Guruh : Bajardi: Tekshirdi: Navoiy -2023yil
Download 1.23 Mb.
|
k3
Pog’ona ish fronti – pog’onaning kon ishlariga tayyorlangan bir qismi. Pog’onada ish frontini tayyorlash kerakli kenglikdagi ish maydonini hosil qilish va kon-transport uskunalarining ishini ta’minlash uchun transport va energiya aloqalarini keltirishga asoslangan. Alohida pog’onalarning ish fronti umumiy
uzunligi karyer ishlar frontini tashkil qiladi, bularda ochish ishlarini bajaradigan ochuvchi ishlar frontiga va qazib oluvchi pog’onalardagi ishlar frontiga ega qazib olish frontiga bo’linadi. Birlamchi ishlar frontini hosil qilish va ularni ish vaqtida siljitish mustaqil amalga oshirilmaydi. Pog’onalarni kesish (qirqim transheyalar o’tish yo’li bilan) va ish frontini ko’chirish ish vaqtida kerakli ochuvchi va qazib oluvchi pog’onalari sonini ta’minlash bilan bajariladi. Ishlar frontining birlachi holati karyer maydonining uzun va qisqa o’qida shuningdek aralash joylashtirilishi mumkin (8.2-rasm.). Ish frontining karyerning uzun o’qi bo’ylab joylashtirish qazib olishning tezlikda amalga oshirilishini va katta miqdorli qoplovchi tog’ jinsini qazib olishni ta’minlaydi. Lekin ish frontining bunaqa joylashuvi karyer qurilishida katta kon-kapital ishlarini bajarish va katta transport aloqalarini talab qiladi. Bu usulni uncha katta bo’lmagan qoplovchi tog’ jinslarida qo’llash mumkin. Ish frontini karyer maydonining qisqa o’qida joylashtirganda nisbatan kam kon-kapital ishlari va transport aloqalari qisqa bo’ladi. Lekin shu o’rinda karyerning unumdorligini oshirish va foydali qazilmalarning ochilgan zaxiralarini oshirish imkoni cheklangan. Pog’onalarni ochish va transport aloqalarining tez-tez ko’chirilishi sababli foydalanish murakkablashadi. Bunday frontning joylashuvi katta miqdordagi qoplovchi tog’ jinslari mavjudligida ma’qul. Bunday holatda qoidaga ko’ra kichik mobil bo’lgan transport vositalari qo’llaniladi. Ish frontning markazlashgan joylashuvi karyer ishi vaqtida uning joylashuvi o’zgarishini talab qiladi. Bunaqa joylashuv minimal kon-kapital ishlarni amalga oshirish va katta chuqurlishish tempiga ega bo’lish imkonini beradi. Pog’ona ish fronti karyer maydonining uzun yoki qisqa o’qi bo’ylab uning bir chegarasidan ikkinchisiga qarab parallel harakatlanishi mumkin (bir bortli qazib olish), shuningdek karyer maydonining uzun va qisqa o’qi bo’ylab chegaralrga qarab parallel (ikki bortli qazib olish), ratsional qazib olish qatlami markazidan uning chegaralariga qarab yoki pereferiya maydonlaridan markazga qarab, karyer maydoni chegarasida yoki uning yonida joylashgan o’ra bo’yicha burulish nuqtalaridan harakatlanishi mumkin. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling