiyojlari nuqtai nazaridan qayta kо‘rib chiqib, ulardan oqilona foydalanishni taqozo etadi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “ Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo'lgan o'zbek tili xalqimiz uchun milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma'naviy boylik, buyuk qadriyatdir. Kimda-kim o'zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta'sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo'lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o'lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo'shiqlariga quloq tutsin”. Bu sо‘zlar milliy adabiyotimiz tarixini о‘rganayotgan olimlar uchun dasturul amaldir. Shu vaqtgacha о‘nlab adiblarimiz va allomalarning adabiy, diniy va tarixiy merosi qayta о‘rganilib, asarlari nashr qilindi. Shular qatori ulug‘ shoir Boborahim Mashrabning ijodiy merosi turli yо‘nalishlar bо‘yicha ilmiy-nazariy jihatdan о‘rganildi, о‘rganilmoqda. Ayniqsa, uning adabiy merosini tо‘plash va nashr etish borasida samarali ishlar qilindi. Mashrabning jumboqlarga tо‘la hayoti va ijodiy merosi haqida manbalar tо‘plandi, uning lirikasi Devon holida nashr etildi. Shoir lirik asarlarining goyaviy-tematik jihatlari, mahorati, poetik tili, ijodiga doir ilmiy tadqiqotlar yuzaga keldi. Kop asrlik boy adabiyotimizning chuqur mazmundoorligi va keng kolamini ming bir xil rang va jilovlarini uning turli tuman ohang va navolarini Lutfiy va Navoiy, Bobur va Mashrab, Gulxaniy va Turdi, Ogahiy va Monis, Muqimiy va Furqat, Avaz va Zavqiylar bilan yonma yon qalam tebratib xalqimizning ezgu intilishlari orzu umidlarini, quvonch shodligi va dardu hasratlarini kuylagan Boborahim Mashrab ijodisiz tasavvur etish qiyin. Boborahim Mashrab asarlarini ayniqsa uni sheriy ijodini tahlilq qilish, organish,uning merosini u haqidagi turli tuman qarashlarni qiyosiy tahlil etish bugungi kun ozbek adabiyotining asosiy masalalaridan biridir. Mashrab ijodining tarixiy-filologik, xronologik, falsafiy va tilshunoslik nuqtai nazaridan о‘rganilganligi, kelgusida qilinadigan ishlarni aniq belgilab olish imkonini beradi. Shо‘ro davrida ham bu borada salmoqli ishlar qilingan. Biroq shoir adabiy merosi xususidagi ilmiy maqola va risolalar о‘sha davr mafkurasi talablari asosida baholandi. Shunga qaramay, ular fakt va dalillarning kо‘pligi bilan katta ahamiyatga egadir. Bugungi kunga kelib Mashrab ijodi matnshunoslik aspektida ham о‘rganilmoqda. Ilmiy qayd va xulosalarga suyanib turib, shoir merosining hali yetarli tadqiq etilmagan jihatlari kо‘p ekanini ta’kidlash kerak. Mashrab lirikasi bо‘yicha mavjud ilmiy ishlar sharhi shuni kо‘rsatadiki, shoirning poetik mahorati sirlari, she’rlaridagi badiiy san’atlarning funksiyalari, shoir qо‘llagan xalq maqollari, matal, aforizm va frazeologik iboralar shu paytga qadar maxsus tahlil qilinmagan, ularni mustaqillik sharoitida milliy-ma’naviy tiklanish mezonlari asosida о‘rganish zarurati bor. Bu esa ushbu tadqiqot mavzusining dolzarbligini kо‘rsatadi. Mashrab kuylagan g‘oyalar millat taraqqiyoti va shaxs kamoloti uchun, ayniqsa, muhimdir. Shoir ma’naviy merosini tadqiq va targ‘ib etish tariximiz, madaniy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni yaxshiroq о‘rganishga hamda yangi avlod vakillarida ajdodlarimizga ehtirom, milliy iftixor tuyg‘ularini tarbiyalashda yordam beradi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev aytganidek: “Bizni mushtarak tarix va madaniyat, yagona muqaddas din, o‘xshash mentalitet, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va ananalar, hamda ajralmas dostlik chambarchas boglab turadi. Bularning barchasi, xalqlarimiz farovonligi va ravnaqi yolida Markaziy Osiyo davlatlari salohiyatini birlashtirishga qaratilgan ozaro manfaatli hamkorligimizga mustahkam poydevor bolib xizmat qiladi. Shoir gazallarining xalq tomonidan kо‘p о‘qilishi, hofizlar tomonidan kuylanishi, og‘izdan og‘izga, avloddan avlodga kо‘chib yurishi ham uning xalq qalbiga naqadar yaqinligini kо‘rsatadi. Mashrab adabiy merosining katta qismi bizgacha xalq kitoblari orqali yetib kelganligi ham fikrimizni tasdiqlaydi. Bu esa, shoir nazmiy asarlarining xalq ruhiga nechog‘lik yaqin ekanini kо‘rsatadi. Mashrab she’riyati va xalq og‘zaki ijodi muammosini о‘rganish shuning uchun ham dolzarb muammolardandir. Download 311.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling