Rasmiy va fonetik uslubiyat
Rasmiy uslub haqida - Rasmiy-idoraviy nutq uslubi jamiyatdagi ijtimoiy-huquqiy munosabatlar, davlat va davlatlararo rasmiy siyosiy-iqtisodiy, madaniy aloqalar uchun xizmat qiluvchi uslubdir Bu uslub hujjatchilik xarakteri bilan ajralib turadi. Shunga koʻra, yozma nutqning xizmatga doir bu turi davlat qonunlari farmonlar, bayonotlar shartnomalar, idora hujjatlari e'lonlar va boshqa rasmiy yozishmalar uslubi hisoblanadi.
Rasmiy uslub tilining asosiy xususiyati aniqlik va ixchamlikdir, unda muayyan nutqiy qoliplar, kasb- hunar soʻzlari, atamalar, tayyor sintaktik qurilmalar keng qo'llanib, nutqning aniq va ravshan ifodalanishini ta'minlaydi. - Rasmiy uslub tilining asosiy xususiyati aniqlik va ixchamlikdir, unda muayyan nutqiy qoliplar, kasb- hunar soʻzlari, atamalar, tayyor sintaktik qurilmalar keng qo'llanib, nutqning aniq va ravshan ifodalanishini ta'minlaydi.
- Leksik xususiyati: kitobiy neytral so‘zlardan iborat bo‘ladi. Ushbu uslubda emotsionallik bo‘lmaydi. Masalan, yuqorida ko‘rsatilganlar, quyidagi imzo chekuvchilar, qabul qilib oluvchi, mazkur, yo‘llanadi so‘z va turg‘un birikmalar. O‘ziga xos terminlar: akt, guvohnoma, qaror, qidirish, elchi, vakil, bayonot, tashrif, xalqaro vaziyat va h.k.
- Rasmiy ish qog‘ozlari uslubida eskirgan so‘z va iboralar o‘rni bilan ishlatilishi mumkin. Masalan, janob, hazrati oliylari, janobi oliylari, yuqori martabali mehmon, shoh, shahzoda, malika kabi. Bu kabi so‘z va iboralarni ishlatish hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun xos bo‘lmasa ham ularni qo‘llashda murojaat qilinayotgan tomonning va qolaversa xalqaro munosabat xususiyatlari e'tiborga olinadi.
- Grammatik xususiyati:
- 1.Tilga olinayotgan kishilar o‘z nomi bilan atalmasdan, buning o‘rniga ularning belgisi, biror harakati ishlatiladi: ijrochi, ayblanuvchi, guvoh, javobgar, uyni ijaraga oluvchi,da'vogar va h.k.
- 2.Harakat nomi: oldini olish, chora ko‘rish, hukm chiqarish.
- 3.Buyruq-istak mayli 3-shaxs birlik shaklidagi fe'llar: bajarilsin, topshirilsin, yuborilsin.
- 4.Majhul nisbatdagi fe'llar: qaror qilindi, o‘qib eshittirildi, ko‘rib chiqildi va h.k.
- 5.Qo‘shma gapning turlaridan shart, to‘ldiruvchi, kesim qo‘llaniladi.
- Sizga shuni ma'lum qilamizki,....
- To‘lov puli o‘z vaqtida yuborilsa,.....
- Bajariladigan ishlar shundan iboratki,......
- 6.So‘z tartibi ham ilmiy uslubdagi kabi bo‘ladi, hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun norma hisoblangan odatdagi tartibga rioya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |