Guruh : pea001-2 Bajardi : Bahriyev Shohzod Tekshirdi : Rahimova Sevara Toshkent – 2022


Pattern:-  Strategiya xulq-atvor tamoyili


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana25.01.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1120025
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
IYA(5-amaliyot)

Pattern:- 
Strategiya xulq-atvor tamoyili: 
 
Elektr dvigatelli avtomobilni yaratish g‘oyasi ichki yonuv dvigatelli birinchi 
mashinadan ancha oldin paydo bo‘lgan. Chunki Nikola Teslaning ish qog‘ozlarida 
ham elektr dvigatelda harakatlanadigan avtomobil chizmalari bor edi. Ammo u o‘z 
zamonasidan ilgarilab ketgani bois uning g‘oyasini amalga oshirish uchun 
texnologiya hali u darajada rivojlanmagan edi. 
Uzoq yillar davomida faqatgina ekologlar elektr avtomobillar tarafdori edi. Chunki 
golf-karlar misolidagi elektromobillar an’anaviy benzinda harakatlanuvchi 
avtolarga ko‘p borada bas kelolmas edi. 
Tesla kompaniyasi muvaffaqiyatining asosi — bu ikki muhandis Mark Tarpenning 
va Martin Eberxarddir. Loyihani amalga oshirishga ularning shaxsiy g‘oyalari turtki 
bo‘ldi . Mark ekologiya uchun kurashuvchilardan edi. Martin esa har doim 8 
kilometr yo‘lga bir litr yoqilg‘i ishlatmaydigan sport mashinasini orzu qilar edi. 
90-yillarda Kaliforniyada ularning umumiy do‘sti bo‘lmish Greg Rand uyushtirgan 
uchrashuvda tanishgan Mark va Martin sitkomdagi ikki qahramonni esga solishardi: 
suhbatdosh va g‘ayratli Eberxard hamda kamtar Tarpenning bir-birining 
kamchiligini to‘ldirgan. Ko‘p o‘tmay ular birgalikda ish boshlaydilar. 
1997-yil bahorida Eberxard va Tarpenning “NuovoMedia”ni yaratdilar va 
o‘zlarining “Rocket eBook” nomli elektron kitob o‘qish moslamasini ishlab 
chiqarishni yo‘lga qo‘ydilar. Ular muvaffaqiyat to‘lqinini tezda qo‘lga kiritib, 187$ 
million AQSh dollari ishlab topadilar. 
Elektr avtomobil tomon 
Ularning keyingi loyihasi Eberxardning avtomobil sotib olmoqchi bo‘lganida 
yuzaga kelgan. An’anaviy sport avtomobillar ko‘p yoqilg‘i sarflagani uchun, ular 
faqat elektr tokidan foydalanuvchi mashina yaratishga qaror qilishadi. 2000-
yillarning boshlarida allaqachon elektron dvigatelli tezkor mashinalarni seriyasiz 
ishlab chiqarishga urinishlar bo‘lgan edi. Eberxard Kaliforniyaning “AC 
Propulsion” kompaniyasining kichik “Tzero” rusumli mashinasi haqida ma’lumot 
oladi. “Lamborghini” kabi tezlanishga ega bo‘lgan holda, u butunlay elektron edi. 
Tarpenning va Eberxard ushbu sohada qo‘llanilib kelingan qo‘rg‘oshin asosli 
akkumulyatorlar o‘rniga oddiy telefon va noutbuklardagi litiy-ion batareykalardan 


foydalanishga qaror qilishadi, chunki o‘sha paytda bu nisbatan ilg‘or texnologiya 
edi. 
Dvigatel sifatida esa ular Induksion motorni oldilar. Bunday motorning eng sodda 
namoyondasi oddiy uy ventilyatorlarini harakatga keltiradi. Bunday dvigatelning 
quvvatlirog‘ini ishlatish an’anaviy avtomobillar uchun zarur bo‘lgan katta dvigatel, 
transmissiya, benzin baki va chiqindi gazlar quvuri kabi bir qator detallarga ehtiyojni 
yo‘qqa chiqarardi. Chunki avtomobil harakatga kelishi uchun elektr dvigatel, quvvat 
manbasi va boshqaruv tizimining o‘zi yetar edi. 
2003-yilda Martin va Mark tomonidan yaratilgan kompaniya induksion motor 
ixtirochisi Nikola Tesla sharafiga Tesla Motors deb nomlandi. 
Eberxard ham, Tarpenning ham avtomobilsozlik sohasida yetarli tajribaga ega emas 
edi. Ularning ikkalasi ham mashinani yaratish elektron kitobga qaraganda biroz 
murakkabroq deb taxmin qilishgan edi, ammo amalda esa juda ko‘p narsa ustida ish 
olib borish kerak bo‘lgan. 
Yirik avtomobil kompaniyalar uchun detallar turli zavodlarda ishlab chiqariladi. 
Tesla ham shunday amaliyotni qo‘llay boshladi va Britaniyaning Lotus kompaniyasi 
bilan kuzovlar tayyorlash yuzasidan shartnoma imzolanadi. Unga ko‘ra Teslaning 
“The Roadster” modeli Lotus Elise avtomobilining asosida ishlab chiqarilar edi. 
2004-yilga kelib, PayPalni sotib millionerga aylangan Mask o‘zining SpaceX 
kompaniyasiga asos solgan edi. Eberxard va Tesla Motorsning yana bir “otasi” Ian 
Raytlar Elon Musk bilan Los-Anjelesda, SpaceX bosh ofisida uchrashadilar. 
Bo‘lajak loyiha haqida bir qancha kelishmovchiliklar yuzaga keldi va Mask dastlab 
sarmoya qilishga qattiq shubha qildi. Biroq, ba’zi narsalarda Mask va Tesla 
muhandislari birdam edilar: elektr avtomobili kuchli, chiroyli, shunchaki yaxshi 
emas, balki chinakam texnika yutug‘iga aylanishi va nihoyat benzinni “ko‘mishi” 
kerak edi. Tarpenning bilan murosaga kelgan Musk Tesla Motorsga $ 7,5 mln dollar 
miqdorida birinchi investitsiya kiritadi. Keyinchalik Teslaga Google, eBay, Toyota 
va Daimler kompaniyalari sarmoya kiritadilar. Ammo eng katta ulush Maskka 
tegishli bo‘lib qolaveradi va u Tesla Motors boshqaruvining raisiga aylanadi. 
Yig‘ilgan birinchi avtomobil Tesla Roadster deb nomlangan. Yuqorida aytib 
o‘tilganidek, uning asosiy tarkibiy qismlari Kaliforniyada ishlab chiqarilgan, ammo 
oxirgi avtomobil Buyuk Britaniyadagi fabrikalarda yig‘ilgan. 


Dastlab, Tesla PR-kompaniya orqali o‘zini bozorda yuqori darajada e’lon qilishga 
muvaffaq bo‘ldi, shu jumladan Leonardo Di Kaprio, Jorj Kluni va Arnold 
Shvartsenegger singari Gollivud mashhurlari va boshqa badavlat kishilardan 
“Birinchi yuzta imzo” ro‘yxati yaratildi. Bunday natijaning sababi ishlab chiqarilgan 
birinchi 100 ta avtomobilga Martin, Mark va Elonning dastxati tushirilishi edi. 
Ammo yakuniy mahsulotni yaratish cho‘zilib ketdi. Eberxard birinchi namunalarni 
2006-yilgacha yetkazib berishni rejalashtirgandi, ammo buni faqat 2008-yilda 
amalga oshirdi. Bunga sabab Martin va Maskning raqobati edi. Chunki Tesla haqida 
gapirilganda barcha e’tibor Eberxardga qaratilar edi va bir vaqtning o‘zida Mask 
ham o‘z hissasini qo‘shish tarafdori edi. Kompaniya kattalasha boshladi. Ammo 
Martin unga yuklangan mas’uliyatni bajara olmadi. Kompaniyaga yangi bosh 
direktor tayinlandi, Eberxard esa texnik direktor lavozimiga o‘tdi. Yana bir qancha 
o‘zgarishlardan so‘ng, 2008-yilga kelib kompaniyaga 55$ million AQSh dollarini 
kiritishga ulgurgan Elon Mask bosh direktor vazifasini o‘tashga kirishadi. 
Bu yoki boshqa yo‘l, ya`ni, boshqaruvni o‘zgartirish, ishdan bo‘shatish va yakuniy 
mahsulotga e’tiborni qaratish Teslaga foyda keltirdi. Dastlabki xaridorlarning 
shikoyatlariga qaramay, Tesla Roadster ishlab chiqarish hajmini oshirishga 
muvaffaq bo‘ldi va 2010 yilda kompaniya IPO ni (aksiyalarni birlamchi 
joylashtirishga) amalga oshiradi. Shu tariqa, Ikki muhandisning shaxsiy g‘oyasidan 
kelib chiqqan kompaniya avtomobil gigantiga aylanadi. 
Hozirda Tesla kompaniyasining jahonda alohida tutgan o’rni bor. Elekrton tokida 
yuradigan mashinalar odatda past tezlikda harakatlanar edi. Lekin tesla elektr tokida 
tez yura oladigan birinchi mashinani yaratdi. “Model S”ni misol uchun oladigan 
bo‘lsak, uning umumiy 762 ot kuchiga ega bo‘lgan ikki motori avtomobilni 100 
km/soatga bor — yo‘g‘i 3 soniyada olib chiqadi. Eshitishim boyicha Tesla 
kompaniyasi yopilib ketish bosqichiga kelib qolishiga ham oz qolgan lekin 
kompaniya hodimlarining o’z ishini yaxshi bajarishi va tinimsiz mehnati orqali 
kompaniya hozir yetakchi o’rinlarda turadi. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling