Gumanitar fanlar fakulteti
I.2. Mashrab sheriyatining goyaviy xususiyatlari
Download 311.5 Kb.
|
Mahrab lirkasida ijtimoiy ohanglar
I.2. Mashrab sheriyatining goyaviy xususiyatlari
Boborahim Mashrabning lirikasida mahsus devon tarzida tartib berilmagan. Uning merosi bizga Qissai Mashrablarning koplab nusxalari orqali yetib kelgan. U Rindiy, Umam, Mahdiy,Zinda va Mashrab taxalluslari bilan sherlar yozgan. Mashrab tahallusining manolari har xil izohlanib kelingan. Shulardan ikkitasi haqiqatga yaqin keladi. Ular bir birining mazmunini toldirish uchun ham xizmat qiladi. Mashrab maslak, maslakdosh degan manolarni ifodalaydi. Qissai Mashrabda ham shunga yaqin izohlanadi: Har kishi manga rafiq bolsa man anga rafoqat qilurman. Xar qozonga tushsam qaynaydurman, aning uchun otim Mashrab qoydum demak, Kimki manga dost bolsa, man ham unga dostdirman. Bu yerda ham goyaviy yolning birligi, maslakdoshlik haqida fikr bildirilayapti. Tahallusni yana Ilohiy sharobdan nasibali degan manoda ham sharhlash mumkin, ilohiy ishq bilan oshno yurak, albatta, insonlarni ezgulik srai yetaklaydi. Ularning togri yol topishida rahbar rahnomolik qiladi. Boborahim Mashrab asarlarini ikki ozbek va fors-tojik tilida yaratgan. Shoir asarlari haqida uzoq yillar bahs munozarali fikrlar bayon etib kelindi. Ammo, songi yillarda uning sherlari mohiyati siyosatdan kelib chiqib emas, balki obyektiv anglay boshlayapmiz. Chunki Mashrabning ijodkor sifatida asl qiyofasi sheriyatidadir. U sofiy shoirdir. Uning sheriyatia asosida tasavvufiy goyalar talqini turadi. Xosh tasavvufning ozi nima? Tasavvuf bu inson ozini tanish orqali Ollohni tanish va sevish ilmidir. U Insonning ichki olami, yani botinini tadqiq etuvchi ilmdir. Inson umri tadriji ikki qarama qarshi qutb ezgulik va yovuzlik kurashidan iborat. Tasavvuf talimotining mohiyati odamzodga oz vujudida mavjud nafsoniy intilishlarni fosh etish, ularni yengish yollarini korsatish, ruhidagi ilohiy fazilatlarni uygotish, taraqqiy toptirishdan iboratdir. Chunki insonning yashashdan bosh maqsadi ilohiylashish, asl mohiyatga yetishishdir. Buning yoli esa bitta. Ozini yengish ozidan otish va oziga yetishishdir. Bu borada Nasoyimul muhabbatda keltirilgan Boyazif Bistomiyning xulosasi ibratlidir: Boyazid dediki, Olloh taoloni tush kordum, sordumki, bor xudoyo, yol sanga ne navdur? Dedimki, ozungdin ottung, yeting. Mashrb sheriaytidagi asosiy goyalardan biri ham ana shu insonni oziga tanitishdan iboratdir. Ukop yurtlar kezib, kishilarning yashash tarsi, tabiatini kuzatib, barcha fojealariga, iztiroblariga sabab ularning nafsi degan xulosaga keldi. Va ibrat sifatida, ozi anglagan dunyo mohiyati borasidagi tasavvurlarinidan zamondoshlarini agoh etish maqsadida qalandarlik yolini tanlaydi. Qalandariylik yoli adabiyotshunoslikda mukammal talqin etilgan emas. Ammo ayrim manbalarda, ayrim ilmiy tadqiqotlarda bazi chizgilar mohiyatini yorituvchi mulohazalar bayon etilgan Navoiy asarlari lugatida ushbu istiloh quyidagicha izohlanadi: Qalandar dunyoning hamma bordi keldilaridan voz kechib, daydib yuruvchi darvesh; devonatabiat kishi, loqayd. Bu izoh istilohning mohiyatini qisman oydinlashtirsada, toliq tasavvur berolmaydi. Qalandariylik borasida adabiyotshunoslikda turli bahs munozaralar mavjud. Bazi olimlar u XIII XIV asrda shakllangan deyishsa, ayrimlari, jumladan, Fitrat Yassaviylikdan keyin XII XIII asrlarda paydo bolgan deydi. Qalandariylikning oziga xosligini izohlash borasida ham allomalarning bir birini tolgazuvchi turli qarashlari mavjud. Jumladan, Haft kulzumda: Qalandar butun rasmiy takliflardan, butun qaydlardan ozod bolgan, har turli diniy amal va odatlardan ayrilgan, butun moddiy, hayotiy aloqalarni tark qilgan, ibodat va odatlarning hammasini buzguvchi kishining ismidir deydi. Abdurahmon Jomiyning Nafahotul uns asarida esa qalandarlar diniy ibodatlarning farz bolgan qismlarinigina ado qiladilar. Malomatiylar diniy ibodatlarni ijro qiladilar, biroq ijro qilganlarini xalqdan yashiradilar. Qalandar esa, togridan togri diniy ibodatlarni va odatlarni buzadilar, deya baholanadi. Bahori Ajamda quyidagi bayt keltiriladi: Sanamorai qalandar sardor ba man namon. Ki base daroz didam rahu rasmi porsoyon. Mazmuni: Taqvo yoli juda ham uzoq ekan, menga qalandariylik yolini korsating. Agar qalandarlar faoliayatini kuzatsak, ular haqida aytilgan fikrlarni umumlashtirsak, ularning yolida bir nechta tariqatlarga xos xususiyatlar birgalikda mujassamligini koramiz. Jumladan, ularning hayot tarzlarida yassaviylikka xos jahriylikni malomatiylikning ayrim belgilarini, naqshbandiylikka xos umumbashariy, gumanistik goyalar mutanosibligini ham kuzatamiz. Qalandarlarning oziga xos yurish turishi, axloq va kiyinishi odobi bolgan, ular amal qilishi, rioya etishi lozim shartlari mavjud. Ozbekiston RFA Beruniy nomidagi ShIda 9175 raqami ostida saqlanayotgan tasavvufga oid qolyozma tarkibiga Risolai qalandariy ham kiritilgan. Unda qalandarlik va ular rioya etishi lozim shartlari haqida qisqacha malumot berilgan. Ayniqsa fel atvoridan shakllanishi lozim bolgan faqr tushunchasi haida alohida toxtalinadi. Uning 3 ta muhim belgisi takidlab korsatiladi: Tariqat mashoyixlari faqrning uch nishonasi: quyosh kabi shafqatli, yomgir kabi saxovatli, yer kabi tavozeli bolish deb aytganlar Xirqa kiyish va farq maqomini egallash tariqatda muhim hisoblangan. Qalandarlarning janda, quloh, kamar, aso, kachkul, sepoya, qoyish, suyanchiq qoyish, postin kiyish kabi mahsus kiyinish odoblari bolgan. Bularning har birining ramziy mazmuni va qatiy masuliyati bolgan. Risolada, ayniqsa, darveshlarning bosh kiyimi hisoblangan qulohga keng izoh berilgan. Uning neg muhim mohiyati sifatida quyidagilar korsatilgan: Va bilginki, qulohning tortta xonasi bor. 1. Shariat xonasi. 2. Tariqat xonasi. 3.Marifat xonasi. 4. Haqiqat xonasi. Va yana shuki, qulohning tort tarki bor. 1. Nafs tarki. 2. Xalq tarki. 3. Dunyo tarki. 4. Oxirat tarki. Malumki qalandarlik bilan gadolik chambarchas bogliq. Risolada gadolikning uch turi korsatiladi va izohlab beriladi: agar gadolik necha xil deb sorasalar, uch xil deb javob ber: 1. Shoh gadolik. 2. Nar gadolik. 3. Xar gadolik Barcha krsatmalar, malumotlardan song risola songida qalandariylik tariqatining mohiyati umumlashtirilib beriladi: Ey darvesh, qalandarlik tariqati shuki, haqiqat yolida ikkilanmasin va odamlarga behuda sozlamasin. Va yana kachkulini kotarib yurish odobi shuki, avvalo, to uyiga kelguniga qadar tahoratlik va rozador bolsin. Va yolda chor atrofga koz tashlab nomahramga nazar solmasin. Va tilini yolgon sozlashdan asrasin, pirigabeodoblik qilmasin, faqirlarga rahm qilsin va hamma azolarini pok tutsinki, Xudoning kutbi Xoja Bahoul Haq vaddin qaddasallohu ruhahu shunday qilganlar va ham shunday buyurganlar. Yetuk adabiyotshunos Fitrat qalandariylik tariqatiga oid kop manbalar bilan tanishgan. Hayotda ozi guvohi bolgan holatlarni eslagan. Ularning hammasini umumlashtirib, quyidagi xulosalarni bayon etgan: Qalandarlik musulmon tasavvufining sho basidir. Bumaslak bizning olkamizda song kunlargacha davom qildi. Ozbekiston shaharlaridan har birining tashqarisida qalandarxona ismli gozal bogcha xoliga keltirilgan bir joy bor edi. qalandarlar shunda turar edilar. Bular qisman mahaliy, qisman musofir, yersiz, xususiy mulklari bolmagan kishilardan iborat bolib, asosiy kasblari tilanchilik edi. haftada ikki dafa tilanchilikka chiqib, shahar va bozorlarni aylanar edilar. Ozlariga maxsus qalandariy quylari bor edi. oralaridan eng yaxshi tovushlisi shu kuylarda Yassaviy, Mashrab kabi shoirlarning sherlarini oqur va boshqalari uning naqoratini qayarib turar edilar. Oralarida bir boshliqalri bolib, munga bobo derlar. Tilanchilik chogida toplangan pulni shu bobolari terar va shundan ularni tamin qilib turar edi. Yuqorida manbalardan keltirilgan fikrlar bizga qalandariylikning mazmun mohiyatini anglashimizga yordam beradi. Ularning tashqi qiyofasi, botiniy olami haqida tasavvur uygotadi. Mumtoz adabiyotda ayrim ijodkorlar qalandarlikning maqsadi va mohiyatini yorituvchi badiiy asarlar ham yaratishgan. Jumladan, Mashrab ham uning insonparvar goyalarini oydinlashtiruvchi, izohlab beruvchi gazallar yozgan. Uning Qalandar bol, qalandar bol radifli gazali shunday asarlardan biridir. Bu asar ham qalandarlikning, ham Mashrab ijodining ozak mohiyatini anglashimizga asos boladi. Bunda lirik qahramon solikka asl maqsadga yetish, ruhan ozod bolish yolini korsatib beradi. Lahzalik foniy ashyolardan golib kel olish va boqiylikka musharraf bolish sinoatidan saboq beradi: Riyozatsiz bolay desang, tanim ozod yuray desang, Jahonni sayr etay desang, qalandarbol, qalandar bol. Razolat kuyduray desang, zalolat olduray desang, Hammasin supuray desang, qalandar bol, qalandar bol. Bu taqvodin kechay desang, xonaqohdin qochay desang, Haqiqatni ochay desang, qalandar bol, qalandar bol Inson umrini ulkan, poyonsiz bir toqayzorga oxshatish mumkin. Chunki, hayotda hech kim uchun tayyor, silliq yol yoq. har kim oz yolini ozi izlab topadi. Bu asnoda bazan tosiqlar uchraydi. Ba/zan ravon yuriladi. Bazan adashilar, xatolklar ichra iztirob chekiladi. Inson ozini, tort qadam narida nima kutayotganini bilmaydi. Bizni ana shu chigalliklardan olib otuvchi rahnamolardan biri adabiyot. Ajdodlarimizdan qolgan dono fikrlarga muzayyan meros. Hazrati Shayx Sadiy inson hayoti haqida armon bilan mushohada etib, Qaniydi odamzodga ikki karra umr berilsa. Birinchi marta xatoliklardan adashishlardan xulosa chiqarib, tajriba organib, ikkinchi marta kongildagidey, armonsiz yashasa, degan ekanlar. Hazrati Alisher Navoiy ham shunga yaqin fikrni bayon etganlar: Yorab, eshigingda ul gadomen Kim, boshdin oyoqqacha xatomen. Shunday ulkan aql sohiblari, donishmand allomalarimiz ham dunyoning galatliklaridan afsus nadomat chekishgan. Va butun umrlarini yurtdoshlariga togri yol korsatishga bagishlashgan. Ularni hushyorlikka, tiyraklikka davat etishgan. Boborahim Mashrab ham ana shunday dono ijodkorlardan. Ammo, uning donoligi, dunyoni anglashi oziga xos. Sheriyatidagi lirik qahramonning ruhi baland. Olam va odam mohiyati, munosabati haqida gapirganda, ishonch bilan qatiy xulosalar chiqaradi. U ham dunyoning xatolardan, armonlardan, yolgonlardan iboratligini biladi. Ammo, bu shoir lirik qahramonini tushkunlikka tushirmaydi. Chunki, u ana shu xatolar zaminida ishonsa va suyansa boladigan birgina xaqiqat borligini ham anglaydi. Bu Olloh: Bir xudodin ozgasi barcha galatdur, Mashrabo, Gul agar bolsa qulumda, ul tikonni na qilay?! Demak, Xudoga ishonish, unga muabbatda bolish insonni xatolardan asraydi. Hayotiga gozal mazmun baxsh etadi. Mukammal axloqli, halol, pok bolishga boshlaydi. Mashrab sheriaytidagi asosiy goyalardan biri dunyoning otkinchi ekanligi. Hayotda buni anglash juda muhim. Chunki, lahzalik narsalarni ganimat bilish lozim. Mashrab asarlarida shu jahonshumul muammoga katta etibor beradi. Insoniyatni gaflatdan, mudroqlikdan ogoh etadi. Kongillarni tiriklikka, uygoqlikka davat qiladi. Shoir fikrlari bilan tanishgan har bir oquvchi ozida gayrat, kuch quvvat paydo bolganini his etadi. Atrofga tiyrakroq nazar tashlay boshlaydi. Quyidagi kabi misralar esa har bir kishiga, men yonimdagi insonni anglayapmanmi? Uning yuragida qanday armonlar qolyapti? Qanday qilsam u ozini baxtli his qilishi mumkin, degan savollar berishga majbur etadi: Hasratimga togu tuzlar yiglagay, Hech kim yoqtur sozimni anglagay. Mashrab yuragida armon uygotgan narsa bu insonlardagi loqaydlik, beparvolik. Mashrab Dili gamgin, dardchan xaloyiqni xush koradi. Dardsizlar uni hasratga giriftor etadi. Uning yuragidagi chong darddan metin toshlardan iborat toglar, tilsiz zabonsiz dala tuzlar yiglaydi. Ammo, afsuski, insonlar uni anglamaydi, beparvo. Shoir ana shu birgina baytda chuqur ruhiy manzarasini chizib bera olgan. Asosiy mazmun ruhiy manaviy yolgizlik. Hamisha yolgizlik bilan sukunat yoldosh. Toglar esa qanchadan qancha zamonlar asrorni oz bagrida, sukunat qoynida asraydi. Uning mangu ertaklarini tinglay va anglay bilishi lozim. Demak, shoir tog timsolini bejiz qollamagan. U ana shu sokinlikning mangu saltanatini shoir qalbi bilan tushunadi. Ozining yolgizlik iztiroblari tasvirini unda koradi. Bagridan oqayotgan jilgalarni uning koz yoshlariga mengzaydi. Ne ne avlodlarning kechmishini korgan korgan toglarni oziga hamdard, hamroz deb his etadi. Insonlar orasida ham ozini anglaguvchi sirli, dardli kongillarni soginadi. Ana shu soginch unga yolgizligini eslatadi. Ammo, bu tushkunlik belgisi emas. Bizga mahzunlik bolib tuyulgan shu soginch lirik qahramon ruhini yuksakka kotaradi. Tor vujudiy nafsoniy intilishlar dunyosini sindirishga muyassar etadi. Ozini aslida Ollohdan uzoqda garib sezadi, yolgiz his qiladi. Natijada, uning maqsad manzili, intilish hududi kengayadi. Vujudini Olloh bilan birlashish ishqi qamraydi: Mudom miskin erurman chun guloming Mashrabingdurman, Meni bechora bu dunyo bilan uqboga sigmamdur. Turli davrlarda yashagan turli shoirlardagi ruhiy yaqinlik, dunyoni anglash borasidagi mutanosiblik timsollar yaqinligiga sabab boladi biz kop ijodkorlarning asarlarida jonlashtirish sanati vositasida tog timsolining takrorlanmas ifodalarini korishimiz mumkin. Jumladan Shavkat Rahmon ijodida ham tog timsoliga teran falsafiy mazmun yuklatilganligining guvohi bolamiz: Tog xorsinib yubordi ogir Teran xobdan uygondi yurak, Toglar kabi xorsinmoq kerak. Ushbu misralarda ham insonni anglash, insonlardagi loqaydlikdan bezish tuygulari aks etgan. Mashrabda ham, Sh.Rahmonda ham bu timsol oquvchini fikrlashga, hushyor tortishga undaydi. Yuqorida takidlaganimizdek, Mashrab sheriyatining asosiy maqsadi insonlarni mudroqlikdan uygotish. Bir biriga muhabbat bilan boqish, bir birini anglash va bu orqali Ollohni anglashga yonaltirishdir. Shoir har bir kongilni sirli biro lam deb tushunadi. Zamondoshlarini uni sevishga chaqiradi. Biror dilni ogritishni, unga ozor berishni yuzlab Kabani vayron etishga tenglashtiradi: Tavofi olami dil qil jahonda har bashardin sen, Agar bir dilni sen buzsang, yuzar Kaba buzulmazmu. Xosh, Mashrab nega shunday fikrda? Bizda paydo bolgan bu savolga Hazrat Navoiy ijodidan aniq javob topamiz: Kabaki olamning olub qiblasi, Qadri yoq andoqki, kongul kabasi. Kim, bu xaloyiqqa erur sajdagoh, Ul biri Xoliqqa erur jilvagoh. Navoiy fikricha, Kaba xaloyiqning sajdagohi, kongul esa Xoliqning Ollohning jilvagohi, makon tutguvchi maskani. Shuning uchun ham u motabardir. Kongilni anglash va uni poklab boorish insonni Ollohga yaqinlashtiruvchi vositadir. Chunki, guborlardan tozalangan qamish naydan ruhbaxsh navo taralgandek, pokiza kongilda ham ilohiy ishq, hayotga muhabbat, gozallikka oshuftalik mujdalari una boshlaydi. Mashrab sheriyatida biz ana shu ilohiy ishq talqinini kuzatamiz. Ammo, uzoq yillar ilohiy ishq mohiyatini inkishof etuvchi asarlari tor manoda, yani majoziy sihq tasviri sifatida baholanib kelindi. Shoir ijodidagi dinga qarshi motivlar ham bir yoqlama talqin natijasidir. Mashrab ijodidagi ishq talqini oziga xos. U Ibrohim Adham, Mansur Halloj, Attorni oziga goyibona pir deb biladi. Ularning yolidan boradi. Mansur Halloj kabi otli ishq otashida yonib yashaydi. Bu Ollohga bolgan muhabbat. U hayotning, tiriklikning mazmunini shunda koradi. Uning asosiy maqsadi Ollohni sevish va u bilan birlashish. Chunki u insonni guborlardan, vujudiy, nafsoniy qafaslardan faqat u ishqqina ozod etishiga ishonadi. Shoir tasavvuricha, bunday muhabbatga oshno bolmagan kongul haqiqiy gozallikni his qilolmaydi. Borar manzillari torayadi. Korar kozlari xiralashadi. Quyidagi baytlar ham shoirning xuddi shunday nuqtai nazari natijasi sifatida maydonga kelgan deyishimiz mumkin. Uning tasavvuricha, Olloh yodisiz, ishqisiz Makkaga boorish besamar, Kaba eski dokon yanglig beetibor: Yorsiz ham bodasiz Makkaga bormoq ne kerak? Ibrohimdan qolgon ul eski dokonni na qilay?! Urayinmu boshima sakkiz bihishtu dozaxin, Bolmasa vasl menga, ikki jahonni na qilay?! Sigmadim radifli gazalida shoir ruhiy manzaralarining eng yuksak choqqisi ifodalangan. U Tavhid holatining bayonidir. Olloh vasliga yetgan, u bilan birlashgan lirik qahramon bir lahzalik foniylik olamiga, otkinchi olam uning ruhiy kengliklariga sigmaydi. Bu sigmaslikning, cheksizlikning sababi analhaqlikdir: Onqadar nurga tolibman osmonga sigmadim, Toki Arshu kursiyu lavhu jinonga sigmadim. Kimga soyam tushsa bir nuri yaqin boldi u ham, Daftari ruhi qudsdurman, zabonga sigmadim. Mashrab ilohiy ishq sarhadlarida zohidlar bilan kelisha olmaydi. Chunki unga zohid jannat ilinjida yurgan tamagir bolib tuyuladi. Shuning uchun ham u zohidning riyo aralash namozini bir kosa may ishqqa almashmaydi. Zohid. Manga bir shishada may, senga nomozing, Ming taqvini bir kosai mayga sota qoldim. Umuman, zohidlikni rad etish mumtoz adabiyotimizda anana. Buning mohiyatini ulug Ozar shoiri Nasimiyning quyidagi bayti yanada oydinlashtiradi, deb oylaymiz: Zohidin bir barmogin kessen donub Haqdan gachar, Kor, bu Miskin ashigi, sarpa suyarlar aglamaz! Mashrab tasavvuf goyalarini targib qiluvchi yetuk mutafakkir, mutasavvuf shoir bolishi bilan birga, oddiy insoniy kechinmalar kuychisi sifatida ham namoyyon boladi. Uning asarlarida vatan soginchi, ona oldida qarzdorlik tuygusidan iztiroblanish kabi kechinmalarning samimiy ifodasini koramiz Mashrab asarlari badiiyati ham oziga xos. Uning gazallari kutilmagan xalqona ifodalar bilan sayqallanadi. Timsollar tizimining ham oz silsilasi mavjud. Shoirlarning quyidagi baytini oqib, yuragingda hijronning zafar rangini his eta boshlaysan, kishi: Sarig sadbarg shirin sozluk yuzingni kunda bir korsam, Yuzungdin yuz ogurmasman agar yuz ming balo korsam. Xalq orasida sariq gul hijron, ayriliq timsoli deyishadi. Demak, bu bayt sariq sadbarg stirgul haqida gapirilishi tasodifiy emas. Bu kabi yangicha qiyosu tashbihlarni, timsollar tizimini shoir sheriyatidan koplab keltirish mumkin. Mashrab asarlarining eng mukammal denb hisoblanuvchi 1990 yil nashrida ona tilida bitilgan gazal va mustazodlar, murabba va muxammaslar, shuninhdek, ikki musaddas va musabba orin olgan. Tuzuvchi Jaloliddin Yusupovning juda katta va mashaqqatli mehnatini takidlab, toplam xususida kop ijobiy fikrlar aytish mumkin. Ammo, qilinishi lozim bolgan galdagi vazifalar manfaatidan va tuzuvchini mutloqo aylamay ikki savolni ortaga qoymoqchimiz: 1) toplamga kirgan asarlar Mashrab merosining hammasimi? Va 2) undan orin olgan hamma asarlar Mashrab qalamiga mansubmi? Bu har ikkala jiddiy savolga tasdiq javobini berib bolmaydi. Bunga asosiy sabab tuzuvchilarda emas, balki ilmda Mashrab asarlarining ozida jamlovchi ishonchli qolyozmalarni yoq ekanligi yoki hozircha topilmaganligida! Agarda biz Navoiy asarlarini hali ulug shoir barhayot vaqtidayoq kochirilgan, har jihatdan ishonchli qolyozmalar turkumiga ega bolsak, taassauf bilan qayd etishga majburmiz, Navoiydan roppa rosa ikki yuz yil keyin tavallud topgan va oz davrida katta shuhrat tutgan Mashrab asarlarining etiborli qolyozmalariga ega emasmiz. Rasmiy kitob xazinalarida saqlanuvchi qissa manqabalar tarkibidagi Mashrab asarlarining eng qadimiy nusxalari uzogi bilan XIX asrning ortalariga, shaxsiy kutubxonalarda esa XIX asrning birinchi choragi atroflariga togri keladi. Mashrab asarlarining qolyozma nusxalari, ularning yetakchi xususiyatlari haqida quyidagi umumiy mulohazalarni qayd etishni lozim hisoblaymiz Vah vah! Na gozalsan, na ajoyib, na qiyomat, Hay hay! Na jafo qilsa sanam jonima rohat! Misralari takrorlanuvchi gozal sher shoir asarlarining bizda amalgam oshirilgan birinchi nashrda 4 banddan iborat musaddas tarzida bosilgan. Keyingi nashrlarda esa uning aslida toqqiz yrttilik banddan iboratligi aniqlangan. Yani, batamom boshqa shakl va hajm jihatidan ham ikki marotobadan koproq katta. Ikkinchi jiddiy masala Mashrab taxallusli asarlarning barchasi ham aslida Mashrab qalamiga mansub emasligi masalasiki, bu 30-yillardayoq Fitrat, Izzat Sulton maqolalarida kotarilgan. Bunga qoshimcha ravishda bazi uygur adabiyotshunoslarning shoir asarlari nashrlaridagi ayrim gazal muxammaslarning XVII XVIII asrlar uygur shoirlari, jumladan, Zaliliy, Gumnomlar meroslarida ham deyarlik aynan uchrashi haqida matbuotda chiqishlarini nazarga olsak, masalaning jiddiyligi va maxsus organish lozimligi yanada oydinlashadi. Bu ish shuning uchun hsm zarurki, matn jihatidan eng pishiq hisoblanuvchi songi nashrda ham bazi namunalar, ulardagi mazmun va imo ishoralarga kora, Mashrab qalamiga mansubligi juda shubhali korinadi. Shoir asarlariga turli davrlarda oxshatmalar yozishga katta intilish bolganligi, shuningdek, uning hayot yolini rivoyat tarzida bayon etuvchi qissalarda shoir qalamiga tegishli bolmagan, ammo Mashrab tahallusi mavjud (masalan, onasi va singlisi tilidan aytilgan) gazal muxammaslarning ham uchrashi har bir namunaga ehtiyotkorlik bilan yondashish lozimligini korsatadi. Masalan, shoirning bolajagi, Blxda dorga osilajagi haqida misra baytlar uchrovchi gazal muxammaslar, bizningcha qissada voqealar rivojiga kora hamda Mashrabni avliyolashtirishga urinish, bashorat, karomat sohibi sifatida korsatish niyatida boshqalar tomonidan toqilgan. Shunday namunalarning birida Balx shahrida shahid bolishi bashorat qilinsa, ikkinchisida Mansur Hallojdek dorga osilgan ozginam misrai mavjud. Yana boshqa gazallardagi manabu baytlarga diqqat qilyalik ularni Mashrabning ozi bitishi mantiqqa qanchalik togri keladi.? Mansuri Hallojdek ichib sharobi antahur, Charx urub yiglab tururman ushbu dam dor oldida Dori Mansuri analhaq joyidur, Bosh berib yuz ming nido topsam kerak. Onai zorimga bermanglar xabar, Balx shahrida qazo topsam kerak. Yoki:
Manga ham dore qurulgonda yetar bu qismatim. Bizga tarixdan malumki, xuddi shunday bolgan: Balx shahrida Mahmudxon dorga ostirgan. Ammo Mashrab bolajak voqealarni oldindan aniq karomat qilgan va sherga tushirgan, deyish ishonarli emas. Boshqa andishalar ham bor. Masalan, orus sozi sheriyatimizga qachon kirgani masalasi. Togri, Alisher Navoiy Saddi Iskandariy dostonida Rus atamasini ishlatadi, ammo millat manosida emas, balki mamalkatning nomi tarzida. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelibgina, yani Turkistonni Rossiya bosib olganidan song bu soz chindan ham keng tarqaladi, sheriyatga ham kiradi. Shuning uchun ham toplamdagi: Gohi orus, gohi cherkas, armoniyu rosiyoh va Goh orus, goh cherkas, goh momin, goh tarsoman misralari uchraydigan gazal va muhammaslar kimga mansubligini va qachon bitilganligini jiddiy oylab korish kerak. Qisqasi, Mashrab adabiy merosining hajmi, mundarijasi, janr xususiyatlari hali yetrali darajada toplangan va organilgan emas. Asarlarning amalgam oshirilgan barcha nashrlari chala va qosurli desak xato bolmaydi. Ozbekiston adabiyoti va sanati gazetasida Mashrabning hali nashr etilmagan yetmishdan ortiq gazallari topilganligi haqida xabar va bir necha namunalar bosilgani ham, Mabdai nur va uning muallifi togrisidagi maqollar ham hali bu sohada kop ishlar qilish kerakligini korsatadi. Bbizningcha, birinchi galda turli adabiy markazlarda kochirilgan diqqatga sazovor qolyozmalarni ozaro qiyoslab, shoir asalarining jilla bolmaganda, chogishtrma yigma matnini tayyorlash zarur. Bunda bu kungacha deyarli toplanmagan forsiy asarlarini ham nazarda tutish kerak. Mana shundagina shoir haqida chuqur ilmiy va xolis tadqiqot uchun kerakli poydevor yaratilgan boladi. Download 311.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling