Gumanitar fanlar fakulteti


Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati


Download 311.5 Kb.
bet4/10
Sana06.04.2023
Hajmi311.5 Kb.
#1335603
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mahrab lirkasida ijtimoiy ohanglar

Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Ilmiy ishning natijalari kelajakda о‘zbek lirikasini, xalq og‘zaki ijodi an’analari tizimini, uning tarixiy taraqqiyotini о‘rganishda, shuningdek, о‘zbek mumtoz adabiyoti tarixini yaratishda ilmiy manba sifatida xizmat qilishi mumkin.
Mazkur ishdan о‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi bо‘yicha darslik va qо‘llanmalar yaratishda, shuningdek, oliy о‘quv yurtlarining filologiya fakultetlarida ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida foydalanish mumkin.
Tadqiqotning tuzilishi va hajmi. Ushbu Bitiruv malakaviy ish kirish, ikki asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


I.bob.O’zbek adabiyotida Mashrabshunoslik muammolari
Boborahim Mashrab ijodini o’rganishda katta ishlar qilingan bo’lsa-da, aksar hollarda uning ijodiga bir tomonlama yondashuvlar bo’ladi. Jumladan, “Mabdai nur” va “Kiyo” asarlari Mashrabniki emas, deb baholash oqibatida uning adabiy merosi doirasi toraytirildi. Bugungi kunda Mashrabning shoh asarlari sanalgan bu ikki mumtoz masnaviy ilmiy muomalaga olib kirildi.
Mashrabning hayot lavhalari, ijodiy faoliyatidan xabar beruvchi manbalar XVII-XIX asrlarda yaratilgan tarixiy solnomalar,manoqiblar, qissalar va tazkiralardan iborat. Mashrab yashagan davrga eng yaqini uning bevosita zamondosh bo’lgan va 1640 – yilda tavallud topgan Maleho Samarqandiydir. U 1692 – yilda yozgan “Muzakkir ul-ashob” tazkirasida Mashrabning qayerda tug’ilgan, kimlardan ta’lim olib, qanday ruhdagi she’rlar yaratgani xususida juda qisqa ma’lumot beradi. Tarixchi Muhammad Hakimxon To’raning “Muntaxab ut-tavorix”, Majzub Namangoniyning “Tazkirat ul-avliyo”, Abdumutallib Xojai Fahmiyning “Tazkirai Fahmiy”, Sharifjon Mahdumning “Musavvadai Abdushukur Ziyo” kabi asarlarida ham Mashrabning hayoti va ijodiga oid qimmatli ma’lumotlar keltirilgan.
Vohid Abdullayevning shahodat berishicha, Mashrabning hayoti va ijodiy faoliyati XVII-XVIII asrlardayoq ilm ixlosmandlari tomonidan o’rganila boshlagan. Surat, Bexud, Nozim Hiraviy, Shavkat Buxoriy, Rafel Shohid, Zuhur kabi taniqli shoirlar Mashrabning she’rlari, sertashvish hayoti va uning ayanchli taqdiri haida ma’lumot beruvchi mulohazalarni Shamsiddin Somibekning “Qomus ul-a’lom” asariga suyanib bayon etganlar. Ayrim adabiyot muhlislari esa o’zlari tuzgan to’plamlarga, bayozlarga Mashrab she’rlaridan namunalar kiritganlar. Chunonchi, XVII asrda yashab ijod etgan Zohir Buxoriy Mashrab musannifotlarini zavq bilan ko’chirganlar.
Mashrab hayoti va ijodi bilan qiziqib, u haqda qiziqarli fikrlar bayon qilgan yana bir shaxs Ziyovuddin Ishoq bog’istoniydir. U o’zi ham Mashrab bilan bo’lgan shaxsiy yaqinliklar to’g’risida juda qiziqarli ma’lumot beradi. 87 sahifadan tashkil topgan bu kitobchada Ishoq Bog’istoniy mashhur So’fiy Mulla Bozor Oxundni tavof qilgani borib, u yerda Mashrab bilan ham tanishganini aytadi. Mazkur kitobda Mashrab o’sha paytdayoq xalq o’rtasida mashhur shoir ekanligini ko’rsatuvchi dalillar mavjud.
Mashrab asarlari “Devonai Mashrab”, “Eshon Shomashrab”, “Shomashrabi devonai Namangoniy”, “G’azali eshon Shomashrab”, “Muxammasi Mashrab” nomlari bilan qayta – qayta kitob qilinib, xalq ichida tarqatilgan. Ana shu devonlarga va xalq qissalariga tayanib turib, N.S.Likoshin 1889 – yildayoq “Turkiston viloyatining gazeti”ning 26, 28, 29, 34, 39 – sonlarida “Namanganlik Mashrab devonaning ahvolini bayoni” sarlavhasi ostida tadqiqot e’lon qilib, folklore an’analari shoir ijodidagi eng muhim qirralaridan biri ekanligini sharxlab ketgan. Shundan so’ng rus sharqshunosligida Mashrabga qiziqish kuchayib, professor N.I. Veselovskiy 1895 – yildayoq “восточние заметки” deb nomlangan asar yozib, uni Sankt – Peterburgda nashr ettirdi. U ham Mashrab mahorati xususida so’zlab, uni turli masalalarni tanqidiy baholashda xalq og’zaki ijodidagi masal, maqol, metal va hikmatlarga suyanib ish ko’rganligini alohida ta’kidlaganlar.
O’tgan asrning 50 – yillarining oxirida G’afur G’ulom boshliq bir qancha nufuzli olimlar “Ikki Mashrab” xususida yangitdan so’z ochdilar: ular kuyib – pishib “mabdai nur”ning muallifi Mullo Ro’zi Oxund Mashrab degan boshqa bir shaxs ekanligini dalilamoqchi bo’ldilar. Faqatgina 1994 – yilga kelib, bu asar professor I.Abdullayev tomonidan chuqur o’rganilib Mashrabga mansubligi o’rganildi va chop ettirildi.
70 – yillarga kelib, Mashrabning tug’ilgan joyi, yili haqida yana katta bahs ochildi. Respublika matbuotida bu mavzuga bag’ishlab ko’plab maqolalar e’lon qilindi. Jumladan, A.Abdug’afurov, I.Sulton, Z.Rizayev, Sh.Zunnunov, M.Zohiriylar o’zaro bahsga kirishib, uning hayoti va faoliyati, adabiy merosi haqida qator chiqishlar qildilar. Bu o’zaro munozaralarga asolangan maqolalarda ham Mashrab asarlarining g’oyaviy – badiiy jihatlari, uning tug’ilgan joyi, vafoti tarixi bilan bog’liq masalalar u yoki bu darajada tadqiq etildi.
Mashrab adabiy merosini xalqqa yetkazishda hamda, uni tekstologik jihatdan o’rganishda P.Shamsiyev, A.Hayitmetov, A.Abdug’afurov kabi olimlarning xizmatlari nihoyatda kattadir. Bu o’rinda Mashrab devonini nashr etishda V.Rahmonov, J.Yusupovlarning xizmatlarini ko’rsatib o’tish zarur. Shoir ijodini har tomonlama o’rganishda M.Zokirovning “Boborahim Mashrab” monografiyasi, A.Abdug’afurovning “Erk va ezgulik kuychilari” kitobi, “O’zbek adabiyoti tarixi” besh jildligining Mashrabga bag’ishlangan bobi va boshqa olimlarimizning o’nlab maqolalari katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Shoir va yozuvchilar ham Mashrab hayoti va ijodiga katta qiziqish bilan qaraganlar. Jumladan, Hamid G’ulom, Shuhrat shoir haqida alohida romanlar yaratib, u haqda xalq tomonidan asrlar osha yaratib qoldirilgan hikoya va qissalar asosida Mashrab shaxsiyatini ochishga harakat qilganlar. Yozuvchi va olim Mirkarim Osim esa Mashrab haqida yaratilgan folklore qissalariga suyanib, “Singan setor” nomli asarini yaratgan.
Mustaqilligimizdan keyin Mashrab ijodini metodologik jihatdan ilmiy o’rganish to’g’ri yo’lga qo’yildi. Bu o’rinda yosh tadqiqotchi D.Hamrayeva, marhum professor Ismatulloh Abdullayevlarning xizmatlarini alohida ta’kidlash zarur. I.Abdullayevning tashabbusi bilan shoirning “Mabdai nur” va “Kimyo” asarlari xalqqa qaytarildi. Mashrab tavalludining 350 – yilligi munosabati bilan Namanganda chop etilgan ilmiy to’plam ham uning ijodini o’rganishdagi navbatdagi qadam bo’ldi. Namangan teatrida sahnalashtirilgan Aziz Tursunov tomonidan yozilgan to’rt pardali “Mashrab” nomli lirik dramaning matni ham ushbu to’plamda nashr qilingan.
Demak, olimlarimiz hozirga qadar otashnafas shoirimiz Mashrab ijodini o’rganishda ma’lum yutuqlarni qo’lga kiritishgan.
Har qanday katta ijodkor shaxsiyati , hayot yo’li va, ayniqsa merosi turli bahs – munozaralarga, ilmiy tortishuv va fikrlar kurashiga, bir – birida farqli, ba’zan esa, tamoman zid bahs – munozaralrga asabab bo’ladiki, bu ilmda tabiiy va shubhasiz foydali hisoblanadi. Mashrab dunyoqarashi va merosi, e’tiqodi va kurashi xususida ham xuddi shunday jiddiy munozaralga, bir – birini butunlay inkor etuvchi qarashlarga duch kelamiz, ko’pgina taxin va “emish”larni ba’zan esa, “qat’iy” xulosalarni uchratamiz. Bu bobda ham bizda hech qanday e’tiroz yo’q. ilmiy halollik va axloq odob - doirasida xolis va daliliy munozara mumkingina emas, hatto zarurhamdir. Xullas bu ham yangi maqola money bo’lmagan. O’ylaymanki, Mashrab dunyoqarashi, iodide, olg’a surilgan g’oyaviy yo’nalish, she’riyatdagi murakkab obrazlar va tag’dor ramzlar, kinoya ishoralar, qo’llanilgan she’riy san’atlar, van va til hususiatlari ham, inson sifatidagi, xislat belgilari, ta’bi – tabiati, fe’li – atvori ham asosan darbadarlikda kechgan nihoyatda chigal va fojia bilan yakunlangan hayotyo’li ham ko’pdan ko’p yangi izlanishlarni ta’lab qiladi, tortishuv va fikriy talashlarni maudonga chiqaradi. Biz bularning talabdorigina emas, balki shoirning chin muhlisi sifatida ma’nfaatdormiz.
Shoir adabiy merosining ko’lami, qamrovi, mohiyati, g’oyaviy – badiiy mazmun xususiyatlari she’riyatining jozibasini shakllantirgan san’atlar, tasviriy vositalar Mashrab shuhratini ta’minlagan omillar biroz chetga surilgandek, ikkinchidarajali deb qaralayotgandek, unutilayotgandek ko’rinardi.
Go’yo bosh va eng muhim masala shoir qayerda va qachon tug’ilgani! Uning jur’at va jasorat to’la hayoti, ijtimoiy faoliyati va bebaho ijodiy merosi emas, balki, qachon va qayerda tug’ilgani! Shu “masala” “ilmiy” hal bo’lsa bo’lgani! Bunday bahslarni o’qiganimizda darhol mashhur Turk yozuvchisi Aziz Nessinning “Sharmandiy qachon tug’ilgan?” nomli mitti hajviyasi esimizga tushardi. Unda adabiyot tarixidan katta bir “mutahassi”ning “o’n besh yillik” izlanish natijasida “o’n to’rtinchi asrda o’tgan shoir Sharmandiy”, “may oyining to’rtinchi kunida emas balki, uchinchi kuni kechasi tug’ilgani”ni isbotlab berganligi, xali bu bobda izlanishlar davom etayotgani, “yana bir necha jildlik” tadqiqotlar yaratilajagi achchiq kulgi bor. Biz, eslagan hajviya mantiqi bilan aytgan, yanada murakkabroq vazifaga bel bog’lagan edi: Mashrabning faqat tavallud sanasi emas, balki tug’ilgan joyini ham aniqlashga kirishdik.
Yaqinda “muhim” jumboqlar sirasiga yana bir jiddiy “ilmiy” jumboq qo’shilgan edi. Shoirning nomi Boborahim Mashrab emas alki Rahim bobo shaklida yozilsa to’g’ri boladi degan fikrlar aytildi. Bu masalaga biz ham o’z fikrimizni bildirmoqchimiz. Aytaylik Andijonda o’n yettinchi yilning falon yilda tug’ilgan bo’lsin, yoyinki, Buxoroda, Toshkentda yoki Xorazmda tug’ilgan degan fikrlar shoir merosiga bo’lgan hurmatni yuksakligiga ta’sir qiladimi! Namanganda tavallud topgan bo’lsa nahotki Andijonlik she’riyat muhlislari uchun Mashrab misralari boshqacha jaranglasa, barkamol g’azallarning ahamiyati kichraysa, hayotbaxsh murabba va mustazodlarning maftunkor jozibasi kamaysa. Axir, hazrat alisher Navoiyning Hirotda tavallud topib usha yerda vafot etganligi ulug’ shoir merosiga bizning samimiy mun0sabatimizga qilcha bo’lsa ham ta’sir ko’rsata olmaydiki.
Biz uchun avvalo va birinchi novbatda ulug’ bobolarimizning insoniyat va ruhiy olamiga quyishdek ko’tarilib, she’riyat osmonida hamon porlab turganliklari, sahiylik bilan hammaga bab – barabar ziyo va marifat yulduzlarini tarqatib badiiy zavq – shavq va chin insoniy g’urur ulashayotganlari cheksiz baxt emasmi.
Biz bitiruv malakaviy ishimizda Mashrab haqida yozilgan barcha ilmiy ishlarni kuzatib uni namanganlik deb e’tirof etdik. Xuddi Navoiy Hirotda, Bobur Andijonda, Abdulla Qodiriy toshkentda tug’ilgan deyilganidek, Mashrabni Anidijonlik deb hisoblovchi muathasislar uchun ham xuddi shunday – ular tarixcha xaqiqatni oddiy qayd etishdan boshqa maqsad bo’lmagan. Chindan ham gap u yoki bu ijodkorning, jumladan, Mashrabning qayerda va qachon tug’ilgani emas. Muhimi shundaki Boborahim Mashrab o’zbek mumtoz adabiyotining she’riyatining yorqin yulduzidir. Bunda hech qanday hato va mubolag’a yo’q.
Bu olam ahli ichra dil parishon bo’lmasin hech kim – deb nara tortan Mashrab hammaga barobar va u barchaniki. Boshqa bir g’azalda shoirni hammaga aloqador ekanligi ta’kidlagandek ko’rinadi:
Hech bilmasman o’zimni qaysi millat xalqiman, va shu o’rinning o’zida, juda jiddiy va nihoyatda izoh beradi:
Har qayerda bekasu bechoraga hamhonaman!
Ehtimol shoirning dil – dilidan chiqqan bu samimiy iqror o’zrinsiz bahslarga endilikda uzil – kesil chek quyishdan bosh mezon bo’lgandir. Bundan tashqari adabiyotshunoslar shoir tarjimai holiga oid ma’lumotlardagi turlilikka barxam berishlari lozimliklari bizningcha ayni muddaodir.
1992 – yil aprel oyida Toshkentda FAsida o’tkazilgan Mashrabshunolik yig’inida ham ayni shu masala keng muhokama qilindi. Konferinsiyada shoirning tug’ilgan yili 1640 (hijriy 1050) tavallud topgan shaxri esa uning o’z asarlaridagi ma’lumotlar asosida Namanga deb qabul qilinishi yakdillik bilan maqullandi.
Mutaxasislar qabul qilgan bu ilmiy xulosa foydasiga yangi bir dalil keltirish ham o’rinli ko’rinadi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yashab ijod qilganshoir Hoji Sobir Samarqandiyning asrimiz boshida litografik usul bilan chop etilgan bayozining 40-41 betlarida mana bu g’azal bayon qilingan:

Oshiqlarning oshiqi, Mashrabi Namangoniy,


Bir xudoning majnuni Mashrabi Namangoniy.

Dunyoni taloq etgon, harisni tepib yurgon,


Olamni uch aylongon Mashrabi Namangoniy.

Tanburi qoshg’ariy qo’lga, tushtilar yarim yo’lga,


Balh shahrini cho’liga Mashrabi Namangoniy.

Ul Balh shahriga borgon, Mahmud bilan aytushgon,


Ishqiga shohid bo’lgon Mashrabi Namangoniy.

Bordilar Madinaga – hazratimni qoshiga,


Rahmati xudo anga Mashrabi Namangoniy

Hammani qilur barbod, bu dasti ajalda dod,


Avliyoi madarzod Mashrabi Namangoniy.

Taqdiriga tan bergon, jannat ichiga kirgon,


Hurlar bila aysh etgon Mashrabi Namangoniy.

Qoshg’ar shahriga borgon, har shaharga g’azal aytgon,


Hojiga nazar qilg’on Mashrabi Namangoniy.

G’oyaviy – badiiy tomondan, shuningdek, she’riyat talablariga izchil rioya qilish jihatidan qator kamchiliklardan xoli bo’lmagan bu g’azal bir so’z yuritgan masalaga ravshanlik kirituvchi ishonchli dalillardan biri sifatida qimmatlidir.



Download 311.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling