Gunohning rangi


Download 11.73 Kb.
Sana23.11.2023
Hajmi11.73 Kb.
#1795910
Bog'liq
Феруза 2


CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI GUMANITAR FANLAR FAKULTETI O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI YO'NALISHI 1-BOSQICH TALABASI FERUZA XUSANOVA
AHMAD GUNBAY YILDIZNING “GUNOHNING RANGI” ROMANIDA FALSAFIY QARASHLAR UYG’UNLIGI


Annotatsiya:
Mazkur maqolada oila va jamiyatdagi turfa xil kamchiliklar, kutilmagan burilishlarning inson hayotiga, jamiyatdagi o’rniga ta’siri, havoyi nafs botqog’iga botgan manfurning begunoh qurboni timsolida yashiringan yuksak falsafiy qarashlar uyg’unligini o’zida mujassamlashtirgan “Gunohning rangi” romani xususida fikr- mulohazalar yuritiladi.
Аннотатсия:
В данной статье рассматриваются различные невзгоды в семье и обществе влияние неожиданных обстоятетьств на жизнь и место человека в обществе философские воззренич человека в форма романа «Gunohning rangi».
Annotation:
This article discusses various ills in the family and society, the impact of unexpected circumstances on a person’s life and place in society, and the philosophical views of a person in the form of the novel “Gunohning rangi”.
Kalit so’zlar: oila, jamiyat, dunyoqarash, nafs, din, ilmsizlik, haqiqat, substansiya, nomus, qasos.
ключевые слова: Семья, обществ, мировоззрение, эго, реличия, невежество, истина, смысл, честь, месть.
Keywords: family, society, worldview, ego, religion, ingorance, truth, meaning, honor, revenge.

Mamlakatimizda Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev hamda o’z davrida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan jamiki yetarli sharoitlar, imkoniyatlar yaratildi. Bu imkoniyatlardan samarali foydalanib, o’ziga va oilasiga, qaysidir ma’noda jamiyatga foyda keltirayotganlar bilan bir qatorda ularni suiste’mol qilib, har qanday ishning, qiyinchilikning oson yo’lini topish va hal qilish davrida butun jamiyatga, yoki bir qancha insonlar hayotiga zarar berayotganlar ham, afsuski, uchrab turibdi. Biz ko’rayotgan mudhish voqealar, ommaviy axborot vositalari orqali taqdim etilayotgan, jinoyat, huquqbuzarlik, axloqsizliklar ham ayni haqiqat. Vaholanki, bugungi kunda jamiyatda nafaqat oddiy jinoyatlar, balki, inson hayoti bilan bog’liq, oiladagi muammoli vaziyatlar va tarbiya sabab yuz berayotgan va yakuni inson o’limi bilan tugayotgan og’riqli nuqtalar odatiy ko’rinishlarga aylandi. Butun bir inson hayotini yelga uchirgan jirkanchlik, nafs, iffatli ma’sumaning alamga to’lgan hayot yo’li, jamiyat orasidagi o’z o’rniga ega bo’lgan bir oilaning armonga aylangan orzulari yorqin aks etgan “Gunohning rangi” romani aynan shu kabi dolzarb muammolardan biri, vaholanki, bir nechtasini o’zida mujassamlashtirgan. “Moviy ko’z yoshlar”, “Bizga sajda yarashadi”, “Qalbda o’sish”, “Fig’on”, “Gunohning rangi” kabi bir qancha asarlari bilan o’quvchi qalbidan o’ziga xos o’rin olgan Ahmad Gunbay Yildiz – hozirgi kunda ibratli, tarbiyaviy romanlar muallifi sifatida anchagina tanilgan turk yozuvchisi. 1941-yil Tokat viloyatida tug’ilgan, ammo Anqarada yashab, shu yerda ijod qilishni boshlagan, avval hikoya va maqolalari bilan jurnal va gazetalarda ko’rina boshlab, keyinchalik roman janrida o’zini topgan ushbu yozuvchi, o’z o’rnida, Turkiya yozuvchilar uyushmasi asoschilaridan biri hamda kitoblari chop etilgan Timash nashriyoti asoschisi hamdir. Asarlari avval gazetalarda bosilib, keyin alohida kitob shaklida chop etilgan.


Ular orasida reallikni ifodalagan “Gunohning rangi” asari, aytish mumkinki, yozuvchi ijodidan alohida o’rin egallaydi. Asarni “ Inson hayoti o’zligini anglagab onidan boshlanadi...” deb boshlaydi yozuvchi. Uni mutolaa qilar ekanmiz, qahramonlarning hissiyotlari, taqdiri bizni befarq qoldirmaydi. Asar boshlanishidagi Hasratning pinhona sevgisi, dunyolarga teng quvonchi keyinchalik havoyi nafsga berilgan orzular qotilining qo’lida osongina xazon bo’lishining o’zi o’quvchini dard-alamlar olamiga yetaklaydi. Buni otasi hokim bo’lganligi uchun o’ziga bino qo’ygan, dunyoqarashi past xudobexabarning sho’xligi, ahmoqligi desak, shu sho’xlikka, g’urur va nafs o’yiniga bosh egib qilingan “jasorat” bir ma’sumaning taqdirini xazon qilib, uning ota-onasidagi mag’rurlik va oriyatni yo’qqa chiqarib m, Yosinning Hasratga bo’lgan muhabbatidagi erkin yelayotgan shamollarga to’siq qo’ydi.
Keyinchalik tug’ilgan begunoh farzand – Armug’onning ham butun bolaligi atrofdagilarning ko’r-ko’rona kamsitishi bilan o’tdi. Armug’on borar manzilini bilmaydigan yo’lovchi kabi edi. Ammo atrofdagi “muhit” unga ijobiy ta’sir ko’rsatib, bilim jihatdan tengdoshlariga nisbatan odimlab ketgandi. Aytish mumkinki, Armug’on hayotda o’z o’rnini topgan, Allohga iymon keltirgan sodda yigit. Dunyoviy bilimni ham, diniy bilimni ham yetarlicha o’rganganini Armug’onning Adembey va uning ishchilari bilan bo’ladigan majlisdagi nutqidan sezish mumkin. U o’sha nutqida e’tiqoddagi farqlilik, boshboshdolikning kelib chiqishi, nega aybni boshqalardan qidirishimiz kerakligi, halol va harom, shukronalik(hatto Qur’oni Karimdan sura keltiradi) haqida bir nechta faktlar bilan gapiradi.

— Nasl sofligini muhofaza qilish uchun faxsh man etiladi;


— nomus, xayo va iffat tushunchalari ko’tarilgan jamiyatda buzuqlik avj oladi;
— oila muqaddas, ung daxl qilishga hech kimning haqqi yo’q;
— ichkilik xarom, chunki u aqlni tortib oladi;
— qimor – mehnatsiz daromadga ishtiyoqni, dangasilikni keltirib chiqaradigan yo’ldir;
— irqchilik – insoniyatning eng katta xatosi.
Asarda aytib o’tilgan shu kabi mulohazalardan biri – borliq qayerdan paydo bo’lganligi. Armug’onning “Borliqni Alloh yaratgan” degan fikriga qarshi “Borliqni tabiat yaratgan” degan kutilmagan javob bu mulohazaning keng tahlil qilinishiga sabab bo’ldi. Balki asardagi bu qahramonlar shunchaki xayolot mevasidir, ammo bu xayolot bilan yozuvchi substansiya uchun bo’lgan bahsda bir qancha falsafiy qonunlarni, undagi muammo bo’lib turgan qarashlarni yetarlicha aks ettira olgan. Bundan tashqari asarda hozirgi kundagi nuqsonlarimiz: tarbiyaning to’g’ri berilmasligi, boylikka o’ch, nafsning qullariga aylangan kimsalar, otaning, farzandning qadrini bilmaydigan noshudlarning xatolari kishining e’tiborini o’ziga tortadi. Otasining mol-mulkini, ish o’rnini egallash uchun turfa xil niqoblangan 3 o’g’il ayni davrda yengil hayotga o’rgangan avlodning yaqqol tasviri. “ 6 yoshdagi bola: otam hamma narsani biladi! 1 yoshga yetganda: otam ko’p narsani biladi! 15 larga borganida, ya’ni balog’at shamollari esganda, gapning mohiyati biroz o’zgaradi: Men ham otamchalik bilaman! 20 yoshga yetganida, nodonligi ortib: otam hech narsani bilmaydilar! 30 ga to’lib, aqli toblana boshlaganda: otamdan ham bir so’rab ko’ray-chi; 40ga kirganida: nima bo’lganda ham otam bir narsalarni bilsalar kerak, deb o’ylagan aql 50ga kirib, fikrlarini taroziga solib ko’ra boshlaganida: otam hamma narsani bilar ekan, deydi” deb ta’riflanadi asarda. Aslida esa kelajakda ism-sha’rifimizni ko’tarib yuradigan farzandlarimizdan bu kunlarni qarz olib yashayotganimizni, o’zimizdan yaxshi nomdan boshqa hech narsani abadiy qoldirolmasligimizni tushunishning o’zi ham kifoya.

Xulosa o’rnida aytish mumkinki, bugungi kunda texnologiyaning keskin rivojlanib ketishi yosh avlodga, ayniqsa, dunyoqarashi past va ilmdan uzoq bo’lganlarga o’z o’rnida salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Buni tushuna olgan siz-u biz qancha harakat qilamylik, jamiyatni orqaga tortayotgan bunday kimsalarning salmog’i kun sayin ortib boryapti. Binobarin, qiyinchilik davrlari kuchli odamlarni yaratadi, kuchlilar yengil, qulay sharoit yaratadi. Yengil hayot kuchsiz, loqaydlarni yetishtirsa, xohlaymizmi-yo’qmi, bu kabi loqaydlar qiyin va inqirozli davrlarni boshlab beradi. Romanni o’qish davomida bu falsafiy qarashni, bartaraf etishimiz kerak bo’lgan nuqsonlarimiz, og’riqli nuqtalarimiz ko’p ekanligini tushunishimiz mumkin.


Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1.Ahmad Gunbay Yildizning "Gunohning rangi" romani.
2. www.asaxiy.uz sayti
Download 11.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling