Ish frontining joylashuv tartibi va harakatlanishi:
a – karyer maydonining parallel uzun o’qi bo’ylab ish frontini bir chegaradan ikkinchisiga parallel harakatlantirish; b – xuddi o’sha, faqat qisqa o’q bilan; v, g – mos ravishda karyer maydonining uzun va qisqa o’qi bo’ylab ish frontini oraliq joylashuvdan chegaraga parallel ko’chirish; d – frontning markazdan karyer maydoniga qarab radial ko’chirish; e – xuddi o’sha, chegaradan markazga qarab; j, z – frontning yelpig’ichsimon harakatlanishi mos ravishda karyer maydoni chegarasida va uning yonida burilish nuqtalari bilan ko’chirish
P og’ona ishlar fronti uzunligi Lф у . va uning siljish tezligi vф ekskavatorning belgilangan yillik unumdorligini ta’minlashga mos bo’lishi kerak, bu esa quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Bunda,
Nэг - bitta pog’onada ishlovchi ekskavatorlar soni.
Pog’onadagi ekskavatorlar soni turlicha bo’lishi mumkin, lekin quvvatli uskunadan foydalanishda pog’onada bitta ekskavatordan foydalanish ma’qul, uning unumdorligi rejalashtirilgan ish hajmiga teng bo’lishi kerak. Bu pog’onadagi ishlarni tashkil qilishni osonlashtiradi va ukunaning unumdorligini
oshirishga yordam beradi. Ish frontining kichik uzunligida va uning kichik siljish tezligida bir guruh
pog’onalarni bitta ekskavator bilan qazib olish talab qilinadi, bu esa davriy transport aloqalarining joyini o’zgartirishni talab qiladi. Ekskavatorlarni (nisbatan kuchli) pog’onadan pog’onaga ko’chirish ularning unumdorligining pasayishi bilan bog’liq va texnik sabablarga ko’ra ma’qul emas.
Pog’onada ikki va undan ortiq ekskavatorlarning ishlashida pog’ona ishlar fronti bloklarga bo’linadi, ularning uzunligi
EKG-5 va EKG-8 ekskavatorlari uchun mos ravishda avtomoil va temiryo’l transportidan foydalanganda 500-600
va 1000-1400m ni tashkil qiladi. Ish frontining siljish tezligi uskunaning quvvatiga, kon uyumi qalinligiga, karyer unumdorligiga va boshqa faktorlarga bog’liq va 30-250 m/yil oralig’ida bo’ladi. Asosan ishl frontining yillik harakatlanish tezligi 40-140 m oralig’ida bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |