Gumanitar fanlar fakulteti
I.1. Boborahim Mashrabning hayoti va ijodi
Download 311.5 Kb.
|
Mahrab lirkasida ijtimoiy ohanglar
I.1. Boborahim Mashrabning hayoti va ijodi
Boborahim Mashrab 1640 yilda Namanganda Valibobo bozchi oilasida dunyoga kelgan. Otadan yosh yetim qolgan. Shunga qaranay chuqur bilim olishga harakat qiladi. Dastlab oz qishlogdagi mulladan tahsil olib savod chiqaradi. Uning bolaligi, tahsil yillari haqida Qissayi Mashrabda kop rivoyatlar keltirilgan ulardan biz yoshligidn ilohiy jazba tekkan, gayri oddiy, gayb asroridan voqif bir inson bolganini koramiz. Jumladan, ilk tahsil kunlarning birida ustozi undan alif deyishini soraydi, Alif deydi. Endi be (arab alifosidagi 2-harf) deng, deydilar. Shunda shoh Mashrab ustozlaridan alif va bening manosini tushuntrib berishni soraydilar. Shunda domla biroz achchiqlandi. Buni korgan Mashrab aydilar: Ey domla. alifni manosini siz aytmasangiz man aytarman. Ustozlar aytdilar: Ey oglum, alifni manisi nimadir? Shoh Mashrab aydilar: Domla, alifni manisi birdur. Ul sababdin Be demasmen. Mundin otmak xatodur. Buni eshitgan ustoz shogirdining quvvai afkoridan hayratga qoladilar. Chunki shunday yoshda olam va odamning mohiyatini bunchalik teran anglash gayri odatiy hol edi. Bu rivoyat bizni Mashrab dunyoqarashining eng muhim asrori bilan oshno etadi. U butun borliqni Ollohning zuhuri deb bilishini, Olloh bitta boshqa barcha mavjudod uning tajallisi deb tushunishini anglatadi. Uning bunday otkir zehnini korgan ota onasi zamonasining eng ulug shayxlaridan bolgan Mulla bozor Oxund qoliga tahsil uchun topshirdilar. Mashrab u yerda diniy va tasavvufiy falsafani organadi. Mansur Halloj, Farididdin Attor, Nasimiy, Ibrohim Adham dunyoqarashi bilan tanishadi. Hofiz, Lutfiy, Navoiy sheriyatiningfayzosor navolaridan bahramand boladi. Ularniing koplab asarlarini yod oladi. Ulardan ilhomlanib, oz tuygularini ruhiyatining rang barang manzaralarini ifodalab oziga xos asarlar yarata boshaydi. Mashrab Namanganda har tomonlama puxta bilim olgandan keyin, undagi gayritabiiy layoqatni korgan ustozi uni Qashqarga Ofoq Xoja huzuriga bilimini yanada chuqurlashtirish maqsadida yuboradi. Mashrab Ofoq Xoja dargohida 1665 yildan boshlab 7 yil xizmat qiadi. Shu yillarda u tariqat bosqichlarini amaliyotini bosib otadi. Tasavvuf talimoti goyalarini sheriyatiga olib kiradi. Qissayi Mashrabdagi rivoyatlar orqali biz Mashrabning ruhiy takomil bosqichlari haqida ham xulosalar chiqarib olishimiz mukin. Tasavvuf talimotida Olloh asrorini organishning 2 yoli mavjud. Birinchisi, ilmi qol. U mantiqiy tafakkurga asoslangan. Ikkinchisi, ilmi hol. U ruhiy takomil darajalariga tayanadi. Mashrab Ofoq Xoja huzurida ana shu ilmi hol tahsilini olai. Shu yerdagi hayoti paytida shoir buni etirof etgan orinlar bor: Bildiki, ilmi holni oldida ilmi qol bir kasb. Ofoq Xo’ja kanizagi bilan Mashrab ortasidagi munozara ham har xil sharhlanadi. Kimdir bu munozarada dunyoviy mazmun korsa (buni tushunish qiyin emas,) kimdir unda ilohiy ishq darajalarini koradi: Kanizak nozu karashma birla dediki: ey Mashrab, to yeti yildirki, seni dogI ishqing mani siynamga joy olibdur. Bukun mening birla bir yerda olturmasang qiyomatga mani qolum sening etagingda bolgay. Shoh Mashrab ani korub behud boldilar. Yana hushlariga kelib aytdilarki: Ey bor Xudoyo muningdek ofati jon bandalaring bor ekan, - deb behud bolub yiqildilar. Bu voqea ayol bolgach Ofoq Xoja Qizil libos kiyib shamshiri barahna birla robaro boldilar, - deyiladi qissada. Ranglar sofiy ruhiy holatlari. Alloh tomon safaridagi daraja – bosqichlarini bildirib turadi Qizil rangda solikning ruhi vujuddan ajrala boshlagani, marifatga yaqinlashgani, manaviy mohiyatlar olamini anglagani malum qilinadi. Ammo, bu bosqich hali hirs qutqusidan xalos bolmagan bir holatdir. Demak, Mashrabning goh Xud, goh bexud bolishi, Ofoq Xojaning Qizil libosda tasvirlanishidan shoirning marifatga yaqinlashganini xulosa qilishimiz mumkin. Xuddi shunday ruhiy darajada solikka pirning rahnomoligi zarur boladi. Shuning uchun ham Ofoq Xoja Mashrabga peshvoz chiqadi. (Uni togri ruhiy manzilga yonaltirish uchun shahvat tomiriga muhr qizdirib bosadi). Bu borada shu vaziyatda aytilgan ayrim sheriy parchalarga ham ishora bor: Bir oh urubon Laylini Majnun qilayozdim, Pirsiz kishilar borgusidur nori alamga, Tasavvuf lugatlarida soch zulf Olloh bilan dunyo ortasidagi parda sifatida izohlanadi. Quyidagi baytda devonalik bexudlik shu perdani parishon qilishi, tozatishi haqidagi fikr singdirildi. Mumtoz adabiyotda Layli va Majnun oshiq va mashuqa timsoli hisoblanadi. Mashrabning shu orinda keltirilgan ushbu gazalida oshiq va mashuqa ortasidagi masofa yoqoladi, yani mashuqa ham oshiqqa aylanadi. Yagonalik, birlik paydo boladi. Buni Anal haqlikning talqini deyish mumkin: Bir hu chekibon Laylini Majnun qilayozdim, Devonaligim shona urur zulfi sanamga Qissaning shu orinda Mashrab yuqoridagi sheriy parchalarni aytgandan song Ofoq Xoja uning shu paytdagi ruhiy holati haqidagi hukmni bayon etadi: Ey sofilar, Mashrabni tutinglarki, andan Mansur Hallojning boyi keladur 1673 yilda Mashrabning onasi vafot etadi. U shundan keyingi hayotini qalandarlik bilan otkazadi. Kop viloyat va shaharlarga boradi. Hamma joyda xalq uni ulug avliyo, sofiy shoir sifatida qabul qiladi. U qayerga bormasin, zamondoshlariga olamning va hayotning mohiyatini tushuntirishga xizmat qiladi. Togri yoldan adashgan, nafsiga maglub kimsalarni hushyorlikka, uygoqlikka davat etadi. Insoniyatni mudroqlikdan, manaviy soqirlikdan ogohlantiradi. Qissadagi ayrim rivoyatlar insoniyat tabiatidagi uni tanazzulga yetaklovchi qusurlar, xislatlardan ogohlantiradi. Jumladan, manmanlik, takabburlik kishini nazaridan qoldiradi, Ollohdan uzoqlashtiradi. Bunga Mashrabning munosabati qisqagina rivoyatda yorqin ifodalab beriladi. Mashrab Buxoroyi Sharifda bir qalandardan otini soraydi. Mani otim Ponsadmandur.shoh Mashrab aydilar: Shayton bir marotaba manlik qilib boyniga tavqi lanat tushti, san besh yuz manni (Ponsad fors-tojikchada besh yuz demakdir) kotarib yurursan. Munosib shulki sandin qochmoq kerak. Mashrabshunoslikda bir mallif ilk bor maydonga tashlagan xato fikrni ikkinchimiz rivojlantirganmiz, uchinchimiz esa uni asoslash, dalillash yollarini qidirganmiz. Chindan ham, endilikda oddiy va hato, odatiy bolib qolgan isyonkor shoir, dahriy shoir unvonlarii olaylik ular zaminida katta ijtimoiy siyosiy va amaliy mazmun mano yotishiga etibor bermay shunday aytaveramiz. Takidlab aytish kerakki, masalan, isyonkor shoir deyilganda, shubhasiz botirsoz va jasurqalb shoir asarlaridagi ruhiy tugyon va jasoratli hayqiriq; shiddatli xitob va qatiy ohang, zulm va adolatsizlikka qarshi keskin norozilik va ayovsiz fosh etishni emas, amaliy faoliyatidagi zoravon amaldorlar va riyokor ruhoniylar bilan murosasiz bahsni ham emas, balki siyosiy tushunchadagi isyonkorlik nazarda tutilgan. Bunday siyosiylashtirishda shoirning dorga osilganligi jiddiy dalildek tuyuladi. Aslida esa bu mudhish fojianing yuz berishining bosh sababchisi shoirning isyonkorligimi yoki ruhoniylarning munofiqligi va hokimlarning jaholatimi buni ham jiddiy organish lozim. Bizningcha, Mashrabning amaliy ijtimoiy faoliyatida ham, badiiy asarlarida ham uning siyosiy tushunchadagi isyonkorligini korsatuvchi, hatto bunga biror darajada imo ishora etuvchi asos yoq. Ammo, Mashrabshunoslikda qatiylik bilan shoirni isyonkor sifatida korsatishga zor beraverdik, uni shunchaki deyishni kam deb bildik va oxirgi yillarda Buyuk isyonkor deb tuzatdik. Unga bagishlangan maqolalardan birida xuddi shunday sarlavha qoyilgan. Shoirning buyuk isyonkorliligini isbot etish uchun yangi yangi rivoyatlar toqishga togri keldi natijada Mashrab inqilobchi darajasiga yaqinlashtirib qoyildi. Tadqiqotchilardan birining mana bu takidiga nazar tashlaylik, uning zaminidagi katta siyosiy mazmunga diqqat qilaylik: Sinfiy kurashlar jangida xalq oz manaviy ustozlaridan biri Mashrab edi. Yana oqiymiz: Mashrab xalqning ruhiy rahbari edi Biz Mashrabni ham xalq uchun ustoz va rahnamo ulug zotlar jumlasidan, deb hisoblaymiz. Va nihoyat Mashrab xalq oldidagi oz manaviy rahbarlik burchini alo darajada anglagan deb takidlanadi osha maqolada. Hamonki, Mashrab buyuk isyonkor bolsa, xalqning ruhiy rahbari va xalq oldidagi oz manaviy rahbarlik burchini alo darajada anglagan, sinfiy kurashlar jangida xalq yetishtirgan yolboshchi bolsa u qamalishi, zindonga tashlanishi yoki jilla bolmasa surgun qilinishi kerak. Chindan ham surgun qilinmagan isyonkor isyonkormi yoki tarixda qaysi buyuk isyonkor surgun qilinmagan? Mantiq Mashrabning surgun qilinishini talab qiladi. Marhamat, bu savollarga ham javob tayyor. Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi yubleyiga tayyorgarlik munosabati bilan bosilgan maqolalarning birida jiddiy tarzda Mashrabning Namangandan Qoshgarga nomalum muddatga va ehtimol, umrbod badarga etilganligi haqida soz boradi. Undan oldingi tadqiqotlarning birida esa shoirning Qoshgardan surgun qilinganli haqida oqiymiz. Biz bunday bahs va talqinlarga also qoshila olmaymiz. Tola manoda xalqchil ijodkor bolgan Mashrab bunday suniy uluglashga zarracha ham muhtoj emas. To shu kunga qadar bir yoqlama va dalillarga zid yoritilgan masalalardan yana biri Mashrab va Ofoq Xoja munosabatlaridir. Avvalo shuni aytish kerakki, Mashrabning asli Buxorolik bolgan Hidoyatulloh Ishoqxoja ogli Ofoq Xoja dargohiga borishi mutlaqo badarga emas, aksincha, zamonasining mashhur diniy arbobiga murid tushish va shu orqali manaviy komolotga erish kabi ezgu niyat yolida hamda Mulla Bozor Oxund tavsiyasiga kora qilingan ixtiyoriy ishdir. Mashrab u yerda sofiy falsafiy bilimlarni, qalandarlik shart sharoitlari va yol yoriqlarini egallashga kirishadi. Aftidan, Ofoq Xoja eshon bilim doirasi juda keng, jumladan, badiiy adabiyotda ham anchagina xabardor bolgan, xususan, sheriyatning qadr qimmatini, uning ommaga tasir kuchini yaxshi tushungan. Shu bois, aytish mumkinki, uning dargohida sheriyat ham yuqori baholangan. Mashrab haqidagi qissa malumotlari xuddi shunday guvohlik beradi. Boborahim bilan ilk uchrashuvdayoq Ofoq Xoja uning sheriyatdan oziga xos imtihondan otkazadi, jumladan, Xoja Hofiz Sheroziy va oz gazallaridan yoddan oqishni talab qiladi. Bu sinovdan muvoffaqiyatli otga Boborahimga, qissada yozilishicha, Ofoq Xoja Mashrab taxallusini beradi. Bu malumotning haqiqatga qanchalik muvofiq ekanini aytish qiyin. Har holda ayrim, asarlarida (shoirning) Mashrab taxallusini Ofoq Xoja qoyganligi aniq ravshan qayd etiladiki, bu bejiz bolmasa kerak. Masalan, gazallarning birida: Quddisa sirrihu Xojam otimni Mashrab dedilar, Qoshgaru Yorkand ichinda sohibi guftor ozum. Bayti uchrasa boshqa orinda: Ofoq Xojamki, suyub Oting Mashrab! dedilar, Bosagangda olurman, manda hasrat qolmadi. Misralarini oqiymiz. Bu kabi dalillar Ofoq xoja bilan Mashrab ortasidagi munosabatlar also goyaviy dushmanlik tarzida kechmaganligini korsatadi. Xuddi shu orinda shoirning yana bir iqrorini eslab otaylik u oz hayotini, barcha fazilatlarini, hatto har nafasni pirining sharofatidan, deb ochiq oydin takidlaydi: Har nafaski, manda bor boldi madad Ofoq Xojam, Bolmasa bir quruq yogoch, dashteda kohsor ozum. Eshon dargohidagi kanizaklarning biriga muhabbat tufayli shoirning jismoniy jazolanishi masalasiga kelsak, bizningcha, bu ongli ravishda qilingan va shahvat oldirish, oz nafsini tiyish, tamoman ilohiy ishqga berilish niyatida rasmiy marosimlarni eslatadi. (Ozlikni, nafsni bunday qurbon qilishlik isom dunyosi tarixida ancha muncha uchraydi. Mashrab fojiasini Shayx Shibliyning oz koziga ozi nil tortib, kor bolishi yoki Xoja Ahmad Yassaviy yorug dunyoni tark etib, qorongu grga kochish bilan qiyoslash orinli korinadi.) shoirning bu masala yuzasidan Ofoq Xoja qoshida: Maqbuli hidoyat bolayin deb gunoh etdim – degan iqrori ham xuddi shu rejaga ishora etgandek tuyuladi. Ofoq Xojaning, qissada takidlanishicha, Mashrab gardaniga oz muhrini qizdirib bosishi ham bu taxminni rasmiy marosimni quvvatlagandey korinadi. Shu manoda Mashrabning oz piriga nisbatan chin hurmat ehtiromni umrbod saqlab qolishi ham bejiz bolmasa kerak. Qissa malumotlariga kora, shoir Qoshgarga yana bir marta keladi, keyinchalik esa, Ofoq xojaning Hindistonda ekanligini eshitib, osha tomon uning ziyoratiga shoshiladi. Shoir asarlarining biror orinda, jumladan qissada ham Ofoq Xoja haqida salbiy baho yoq, aksincha, uning nomi doimo izzat ikrom bilan tilga olinadi, 1995 yilda (hijriy 1105-yil) uning vafoti munosabati bilan esa maxsus marsiya tarix yozadi. Qisqasi, Ofoq Xoja bilan Mashrab ortasidagi ozaro samimiy pir muridlik munosabatlari adabiyotshunoslikda jiddiy buzilib, goyaviy raqib shaxslar ortasidagi dushmanlik munosabatlari tarzida talqin etilganki, bunda ham osha suniy siyosiylashtirishning aniq izlari bor. Mashrab insoniyatni mol dunyo, nafs, hirsu havas togri yoldan ozdirishini juda teran anglagan. Ozi bilgan mohiyatni zamondoshlariga oqtirishni farz deb bilgan. Quyidagi rivoyat Mashrabning dunyoga, boylikka munosabati haqida xulosa chiqarishimizga asos boladi. Buxorodan Mashrab bir grib bechorani chaqirib aytdilar: Agar belimdagi fota tushib qolsa, saning baxtingdur, agar qolum birla bersam dunyo ayturki, mani Mashrab qoli birla tutti, ammo yerga tushsa, san yerdin olgil, minnatdor bolsun yer Mashrab bir necha chaqirim minib yol bosgan otini oyogini chopishni buyuradi. Muridlari sababini sorashganda, - To ordadin registoni Buxoroga kelguncha ushbu otni minib, Ollohi taolodin gofil boldum. Yana har banfayi momin bu otning ustiga minib, xudoyi taolodin gofil bolmasun, shu sababdin oldurunglar dedim, - deb javob beradilar. Bu bilan Mashrab qanday mansab martabada bolsada, insonning oyogi yerdan uzilmasin, kongli Ollohdan uzoqlashmasin degan fikrni ilgari surmoqda. Qissayi Mashrabda ahoirning ilohiy ishq kuychisi ekanligi, bu ishq otashining meyyoru hadisi borasida ham bir qancha rivoyatlar keltiriladi. Shulardan birida hikoya qilinishicha, mashrab Yorkentga borganda, chilim sorab chekadi. Nafas tortib tutun chiqarganda, butun olam qorongu boladi. Ammo, chilimning sarxonasini olib yerga qoqqanlarida xalq bir dona ham bang quymaganligining guvohi boladi. Bu albatta, bir tomondan Mashrabning karomatpeshaligini korsatsa, ikkinchidan, shoir ishqi sharorasining otkirligini namoyish etadi. Bir orinda Mashrab nomoz oqib, hu deb nafas chiqarganlarida kuygan kabobning isi kelardi, deyiladi. Korinib turibdiki, Qissai Mashrab rivoyat tarzida yaratilgan bolsa ham, bizga shoirning dunyoqarashi, shaxsiyati, asarlarining mazmun mohiyatini anglashimizda asosiy manba vazifasini otaydi. Undagi rivoyatlardan mantiqiy xulosalar chiqarishimiz mumkin. Shoir asarlari bilan qissadagi fikrlarni muqoyasa etib, ayrim muammolarga aydinlik kiritishimiz mumkin. Mashrab 1711 yilda Balx hokimi Mahmud Qatagon tomonidan dorga ostiriladi. Boborahim Mashrabning bizgacha sherlaridan tashqari Mabdai nur va Kimyo asarlari ham yetib kelgan. Adabiyotshunosligimizda bu ikki asar muallifi borasida uzoq yillar bahs munozara olib borildi. Ayrim olimlarimiz ularni Boborahim Mashrabga nisbar berishsa, ayrimlar ular Mashrabi Soniy taxallusi bilan ijod etgan Mullo Roziboy Oxundning asaridir, deyishgan. Ammo, songi yillarda bu munozaraga biroz oydinlik kiritildi. Bu asarlar tuzilishi, mazmuni va goyaviy yonalishiga kora, tili badiiy vositalarining ishlatilishiga kora va Sharqshunoslik instituti qolyozmalar fondida saqlanayotgan ayrim qolyozmalardagi malumotlarga kora Boborahim Mashrabnikidir, degan xulosaga kelindi. 1997 yilda Mabdai nur asari hozirgi yozuvimizda nashr ham etildi. Ozbek mumtoz adabiyotigaoziga xos uslubga, ijodiy yoliga rga bolgan shoirlarimizdan biri Boborahim Mashrabdir. U oz hayotini Orta Osiyoning kop shahar va qishloqlarida qalandarona yashab otkazdi. Shoir faoliyatiga karomatpesha bir avliyo, darvesh, qalandar sifatida xalq katta ixlos va ehtirom bilan qaragan. Shuning uchun oz zamonasidan boshlab Mashrabning asarlari keng yaratilgan. Majzub Namangoniyning Tazkirat ul avliyo, Ishoq Bogistoniyning Tazkirai qalandaron, Maleho Samarqandiyning Mazakkiri ashob kabi tazkiralarida Hakimxon Toraning Muntaxab ut tavorix, Mirzo olimning Ansabus salotin asarlarida ham shoir haqida ayrim malumotlar, mulohazalar uchraydi. Mashrabning shaxs sifatidagi qiyofasi haqida mukammalroq tasavvur hosil qiluvchi manba bu Pirmat setoriy tomonidan tuzilgan Qissai Mashrabdir. U XX asr boshlariga qadar Devona Mashrab, Shoh Mashrab, Eshon Mashrab, Qissai Mashrab kabi nomlar bilan juda kop nusxalarda kitobat qilingan. Mashrab ijodi, faoliyati bilan XIX asr oxiri XX asr boshlarida rus sharqshunos olimlari qiziqa boshladilar. 1889 yilda Turkiston viloyatining gazetida bir qator maqolalar elon qilindi. Shoir hayoti va ijodi borasida ozbek adabiyotshunos olimlarimizdan Izzat Sulton, V.Zohidov, I.Mominov, G.Gulom, A.Hayitmetov, A.Abdugafurov, E.Shodiyev, V.Abdullayev kabilar ham bir qanchamaqolalar elon qilishgan. Ularda mashrab shaxsi, ijodi bilan bogliq turli masalalar yoritib berilgan. Mashrabshunosligimizni kuzatib, uzoq yillar siyosiy mustamlaka tasirida shoir ijodi soxta talqinlarga duchor etilganini guvohi bolamiz. Mashrab ijodidagi ilohiy muhabbat dunyoviy muhabbat sifatida talqin etiladi. U dinni rad etuvchi ateist, deya baholanadi. Shoir sheriyatidagi joshqin isyon ham sinflar manfaati bilan boglab izohlanadi. Ammo, mustaqilligimizning benazir sharofati bilan Boborahim Mashrab ijodi ozining xolis bahosini ola boshladi. Olimlarimiz uning asarlariga teranroq nazar tashlamoqdalar. Jumladan, I.haqqulning Haqiqat yol tutay desang , N.Komilovning Kamoli nuri rahmatman maqolalarini N.Jumaxojaning Milliy istiqlol mafkurasi va adabiy meros nomlik doktorlik dessertatsiyasidagi Mashrabga oid malumotlarni aytish mumkin. Ular shoir dunyoqarashi, falsafasini atroflicha yoritishga harakat qilishgan. Mashrab hayoti va ijodini organish borasida matnshunoslik yonalishida ham ancha ishlar amalgam oshirilgan. Jumladan, 1958 yil birinchi bor P.shamsiyev va A.Hayitmetovlar tomonidan Mashrabning Tanlangan asarlari nashr etildi. Bu 1960 yilda qayta nashr boldi. 1963-1971 yillarda A.Abdugafurov Mashrab asarlarining tolaroq nashrini yaratdi. 1979 yilda V.Rahmonov tomonidan yana mukammalroq nashr tayyorlandi. Unga yozilgan Sozboshi ham malumotarning yangiligi, shoir asarlariga chuqurroq yondashilganligi bilan katta ilmiy qimmatga ega. Mashrab asarlarining songi nashri 1990 yil Samarqandlik adabiyot muallimi Jaloliddin yusupov tomonidan amalgam oshirildi. Kitobda keltirilgan Sozboshida ush bu nashrning oldingilardan tafovutlari afzalliklari batafsil sharhlab berilgan. Mashrab hayoti va ijodiga oid muammolarga birlamchi manbalar vositasida aniqlik kiritilgan. Mashrabning taxalluslari Mabdai nur, Kimyo asarlarining muallifligi, Orta Osiyo va boshqa Sharq mamlakatlarida Mashrab taxallusi bilan ijod etgan shoirlar borasida yangi xulosalar bayon qilingan, ravshanliklar kiritilgan. Korinadiki, Mashrab hayoti va ijodi xususida ancha tadqiqot ishlari amalgam oshirilgan. Ammo, biz hali shoir shaxsini, dunyoqarashiyu falsafasini, asarlari mohiyatini tolaligicha anglaganimiz yoq. bu borada hali yechimini kutayotgan muammolar juda kop. Download 311.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling